Tohiriylar davlati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tohiriylar davlati - Abbosiylar xalifaligi parchalanishi munosabati bilan Xurosonda tashkil topgan davlat (821—873). Asoschisi — Tohir ibn Husapn. 821 yilda Tohir ibn Husayn Xuroson va Movarounnahrning noibi etib tayinlangan. U xalifalikdan mustaqil boʻlishga harakat qilgan. Xutbadan xalifa nomi chiqartirib tashlangan. Shunday qilib, Xuroson va Movarounnahr boshqaruvi tohiriylar xonadoniga meros boʻlib qolgan. Tohir ibn gʻusaynning oʻgʻli Abul Abbos Abdulloh noibligi (828—844) davrida maʼmuriy markaz Marvdan Nishopur shahriga koʻchirilgan. Tohiriylar davrida Somonxudot avlodlari Movarounnahr shaharlarida mahalliy noib edilar. Tohiriylar ularni oʻzlariga tobe sifatida tan olganlar. Tohiriylar rasman oʻzlarini xalifaga tobe deb koʻrsatsalarda amalda mutlaqo mustaqil ish yuritganlar. Ular dastavval siyosiy hokimiyatni mustahkamlashga va qishloq xoʻjaligi.ni tartibga solishga harakat qilishgan. Dehqrnchilik vohalarining suv taʼminotini yaxshilash uchun yangi kanallar qazilgan. Tohiriylar davlat boshqaruvi, fuqarolarga munosabat, ayniqsa, soliq tartiblariga alohida ahamiyat berganlar. Mulkdor dehqonlarning jabrzulmidan, ogʻir soliqlardan bezor boʻlgan aholi mamlakatda tez-tez qoʻzgʻolon koʻtarib turgan. 9-asrning 60-yillarida Xurosonda gʻoziylar faolligida xalq qoʻzgʻoloni avj olib ketgan. 873 yilda Tohiriylar hukmronligi tugatilib, yangi Safforiplar davlati tashkil topgan. Mamlakatda sodir boʻlgan bunday siyosiy oʻzgarishdan soʻng Movarounnahr Xurosondan ajralib oʻz mustaqilligini toʻla tiklab olish imkoniga ega boʻlgan.