Markaziy Osiyo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Markaziy Osiyo
Markaziy Osiyo
Markaziy Osiyo
Markaziy Osiyo
Markaziy Osiyo XIII asr
Markaziy Osiyo 1914-yil
Markaziy Osiyo 1920-yil
Markaziy Osiyo 2019-yil

Markaziy Osiyo - Osiyo materigining ichki qismidagi tabiiy mintaqa. Maydoni 6 mln. km². Shimoliy va gʻarbiy chekkasi Mongoliya, XXR bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi davlat chegarasigacha boʻlib, sharqi Katta Shinjon, jan va boshqalar. esa Tibet hududidagi Sangpo (Brahmaputra) daryosi va Hind daryosining yuqori qismi bilan oʻralgan. M.O. dengiz sathidan ancha baland joylashgan. Relyefi kenglik boʻylab choʻzilgan togʻ tizmalari (Mongoliya Oltoyi, Xangay, Xentey, Tyan-shan, Nanshan, Kunlun) va keng hamda ancha chuqur botiklar (Jungoriya, Gʻarbiy Mongoliyadagi Katta Koʻllar soyligi, Tarim, Saydam)dan iborat. Ayrim joylarida mutlaq balandlik dengiz sathidan past (mas, Turfon botigʻi — 154 m). Qum va shagʻalli baland tekisliklar, kichik togʻ koʻp. Iqlimi hamma yerda keskin kontinental, choʻl iqlimi; yogʻin kam, yiliga oʻrtacha 100–200 mm, markaziy qismlarida 10–30 mm, chekkalarida 300– 400 mm, jan.-sharqida, Tibet togʻlarining chetlarida 1000 mm va undan ham koʻproq. Qishda antitsiklon taʼsirida qattiq sovuq boʻladi, yanvarning oʻrtacha temperaturasi —10°, —25°, eng past temperatura —50°, —52°. Tyanshan, Nanshan, Qoraqurum togʻlarida muzliklar bor. Selenga, Irtish, Xuanxe, Yanszi, Brahmaputra, Hind, Mekong, Tarim, Xaydikgol, Kobdo, Tes, Manas, Urungu, Edzin-gol daryolari togʻlardan boshlanadi. Chuchuk suvli eng katta Xubsugul oqar koʻlining maydoni 2620 km², eng chuqur joyi — 238 m. M.O.da Gobi, Takla-. Makon, Alashan va boshqa choʻllar katta maydonni egallagan. Choʻl va chala choʻllar baland togʻlargacha koʻtarilib boradi. Balandlik mintaqalari Nanshanning sharqiy qismida, sharqiy Tyanshanning shim. yon bagʻirlarida va Mongoliya Oltoyiningjan.-gʻarbiy yon bagʻirlarida uchraydi. Xangay, Xentey togʻlari va Tibet togʻligining jan.-sharqiy chetlarida anchagina oʻrmonlar bor.[1]

Markaziy Osiyo deganda, Sovet Ittifoqi parchalangandan keyin mustaqillikka erishgan beshta musulmon respublikalar: Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston nazarda tutiladi.

Sovetlar davrida bu hududga Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston atamasi qoʻllanilgan. Lekin, 1991 yilda mustaqillikka erishilgandan keyin, ham ushbu davlatlar, ham horijiy davlatlar Markaziy Osiyo atamasini qoʻllana boshlashdi. 1992 yilda besh davlat rahbarlari rasmiy uchrashuvida Markaziy Osiyo atamasini qabul qilishdi. Hozirda, bu atama dunyo hamjamiyati tomonidan qabul qilingan. Aksariyat halqaro tashkilot va tadqiqot institutlarida, Markaziy Osiyo boʻlimlari ochilgan.

Lekin, geografik nuqtai nazardan yondoshilsa, Markaziy Osiyoga Afgʻoniston, Moʻgʻuliston va Xitoyning Uygʻur viloyatlari ham kiradi. Bundan tashqari „Greater Central Asia“ yoki, Kengroq Markaziy Osiyo atamasi boʻr. Bu hududga, bazi siyosatchilar va tadqiqotchilar, ushbu zikr etilgan davlatlardan tashqari, Eron, Ozarbayjon, Turkiya, hatto Hindistonning bazi qismlarini ham qoʻshishadi.

Markaziy Osiyo darajasida, maʼlum bir maʼnoda hududiy hamkorlik harakatlari ham mavjud. Bu harakatlarning misolida Markaziy Osiyo Hamkorlik Tashkilotini ham koʻrsatish mumkin. Lekin, hozirgacha bunday harakatlarda maʼlum bir tartiblilik va davomiylik boʻlmadi.

Yirik shaharlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahar Davlat Aholi Tasvir Maʼlumotlar
Toshkent Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston 2,180,000
(2008)
Vue de l'Aqua-Park - Tachkent.jpg Toshkent — Markaziy Osiyoning eng yirik qadimiy shaharlaridan biri — Oʻzbekiston Respublikasining poytaxtidir. Aholisi 2 million 500 ming kishini tashkil etadi.
Ashxobod  Turkmenistan 695,300
(2001)
Ashxobod — Oʻrta Osiyoda joylashgan Turkmaniston Respublikasining poytaxti.
Qobul  Afghanistan 3,000,000
(2008)
Kabul Skyline.jpg Afgʻoniston poytaxti.
Peshovar  Pakistan 2,955,254
(2006)
Mashhad  Iran 2,427,316
(2006)
Aerial View of Koohsangi street, Mashhad, Iran.png
Urumchi Xitoy 2,681,834
(2006)
Urumchi (trans.: vulumuchi) — shimoli-gʻarbiy Xitoydagi eng katta va tez rivojlanayotgan shahar. Aholisi soni 2,1 milliondan ortiq. Urumchi dengizdan eng uzoq boʻlgan katta shahardir. Tyanshan togʻlarining shimolida joylashgan.
Mozori Sharif  Afghanistan 300,600
(2008)
Mazar-e sharif - Steve Evans.jpg
Ulan Bator  Mongolia 1,067,472
(2008)
UlaanBaatar-2009.jpg
Samarqand  Uzbekistan 596,300
(2008)
Registan square 2014.JPG Samarqand — Oʻzbekiston shaharlaridan biri, Samarqand viloyatining markaziy shahri.
Bishkek  Kyrgyzstan 1,250,000
(2007)
Bischkek.jpg
Oʻsh  Kyrgyzstan 232,800
(2009)
Osh 03-2016 img28 view from Sulayman Mountain.jpg Oʻsh Markazi osiyoning qadimiy shaharlaridan biri uning tarihi 3000-yilga borib taqaladi aholisining asosiy qismi oʻzbeklar u qirgʻizistoning ikkinchi poytaxti va oʻsh vil.ning mamuriy markazi.
Ostona  Kazakhstan 700,000
(2009)
Astana1.jpeg
Dushanbe  Tajikistan 679,400
(2008)
Dushanbe1.JPG
Buxoro  Uzbekistan 237,900
(1999)
Kalon-Ensemble Buchara.jpg
Olmota  Kazakhstan 1,420,747
(2009)
Andijon  Uzbekistan 379,400
(2011)
Andijan.PNG

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil