Muhammad Rahimxon I
Muhammad Rahimxon ibn Avaz inoq ibn Muhammad Amin inoq | |
---|---|
Muhammad Rahimxon I | |
Mansab davri 1775 — 1825 Inoqlik lavozimida | |
Oʻtmishdoshi | Eltuzarxon |
Vorisi | Olloqulixon |
Mansab davri 1806 — 1825 Xonlik davri | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 1775 |
Vafoti | 1825 |
Otasi | Avaz Muhammad inoq |
Muhammad Rahimxon I (toʻliq ismi Muhammad Rahimxon ibn Avaz inoq ibn Muhammad Amin inoq) (1775—1825) — oʻzbek qoʻngʻirotlar sulolasidan Xorazm xoni (1806—1825).
Akasi Eltuzarxon vafotidan keyin taxtga oʻtirgan (1806). M. R. I Xiva xonligini birlashtirishda ijobiy natijalarga erishgan; bir qancha siyosiy, iqtisodiy, maʼmuriy islohotlar oʻtkazgan. Xon saroyi qoshida doimiy faoliyat koʻrsatuvchi Kengash (Devon) taʼsis etilgan.
M.P.I mamlakatni kengaytirish uchun turkman — chovdurlar ustiga yurish qilgan (1808-1809). Shu yili Hasan-boy elini boʻysundirib Qoʻngʻirotga hujum qilgan, biroq u yerda qattiq qarshilikka uchragan. Oymirza hukmronlik qilayotgan qoraqalpoqlarning bir qismini Oq yoshq degan mavzega koʻchirgan. M.P.I Orol boʻyi qoraqalpoqlarini boʻysundirish uchun bir necha marta yurish qilib, 1811 yilda Toʻramurod soʻfini yengib xonlikni mustahkamlagan. 1812—18 yillar davomida Sirdaryo boʻyi qozoqlari va Marvdagi taka turkmanlar ustiga yurish qilib, ularni xonlikka qoʻshib olgan. Bu gʻalabalar Xiva xonligining mavqeini mustahkamlab, uni mustaqil qudratli davlatga aylantirgan. 1823—1824 yillarda Buxoro amirligiga tegishli Qoqishtivon, Ogʻor va Poykend qalʼalariga talonchilik yurishlari qilgan. Buxoro amiri Haydar bilan sulh tuzgan (1825).
M.P.I davrida Dashti Qipchoq, Xuroson [[Xiva xonligiga soliq toʻlab turgan. Xonlik hududi jan.da Xuroson, shim.da Orol dengizi va Sirdaryoning quyi oqimidagi yerlar, sharqda Buxoro amirligiga tutash hududlar, gʻarbda Kaspiy dengizi qirgʻoklarigacha boʻlgan yerlarni oʻz ichiga olgan. M.P.I oʻzi qurdirgan Paxlavon Maxmud maqbarasi katta xonaqohining toʻriga dafn etilgan.
M.P.I arab, fors tillarini bilgan. Ilm ahliga homiylik qilgan. Olim, shoir va donishmandlar bilan suhbatlar oʻtkazib turgan. Muniaa Eltuzarxon davrida boshlangan "Firdavs-ul-iqbol" asarini davom ettirishga sharoit yaratib bergan. 1813-yil Munisga "Ravzat-ussafo" asarini tarjimasini topshirgan. Mamlakatda bir qancha kanallar qazdirib obodonlashtirishga eʼtibor bergan. Arkda zarbxona tashkil qilib oltin va kumush tangalar chiqargan. M.R.I davrida ichkilik va bangilik ta'qiqlangan. Paxlavon Mahmud maqbarasi qayta qurilgan. Xivada bir qancha Madrasa va masjidlar qurilgan. Bojxona va boshqa muassasalar ishga tushgan (yana qarang Xiva xonligi).
Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Munis, Firdavs-ul-iqbol, T., 1952;
- Muhammad Yusuf Bayoniy, Shajarayi Xorazmshohiy, T., 1964.
- Yoʻldoshev M., Xiva xonligida feodal yer egaligi va davlat tuzilishi, T., 1959;
- Gulyamov Ya. G., Pamyatniki goroda Xivi, T., 1941;
- Xudoyberganov K., Xiva — 2500. Xiva xonlari shajarasi, Xiva, 1996.
- Gulomov X. G., Diplomaticheskiye otnosheniya gosudarstv Sredney Azii s Rossiyey v XVIII — pervoy polovine XIX veka. Tashkent, 2005
- Gulyamov Y.G., Istoriya orosheniya Xorezma s drevneyshikh vremen do nashikh dney. Tashkent. 1957
- Istoriya Uzbekistana. T.3. T.,1993.
- Istoriya Uzbekistana v istochnikax. Sostavitel' B. V. Lunin. Tashkent, 1990
- Istoriya Xorezma. Pod redaktsiyey I. M. Muminova. Tashkent, 1976
- Nemat Polvonov.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |