Turkmaniston Sovet Sotsialistik Respublikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Turkmaniston Sovet Sotsialistik Respublikasi
Туркменская Советская Социалистическая Республика
Түркменистан Совет Социалистик Республикасы
Sovet Ittifoqi respublikasi
1924–1991
Bayroq
Bayroq
Gerb
Gerb
Shior
Әхли юртларың пролетарлары, бирлешиң! (Turkmancha)
Ähli ýurtlaryň proletarlary, birleşiň! (transliteratsiya)
„Butun dunyo proletarlari, birlashingiz!“
Madhiya
Түркменистан Совет Социалистик Республикасы Дөвлет Гимни
Türkmenistan Sowet Socialistik Respublikasy Döwlet Gimni
„Turkmaniston Sovet Sotsialistik Respublikasi gimni“

Location of Turkmaniston SSR
Turkmaniston SSRning (qizil) Sovet Ittifoqida joylashuvi
Poytaxti Ashxobod
Til(lar)i Rasmiy tillar:
Turkman  • Rus
Ozchiliklar tillari:
Oʻzbek
Etnoxoronimi Turkman
Sovet
Hukumati Unitar Marksist-Leninist bir partiyali sovet sotsialistik respublika (1925-1927; 1953-1990)
Stalinist bir partiyali totalitar diktatura (1927-1953)
Unitar prezidentlik respublika (1990-1991)
Birinchi kotib
 •  1924–1926 Ivan Mejlauk
 •  1985–1991 Saparmurod Niyozov
Tarixi XX asr
 •  Turkiston ASSR tarkibida Turkman viloyati tashkil qilingan 7-avgust 1921-yil
 •  Turkmaniston SSR tuzilgan 27-oktabr 1924-yil
 •  Suverenitet eʼlon qilingan 22-avgust 1990-yil
 •  Mustaqillik eʼlon qilingan 27-oktabr 1991-yil
 •  Mustaqillik tan olingan 26-dekabr 1991
Maydoni
 •  1989-yil 488100 km²
Aholisi
 •  1989-yil (tax.) 3 522 700 
     Zichlik 7.2171686129891 km²
Pul birligi Sovet rubli (SUR)
Telefon kodi +7 360/363/370/378/432
Oldingisi
Keyingisi
Turkmaniston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi
Xorazm Xalq Sovet Respublikasi
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi
Turkmaniston

Turkmaniston Sovet Sotsialistik Respublikasi, Turkmaniston SSR (turkmancha: Түркменистан Совет Социалистик Республикасы; ruscha: Туркменская Советская Социалистическая Республика) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. Ayrim manbalarda Sovet Turkmanistoni deb yuritiladi.

1921-yil 7-avgustda Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tarkibida Turkman viloyati tuzilgan. Milliy chegaralanish natijasida 1924-yil 27-oktabrda Turkmaniston SSR tashkil etilgan.

Turkmaniston SSR poytaxti Ashxobod shahri boʻlgan. Respublika 44 rayonga boʻlingan, 16 shahar, 74 shahar tipidagi posyolkasi boʻlgan.[1]

1990-yilning 22 avgustida Turkmaniston suverenitet eʼlon qildi. 1991-yilning 27-oktabriga kelib respublika oʻz mustaqilligini eʼlon qildi. Turkmaniston mustaqilligi 1991-yilning 26-dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin tan olindi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkmaniston SSR hududida sinfiy jamiyat miloddan avvalgi 1-ming yillikda vujudga kelgan. 6–4-asrlarda Axomaniylar, Makedoniyalik Iskandar qoʻl ostida boʻlgan. Miloddan avvalgi 3-asrdan Parfiya podsholigi, Sosoniylar davlati tarkibida boʻlgan.

5–8-asrlarda eftalitlar, turklar, arablar hokimiyati oʻrnatilgan. Turkmaniston SSR xalqi arablarga qarshi Muqanna qoʻzgʻolonida ishtirok etgan. 9–10-asrlarda Tohiriylar, Somoniylar davlatlari tarkibida boʻlgan.

Sovet qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqish jarayonining ilk bosqichi. Mari viloyati, Turkmaniston SSR.

11-asrga kelib Turkmaniston SSR hududini oʻgʻuzlar zabt etgan. 11–13-asrlarda Saljuqiylar davlati Xorazm tarkibida boʻlgan. 13–15-asrlarda moʻgʻullar qoʻl ostiga oʻtgan. Soʻngra esa Temuriylar davlati Turkmaniston hududini egallab olgan. 15-asrda turkman elati tarkib topa boshlagan.

16–17-asrlarda Buxoro xonligi tarkibida, 19-asrning 60-yillari oxiri – 80-yillar oʻrtasida Rossiyaga qoʻshib olingan.

Turkmanistonda Sovet hokimiyati 1917-yil noyabr-dekabr oylarida oʻrnatilgan. Mamlakat hududining asosiy qismi Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tarkibiga kirgan. 1921-yil 7-avgustda Turkiston ASSR tarkibida Turkman viloyati tuzilgan. Milliy chegaralanish natijasida 1924-yil 27-oktabrda Turkmaniston SSR tashkil etilgan.

1990-yilning 22 avgustida Turkmaniston suverenitet eʼlon qildi. 1991-yilning 27-oktabriga kelib respublika oʻz mustaqilligini eʼlon qildi. Turkmaniston mustaqilligi 1991-yilning 26-dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin tan olindi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Turkmaniston SSR" (oʻzbekcha). Ensiklopedik lugʻat. 2. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 1988. p. 298. 5-89890-018-7. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]