Mixail Yevgenyevich Masson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mixail Yevgenyevich Masson (1897. 21.11, Peterburg1986.2.11, Toshkent) — arxeolog, tarixchi, sharqshunoye Arxeologiya doktori (1936), professor (1945). Oʻrta Osiyo unti arxeologiya kafedrasi mudiri (1940—68), Oʻzbekiston (1944) va Turkmaniston (1950)da xizmat koʻrsatgan fan arbobi. Turkmaniston Fanlar akademiyasi akademik (1951). Dastlabki arxeologik kompleks ekspeditsiyalar — Termiz arxeologik kompleks ekspeditsiyasi (193638), Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsiyasi (JTAKE, 1945 yildan) asoschisi va rahbari. 19-asr oxiridan Samarqand, Toshkentda yashagan. 1912 yilda Oʻrta Osiyoda arxeologik ilmiy tadqiqot ishlarini boshlagan (Afrosiyob), key-ingi yillarda Oʻzbekiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Jan. Qozogʻistonda koʻplab arxeologik razvedka va qazishma ishlarini olib borgan. M. rahbarlik qilgan JTAKE faoliyati bilan Niso va koʻhna Mare shahri harobalaridan topilgan osoriatiqalar olamshumul ahamiyat kasb etgan. Oʻrta Osiyo tarixi, ayniqsa, numizmatikasi va shaharlari (Samarqand, Buxoro, Toshkent) tarixiy topografiyasi, konchilik tarixi, meʼmorlik, epigrafika boʻyicha ilmiy yoʻnalishlar muallifi. M. muharrirligi ostida 30 dan ziyod ilmiy toʻplamlar va monografiyalar, shuningdek, JTAKEning 18 jildi nashrdan chiqqan.

Manbalar[tahrir]

  • Axangeran. Arxeologotopografiches,kiy ocherk, T., 1953; Srednevekovie torgovie puti iz Merva v Xorezm i v Maverannaxr [Trudi Yujno-Turkmenistanskoy arxeologicheskoy ekspeditsii], t. 13, Ashxabad, 1996.