Sabohat Azimjonova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sabohat Azimjonova (1922-yil dekabr, Toshkent - 2001-yil, 26.4.) — sharqshunos olima, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (2000), tarix fanlari doktori (1969).

Toshkent pedagogika institutini tamomlagan (1942). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida katta ilmiy xodim (1949), institut direktori (1950– 77), boʻlim boshligʻi (1977—1995), yetakchi ilmiy xodim (1995-yildan). Asosiy ilmiy ishlari Boburning Qobul va Hindistondagi faoliyati, Oʻrta Osiyo xalqlarining oʻrta asrlarda qoʻshni xorijiy mamlakatlar bilan oʻzaro siyosiy va iqtisodiy munosa-batlariga bagʻishlangan.

Asarlari Eron, Afgʻoniston, Hindiston, Fransiyada chop etilgan. Boburning qizi Gulbadan begimning „Humoyunnoma“sini fors tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilib, Toshkentda (1959, 1977) va fransuz tilida Parijda, (1996) nashr ettirgan. A. bir qator xalqaro ilmiy kongresslarda ilmiy ma’ruzalar qilgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti (1989), Javoharla’l Neru xalqaro mukofoti (1993) laureati.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • K istorii Fergani vtoroy polovini XV veka, T., 1957;
  • Boburning Hindiston devoni, T., 1966;
  • Gosudarstvo Babura v Kabule i v Indii, M., 1977.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil