Kontent qismiga oʻtish

Omonqoʻton gʻori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Omonqoʻton gʻori — mustye davriga oid gʻor. Samarqand viloyati, Urgut tumanidagi Omonqoʻton qishlogʻidan 2 km sharq tomondagi Bulbulzorsoyning baland sohilida joylashgan. Arxeolog D. N. Lev tekshirgan (1947— 57). 2 ta madaniy qatlam aniqlangan. Omonqoʻton gʻorida yashagan odamlarning mehnat qurollari diorit, kvars va chaqmoqtoshdan yasalgan qirgʻichlar, tigʻi qirrali qoʻpol pichoqlar, nayzasimon tosh qurollar va nukleuslardan iborat (jami 140 ta tosh qurol topilgan). Gʻordan koʻpdab hayvon (arhar, qoʻngʻir ayiq va boshqalar) suyaklari chiqqan; suyaklar uzunasiga yorilgan, ularda olovda kuyganlik izlari bor. O.gʻ. Oʻzbekistondagi eng qadimgi manzilgoxlardan boʻlib, fan uchun ahamiyati katta[1][2].Hozirgi kunda Omonqutonda tabiat ajoyib tus olgan.Bu yerning togʻlari,soylari va oʻrmon kabi daraxtzorlari kishilarni oʻziga jalb etmoqda.Har erta bahordan boshlab bu yerga viloyatning koʻplab yerlaridan sayyohlar dam olish uchun tashrif buyurishadi.Togʻning salqin havosi va musaffo tabiati insonlarning baxru dilini ochib kunglini xushnud qilishda davom etmoqda

  1. „Nomi va joylashuvi ajoyib qishloq - Omonqo‘ton“ (uz). Qaraldi: 3-dekabr.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil