1999

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Mingyillik: 2chi mingyillik
Asr:
Oʻn yilliklar:
Yillar:

1999 yilXX asrning 99-yili.[1]

Oʻzbekistonda[tahrir]

"Ayollar yili"

  • 13 yanvar. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita tashkil etildi.
  • Yanvar — "Oʻzbekiston tarixi" jurnalining 1-soni chiqdi.
  • Yanvar — Namangan viloyatining Kosonsoy shahrida "Kosonsoy-Tekmen" Oʻzbekiston — Turkiya toʻqimachilik qoʻshma korxonasi foydalanishga topshirildi.
  • Yanvar — Xorazm viloyatida shoir va mutafakkir Pahlavon Mahmudning 750 yilligi keng nishonlandi.
  • 4 fevral — "Fidokor" gazetasi chop etila boshladi.
  • 6 fevralOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Jurnalist kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida" qaror qabul qildi.
  • 16 fevral — Toshkent shahrida terrorchi kuchlar siyosiy va diniy ekstremistlar tomonidan uyushtirilgan terrorchilik harakati oqibatida 16 nafar inson oʻldirildi, 120 kishi tan jarohati oldi.
  • 18 fevral — "Oilada, davlat va jamiyat qurilishida ayollarning rolini kuchaytirish, ularni xuquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy va maʼnaviy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari" davlat dasturi ishlab chiqildi.
  • 26 fevral — Prezident farmoni bilan "Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻgʻrisida"gi Nizom tasdiqlandi.
  • Fevral — Toshkentda Oʻzbekiston tarixchilari jamiyati tashkil etildi.
  • 2 mart — 9 may Xotira va qadrlash kuni deb eʼlon qilindi.
  • 15 mart — Ibn Sino xalqaro jamgʻarmasi roʻyxatdan oʻtkazildi.
  • 21 mart — Samarqand shahrida rus va oʻzbek tillaridagi haftalik "Darakchi" gazetasining 1-soni nashrdan chiqdi.
  • 30 mart — "Interkontinental" mehmonxonasi har yili oʻtkaziladigan Yevropa "Interkontinental" otellari koʻrik tanlovida birinchilikni oldi.
  • Mart — "SamKochAvto" qoʻshma korxonasida shaharlararo va shahar ichida qatnashga moʻljallangan dastlabki avtobuslar ishlab chiqarildi.
  • Mart. "Teatr" oylik adabiy-badiiy, axborot-reklama jurnalining 1-soni nashrdan chiqdi.
  • 7 aprelToshkent islom universiteti tashkil etildi.
  • 14—15 aprel — 1-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 15-sessiyasida "Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida" (yangi tahrirda), "Oʻrmon toʻgʻrisida", "Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida", "Xotinqizlarga qoʻshimcha imtiyozlar berish toʻgʻrisida" qonunlar qabul qilindi.
  • 23 aprel — Toshkentda Maʼrifatchilar jamiyatining taʼsis majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisda jamiyat Nizomi tasdiqlandi.
  • Aprel — Brisben (Avstraliya)da oʻtkazilgan Xalqaro "Gran pri" turnirida oʻzbek karatechilari 25 ta medalni qoʻlga kiritdilar, ulardan 14 tasi oltin medallardir.
  • 1-2 may — Toshkentda kurash boʻyicha birinchi jahon chempionati boʻlib oʻtdi. Unda jahonning 48 ta mamlakatidan sportchilar qatnashdi.
  • 9 may — Oʻzbekiston Respublikasida birinchi bor 9 may Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlandi. Toshkentda Vatan ozodligi uchun jon fido etgan xalqimizning farzandlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida "Xotira va qadrlash maydoni" barpo etildi.
  • 17 may — Toshkent — Samarqand yoʻnalishida elektrpoyezd qatnovi yoʻlga qoʻyildi.
  • 17 may — Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi qurilishida uni umumiy temir yoʻl tarmogʻi bilan ulaydigan uzunligi 20 km boʻlgan Jiyron—Shoʻrtan temir yoʻl tarmogʻi foydalanishga topshirildi.
  • 27 may — Navoiy viloyati Navoiy shahri tarkibida Karmana tumani tashkil etildi.
  • MayNavoiy viloyatida Navbahor gidrouzeli foydalanishga topshirildi.
  • 10 iyunZulfiya nomidagi davlat mukofoti taʼsis etildi.
  • Iyun — Navoiy shahrida oʻt oʻchiruvchi mashinalarni yigʻish boʻyicha Oʻzbekiston—Ukraina qoʻshma korxonasi ishga tushdi.
  • 1 iyul — Oʻzbekiston bilan Yevropa Ittifoqi oʻrtasida sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim ratifikatsiya qilindi.
  • 19-20 iyul — Toshkentda Afgʻoniston muammosini hal etish boʻyicha "6+2" guruhining BMT homiyligidagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda tarixiy Toshkent deklaratsiyasi kabul qilindi.
  • IyulAndijon viloyatining Marhamat tumanida Oʻzbekiston—Rossiya "Ekomevalar" qoʻshma korxonasi faoliyat koʻrsata boshladi.
  • Iyul — Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan "Ilyushin Il-114" samolyoti Toshkent—Nukus, Toshkent—Fargʻona yoʻnalishlari boʻyicha doimiy parvozlarni amalga oshira boshladi.
  • 7 avgust — Toshkentda Maʼnaviyat va maʼrifat respublika kengashining taʼsis konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
  • 18 avgust — Vazirlar Mahkamasining YevropaOsiyo transkontinental avtomagistralini loyihalash ishlari boʻyicha qarori chiqdi.
  • 19-20 avgust — 1-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 15-sessiyasida "Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida", "Turizm toʻgʻrisida", "Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida" qonunlar qabul qilindi.
  • 26 avgustSamarqandda "Sharq taronalari" ikkinchi xalqaro musiqa festivali ochildi.
  • AvgustFargʻona tumanida pillani qayta ishlaydigan Vodil pillakashlik fabrikasining birinchi navbati ishga tushdi.
  • 20—21 sentyabr — Toshkentda "Buyuk ipak yoʻli"ni tiklash boʻyicha xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi. Unda Oʻrta Osiyo mamlakatlaridan tashqari Xitoy, Turkiya, Gruziya, Ozarbayjon, Suriya va boshqa davlatlar hamda xalqaro tashkilot vakillari qatnashdilar.
  • 21 sentyabr — Shahidlar xotirasi xayriya jamgʻarmasi tuzildi.
  • 27 sentyabr — Toshkentda Amerikaning "Motorola" kompaniyasi vakolatxonasi va radiostansiyalar ishlab chiqaradigan "Oʻzbekiston—Motorola—Telekom—Radio" qoʻshma korxonasining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
  • 12 oktyabr — "Oltin meros" xalqaro xayriya jamgʻarmasi tuzildi.
  • 23—30 oktyabr — Toshkentda boks boʻyicha Osiyo chempionati oʻtkazildi. Unda 20 mamlakatdan 210 sportchi qatnashdi.
  • 26 oktyabr — "Sharq ayoli" xalqaro ayollar jamgʻarmasi tuzildi.
  • Oktyabr — Samarqanddagi "SamKochAvto" Oʻzbekiston — Turkiya qoʻshma korxonasi ishlab chiqarayotgan avtobuslarning dastlabki turkumi eksportga joʻnatildi.
  • Oktyabr — Toshkentda Respublika "Toshkent" fond birjasi bilan Frankfurt fond birjasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik va hamjihatlik memorandumini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.
  • Oktyabr — Nukusda Onkologiya ilmiy markazi ochildi.
  • Oktyabr — Andijon viloyatining Shahrixon tumanida "Anteks" ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati toʻqimachilik korxonasi ishga tushirildi. Oktyabr — "Kurash" jurnalining 1-soni nashrdan chiqdi.
  • 5 noyabrXorazmda Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi keng nishonlandi.
  • 6 noyabrTermiz shahrida "Alpomish" dostonining 1000 yilligiga bagʻishlangan bayram tantanalari boʻlib oʻtdi.
  • 1 dekabr — Toshkentda "Kabul—Oʻzbek Ko" Oʻzbekiston—Koreya toʻqimachilik qoʻshma korxonasi ishlab chiqarish majmuining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
  • 5 va 19 dekabr — Barcha viloyat, tuman va shaharlarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va mahalliy Kengashlar deputatligiga erkin demokratik saylovlar boʻlib oʻtdi.
  • 17 dekabr — Qoraqalpogʻistonda 115 km uzunlikdagi Miskin — Sulton Uvays magistralida temir yoʻl izlarini tutashtirish ishlari nihoyasiga yetkazildi.
  • 17 dekabr — Xorazmda oʻzbek shoiri, tarixchi Ogahiyning 190 yilligi nishonlandi.
  • 18 dekabr — Nukusda Ajiniyoz Koʻsiboy oʻgʻli tavalludining 175 yilligi nishonlandi.
  • 29 dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Termiz shahrining 2500 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida"gi qarori chiqdi.
  • 1999 — Toshkentda "Toshkent-plaza" xalqaro savdo koʻrgazma majmuasi bunyod etildi.
  • 1999 — Oʻzbekiston isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tuzildi.

Voqealar[tahrir]

Vafot etgan[tahrir]

Nobel mukofoti laureatlari[tahrir]

Manbalar[tahrir]