Asom Oʻrinboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Asom Oʻrinboyev (1929.15.5, Toshkent) — sharqshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (2001), tarix fanlari doktori (1985). Oʻrta Osiyo universitetining Sharq fakultetini tugatgan (1950). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida kichik ilmiy xodim (1953—60), katta ilmiy xodim (1960—69), boʻlim mudiri (1969—87; 1993—94), institut direktori (1987—93), yetakchi ilmiy xodim (1994 yildan), grant mavzu rahbari (2003 yildan). Ilmiy faoliyati, asosan, Temuriylar davri tarixiga oid Sharq manbalarini oʻzbek va rus tillariga ta"rjima qilib, ilmiy izohlar bilan nashr etish, Sharq qoʻlyozmalarini tavsiflash va ularning fihristini tuzish, hujjatlar va yozishmalarni tadqiq qilish va nashrga tayyorlash kabi yoʻnalishlarga oid.

Oʻ. Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan Sharq qoʻlyozmalari fihristlarining hammuallifi va ilmiy muharriri. Abu Ali ibn Sinoning "Tib qonunlari" asari oʻzbekcha nashrining ishtirokchisi.

Ayrim tadqiqotlari xalqaro ilmiy hamkorlik doirasida Eron, Afgʻoniston, BAA, Germaniya, Yaponiya va AQShda chop etilgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofotti laureati (1989).

Manbalar[tahrir]

  • Abdurazzoq Samarqandiyning Hindiston safarnomasi (1442—1444), T., 1960; Pismaavtografi Abduraxmana Djami iz "Alboma Navoi" (Vvedeniye, perevod, primechaniya i ukazateli A.Urinbayeva), T., 1982.