Saljuqiylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Saljuqiylar - Xuroson, Yaqin va Oʻrta Sharq, Kichik Osiyo, qisman Movarounnahrdagi bir necha davlatlarda hukmronlik qilgan turkiy sulola (1038—1308). Sulola nomi chorvador turkiy qavm oʻgʻuzlar boshligʻi Saljufek ibn Doʻkak nomidan olingan. Sulolaga Saljuqning nevarasi sulton Toʻgʻrulbek asos solgan.

Sirdaryoning quyi oqimi — Jand shahri atroflari (hozirgi Navoiy viloyati hududi)da yashagan oʻgʻuzlar Saljuq boshchiligida islom dinini qabul qilishgan (992). Saljuqning vafotidan soʻng ular Nurota atroflarida joylashgan.Mahmud Gʻaznaviy Amudaryodan oʻtib, Buxoroga borayotganda saljuqlarning yoʻlboshchisi amir Arslon (Isroil)ni chakirib, ularga Buxorodan Xurosonga koʻchishni buyurgan (1025). Tarixchi Juzjoniynkt yozishicha, 4000 oʻtovli saljuqlar Yagʻmur, Bugʻ, Koʻktosh, Qizil, Mansur, Anas oʻgʻli kabi amirlar boshchiligida Amudaryodan oʻtib, Xurosonning Saraxs, Obivard, Farova, Niso, Dandanakon kabi turli mavzelarida qoʻnim topganlar. Qoraxoniylar bilan gʻaznaviylar oʻrtasidagi kurashdan foydalangan Saljuqiylar harbiy kuchlarini birlashtirib, astasekin Xurosonni egallab, Saljuqiylar davlatini barpo etganlar. Keyinchalik bu davlat jahondagi eng qudratli saltanatlardan biriga aylangan. Sulola vakillari (hukmdorlari) sulton deb atalgan va ular quyidagilardan iborat.

Xurosondagi S (1038—1157): Toʻgʻrulbek (1038—63), Alp Arslon (1063— 72), Malikshoh (1072—92), Mahmud (1092-94), Barqiyoruq (1094-1104), Malikshoh II (1104—05), Gʻiyosiddin Muhammad (1105—18), Sanjar (1118—57);Kermondagi S (1041-1187): Kavurbek (1041—73), Kermonshoh (1073), Xusayn (1073—74), Sultonshoh I (1074-85), Turonshoh I (1085-97), Eronshoh (1097—1101), Arslonshoh 1 (110141), Muhammadshoh1 (114156), Toʻgʻrulshoh (1156—67), Bahromshoh (1167—68), Arslonshoh II (1168), Turonshoh II (1168—74), Muhammadshoh II (117487), Muborak (1187);Shom (Suriya)dagi S (1074— 1117): Tutush (107495), Ridvan (Halabda; 1095—1113); Dukak (Damashqda; 1095—1104), Alp Arslon Arxas (Halabda; 1113—14), Sultonshoh (1114—17);Iroqdagi S. (1118—94): Maxmud (111831), Dovud (113132), Toʻgʻrul I (113233), Masʼud (113352), Malikshoh (115253), Muhammad (115359), Sulaymonshoh (1159—61), Arslonshoh (116177), Toʻgʻrul II (117794);Koʻniya (Anatoliya yoxud Rum)dagi S (1077—1308): Sulaymon 1 (1077 — 86), Qilich Arslon I (10861107), Malikshoh I (110716),Masʼud I (1116—56), Qilich Arslon II (115688); Malikshoh II (118892), Kayxusrav I (11921200; 120510), Sulaymon II (1200—04), Qilich Arslon III (120405), Kaykovus I (121019), Alouddin Kayqubod (1219—36), Kayxusrav II (123645), Kaykovus II (124547), Qilich Arslon IV (125765), Kayxusrav III (126583), Masʼud II (128396), Kayqubod HI (1296—1307), Masʼud III (1307—08) va boshqa sulolalar.


Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Bosvort K. E., Musulmanskiye dinastii, M., 1971; Stenli L e nPul, Musulmanskiye dinastii, M. — T. — Bishkek, 1996.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil