Ibn Havqal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ibn Havqal, Abulqosim ibn Havqal an-Nisibiy (? — Bagʻdod, 976) — arab sayyohi va geografi. 931—943 yil larda Magʻrib va Mashriq mamlakatlari, Sitsiliya o., Italiya, Ispaniya, Mesopotamiya (Ikki daryo oraligʻi), Eron boʻylab sayohat qilgan; Kordovada maʼlum vaqt yashagan. 952 yil da Istaxriyning "Kitob masolik al-mamolik" ("Mamlakatlar yoʻllari haqida kitob") asaridagi va haritalaridagi chalkashliklarni uning roziligi bilan tuzatib, keyinchalik shu asosda "Kitob ul-masolik va-l-mamolik" ("Yoʻllar va mamlakatlar haqida kitob") deb atalgan mukammal asar yaratgan. Mazkur kitobni yozishda Ibn Hurdodbeh, Jayhoniy, Qudama ibn Jaʼfar asarlaridan ham foydalangan. I. H. ning Afrika va Yevropadagi mamlakatlarga oid xabarlari, xususan, etnik maʼlumotlari oʻsha davr ilmfani uchun muhim yangilik boʻldi. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil