Oʻzbekiston tarixi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tarix[tahrir]

  1. Qadimgi Xorazm
  2. Qadimgi Baqtriya
  3. Oʻrta Osiyo (eneolit va bronza davri)
  4. Oʻrta Osiyo (Iskandar Zulqarnaynning yurishi)
  5. Salavkiylar davlati
  6. Yunon-Baqtriya podsholigi
  7. Kangyuy
  8. Kushonlar davlati
  9. Eftaliylar davlati
  10. Turk xoqonligi
  11. Soʻgʻd
  12. Oʻrta Osiyo (arab istilosi)
  13. Somoniylar davlati
  14. Qoraxoniylar davlati
  15. Xorazmshohlar davlati
  16. Oʻrta Osiyo (Chingizxon istilosi)
  17. Amir Temur davlati
  18. Temuriylar davlati
  19. Shayboniylar davlati
  20. Xiva xonligi
  21. Qoʻqon xonligi
  22. Buxoro amirligi
  23. Oʻrta Osiyo (Rossiya tomonidan zabt etilish)

Sulolalar[tahrir]

Asosiy maqola: Oʻzbekiston Sulolari

Qadimgi davr[tahrir]

Qadimdan Oʻzbekiston hududida koʻchmanchi eroniy qabilalar yashab kelganlar. VII asrda ular arablar istilosiga uchraydilar.

Qoraxoniylar davlati[tahrir]

Asosiy maqola: Qoraxoniylar.

X asrda Xitoy hududidan oʻzbeklarning ajdodlari — Qoraxoniylar sulolasini tashkil qilgan qarluqlar kirib keladi. Markazi Samarqand shahri boʻlgan Qoraxoniylar davlati Xorazmshoh Muhammad tomonidan 1212-yilda tugatiladi.

Moʻgʻullar imperiyasi tarkibida[tahrir]

1219-yilda Oʻzbekiston hududiga Chingizxonning moʻgʻul armiyasi kirib keladi. Oʻzbekiston hududi Moʻgʻullar imperiyasining Chigʻatoy ulusi tarkibiga kiradi.

Temuriylar[tahrir]

Asosiy maqola: Temuriylar.

1370-yilda Amir Temur markazi Samarqand shahrida boʻlgan mustaqil davlat yaratgani haqida eʼlon qiladi. U Oltin Oʻrda, Hindiston, Turkiyaga bir necha muvaffaqiyatli yurishlar qiladi.

Buxoro amirligi (1500—1920)[tahrir]

Asosiy maqola: Buxoro xonligi.
1920-yil 1-sentabrgacha boʻlgan Buxoro xonligining bayrogʻi
  • 1500-yilda Oʻzbekiston hududiga Oltin Oʻrda tarafidan Shayboniyxon boshchiligidagi turk-qipchoqlar bostirib kirib, Buxoro va Samarqandni ishgʻol qiladilar. Oltin Oʻrda islomni Oʻzbekxon davrida qabul qilgani tufayli ular musulomon boʻlib, oʻzlarini Oʻzbekxon sharafiga oʻzbeklar deb atay boshlaydilar. Shayboniyxon yangi oʻzbek davlatini yaratib, Buxoroni ushbu davlatning poytaxti qiladi.
  • 1709-yilda Fargʻona vodiysida Buxoro xonligidan ajralib chiqqan Qoʻqon xonligi vujudga keladi.
  • 1868-yili Rossiya Qoʻqon xonligini ishgʻol qiladi va Buxoro xonligi ustidan protektorat oʻrnatadi.


Taxminan 1500-yillarda Oks (Amudaryo) daryosining shimoliy qismidan yangi istilochilar bostirib kelishdi. Mahalliy hukmdorlarning oʻzaro nizolaridan foydalangan Shayboniyxon boshchiligidagi turk-moʻngʻul qabilalari avvaliga Movarounnahrni, soʻngra butun Xurosonni boʻysundirdilar. Soʻnggi Temuriylarning taxtdan agʻdarilishi va koʻchmanchi oʻzbeklarning bostirib kelishi oqibatida Movarounnahr avvalgi siyosiy salohiyatini yoʻqota boshladi; oqibatda mamlakat siyosiy jihatdan tez quladi va markazlashgan davlatdan anchagina kuchsiz Buxoro xonligiga aylana bordi. Shayboniylar (15101597) va Ashtarxoniylar (15971737) davrlarida Buxoro xonligi tarixi toj-taxt uchun forslar va Xorazm bilan kechgan koʻplab nizolarga guvoh boʻldi. Shayboniylar sulolasi vakillaridan mamlakatning gullab-yashnashi va xalqning baxtini oʻylagan Abdullaxon II alohida ajralib turgan. Oʻzining qirq yildan ortiq hukmronligi davrida u koʻplab taʼlim markazlari, masjidlar, hammomlar, karvonsaroylar va koʻpriklar qurdirdi, xonlikning markaziy shaharlarida xushhavo bogʻlar barpo ettirdi, ibtidoiy pochta aloqasini yoʻlga qoʻydi, dehqonchilik, savdo-sotiq va ilm-fan homiysi sifatida tarixga kirdi. Bugungi Buxoroda Abdullaxon nomi haligacha tillarda doston; Buxorodagi deyarli barcha tarixiy obidalar buxoroliklarga bu hukmdorning oʻta sahiyligi va serjilo sanʼatga oshuftaligini eslatib turadi. Shayboniylar hukmroniligi davrida ulamo mullalar va xudojoʻylar davlat ishlarida faol ishtirok etganlar, buning oqibati oʻlaroq Buxoro madrasalarida asosan diniy fanlar oʻqitilgan.

Ashtarxoniylar sulolasidan keyin oʻlkada Mangʻitlar sulolasi (Chingizxonning oʻgʻli Joʻji avlodlaridan) hukmronligi davri boshlandi, ular Buxoroni 1920-yilga qadar boshqarganlar.

Xiva xonligi (1598—1919)[tahrir]

Asosiy maqola: Xiva xonligi.
1917-yilgacha boʻlgan Xiva xonligining bayrogʻi

1598-yil Urganch (qadimda Gurganj deb atalgan)ni suv bilan taʼminlaydigan Amudaryo oʻz oʻzanini oʻzgartirishi oqibatida saltanat poytaxti Xivaga koʻchirildi. Oʻsha sanadan boshlab mamlakat Xiva xonligi deb atala boshladi.

Amudaryo xonlik hududidan oqib oʻtib, Kaspiy dengiziga quyilardi, natijada kishilarni suv bilan taʼminlabgina qolmay, hududni suv yo'li orqali Ovrupo bilan bogʻlardi. Asrlar davomida daryo oʻz oʻzanini bir necha marta oʻzgartirgan. 16-asrning oxirlarida roʻy bergan Amudaryoning oxirgi burilishi Gurganj shahrini xarobaga aylantirgan. Hozirgi Xiva shahridan 150 km uzoqlikda joylashgan, Koʻhna Urganch aholi yashash punkti yaqinida (hozirgi Turkmaniston hududida) qadimgi poytaxtning xarobalari joylashgan.

Poytaxtni yangi joyga koʻchirishga majbur boʻlganlarida, bu shubhasiz, Xorazm tarixidagi eng ogʻir davrlardan biri boʻlgan. Ammo vaqt oʻtishi bilan xonlik yana gullab-yashnadi va qisqa vaqt ichida Xiva Islom olamining maʼnaviy markazlaridan biriga aylandi.

Demak, 1598-yil Xiva shahri xonlikning poytaxtiga aylandi, bu 10 asrlik tarixga ega kichikroq ammo mustahkam shaharcha edi. Afsonalarga koʻra, bu shahar suvi oʻzgacha taʼmga ega boʻlgan Xeyvak qudugʻi atrofida shakllangan, quduqni esa Nuh (s.a.v.)ning oʻgʻli Simning buyrugʻiga koʻra qazishgan. Ichanqalʼa (Xiva shahrining ichki qismi)da hozir ham bu quduqni koʻrish mumkin.

1873-yil Rusiya Xiva xonligining bir qismini anneksiya qildi (bunga asosiy sabab esa, turkman bosmachilari dexqonlarni oʻgʻirlab, Xiva va Buxoroning bozorlarida qul sifatida sotishgan, Xivada olib borilayotgan qul savdolari janubiy Rusiyaning xavotiriga sabab boʻlgan).

Qoʻqon xonligi (1709—1876)[tahrir]

Asosiy maqola: Qoʻqon xonligi.

Xonlikka 1709-yil Shayboniy Shoxrux II tomonidan asos solingan. U minglar urugʻidan boʻlib, kelib chiqishi Temuriylarga borib taqaladi.

Ogʻzaki maʼlumotlarga koʻra, Amir Temurning avlodi shoh Bobur Samarqanddan Hindistonga ketar chogʻi Fargʻona vodiysi orqali oʻtayotganda, uning xotinlaridan biri farzandi bilan Xoʻjand va Konibodom oraligʻidagi yoʻlda qolishga ruxsat olgan, Oltin-beshik deb ism qoʻyilgan bu bolani (1545-yil) koʻchmanchi Ming urugʻi oʻz qaramogʻiga olgan (sulola nomi ham shundan kelib chiqqan). Oltin-beshik biy deb eʼlon qilingan va Axsi shahrida yashay boshlagan. Biy unvoni meros sifatida uning avlodlariga ham oʻtgan. Uning avlodlaridan biri Abduraim Diqantoʻda qishlogʻiga koʻchib oʻtdi va taxm. 1732-yil Qoʻqon shahriga asos soldi. Shahar avvaliga Eskiqoʻrgʻon, keyinchalik Qalʼai Raimboy deb nomlangan. Abduraim Buxorodagi ichki nizolardan foydalanib, u yerga hujum uyushtiradi, Samarqandga qarovchi baʼzi qishloqlarni, Kattaqoʻrgʻonni egallab, Shahrisabzgacha boradi, lekin, u yerning hokimi bilan sulh tuzadi va hokimning jiyaniga uylanib Xoʻjandga qaytadi, oxir-oqibatda taxm 1740-yilda oʻz qoʻl ostidagilardan biri tomonidan oʻldiriladi. Bundan tashqari fors shohi Nodirshox 1740-yil Buxoroni boʻysundirib, qoʻqonliklarni Samarqanddan quvib yuboradi. Abduraimning ukasi Abdukarimbiy endigina Qoʻqon deb atala boshlagan (1740) Eskiqoʻrgʻonga koʻchib oʻtadi (Aslida esa, "Qoʻqon shahri" atamasi anchagina qadimiy boʻlib, u haqda 10-asrda arab sayyohlari Istaxriy va Ibn Havqal Axsi shaharchasi va Shosh daryosi (Sirdaryo) yaqinida joylashgani haqida yozishgan, ya'ni bu joy hozirgi Qoʻqonning oʻrnidadir. Demak, shaharga "asos solganlar" unda shunchaki oʻrda (saroy) qurishgan va qalʼa devorlari bilan oʻrab olishgan, degan taxminlar ham yoʻq emas.).

Abdulkarim va Norboʻtabiy zamonlarida xonlik hududi kengaydi. Shuni ham taʼkidlash joizki, 1774-1798-yillar oraligʻida Abdulkarim ham, Norboʻtabiy ham Xitoyga boj toʻlab turganlar.

Norboʻtabiyning oʻgʻli Olimxon togʻda yashovchi tojik qavmlarining koʻmagi bilan Fargʻona vodiysining gʻarbiy qismini oʻziga boʻysundirdi, Xoʻjand (hozirgi Leninobod), Toshkent shular jumlasidandir. 1809-yil u oʻz ukasi Umarxon tomonidan oʻldiriladi. 1821-yil Umarxonning 12 yoshli oʻgʻli Muhammadali (Madalixon) taxtga oʻtiradi. Uning hukmronlik davrida xonlikning hududi anchagina kengaydi. Xonlik oʻziga shimoliy Qirgʻiziston va janubiy Qozogʻiston hududlarini qoʻshib oldi. Bu yerlarni boshqarish uchun 1825-yil Pishpak va Toʻqmoq qalʼalari barpo etildi.

1842-yil Вuxoro amiri Nasrullaxon Qoʻqon xonligiga bostirib kirdi. Shu yillarda Madalixonning jiyani Sheralixon isyon koʻtaradi, bu isyon keyinchalik fuqarolar urushiga va etnik nizolarga sabab boʻladi. 1845-1858-yillarda (va yana 1865-yil) taxtga Sheralixonning oʻgʻli Xudoyorxon oʻtiradi.

1855-yildan boshlab mahalliy hokimlarning oʻzboshimchaligi va zulmlaridan charchagan qirgʻiz va qozoq qavmlari ruslar tarafga ogʻa boshlaydilar. Oqibatda xonlikning Rusiya harbiylari bilan bir necha marta qurolli toʻqnashuvlari yuzaga keladi. 1866-yil Rusiya imperiyasi Toshkentni, keyingi yil Xoʻjandni egallaydi. Bu vaqtda Toshkent begi Yoqubbek Xitoy tazyiqidan vaqtincha ozod boʻlgan Qashqarga qochib ketadi.

1868-yilgi Rusiya bilan savdo kelishuvlari Qoʻqon xonligini iqtisodiy jihatdan Rusiya iqtisodiga qaram qilib qoʻyadi. 1873-1876-yillarda Xudoyorxonning ichki siyosatidan norozi boʻlgan xalq gʻalayon koʻtaradi. Qoʻzgʻolonni oʻzini taxt vorisi deb eʼlon qilgan Poʻlatxon boshqaradi. Isyonchilar avvaliga Rusiyadan yordam kutishadi, ammo Rusiya ularga yordam qoʻlini choʻzishdan bosh tortadi. Bundan ranjigan Poʻlatxon 1875-yil taxtni egallagach, Rusiyaga qarshi siyosat yuritadi, Natijada 1876-yil martida Rusiya imperiyasining generallari Kaufman va Skobelev ham harbiy kuch tashlab, qonuniy xonni himoya qilish bahonasida Qoʻqonni qamal qilishadi. Poʻlatxon tutib, qatl qilinadi, Qoʻqon xonligi tugatiladi. Sobiq Qoʻqon xonligining yerlari Rusiya Turkistonining Fargʻona viloyati tasarrufiga oʻtadi.

O'zbekiston SSSR tarkibida[tahrir]

Asosiy maqola: Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi.
Turkiston ASSR bayrogʻi (1917-yil 12 dekabrdan 1918-yil 18 fevralga qadar)
Turkiston ASSR bayrogʻi (1919-1921-yillar)

1917-yil 7- dan 8-noyabrga oʻtar kechasi Petrogradda Ulugʻ Oktabr inqilobi nomi bilan tarixga kirgan qoʻzgʻolon uyushtirildi. Shu kech poytaxti Moskva shahri boʻlgan Rossiya Sovet Sotsialistik Federativ Respublikasi (RSFSR) tuzildi. Turkiston General Gubernatorligi oʻrnida RSFSR tarkibidagi Turkiston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi (Turkiston Muxtoriyati) tuzildi. Sobiq Rusiya imperiyasi protektoratlari hisoblangan Xiva xonligi va Buxoro amirligi vaqtincha mustaqil boʻlib qoldilar.

Fuqarolar urushi davrida bolsheviklar Sobiq Rossiya Imperiyasi hududlari ustidan oʻz hukmronliklarini oʻrnatib bordilar va barcha frontlarda intervensiya kuchlariga qarshi (yaʼni Angliya, Fransiya, Polsha, Turkiya, AQSH, Yaponiya va b. koʻplab mamlakatlar) kurash olib bordilar.

1919-yil iyunida Oʻrta Osiyoga Budyonniy boshchiligidagi otliq askarlar korpusi yuboriladi. Uning qoʻshini tinch xalq ustiga qurol bilan bostirib kelib, Qoʻqon, Buxoro va Xiva shaharlarini egallaydi. Buning oqibatida yuzaga kelgan ozodlik harakati qatnashchilarini "bosmachilar" deb ayblaydilar.

1920-yil fevral oyida Qizil armiya yordami bilan Xiva xonligi va Buxoro amirligi hududlarida Xorazm va Buxoro Xalq Sovet Respublikalari tuzildi. Lekin oddiy xalq orasida shoʻrolar hukumatiga bosh egishni istamaydigan kuchlar ham saqlanib qolgandi. Milliy ozodlik kurashlari tinchib ketmadi. Hattoki Budyonniy suvoriylari ham bosmachilarni tutishga qiynalishardi, chunki ular tezda tarqab, oddiy xalq orasiga birikib ketardi. Shunda budyonniychilar qishloqlardagi barcha erkaklarni boshini tanasidan judo qila boshladilar, natijada oddiy xalq yordami bilan 1922-yil bosmachilarning asosiy qismi tutib qatl qilindi. Bosmachilar bilan kurash 1933-yilga kelib tamomila tugadi.

1920-yil 26-avgustda Turkiston muxtoriyatining Sirdaryo va Yettisuv qismlarida RSFSR qaramogʻidagi Qirgʻiziston ASSR (Qirgʻiziston Muxtoriyati) tashkil qilindi.

1922-yil dekabrida Ukraina va Belarus Shoʻro qurultoylari RSFSR bilan ittifoq tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qildilar. Koʻp oʻtmay ularga Kavkazorti SFSR ham qoʻshildi.

1924-yil sentabrida Xorazm va Buxoro Xalq Sovet Respublikalari sotsialistik respublikalarga aylantirildi lekin bir oy oʻtib, Oʻzbekiston va Turkmaniston Sovet Sotsialistik Respublikalari tashkil etilishi munosabati bilan chegaraviy boʻlinishlarga uchrab, viloyat maqomini oldilar.

С 1923 по 1929 годы вместо губерний были введены края и области, а вместо волостей и уездов — районы. Области постепенно дробились — так легче было управлять. Дробились и республики, созданные на национальной или религиозной основе.

В 1923 г. в состав СССР вошли Хорезмская и Бухарская Народные Советские Республики (как ССР).

14 октября 1924 года была образованна Таджикская АССР в составе Бухарской ССР, а также выделена Кара-Киргизская автономная область (нынешняя Киргизия) в составе Киргизской АССР (нынешний Казахстан).

Флаг Узбекской ССР (с 29 августа 1952 года по 18 ноября 1991 года)

27 октября 1924 года были официально образованны Узбекская ССР и Туркменская ССР. В состав Узбекский ССР вошла Бухарская ССР вместе с Таджикской АССР и одной из трех областей на которые разделили Хорезмскую ССР. Другая треть Хорезмской ССР была преобразованна в Каракалпакскую АО в составе Киргизской АССР. А оставшаяся треть была преобразованна в Туркмескую ССР.

Так Узбекистан вошел в СССР на правах союзной республики, став крупным центром хлопководства. Первой столицей советского Узбекистана в 1924 г. стал Самарканд. В 1930 столица перенесена в Ташкент.

1 февраля 1926 года Кара-Киргизская АО была выделена из состава Киргизской АССР и преобразованна в Киргизскую АССР в то время как оставшаяся часть бывшей Киргизской АССР превратилась в в Казахскую АССР.

16 октября 1929 года из состава Узбекской ССР была выделена Таджикская АССР и преобразованна в Таджикскую ССР, которая 5 декабря 1929 года вошла в состав СССР.

5 декабря 1936 года Киргизская и Казахская АССР были выделены из состава РСФСР и официально вошли в Союз ССР на правах ССР, а также Каракалпакская АО была присоедина к Узбекской ССР на правах автономной ССР.

SSSR tarkibida O'zbekiston liderlari[tahrir]

С даты образования Узбекской ССР влоть до середины февраля следующего года фактическим главой республики считался Файзулла Губайдуллаевич Ходжаев (1896 — 15.03.1938).

Только 17 февраля 1925 года Юлдаш Ахунбабаев (01(13).07.1885 — 28.02.1943) был назначен Председателем Центрального Исполнительного Комитета Узбекской ССР (с 21 июля 1938 года Председатель Президиума Верховного Совета УзССР) до последних дней руководивший республикой.

С 19 июня по 21 июня 1938 года Усман Юсупович Юсупов (01.03.1900 — 07.05.1966) временно исполнял обязанности Председателя Верховного Совета Узбекской ССР.

С 22 марта 1943 года по 14 марта 1947 года Председателем Президиума был Абдували Муминов.

С 17 марта 1947 года по 21 августа 1950 года на посту Предсадетеля Президума Верховного Совета УзССР находился Амин Ирматович Ниязов (1903—1973).

21 августа 1950 года к власти в УзССР пришел Шараф Рашидович Рашидов (24.10.(06.11.)1917 — 31.10.1983) который руководил страной до последних своих дней. Хотя следует заметить что официально с 59 по 70 годы главой государства являлась Ядгар Садыковна Насридиннова (26.12.1920), с 70 по 78 Назар Маткаримович Матчанов (01.01.1923), а с 78 по 83 год — Инамжон Бузрукович Усманходжаев (21.05.1930).

В ходе чистки устроенной «Москвой» руками команды Гдляна и Иванова последовала череда быстрой смены руководителей Республики:

21.12.1983 — 09.12.1986 Акил Умурзакович Салимов (1928)
09.12.1986 — 09.04.1988 Рафик Нишанович Нишанов (15.01.1926)
09.04.1988 — 06.03.1989 Пулат Киргизбаевич Хабибуллаев (14.10.1936)
06.03.1989 — 24.03.1990 Мирзаолим Ибрагимович Ибрагимов (1928)

24 марта 1990 года к власти на новую должность Президента УзССР «триумфально» приходит И. А. Каримов на длительное время.

Основная статья: Лидеры Узбекистана

Mustaqil O'zbekiston[tahrir]

В результате распада СССР образовался независимый Узбекистан. Президентом Узбекистана стал выходец из местной коммунистической элиты Ислам Каримов. Оппозицию новой власти составили исламские радикалы, которые в 1999 перешли на позиции терроризма. 13 мая 2005 властями был подавлен митинг в городе Андижан, когда местные жители начали протестовать против уголовного преследования группы лиц, подозреваемых в экстремистской деятельности. По официальным данным узбекской прокуратуры, в итоге погибли в общей сложности 169 человек, около 500 человек получили ранения.


Bu maqola ruscha yozilgan.

nothumb

Iltimos, maqolani o`zbek tilga tarjima qiling.