Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(RSFSRdan yoʻnaltirildi)
Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasia
Российская Советская Федеративная Социалистическая Республика
1917–22:
Suveren davlat
1922–90:
Sovet Ittifoqi respublikasi
1990–91:
Respublika qonunchiligi ustuvor boʻlgan ittifoqdosh respublika
1917—1991
Bayroq
Flag of Russia (1991–1993).svg
Yuqorida: Bayroq (1954–91)
Pastda: Bayroq (1991)b
Gerb (1978–91)c
Gerb
(1978–91)c
Shior
Пролетарии всех стран, соединяйтесь! (Ruscha)
Proletarii vsekh stran, soyedinyaytes! (translit.)
„Butun dunyo proletarlari, birlashingiz!“
Madhiya
Рабочая Марсельеза
Rabochaya marselyeza
„Ishchilar marselyezasi“
(1917–18)

Интернационал
Internatsional
„Internatsional“
(1918–44)

Gimnsiz
(1944–90)
Патриотическая песняd
Patrioticheskaya pesnya
„Vatanparvar qoʻshiq“
(1990–91)
1956-yildan keyin Rossiya SFSRning (qizil) Sovet Ittifoqidagi hududi
Poytaxti Petrograd
(1917–18)
Moskva
(1918–91)
Til(lar)i Ruse
Etnoxoronimi Rus
Sovet
Hukumati 1917–27; 1953–90:
Federal Marksist-Leninist bir partiyali sotsialistik respublika
1927–53:
Stalinist bir partiyali totalitar diktatura
1990–91:
Federal yarim prezidentlik respublika
Davlat boshchisi
 •  1917 (ilk) Lev Kamenevf
 •  1990–1991 (soʻnggi) Boris Yeltsing
Hukumat boshchisi
 •  1917–1924 (ilk) Vladimir Leninh
 •  1990–1991 Ivan Silayevi
 •  1991 (soʻnggi) Boris Yeltsinj
Boshqaruv tizimi 1917–38:
Butun Rossiya Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi/Butun Rossiya Sovetlar Sʼyezdi
1938–90:
Oliy Kengash
1990–91:
Rossiya Xalq Deputatlari Sʼyezdi
Tarixi XX asr
 •  Oktabr inqilobi 7-noyabr 1917-yil
 •  Sovet respublikasi eʼlon qilingan 9-noyabr 1917-yil
 •  Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan 30-dekabr 1922-yil
 •  Rossiya qonunlari ustuvorligi eʼlon qilingan, sovet hukumati tizimi qisman bekor qilingan 12-iyun 1990-yil
 •  Belaveja kelishimi imzolangan 12-dekabr 1991-yil
 •  Rossiya Federatsiyasi deb qayta nomlangan 25-dekabr 1991-yil
 •  Sovet Ittifoqi parchalanib ketgan 26-dekabr 1991-yil
 •  Siyosiy boʻhron harbiy toʻqnashuvlarga olib kelishi natijasida yangi konstitutsiya qabul qilingan 25-dekabr 1993-yil
Pul birligi Sovet rubli (SUR)
Telefon kodi +7
Oldingisi
Keyingisi
Rossiya Respublikasi
Uzoq Sharq Respublikasi
Taganrog
Tuva Xalq Respublikasi
Karel-Fin Sovet Sotsialistik Respublikasi
Viipuri viloyati
Oulu viloyati
Lapland viloyati
Sharqiy Prussiya
Kuril orollari
Karafuto
Rossiya Demokratik Federativ Respublikasi
1922:
Sovet Ittifoqi
1940:
Karel-Fin Sovet Sotsialistik Respublikasi
1991:
Rossiya Federatsiyasi
Ichkeriya Chechen Respublikasi
a. Tarixiy nomlari:
  • 1918: Sovet Rossiya Respublikasi (ruscha: Советская Российская Республика)
  • 1918–1936: Rossiya Sotsialistik Federativ Sovet Respublikasi (ruscha: Российская Социалистическая Федеративная Советская Республика)
  • 1936–1991: Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi (ruscha: Российская Советская Федеративная Социалистическая Республика)
  • 1991–bugun: Rossiya Federatsiyasi (ruscha: Росси́йская Федерaция)
b. Shuningdek, 1991–93-yillarda Rossiya Federatsiyasi bayrogʻi
c. Shuningdek, 1992-yilning mayigacha Rossiya Federatsiyasi gerbi
d. Shuningdek, 1991–2000-yillarda Rossiya Federatsiyasi gimni
e. 1937-yildan sudlarning rasmiy tili
f. Butun Rossiya Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi raisi oʻlaroq
g. 1990-yil 29-maydan 1991-yil 10-iyulgacha RSFSR Oliy kengashi prezidiumi raisi oʻlaroq, soʻngra Rossiya prezidenti oʻlaroq (Rossiya Federatsiyasi)
h. RSFSR xalq komissarlari kengashi raisi oʻlaroq
i. RSFSR hukumati – Vazirlar kengashi raisi oʻlaroq
j. Rossiya prezidenti oʻlaroq amaldagi hukumat boshchisi sifatida faoliyat koʻrsatgan.

Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi, Rossiya SFSR (ruscha: Российская Советская Федеративная Социалистическая Республика) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. Boshida Rossiya Sovet Respublikasi, Rossiya Sotsialistik Federativ Respublikasi deb atalgan. Norasmiy turda Rossiya Federatsiyasi yoki shunchaki Rossiya deb atalgan. Ayrim manbalarda Sovet Rossiyasi deb yuritiladi. 1917–1922-yillarda mustaqil davlat boʻlgan. 1922–1991-yillar oraligʻida esa Sovet Ittifoqining maydoni, aholisining soni, iqtisodi jihatdan eng yirik aʼzosi boʻlgan. Ittifoqning soʻnggi yillarida – 1990–1991-yillarda ittifoq qonunlaridan Rossiya qonunlari ustuvor boʻlgan suveren davlatga aylangan. Rossiya SFSR tarkibiga 16 avtonom respublika, 5 avtonom oblast, 10 avtonom okrug, 6 oʻlka, 49 oblast, 1030 shahar, 2178 shahar tipidagi posyolkalar kirgan.[1] Ruslar eng katta etnik guruh boʻlgan. 1917–1918-yillarda Petrograd (hozirgi Sankt Peterburg) shahri poytaxti boʻlgan. 1918-yildan esa Moskva shahri poytaxti boʻlgan. Leningrad, Novosibirsk, Yekaterinburg, Nijniy Novgorod hamda Samara kabi yirik shaharlari boʻlgan.

Rossiya SFSR iqtisodi keng koʻlamda sanoatlashtirilgan. Sovet Ittifoqidagi elektr energiyasining uchdan ikki qismi Rossiya SFSRda ishlab chiqarilgan. Rossiya SFSR Volga va Ural regionlarida hamda Sibirda yangi konlar aniqlanishi ortidan 1961-yilga kelib AQSh va Saudiya Arabistonidan keyingi dunyodagi uchinchi eng yirik neft eksportchisiga aylangan. Mamlakat boʻylab joylarda uyushtirilgan ommaviy sogʻliqni saqlash muassasalari xizmat koʻrsatgan. 1970-yillar oxiridan boshlab bosh kotib Leonid Brejnev qoʻli ostida stagnatsiyaga uchragan iqtisod 1985-yildan keyin Mixail Gorbachev maʼmuriyatining perestroyka siyosati doirasida bir oz liberalizatsiya qilingan. Natijada kooperativlar kabi hukumat egalik qilmagan shirkatlar yuzaga kelgan.

Rossiya Sovet Respublikasi suveren davlati 1917-yilning 7-noyabrida eʼlon qilingan. Bu konstitutsiyasida sotsialistik respublika deb belgilangan jahondagi birinchi davlat edi. Respublikaning milliy gʻoyasi kommunizm boʻlgan. Respublikaning ilk konstitutsiyasi 1918-yilda qabul qilingan. 1922-yilda Rossiya SFSR SSRIni tuzish kelishuvini imzolagan, natijada Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqiga rasman asos solingan. 1977-yilgi konstitutsiyada ittifoq respublikasi SSRIga aʼzo suveren davlat ekanligi hamda har bir ittifoqdosh respublika SSRIdan erkin chiqish huquqiga ega ekanligi koʻrsatilgan. 1990-yilning 12-iyunida Rossiya xalq deputatlari sʼyezdi RSFSR davlat suvereniteti deklaratsiyasini qabul qildi, sovet hokimiyati oʻrniga hokimiyat vakolatlarini boʻldi, Rossiya fuqaroligini taʼsis qildi hamda Rossiya SFSR Sovet Ittifoqini tark etish huquqiga ega boʻlib qolishini taʼkidladi. 1991-yilning 12-iyunida islohotlar tarafdori boʻlgan Demokratik Rossiya harakati qoʻllovi bilan Boris Yeltsin Rossiya Federatsiyasining ilk prezidenti etib saylandi.

1991-yilning avgustida amalga oshirilgan davlat toʻntarish urinishi va Mixail Gorbachevning qisqa muddatda qoʻlga olinishi Sovet Ittifoqini beqarorlashtirdi. 1991-yilning 8-dekabrida Rossiya, Ukraina va Belarus yetakchilari Belaveja kelishimini imzoladi. Kelishuvda ilk asoschi davlatlar tomonidan Sovet Ittifoqi tarqatib yuborilgani taʼkidlandi va Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi tuzilgani eʼlon qilindi. 12-dekabr kuni Rossiya SFSR Oliy kengashi kelishuvni ratifikatsiya qildi. Natijada Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqini tuzish kelishuvi bekor qilindi, Rossiyaning Sovet Ittifoqidan de facto mustaqil boʻlgani va boshqa ittifoqdosh respublikalar bilan aloqasi uzilgani maʼlum qilindi.

Gorbachev isteʼfo berishi ortidan 1991-yilning 25-dekabrida Rossiya SFSR Rossiya Federatsiyasi deb qayta nomlandi. 1991-yilning 26-dekabrida endilikda sobiq Sovet Ittifoqining oʻroq va boltali qizil bayrogʻi Kreml minorasidan tushirildi va Millatlar kengashi ittifoqni tarqatib yubordi. Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin Rossiya tarqatib yuborilgan markaziy hukumat huquq va majburiyatlarini, jumladan, BMT hamda Xavfsizlik Kengashiga doimiy aʼzolikni oʻz boʻyniga olishini eʼlon qildi.

1978-yilgi Rossiya SFSR konstitutsiyasi demokratiya, xususiy mulk hamda bozor iqtisodiga oʻtish yoʻlida bir necha marta oʻzgartirildi. Rossiya Federatsiyasining yangi konstitutsiyasi 1993-yilning 25-dekabrida kuchga kirdi va sovet boshqaruv tizimini butunlay yoʻq qilib, uning oʻrniga yarim prezidentlik tizimini taʼsis qildi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rossiya hududida sinfiy jamiyat 1-ming yillikning 2-yarmida vujudga kelgan. Feodal munosabatlarning tarkib topish jarayoni murakkab kechgan va uzoq davom etgan. 9-asrda ilk feodal qadimiy rus davlati – Kiyev Rusi tashkil topgan. Kiyev Rusi hududida yagona qadimiy rus elati shakllangan. Taxminan 988-yili Kiyev Rusining davlat dini sifatida xristianlik qabul qilingan. 13-asr oʻrtasida rus xalqi moʻgʻullar, shvedlar, nemislar hujumiga duchor boʻlib, moʻgʻul zulmidan qutulish uchun deyarli 250 yil kurash olib borgan. 14–16-asrlarda Moskva atrofidagi barcha shimoli-sharqiy va shimoli-gʻarbiy rus yerlarining birlashuvidan mustahkamlashgan Rus davlati vujudga kelgan.

17-asr oxiri – 18-asrning 1-choragida Pyotr I oʻtkazgan islohotlar Rossiya imperiyasining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishiga yordam bergan. 1700–1721-yillardagi Shimoliy urush natijasida Rossiya Boltiq dengiziga chiqish imkoniyatiga ega boʻlgan. 16–19-asrlarda Shimol, Volgaboʻyi, Ural, Sibir hududlarining ruslar tomonidan qoʻshib olinishi va oʻzlashtirilishi, bir qancha rus boʻlmagan mahalliy xalqlarning Rossiya tarkibiga kiritilishi natijasida koʻp millatli Rossiya imperiyasi tarkib topgan.

1898-yili Rossiya SDRP tashkil etilgan. 1905–1907-yillar inqilobi imperializm davridagi birinchi xalq inqilobi boʻlgan. 1917-yil fevralda sodir boʻlgan ikkinchi xalq inqilobi samoderjaviyeni agʻdargan. 1917-yilda Vladimir Lenin boshchiligida bolsheviklar Oktabr inqilobi amalga oshirgan va mamlakatda sotsializm qurish harakatlari boshlangan.

Vladimir Lenin va boshqa yetakchilar Oktabr inqilobining ikki yilligini nishonlamoqda

Rossiya Sovet Respublikasi suveren davlati 1917-yilning 7-noyabrida eʼlon qilingan. Bu konstitutsiyasida sotsialistik respublika deb belgilangan jahondagi birinchi davlat edi. Respublikaning milliy gʻoyasi kommunizm boʻlgan. 1918-yil yanvarida Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi tashkil etilgan va oʻsha yili respublikaning ilk konstitutsiyasi 1918-yilda qabul qilingan. 1922-yilda 30-dekabrda Rossiya SFSR SSRIni tuzish kelishuvini imzolagan, natijada Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqiga rasman asos solingan.

1941–1942-yillari Ikkinchi jahon urushi davrida (qarang Ulugʻ Vatan urushi (atama)) Rossiya SFSRning ayrim hududlarini nemis-fashist qoʻshinlari okkupatsiya qilgan. Rossiya SFSR boshqa ittifoqdosh respublikalar xalqlari bilan birgalikda nemis-fashist qoʻshinlarini yengib, gʻalabaga erishgan.

1990-yilning 12-iyunida Rossiya xalq deputatlari sʼyezdi RSFSR davlat suvereniteti deklaratsiyasini qabul qildi, sovet hokimiyati oʻrniga hokimiyat vakolatlarini boʻldi, Rossiya fuqaroligini taʼsis qildi hamda Rossiya SFSR Sovet Ittifoqini tark etish huquqiga ega boʻlib qolishini taʼkidladi. 1991-yilning 12-iyunida islohotlar tarafdori boʻlgan Demokratik Rossiya harakati qoʻllovi bilan Boris Yeltsin Rossiya Federatsiyasining ilk prezidenti etib saylandi.

1991-yilgi davlat toʻntarishi urinishi davomida Qizil maydondagi tanklar

1991-yilning avgustida amalga oshirilgan davlat toʻntarish urinishi va Mixail Gorbachevning qisqa muddatda qoʻlga olinishi Sovet Ittifoqini beqarorlashtirdi. 1991-yilning 8-dekabrida Rossiya, Ukraina va Belarus yetakchilari Belaveja kelishimini imzoladi. Kelishuvda ilk asoschi davlatlar tomonidan Sovet Ittifoqi tarqatib yuborilgani taʼkidlandi va Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi tuzilgani eʼlon qilindi. 12-dekabr kuni Rossiya SFSR Oliy kengashi kelishuvni ratifikatsiya qildi. Natijada Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqini tuzish kelishuvi bekor qilindi, Rossiyaning Sovet Ittifoqidan de facto mustaqil boʻlgani va boshqa ittifoqdosh respublikalar bilan aloqasi uzilgani maʼlum qilindi.

Gorbachev isteʼfo berishi ortidan 1991-yilning 25-dekabrida Rossiya SFSR Rossiya Federatsiyasi deb qayta nomlandi. 1991-yilning 26-dekabrida endilikda sobiq Sovet Ittifoqining oʻroq va boltali qizil bayrogʻi Kreml minorasidan tushirildi va Millatlar kengashi ittifoqni tarqatib yubordi. Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin Rossiya tarqatib yuborilgan markaziy hukumat huquq va majburiyatlarini, jumladan, BMT hamda Xavfsizlik kengashiga doimiy aʼzolikni oʻz boʻyniga olishini eʼlon qildi.

1978-yilgi Rossiya SFSR konstitutsiyasi demokratiya, xususiy mulk hamda bozor iqtisodiga oʻtish yoʻlida bir necha marta oʻzgartirildi. Rossiya Federatsiyasining yangi konstitutsiyasi 1993-yilning 25-dekabrida kuchga kirdi va sovet boshqaruv tizimini butunlay yoʻq qilib, uning oʻrniga yarim prezidentlik tizimini taʼsis qildi.

Iqtisodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rossiya SFSR 1922–1991-yillar oraligʻida Sovet Ittifoqining maydoni, aholisining soni, iqtisodi jihatdan eng yirik aʼzosi boʻlgan. Bu davrda mamlakat iqtisodi keng koʻlamda sanoatlashtirilgan. Sovet Ittifoqidagi elektr energiyasining uchdan ikki qismi Rossiya SFSRda ishlab chiqarilgan. Rossiya SFSR Volga va Ural regionlarida hamda Sibirda yangi konlar aniqlanishi ortidan 1961-yilga kelib AQSh va Saudiya Arabistonidan keyingi dunyodagi uchinchi eng yirik neft eksportchisiga aylangan. Mamlakat boʻylab joylarda uyushtirilgan ommaviy sogʻliqni saqlash muassasalari xizmat koʻrsatgan. 1970-yillar oxiridan boshlab bosh kotib Leonid Brejnev qoʻli ostida stagnatsiyaga uchragan iqtisod 1985-yildan keyin Mixail Gorbachev maʼmuriyatining perestroyka siyosati doirasida bir oz liberalizatsiya qilingan. Natijada kooperativlar kabi hukumat egalik qilmagan shirkatlar yuzaga kelgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi" (oʻzbekcha). Ensiklopedik lugʻat. 2. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 1988. p. 146. 5-89890-018-7. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]