Mixail Skobelev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Skobelev Mixail Dmitriyevichdan yoʻnaltirildi)
Mixail Skobelev
Tavalludi 29-sentyabr 1843
Vafoti 7-iyul 1882
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi
Otasi Dmitry Skobelev
Onasi Olga Skobeleva

Mixail Dmitriyevich Skobelev (1843.17.9, Sankt-Peterburg — 1882.25.6, Moskva) — Rossiya imperiyasining Turkistondagi bosqinchilik urushlarida faol ishtirok etgan rus harbiy arbobi, infanteriya generali (1881). Bosh shtab akademiyasini tugatgan (1868). 1869-yilda Oʻrta Osiyoga kapitan unvoni bilan kelib, 8 yil ichida generalmayor unvoni bilan Rossiyaga kashtan. Skobelev Xiva xonligini bosib olish (1873) va "Poʻlatxon" qoʻzgʻoloni (1873— 76)ni bostirishda K. P. Kaufmannnng eng yaqin yordamchilaridan biri boʻlgan. Andijonni vayron qilib aholisiga 3300 rubl tovon toʻlatgan. Qoʻqon xonligi tugatilgach, 1876 i. 19 fevralda tashkil qilingan Fargʻona viloyatining birinchi harbiy gubernatori. Skobelev tomonidan viloyat markazi Qoʻqon shahridan Yangi Margʻilonga koʻchiriladi. Turkistonda podsho Rossiyasining mustamlakachilik siyosatini joriy qilishda qatʼiy faollik koʻrsatgan. Rossiya Turkiya urushi (1877—78) qatnashchisi. Axaltaka harbii yurishlari paytida 2Axaltaka ekspeditsiyasiga rahbarlik qilgan. Koʻktepa (Geoktepa) qalʼasi va Dengiltepa rus askarlari tomonidan egallangach (1881-yil 12 yanvar), Skobelevning buyrugʻi bilan tirik qolgan barcha qalʼa Aholisi: 45000 kishi (ayollar, kariyalar, bolalar) yoppasiga qirib tashlangan, ularning molmulki talangan va Koʻktepa yer bilan yakson qilingan. Skobelev ashaddiy shovinist va mustamlakachi sifatida Turkistondagi tub xalqlarga past nazar bilan karagan. Skobelev hakdsa mahalliy aholida nafratli xotiralar sakdanib qolgan. Skobelev 1882-yilda Sankt-Peterburgda fojiali oʻldirilgan. Fargʻona viloyatining maʼmuriy markazi boʻlgan Yangi Margʻilon (xoz. Fargʻona) sh. 1907—1924-yillarda Skobelev nomi bilan atalgan.[1]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Skobelev Mixail Dmitriyevich" OʻzME. S-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Oʻzbekistonning yangi tarixi, 1kitob [Turkiston Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida], T., 2000.