Turkiy xalqlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ushbu maqola Turkiy tillarda soʻzlashuvchi xalqlar haqidadir. Turkiya xalqi uchun Turklar http://www.itusozluk.com/image/turan-haritasi_43263.jpg ]]

Turkiy xalqlar Turkiy tillarda soʻzlashuvchi, shimoliy va markaziy Yevroosiyoda yashovchi xalqlar guruhidir. Bu xalqlar u yoki bu darajada umumiylashgan madaniyat va anʼanalarga ega. Turkiy xalqlar tayinli bir irqqa tegishli emas, ularni bogʻlovchi unsur asosan tildir.

Davlat Aholisi ichida Turkiy xalqlar soni
Flag of World.svg Dunyo Boʻyicha taxminan 352 million
Turkiya bayrogʻi Turkiya 68.000.000
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston 30.000.000
Eron bayrogʻi Eron 35.000.000
Rossiya bayrogʻi Rossiya 45.000.000
Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston 15.000.000
Xitoy bayrogʻi Xitoy 85.000.000
Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon 10.000.000
Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston 8.000.000
Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston 7.000.000
Olmoniya bayrogʻi Germaniya 10.000.000
Iroq bayrogʻi Iroq 5.000.000
Tojikiston bayrogʻi Tojikiston 2.000.000
AQSH bayrogʻi AQSH 2.000.000
Fransiya bayrogʻi Fransiya 1.000.000
Ukraina bayrogʻi Ukraina va Belorussiya bayrogʻi Belarus 1.000.000
Flag of Moldova.svg Moldova 200.000
Mogʻuliston bayrogʻi Moʻgʻuliston 300.000
Avstraliya bayrogʻi Avstraliya 200.000
Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik 50.000
Kanada bayrogʻi Kanada 100.000
Argentina bayrogʻi Argentina 1.000
Flag of Europe.svg Yevropa Ittifoqi (Fransiya, Buyuk Britaniya va Olmoniyasiz) 5 million
20.000.000
Turkiylar Dini Asosan Islom (koʻpchilik Sunniylik mazhabi), shuningdek (Shia mazhabilar, qolganlar xristian, buddist va boshqa dinlarga e'tiqod qiluvchilardir.

Tarixi[tahrir]

Turk, turkiylar — jahondagi eng qadimgi va yirik etnoslardan birining nomi. Soʻnggi davrda jahon olimlari, jumladan, oʻzbek olimlari tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida va qadimgi Xitoy manbalaridagi maʼlumotlarga koʻra, ushbu atama bundan 3,5—4 ming yil muqaddam rayemsimon iyerogliflar bilan yozilgan bitiklarda "tiyek" va "tiauk" shaklida uchraydi. Turk soʻzi baquvvat, barkamol, odillik kabi maʼnolarni anglatadi, degan fikrlar mavjud. Qadimgi Xitoy manbalarida turklar qiyofasi chuqur koʻzli, qirra burunli, basavlat va sersoch deb koʻrsatiladi.

Bir necha ming yilliklar davomida turkiy qabilalar koʻp marta birlashgan va parchalanganligi tufayli ularning qabilaviy tarkibi oʻzgarib turgan.

Mil. av 2-a.dan — mil. 3-a.gacha boʻlgan davrda turklar Hun xoqonligi tarkibida boʻlganligi sababli Xitoy manbalarida shyunnu, hunnu deb ham atalgan. Mazkur xoqonlik yemirilgandan keyingi 300 y.ga yaqin davr davomida xitoylar turklarni tiyekle (zamonaviy tilda tele) deb atashgan.

6-a.da turklarda boʻlgan Ashina avlodi kuchayib, Turk xoqonligi barpo etgan. Xitoy manbalariga koʻra, 9-a.da tilga olinadigan turk qabilalari 58 ta nom bilan ajratilgan. Shulardan 22 tasi uygʻur (ittifoqchilar) deb nomlangan. Uygʻur xoqonligi tugatilganidan soʻng bularning katta bir qismi Turkiston hududida joylashgan (q. Turk). Turkiya olimlari asarlarida turk qabilasi koʻkturk deb xam ataladi. Tadqiqotlarga koʻra, koʻkturk soʻzi tangriga, yaʼni osmonga ishongan turklar, balandlik turklari, koʻk boʻri totemi boʻlgan turklar kabi maʼnolarni anglatgan. Markaziy Osiyoda turk toponim, etnonim, gidronim sifatida koʻplab uchraydi.

Hozirgi davr[tahrir]

Turkiy aholi soni taxminan 200-250 million nafarga yetgan.[1] Shulardan 80 millioni Turkiya turklaridir. Hozirda oltita mustaqil turkiy davlat mavjud:

Shuningdek qarang[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. http://www.sonsoftheconquerors.com/16501.html?*session*id*key*=*session*id*val*

Havolalar[tahrir]