Viktor Sarianidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Viktor Sarianidi
Tavalludi 23-sentyabr 1929-yil
Toshkent Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Flag of the Uzbek Soviet Socialist Republic (1952–1991) SSSR bayrogʻi SSSR
Vafoti 22-dekabr 2013-yil(2013-12-22)
(84 yoshda)
Moskva  Rossiya
Fuqaroligi SSSR, Rossiya va Yunoniston
Sohasi Arxeologiya

Viktor Sarianidi (ruscha: Ви́ктор Ива́нович Сариани́ди; grekcha: Βίκτωρ Σαρηγιαννίδης; 1929-yil 23-sentyabrda tugʻilgan, 2013-yil 22-dekabrda vafot etgan) — Sovet arxeologi. U 1976-yilda Qoraqum choʻlida bronza davri madaniyati qoldiqlarini topgan. Madaniyat Baqtriya-Margʻiyona arxeologik majmuasi nomi bilan mashhur boʻlgan. Sovet va Rossiyalik arxeolog, tarix fanlari doktori[1].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 1929-yil 23-sentabrda Toshkentda Pontika yunonlari oilasida tugʻilgan. Uning ota-onasi Ioannis va Afina Sarianidi 1920-yillarda Ukrainaning Yalta shahridan Toshkent shahriga koʻchib kelishgan[2]. Sarianidi 1952-yilda Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlagan. Keyinchalik 1961-yilda Moskvadagi Sovet Fanlar Akademiyasi Arxeologiya institutida magistrlik darajasiga erishgan. U 1975-yilda „Afgʻoniston bronza va temir davrida“ nomli doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Keyin Arxeologiya instituti xodimlariga qatoriga qoʻshilgan va institutda butun faoliyatini shu yerda davom ettiradi[3]. 1996-yilda Viktor Gretsiyaga koʻchib oʻtadi. Viktor Sarianidi 2013-yil 22-dekabrga oʻtar kechasi Moskvada vafot etgan[4].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Viktor Sarianidi talabalik davridayoq, 1949-yilda Mikhail Masson rahbarligida Turkmaniston arxeologik yodgorliklarida izlanishlar olib borishadi. 1952-yilda Oʻrta Osiyo Davlat universitetini tamomlagach, Samarqanddagi Tarix muzeyiga ishga kiradi va ikki yil shu yerda ishlaydi[5]. Sarianidi Tohirbey, Yaz Depe (1955-1956), Togolok (1970-yillar) yodgorliklarini qazishda ishtirok etgan. U 1974-yildan Margʻiyona (yoki Margʻush) madaniyatini aniqlashga olib kelgan qazishma ishlariga rahbarlik qilgan. 1990-yilda esa bronza va ilk temir davriga oid 200 dan ortiq manzilgohlar topilgan. Manzilgohlarning eng asosiysi miloddan avvalgi III ming yillikning oxirida barpo etilib, miloddan avvalgi 1600-yillargacha davom etgan poytaxt Gonurtepa edi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1975-yilda „Afgʻoniston bronza va temir davrida“ nomli doktorlik dissertatsiyasi qoʻshimchalar bilan „Afgʻonistonning qadimgi dehqonlari“ nomi ostida nashr etilgan. 1969-1974-yillar Sovet-Afgʻon ekspeditsiyasi materiallari."
  2. Nikos Sidoropoulos. „ru:Виктору Сарианиди – 80 лет!“ (ru). Novorossisk Urban Greek Association (2009-yil 23-sentyabr). 2014-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-yanvar.
  3. „Viktor Sarianidi - obituary“ (2014-yil 10-yanvar). Qaraldi: 2014-yil 12-yanvar.
  4. „ru:Скончался российский археолог Сарианиди, нашедший золото Бактрии“ (ru). RIA Novosti (2013-yil 23-dekabr). Qaraldi: 2013-yil 23-dekabr.
  5. [Government of Turkmenistan „ru:Президент Туркменистана и члены Кабинета Министров выразили соболезнование по поводу кончины Виктора Сарианиди“] (ru). Туркменистан: золотой век (2013-yil 24-dekabr).