Xitoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Xitoy Xalq Respublikasi
中華人民共和國 / 中华人民共和国
Zhōnghuá Rénmín Gònghéguó
Xitoy davlat bayrogʻi   Xitoy davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior:
Madhiya: The March of the Volunteers
Xitoy Xaritasi
Poytaxt Pekin
Rasmiy til(lar) Xitoy tili
Hukumat Bitta-partiyalik davlat
 • Prezident Xi Jinping
 • Premyer Ven Jiabao
Mustaqillik  
 • Chin Sulolasidan 1-yanvar 1912-yil
 • Xitoy Respublikasidan 1-oktabr 1949-yil
Maydon  
 • Butun 9,596,960 km² (3-)
 • Suv (%) 3,8
Aholi  
 • 2010 roʻyxat 1,347,374,752 (1- oʻrin)
 • Zichlik 139,6/km²
YaIM (XQT) 2011- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$ 11.299 trln (2-)
 • Jon boshiga AQSh$ 8,382
Pul birligi Yuan Renminbi (CNY)
Vaqt Mintaqasi (UTC)
 • Yoz (DST)
Qisqartma CH
Internet domen .cn
Telefon prefiksi +86


Xitoy, Xitoy Xalq Respublikasi (xitoycha 中華人民共和國 - 中华人民共和国 - Zhōnghuá Rénmín Gònghéguó), XXR — Markaziy va Sharqiy Osiyoda joylashgan davlat. Dunyoda aholisi eng kup va maydoni jihatidan eng yirik davlatlardan biri. Sharqda Tinch okeanning Sariq, Sharkay Xitoy va Janubiy Xitoy dengizlari bilan oʻralgan. Maydoni 9,6 mln. km². Aholisi 1 mlrd. 292 mln. 750 ming kishi (2003). Poytaxti — Pekin shahri Maʼmuriy jihatdan 23 provinsiya (Xitoy Taypeyi ham shu hisobga kiradi), 5 muxtor rn va markazga boʻysinuvchi 4 shahar (Pekin, Shanxay, Tyendzin, Chunsin)ga boʻlinadi.

Davlat tuzumi[tahrir]

Xitoy Xalq Respublikasi. Amaldagi konstitutsiyasi 1988 yil 4 dekabrda qabul qilingan; 1988, 1993, 1999 yillarda ayrim tuzatishlar kiritilgan. Konstitutsiyaga koʻra, Xalq vakillari Umumxitoy majlisi (XVUM) davlat hokimiyatining oliy organi. XVUM davlat boshligʻi — XXR raisi (2003 yildan Xu Jintao) va uning oʻrinbosarlarini saylaydi. Krnun chiqaruvchi hokimiyatni XVUM amalga oshiradi. XVUM provinsiya, muxtor rn, markazga boʻysunuvchi shaharlar va qurolli kuchlar tomonidan saylanadigan deputatlardan iborat. XVUMning doimiy ishlovchi organi Doimiy qoʻmitadir. XVUM vakolat muddati 5 yil Ijroiya hokimiyatni Davlat kengashi (hukumat) amalga oshiradi. U XVUM va uning doimiy qoʻmitasi oldida hisob berib turadi. Davlat kengashining vakolat muddati 5 yil

Tabiati[tahrir]

XXR, asosan, moʻʼtadil va subtropik mintaqalarda (janubiy qismida kichikroq hudud tropik mintaqada) joylashgan. Tabiati jihatidan Sharqiy Osiyoda joylashgan sharqiy va Markaziy Osiyoda joylashgan gʻarbiy qismlarga boʻlingan. Mamlakatning sharqi dengiz boʻyi pasttekisliklari, past va oʻrtacha balandlikdagi togʻlar bilan band. X.ning gʻarbi esa baland togʻlik, kata tizmalar, keng yassitogʻlik va botiqlardan iborat. X. qirgʻoq chizigʻining uz. 15 ming km chamasida. Kichik qoʻltiq va buxta kup. Yirik yarim orollari: Shandun va Lyaodun.

X. — murakkab orografiyaga ega boʻlgan togʻli oʻlka. Mamlakatning janubi-gʻarbida Tibet togʻligi, undan shim.roqsa Markaziy Osiyo tekisliklari va yassitogʻliklar mintaqalari va atrofi togʻlar bilan oʻralgan Sharqiy Xitoy pasttekisliklari yaqqol ajralib turadi. Tibet togʻligi X.ning eng baland qismidir (oʻrtacha bal. 4500 m ga yaqin).

Markaziy Osiyo tekisliklari va yassitogʻliklari gʻarbda bir-biridan Sharkiy Tyaninan togʻlari bilan ajralgan Hashqar tekisligi va Jungʻariya tekisligshsh oʻz ichiga oladi. Ularga janubi-sharqdan Turfon soyligi (tubi dengiz sathidan 154 m past) tutashgan. Sharqroqda esa Gashun Gobisi, Alashan va Ordos plato va tekisliklari, ular orasida Beyshan, Alashan va Inshan togʻlari joylashgan. Sharqiy Xitoy pasttekisliklari, asosan, Sariq dengiz sohili boʻylab shimolidan jan.ga choʻzilgan va tog tizmalari bilan oʻralgan.

X.da foydali qazilmalardan toshkoʻmir va yonuvchi slanets, neft, temir va marganets rudalari, boksit, qalay, volfram, simob, mis va polimetall rudalari, oltin, toshtuz konlari bor.

X. iqlimi gʻarbda kontinental, sharqda, asosan, mussonli. Mavsumlar davomida havo temperaturasining farqi katta. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi Xarbinda —20,4°, Pekinda —4,6°, iyulniki xuddi shu joylarda 23° va 26°. Yillik yogʻin Sharqiy X.da 500–2000 mm (koʻp qismi yozda yogʻadi). Gʻarb va shimoli-gʻarbga tomon ikdimning kontinentalligi ortib boradi. Yoz issiq (Turfon botigʻida iyulning oʻrtacha temperaturasi 34°), kish sovuq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi X. shimolida (Xaylar) — 28°, gʻarbida (Urumchi) — 14,9°. Yillik yogin 250 mm dan kam, Qashqar tekisligi va Saydamda 50 mm dan kam. Tibet togʻligida kish juda sovuq, yozi esa salqin. Gartokda (Hind daryosining yuqori qismi) yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 11,8°, iyulniki 11,8°. Traning sutka davomidagi farqi katta. Kuchli shamollar esadi. X.ning baland togʻlarida muzliklar bor, lekin yogʻin kamligidan ularning maydoni katta emas (100 ming km² chamasida).

Tuproqlari X.ning sharqiy qismida chimli podzol, qoʻngʻiroʻrmon, sariqjigarrang, sariq va har xil qizil tuprokdar, dare vodiylarida esa allyuvial tuprokdar tarqalgan. Dengiz sohidlarida shoʻrlangan tuprokdar uchraydi. X. gʻarbiy qismining tuprogʻi choʻlga xos kashtan, qoʻngʻir, sur tusli qoʻngʻir tuproklar, togʻ oldi tekisliklari va togʻlarda boʻz, togʻkashtan va togʻoʻtloq, Tibet togʻligida esa sovuq choʻlga xos tuprokdar.

X.da daryo koʻp. Mamlakat sharqidagi daryolar sersuv va ularda kema qatnaydi. Yiriklari — Yanszi, Xuanxe, Sungari, Chjutszyan. Mekong, Saluin, Braxmaputra daryolarining bir qismi ham X.dan oqib oʻtadi. X. gʻarbida daryolar kamsuvli, ayrimlari yozda qurib qoladi. Ularning yiriklari — Yorkend va Oqsuv. Koʻl koʻp; asosiylari — Kukunor, Duntinxu, Poyanxu.

X.ning sharqiy qismida juda xilmaxil (25 mingdan ziyod) oʻsimlik turi mavjud. U yerda aholi qadimdan zich yashaganligidan oʻrmon, asosan, togʻli yerlarda qolgan. Pasttekisliklarning hammasi ekinzor va bogʻ. Yanszi daryosi quyi oqimidan janubida doim yashil subtropik, eng janubida tropik oʻrmon va mangra chakalakzorlari mavjud. X.ning gʻarbiy qismida yuksak oʻsimliklarning turi 5 mingdan oshadi. Xingan toglari etagidagi dashtlarda boshokdi oʻtlar, Tibet togʻligidagi choʻllarda oʻt va butalar oʻsadi. Togʻ vodiylari subalp oʻtlokdari va oʻrmonli dashtdan iborat.

Hayvonot dunyosi boy va xilmaxil. Umurtqalilarning 3500 turi (shundan 400 turga yaqini sut emizuvchilar) va qushlarning 1000 dan ziyod turi bor. X.ning janubiy va janubi-gʻarbida tropik mintaqaga xos hayvonlardan har xil maymunlar, lemur, lori, karkidon, tapir, yoʻlbars; sharqida uchqir, mangust, qoplon va hokazo uchraydi. X.ning shimoli-sharqida Sibir tayga faunasiga xos hayvonlar, choʻllarda ot, kulon, jayran, ikki urkachli tuya, yumronqoziq, dasht va togʻ dashtida kiyik, qumsichqon, yovvoyi quy, echki, turli yirtqich va sudralib yuruvchilar yashaydi. Bir necha koʻrikxona bor.

Aholisi[tahrir]

Xitoy — koʻp millatli davlat. Jami aholining 95% i xitoylar; qolgan qismi turli til guruhi va oilalariga mansub boʻlgan 56 xalqdan iborat. Xitoylarning koʻpi mamlakatning sharqiy qismida yashaydi. Xueylar (7 mln.ga yaqin) ham xitoy tilida soʻzlashadi. X.ning shimoli-gʻarbida turkiy tillar guruhiga mansub xalqlar — uygʻurlar, qozoqlar, qirgʻizlar, salorlar va boshqa, shimoliy va shimoli-sharqidagi dasht va chala choʻllarda mongol guruhiga kiruvchi xalqlardan mongollar, dunsyanlar, tular, shimoli-sharqida tungus manjur xalqlari, gʻarbi (Tibet) va janubi-gʻarbida tibetbirma xalqlari, janubida tai tillarida soʻzlashuvchi xalqlar va boshqa yashaydi. Sintszyanning janubi-gʻarbida pomir tojiklari xam bor.

Dindor xitoylar buddizm (shimoliy tarmogʻi), daosizm va konfutsiychilikka eʼtiqod qiladi. Tibetlar va mongollarning dini — buddizmlamaizm. Xueylar va turkiy guruhga kiruvchi xalkdarning kupchiligi islom dinining sunna mazhabiga eʼtiqod qiladi (pomir tojiklari ismoiliya mazhabida). Rasmiy til — xitoy tili. Yirik shaharlari: Shanxay, Pekin, Tyantszin, Lyuyda, Uxan, Chunsin va boshqa

Tarixi[tahrir]

Shimoliy Xitoy hududida ilk ibtidoiy madaniyat qoldiqlari, Pekin yaqinida ilk paleolit davri manzilgohdaridan toshga aylangan sinantrop qoldiqlari topilgan. X.da urta paleolit davriga mansub Xetao (Ordos) madaniyati, sunggi neolit davriga mansub Yanshao va Lunshan madaniyatlari, ayniqsa, mashhur. Yanshao madaniyatida (taxminan mil. av. 3 ming yillik urtalaridan 2ming yillik oʻrtalarigacha) odamlar ovchilik va baliq ovlash bilan birga dehqonchilik va chorvachilik bilan ham shugʻullanganlar. Xitoyda ibtidoiy jamoa tuzumi jez davrigacha davom etgan.

Sunggi 20 yil ichida Taklamakon chuli atrofida 5—6 ming yillik tarixga ega bulgan jasadlar, mato boʻlaklari, sopol idish va boshqa topilganligi X.ning gʻarbiy hududida ham nihoyatda qad. madaniyat boʻlganligidan dalolat beradi.

Mil. av. 1766—1122 yil Xuanxe daryosining oʻrta oqimlarida dastavval Shang, keyinchalik In deb nomlangan (ShangIn davri) ilk davlat tuzumi tashkil topgan. In davlati uzoq yillar davomida qoʻshni qabilalar bilan urush olib borganligi tufayli mil. av. 11-asrga kelib uning hududi birmuncha kengaydi.

In davrida madaniyat rivojlandi, Oy kalendarining belgilari, yozuv — hozirgi xitoy iyeroglif yozuvining ibtidosi paydo boʻldi. Shu davrda In davlatining gʻarb tomonida Chjou deb nomlangan qabila kuchayib, oʻz davlatini tashkil qildi (mil. av. 1122—256) va In davlatini bosib oldi. Djou davlati gʻarbiy Djou (mil. av. 1122—771) va Sharqiy Djou (mil. av. 770—256) kabi 2 qismga boʻlingan. Ushbu davrda quldorlik yanada rivojlandi. Djou qabilasi bosib olgan katta hudud dastlabki Djou vanlari tomonidan oʻz qarindoshlari, yaqinlari va lashkarboshilariga boʻlib berildi. Shu sababli keyinchalik bu hududlarda bir-biri bilan kurash olib borgan bir qancha podsholiklar paydo boʻldi. Kurash davomida ayrim yirik podsholiklar vujudga keldi. Bu podsholiklar Djou vanlarining hokimiyatini tan olmay qoʻydi. Shundan keyin ular oʻrtasida ikki yarim asr davomida urushlar yuz berdi.

Bu davr kurashuvchi yoki urushuvchi davlatlar davri (Django davri — mil. av. 475—221) deb nomlandi. Mazkur davrda urush Sin, Chin, Chu, Xan, Jao, Vey, Yan kabi 7 davlat orasida yuz berdi. Django davrida temir ishlab chiqarish, undan kurol yasash tez rivojlandi. Bu hol dehqonchilik taraqkiyotiga taʼsir koʻrsatdi. Hunarmandchilik ixtisoslasha boshladi, savdosotiq taraqqiy etdi, shaharlar qurildi va u devorlar bilan oʻraldi. Yerga xususiy egalik paydo boʻldi. Sinfiy qaramaqarshilik va turli podsholiklar oʻrtasida avj olgan siyosiy kurash mafkurada ham oʻz aksini topdi. Mil. av. 6—3-asrlarda konfutsiychilik, daosizm, moizm (faylasuf Motszi taʼlimoti) va boshqa falsafiy oqimlar shakllandi. Django davrida podsholiklar oʻrtasida olib borilgan urushlar Sin podsholigining gʻalabasi bilan tugallandi. Natijada X.da birinchi markazlashgan Sin imperiyasi (mil. av. 221—207) barpoetildi. Imperiyaning asoschisi va birinchi imperatori Sin Shixuandi mamlakatni birlashtirish va mustahkamlashga qaratilgan qator islohotlar oʻtkazdi. Uning davrida xunlarga qarshi mudofaa devorini qurish maqsadida shimolidagi podsholiklar devorlari birlashtirilib, Buyuk Xitoy devori barpo etildi. Ogʻir zulmga javoban xalq gʻalayonlari koʻtarilib, mil. av. 206 yilda Sin imperiyasi tugatiddi. Lyu Ban (Gao dzu) yangi sulola va imperiya — Birinchi Xan imperiyasiga (mil. av. 206—mil. 25 ylar) asos soldi. Xan imperiyasi davrida yirik savdo markazlari (Loyan, Chendu, Xandan, Lindzi) paydo boʻldi, tovarpul munosabatlari, ichki va tashqi savdo rivojlandi. Sharqiy Turkiston orqali gʻarbga — Oʻrta Osiyo va Yakin Sharq mamlakatlariga boradigan savdo yoʻli rivojlantiridsi (qarang Buyuk ipak yoʻli). Bu davrda quldorlikning eng yuqori darajaga koʻtarilishi Gʻarbiy Xan imperiyasida ijtimoiy ziddiyatlarning avj olishiga sabab boʻldi. Dehqon, askar va qullarning qoʻzgʻolonlari ommaviy tuye oldi (bu qoʻzgʻolonlar tarixga "qizil qoshlar" va "yashil oʻrmon odamlari" qoʻzgʻoloni nomi bilan kirgan). 25 yil qoʻzgʻolonchilar poytaxt Chanʼanni egallagandan soʻng Gʻarbiy Xan imperiyasi tugatildi. Zamindor zodagonlar qoʻzgʻolonchilarga qarshi kurash mobaynida Lyu Syu boshchiligida Soʻnggi (Ikkinchi yoki Sharqiy Xan) imperiya (25—220)ga asos soldilar. 27 yil "qizil qoshlar" qoʻzgʻoloni bostirilgan boʻlsada, Lyu Syu faqat 37 yilga kelibgina mamlakatni birlashtirishga muvaffaq boʻldi. 184—204 yillardagi dehqonlar qoʻzgʻolonlaridan soʻng imperiya inqirozga uchradi. Shundan keyingi uch yarim asr davomida X. mayda podsholiklarga boʻlinish holatida boʻldi. 220 yilga kelib Sango nomini olgan uch davlat — Uch podsholik [Vey (220-265), Shu (221-263), U (222-280)] paydo boʻldi. 265 yil Uch podsholik davri tugab, mamlakat Gʻarbiy Szin sulolasi hukmronligi ostida birlashdi (265—316). Lekin 316 yil koʻchmanchi xalqlar Szin imperiyasini tormor qilib butun Shimoliy X.ni bosib oldi. Natijada Shimoliy X.da turli davrlarda 16 ta noxitoy podsholiklari hukm surdi. X. zodagonlarining koʻp qismi shimolida Janubiy X.ga koʻchib oʻtib, Sharqiy Szin sulolasi (317—420)ni barpo etdilar. Noxitoy podsholiklar oʻrtasida 100 yildan ortiq davom etgan oʻzaro urushlar natijasida Toba Vey (Shimoliy Vey) davlati (386—534) gʻolib chiqib, butun Shimoliy X.ni oʻz qoʻl ostida birlashtirdi.

4—6-asrlarda budda yer egaligi rivojlandi. Buddizm X.ga mil. 1-asrda Hindistondan Gʻarbiy va Sharqiy Turkiston orqali kirib kelgan. 420—581 yillarda Janubiy va Shimoliy sulolalar (Nanbey chao) xukmronlik qilgan. Bu davrda mamlakatning janubida Sun (420—479), Chi (479-502), Lyang (502-557), Chen (557—589), shimolida Shimoliy Vey (386-534), Sharqiy Vey (534-550). Shimoliy Chi (550577), Gʻarbiy Vey (535-557), Shimoliy Chjou (550-581) kabi davlatlar paydo boʻldi. Janubidagi davlatlar xitoylar tomonidan, shimolidagi davlatlar esa xitoy boʻlmagan xalqlar tomonidan tashkil etildi. 581 yilda X.dagi mayda davlatlarni birlashtirish asosida Suy sulolasi (581—618), 618 yilda Tan sulolasi (618—907) hokimiyat tepasiga keldi. Ayrim maʼlumotlarga kura, etnik jihatdan Tan sulolasi turklarga aloqador boʻlganligi sababli dastlabki mazkur sulola turklar tomonidan qoʻllabquvvatlandi. 7-asr oxirida Tan imperiyasi harbiy jihatdan yuksaldi, boskinchilik urushlari olib bordi. 630 yil Sharqiy Turk xoqonligi, 657 yil Gʻarbiy turk xoqonligiga zarba berilishi natijasida Sharqiy Turkistondagi davlatlar 100 yilga yaqin X.ga qaram boʻlib qoldi. 751 yil Tan armiyasi Talas jangish arablar tomonidan magʻlubiyatga uchragach, imperiya gʻarbga qilmoqchi boʻlgan yurishdan voz kechishga majbur boʻldi. Uygʻur xoqonligi davri (745—840)da esa uning taʼsiri ostiga tushib qoldi.

8-asr oʻrtalaridan markaziy hokimiyat bilan chekka viloyat hokimlari oʻrtasida kurash kuchaydi, 874—901 yillardagi dehqonlar qoʻzgʻolonlari natijasida Tan imperiyasi inqirozga yuz tutdi. Soʻngra tarixda turli toʻdalar kurashi va mamlakatning mayda hokimliklarga boʻlinib ketishi bilan mashhur boʻlgan U day shigo ("Besh sulola 10 ta hokimlik", 907—960) deb nom olgan davr boshlandi. 960 yil sarkarda Chjao Kuanin soʻnggi Chjou (951—960) sulolasini agʻdarib tashlab Sun imperiyasi (960—1279)ga asos soldi. Bu imperiya davrida X. hududi shimda Buyuk Xitoy devoridan, gʻarbda Xuanxe daryosining yuqori qismidan, janubida Vyetnam chegarasidan nariga oʻtmadi. Shimoliy va shimoli-sharqda X. hududining talay kismini Lyao kidanlar davlati, SiSya tangutlar davlati bosib oldi. Sun imperiyasi bu davlatlarga kumush va shoyi bilan xiroj toʻlab turdi.

X.ga bostirib kirgan chjurchjenlar 1125 yil Lyao imperiyasini tormor etib, chegaralari Xuanxe daryosi boʻylab oʻtadigan Szin davlatini barpo etdilar. 1141 yil Sun imperiyasi Szin davlatining vassaliga aylandi.

13-asrning 1oʻn yilligida moʻgʻullar X.ni istilo kilishga kirishib, 1279 yilda uning barcha xududini bosib oldilar. Xitoy va Tibet xalkdari moʻgʻullarning Yuan sulolasi hukmronligi (1271—1368; X.da 1280 yildan) ostida yashadi. Xitoy xalqining moʻgʻul boskinchilariga qarshi olib borgan koʻp yillik kurashi 14-asr oʻrtalarida Min sulolasi (1368—1644)ning vujudga kelishi bilan yakunlandi.

16-asrda X.da yevropaliklar paydo boʻldi. 1557 yil Portugaliya X.ning Aomin xududini "ijara"ga oldi. Sinfiy qaramaqarshilik, hukmron guruhlarning ichki kurashlari, Manjuriyaning janubida yashovchi chjurchjen kabilalari (17-asr boshlaridan manjurlar)ning hujumlari natijasida 17-asr boshida Min imperiyasi chuqur inqirozga yuz tutdi. 1628—45 yillardagi dehqonlar urushi natijasida Min sulolasi barxam topdi. X.ni manjur bosqinchilari bosib oldi. Hokimiyat manjurlarning Sin sulolasi (1644—1911) kuliga oʻtdi. Sin imperiyasi boskinchilik siyosatini olib borib, Ichki Moʻgʻuliston (1636), Jungʻariya xonligi (1757), Sharqiy Turkiston (1760), Tibet (18-asr oxiri) hisobiga oʻz xududini ancha kengaytirdi. Sharqiy Turkistondagi Yorkend va Jungʻoriya xonliklari yoʻq qilindi. Sharqiy Turkiston Sintszyan — "Yangi chegara" nomi bilan Sin imperiyasiga kushib olindi. Sin imperiyasida dehqonlarning antimanjur qoʻzgʻolonlari avj oldi.

17—18-asrlarda Sin imperiyasi bilan rasmiy munosabatlar urnatishda muvaffakiyatga erisha olmagan gʻarb davlatlari, birinchi navbatda, Buyuk Britaniya 18-asr oxirlaridan X.ga tazyiq oʻtkaza boshladi. Ingliz savdogarlari X.ga koʻplab afyun keltira boshladilar. 1839 yilga kelib inglizxitoy munosabatlari keskinlashdi va 1840—42 yillarda Angliya bilan Xitoy oʻrtasida birinchi "afyun" urushi boʻlib oʻtdi. Natijada inglizlar X.da bir qator imtiyozlarni qoʻlga kiritdilar. 1842 yil Nankin shartnomasiga koʻra, X. Angliya savdosi uchun 5 ta portini ochishga, Syangan (Gonkong) o.ni Angliyaga berishga, tovon toʻlash, savdo imtiyozlari va boshqa berishga majbur boʻldi. 18-asr oxirlaridan Sin imperiyasi inqirozga yuz tutdi. Sinfiy va milliy ziddiyatlar kuchaydi. 1844 yil X. AQSH hamda Fransiyaga ham shunday imtiyozlar beradigan shartnomalarni imzolashga majbur boʻldi. X. yarim mustamlaka mamlakatga aylana boshladi. Ayni vaqtda X.ning turli viloyatlarida xalq ommasining manjurlar zulmiga qarshi qoʻzgolonlari avj oldi. 1850 yil taypinlarning liniy mazhabi manjurlar zulmiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtardi (qarang Taypin qoʻzyuloni). Mazkur qoʻzgʻolondan keyin Sharqiy Turkistonda ham umumiy xalqqoʻzgoloni yuz berdi. Natijada ushbu mamlakat 14 yil davomida mustaqil boʻldi.

1856 yil Angliya, soʻngra Fransiya X.dagi mavqelarini yanada mustahkamlash maqsadida X.ga qarshi yangi urush ochdilar (ikkinchi "afyun" urushi). Ular 1858 yil shimolidagi Dagu fortlarini egallab, Tyantszin va Pekinga jiddiy xavf sodsilar. Sin hukumati taslim boʻldi. 1860 yil AngliyaFransiya ekspeditsiyasi Pekinni ishrol qidsi. 1860 yilgi Pekin shartnomalariga koʻra, X. Angliya bilan Fransiyaga katta tovon toʻlashga, Buyuk Britaniyaga Szyulun (Koulun) o.ning bir qismini berishga, chet el savdosi uchun Tyantszinni ochib qoʻyish va boshqa shartlarga rozi boʻldi.

1860-yillardan Angliya, Fransiya va AQSH Sin hukumatiga taypinlarga qarshi kurashda yordam bera boshladi. "Afyun" urushlari va taypinlar qoʻzgʻolonining bostirilishi natijasia Angliya, AQSH va Fransiya X.dagi mavqelarini mustahkamlab oldi. 1884—85 ylardagi X.Fransiya urushida X. yengiddi. Oʻsha yillari X.ning Yaponiya bilan munosabatlari yomonlashdi. Yaponiya 1874 yilda Tayvanni bosib olishga urindi. 1879 yilda Ryukyu o.larini egalladi. 1894 yil esa YaponiyaX. urushi boshlandi. X. bu urushda yengildi. Urush natijasida shu davrgacha X. qoʻl ostida boʻlgan Koreya mustaqillikka erishdi, Tayvan o. va Penxuledao olari Yaponiyaga berildi. Germaniya, Fransiya, Bugok Britaniya, Yaponiya va Chor Rossiyasi X.ning bir qancha hududini "ijara"ga oldilar va X.da oʻz taʼsir doiralarini barpo etdilar. X.ning boshqa davlatlar tomonidan bosib olinishi va Sin hukmdorlarining taslimchilik siyosati X.da katta norozilikka sabab boʻldi. 1894 yil X.da Sun Yatsen boshchiligida inqilobiy demokratik harakat maydonga keldi. 1899 yil yirik antiimperialistik Ixetuan qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtdi. Imperialistik davlatlar (Buyuk Britaniya, Germaniya, AvstriyaVengriya, Fransiya, Yaponiya, AQSH, Rossiya, Italiya) X.ga karshi intervensiya boshlab, 1900 yil avgustda Pekinni ishgʻol qildilar. 1901 yil 7 sentabrda chet davlatlar bilan X. oʻrtasida "Yakunlovchi bayonnoma" imzolanib, Sin imperiyasi yarim mustamlakaga aylantirildi. 20-asr boshida X. yarim mustamlaka mamlakat namunasi edi. 1905 yil Sun Yatsen Yaponiyada Tunmenxoy inqilobiy partiyasini tuzdi. 1910 yilga kelib shahar va kishloqlarda qoʻzgʻolonlar yangidan avj oddi. X.da temir yoʻl qurilishini chet el monopoliyalariga topshirilishiga qarshi 1911 yil sentabrda Sichuanda boshlangan harakat hukumatga qarshi qoʻzgʻolonga qoʻshilib ketdi. Bu qoʻzgʻolonlar Sinxay inqilobining boshlanishiga sabab boʻldi.

1911 yil dekabrda Sun Yatsen 16 yillik emigratsiyadan qaytib keddi. 1912 yil 1 yanvarda X. rasman respublika deb eʼlon qilindi. 1912 yil 12 fevralda Sin sulolasi agʻdarilib, monarxiya bekor qilindi. Inqilobiy viloyatlar vakillarining Nankindagi majlisida Sun Yatsen X. respublikasining muvaqqat prezidenti qilib saylandi. Ammo shimolidagi xitoy pomeshchiklari va harbi{| doiralari Yuan Shikay boshchiligida inqilobiy jan.ga qarshi harbiy harakatlarni boshladi.

1912 yil 25 avg.da Sun Yatsen tarafdorlari Gomindan partiyasini tuzdilar. X.da Shimoliy X. va Janubiy X. hukumatlari paydo boʻldi.

Birinchi jahon urushi (1914—18) davrida Yaponiya X.ga nisbatan oʻz ekspansiyasini kuchaytirdi. Pekinning Antanta davlatlari bilan bogʻlangan militaristik hukumati 1917 yil avg.da Germaniyaga qarshi urush eʼlon kildi. Janubiy X. hukumatini 1917 yil sentabrdan 1919 yilgacha Sun Yatsen boshqardi.

X.dagi inqilobiy harakatning rivojlanishida xitoy xalqining 1919 yil may—iyun oylaridagi mustamlakachilarga qarshi chiqishlari ("Toʻrtinchi may" harakati) muhim bosqich boʻldi. 1921 yil iyulda Shanxayda Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP)ning 1taʼsis sʼyezdi boʻlib oʻtdi. Sun Yatsen XKP va ishchidehqon harakati bilan yaqinlashish yoʻlini tanladi. 1923 yil fevraldan Sun Yatsen yana Guanchjouda Janubiy X. hukumatini boshqardi va Milliy inqilobiy armiya (MIA)ni tuzdi.

1924 yil kuzda inglizlar Xitoy muxolifatchi kuchlar bilan birgalikda Sun Yatsen hukumatini agʻdarib tashlamoqchi boʻldilar, lekin MIA va ishchi otryadlari bu harakatni bostirdilar.

1925—27 yillarda X.da kommunistlar rahbarligida inqilob boʻldi. 1925 yil 1 iyulda Guanchjou hukumati oʻzini Milliy hukumat deb eʼlon qildi. 1925— 26 yillarda MIA Guansi, Guychjou provinsiyalari va Xunan provinsiyasining janubiy qismida inqilobiy hokimiyat oʻrnatdi. Shundan keyin kommunistlar bilan gomindanchilar oʻrtasida hokimiyat uchun kurash boshlandi. Kommunistlar sovet hukumati, Chan Kayshi boshchiligidagi gomindanchilar AQSH yordamiga suyandi. Sovet hukumati yordamidan toʻla foydalanish maqsadida kommunistlar oʻz bazalarini shim.ga koʻchirishni lozim topdi. Shu bois 1926 yil iyulda MIA shim.ga yurish boshladi. 1927 yil martda XKP rahbarligida qoʻzgʻolon koʻtargan Shanxay ishchilari shaharni ozod qildilar. Tez orada Nankin ham ozod etildi. Gomindanning oʻng qanoti MIA Bosh qoʻmondoni Chan Kayshi boshchiligida 1927 yil 12 aprelda Shanxay va Nankinda, soʻngra Guanchjouda toʻntarish qiddi. 1927 yil 18 aprelda Nankinda aksilinqilobiy "Milliy hukumat" tuzildi. 1927 yil iyulda Uxanda ham aksilinqilobiy toʻntarish oʻtkazildi. Koʻp oʻtmay chap qanot gomindanchilar ham ularga taslim boʻldi. XKP qonundan tashqari deb eʼlon qilindi.

Xitoy milliy inqilobi magʻlubiyatdan soʻng gomindan reaksion diktaturasi qaror topdi.

X.ning koʻp qismida gomindan hukmronligiga qaramasdan ayrim qishloq rnlarida XKP rahbarligida X. Qizil armiyasi otryadlari, oʻsha davrda sovetlar deb ataluvchi inkilobiy demokratik hokimiyat oʻchokdari (asosan, Janubiy va Markaziy X.da) tuzildi, demokratik tadbirlar amalga oshiriddi. 1931 yil noyabrda Juyszin shahri (Szyansi provinsiyasi)da X. soveta rnlari vakillarining 1Umumxitoy sʼyezdi boʻlib, u Xitoy Sovet Respublikasi (XSR)ning MIK va Muvaqqat markaziy hukumatini sayladi, XSR konstitutsiyasi loyihasini qabul qiddi. 1930—33 yillarda X. Kizil Armiyasi gomindan qoʻshinlarining 4 yirik yurishini qaytardi.

1931 yil oxirida yapon qoʻshinlari Shim.Sharqiy X.ni ishgʻol qilib, 1932 yilda Manchjou Go qoʻgʻirchoq hukumatini tuzdi. 1933 yil yapon qoʻshinlari deyarli qarshiliksiz Jexe provinsiyasini bosib oldi. 1933—34 yillarda Chan Kayshi X. sovet rnlariga qarshi 5yirik yurish kildi. X. Qizil Armiyasi (XKP MK bilan birga) Markaziy X.ni tashlab shimoli-gʻarbga koʻchib oʻtishga majbur boʻldi (1934 yil oktabr — 1936 yil noyabr) va Shensi hamda Gansu provinsiyalari chegarasiga chiqdi. 1936 yil Yaponiya agressiyasi xavfining kuchayishi va keng xalq ommasining noroziligi gomindan rahbarlarini X. Qizil Armiyasiga qarshi kurashni toʻxtatishga majbur etdi.

1937 yil iyulda Yaponiya butun X.ni bosib olish rejasini amalga oshirishga kirishdi. Urushning birinchi oylaridayoq yaponlar X.ning katta qismini, jumladan, Beypin (Pekin), Tyantszin, Shanxay va boshqa shaharlarini bosib oldi. Xitoy xalkining yapon bosqinchilariga qarshi ozodlik urushi (1937—45) boshlandi. Xalqning tazyiqi ostida gomindan rahbarlari 1937 yil 23 sentabrda XKP bilan gomindan oʻrtasida hamkorlik oʻrnatilganligini maʼlum qildi. Yapon qoʻshinlari 1937 yil iyuldan 1938 yil oktabrgacha Shimoliy X.ning barcha hududini, Markaziy X.ning bir qismini, shuningdek, Janubiy X.ning muhim dengiz boʻyi rnlarini bosib oldi. XKP yaponlar bosib olgan rnlarda partizanlik harakatini keng avj oldirdi.

Sovet Armiyasi oʻtkazgan Manjuriya strategik operatsiyasi (1945) natijasida Shim.Sharqiy X. va Ichki Mongoliya yapon militaristlaridan ozod etildi. 1945 yil 2 sentabrda Yaponiya soʻzsiz taslim boʻldi. 1945 yil 13 oktabrda Chan Kayshi hukumati qoʻshinlari ozod kilingan hududlarga hujum boshladi. Gomindan hukumati va XKP harbiy harakatlarni toʻxtatishga kelishgan (1946 yil 10 yanvar) boʻlsa ham 1946 yil iyulda Chan Kayshi tarafdorlari butun mamlakat miqyosida fuqarolar urushini yana boshlab yubordi. AKSH chankayshichilarga har tomonlama yordam koʻrsata boshladi. Biroq X. Xalq ozodlik armiyasi gomindanchilarga karshi muvaffakiyatli janglar olib borib, 1948—49 yil yanvar butun Shim.Sharqiy X., Shimoliy X.ni, Shim.Gʻarbiy X.ning koʻp qismini, Markaziy X.ning Yanszi daryosigacha boʻlgan yerlarini ozod kildi. 1949 yil kuzga kelib X. Xalq ozodlik armiyasi hujumni davom ettirdi va Shim.Gʻarbiy X. va Markaziy X.ni, Janubiy va Jan.Gʻarbiy X.ning katta qismini ozod qildi. Chan Kayshi toʻdasi esa Tayvanga qochdi. 1949 yil 1 oktabrda Pekinda Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) tuzilganligi eʼlon qilindi. Sharqiy Turkiston, Ichki Mongoliya va Tibet ham ushbu respublikaga kiritiddi. . XXR tuzilgach, davlatni boshqarishni oʻz zimmasiga olgan Mao Szedun boshchiligidagi X. rahbariyati va XKP XXRning bosh yoʻli — mamlakatda sotsialistik jamiyat qurish ekanligini eʼlon qildi va xususiy mulkni davlat mulkiga aylantirish, qishloq xoʻjaligini jamoalashtirish, sotsializmning sovet modeli negizini yaratish yoʻlini tanladi. 1951 yil X. hududini gomindanchilardan ozod etish (Tayvan va Penxuledaodan tashqari) tugallandi. 1952 yil XXR hukumati joylarda xalq hokimiyati organlarini tuzish, gomindanchilarni yoʻqotish, yirik kapitalni musodara qilish boʻyicha katta ishlarni amalga oshirdi. 1953 yil agrar islohotlar oʻtkazildi. 300 mln.ga yakin yersiz va kam yerli dehqonlar va ularning oilalariga sobiq zamindorlar yerlari boʻlib berildi. 1953—54 yillarda mahalliy va markaziy hokimiyat organlariga umumiy saylovlar boʻldi. 1954 yil sentabrda Umumxitoy xalq vakillari majlisining 1sessiyasi boʻlib, XXR konstitutsiyasi qabul qilindi.

50-yillarning 2-yarmida Mao Szedun boshchiligidagi XXR rahbarlari 1958— 60 yillarda "katta sakrash" (besh yil mobaynida sanoat ishlab chiqarishini 6,5 marta, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini 2,5 marta koʻpaytirish) yoʻlini tutdilar. Barcha qishloq xoʻjaligi kooperativlari "xalq kommunalari"ga aylantirildi.

1966—76 yillarda "madaniy inkilob" amalga oshirildi. Mao Szedun shaxsiga sigʻinish avj oldi. Xavfsizlik organlari va armiya ishtirokida, shuningdek, siyosiy jihatdan chiniqmagan oʻquvchi yoshlar va talabalardan tuzilgan xunveybinlar ("qizil qoʻriqchilar") hamda szaofanlar ("gʻalayonchilar") otryadlari yordamida Mao Szedun koʻrsatmasiga binoan minglarcha masʼul partiya va davlat xodimlari va ziyolilar ishdan olinib, surgun qilindi yoki uy qamogʻida sakdandi. Provinsiya va uyezdlarda partiya qoʻmitalari va xalq tomonidan saylangan hokimiyat organlari amadda tarkatib yuboriddi va tepadan tayinlanadigan, armiya vakillari asosiy rol oʻynagan "inqilobiy qoʻmitalar" bilan almashtirildi, xalq xoʻjaligidagi tanglik yanada chukurlashdi. Xitoy KPning bu siyosati (keyinchalik X.da keskin tankidga uchragan) Mao Szedun vafoti (1976)dan keyin qayta koʻrib chikildi. Bunda iqtisodiy islohotlar oʻtkazish orqali 21-asr oʻrtalariga kelib X.ni yuksak darajada rivojlangan davlatga aylantirish vazifasi qoʻyildi. Korxonalarning xoʻjalik yuritish faoliyatidagi mustaqilligi oshirildi, koʻp ukladli iktisodiyotga ruxsat berildi, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish maqsadida X.da "ochiq iqshsodiy rnlar" va "maxsus iktisodiy hududlar" tashkil etildi. 1990-yillarning boshlaridan Xitoy KP tomonidan amalga oshirilayotgan "sotsialistik bozor xoʻjaligi"ga oʻtish shakllandi. X.ning Buyuk Britaniya bilan tuzgan bitimi (1989)ga muvofiq Syangan (Gonkong) X.ga oʻtdi va XXRning maxsus maʼmuriy rayoni makrmini oldi. X. 1971 yildan BMT aʼzosi (1945 yil SanFransisko konferensiyasida BMT ustaviga gomindan hukumati vakili imzo chekkan. XXR tuzilgach, uning BMTdagi oʻrnini Tayvan noqonuniy ravishda egallab kelgan, XXR esa bu tashkilotda vakillikdan mahrum qilingan edi. 1971 yil 25 oktabrda BMTning Bosh Assambleyasi XXRning qonuniy huquklarini tiklash va BMT hamda uning barcha organlaridan Tayvan vakillarini chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qildi). X. 1991 yil 27 dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan va 1992 yil 2 yanvarda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 1 oktabr — Respublika eʼlon qilingan kun (1949).

Siyosiy partiya va tashkilotlari, X. xalq siyosiy maslahat kengashi, kasaba uyushmalari. X. Kommunistik partiyasi (XKP, 1921 yil tuzilgan; Bosh kotibi Xu Szintao. 50,3 mln. aʼzosi bor); Gomindan inqilobiy qoʻmitasi, 1948 yil asos solingan; X. Demokratik ligasi, 1941 yil tuzilgan; X. Demokratik milliy qurilish assotsiatsiyasi, 1945 yil tuzilgan; X. Demokratiya taraqqiyotiga koʻmak beruvchi assotsiatsiya, 1945 yil tashkil etilgan; X. dexkrnishchilar demokratik partiyasi, 1947 yil asos solingan; Chjungo chjigun dan (X. adolatga intilish partiyasi), 1925 yil tuzilgan; Szyusan syuye she (3 sentabr jamiyati), 1946 yil tuzilgan; Tayvan muxtoriyati demokratik ligasi, 1947 yil asos solingan; X. xalq siyosiy maslahat kengashi; 1949 yil tuzilgan. Umumxitoy kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1925 yil tuzilgan.

Xoʻjaligi[tahrir]

X. — industrialagrar mamlakat. 1949 yil xalq inqilobidan soʻng xalq xoʻjaligini tiklashga kirishdi va dastlabki 5 yil ichida yuksak natijalarga erigddi. Ammo undan keyingi 20 yildan ortiq davr ichida iqtisodiyoti nihoyatda qiyin ahvolga tushib qoldi. 1978 yilda boshlangan iqtisodiy islohotlar mamlakat iqgisodiyotini rivojlanish yoʻliga olib chiqsi. Iktisodiy oʻsish surʼati yiliga oʻrta hisobda 8—10%, xususiy mulkchilikka asoslangan tarmoqlarda 30% ga oshdi. 1980-yillar oxirida yalpi ichki mahsulot hajmi 2 baravar koʻpaydi, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash muammosi hal boʻldi. 1990-yillar oxirqsa yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 49%, qishloq xoʻjaliginiki 19%, xizmat koʻrsatish tarmogʻiniki 32%ni tashkil etdi.

Sanoatida koʻp tarmoqli mashinasozlik [stanoksozlik, qishloq xoʻjaligi va transport mashinasozligi, traktorsozlik, avtomobilsozlik (2003 yil 4 mln. 443 ming 700 dona avtomobil ishlab chiqarildi), elektr energetikasi va boshqa sanoat jihozlari, elektron buyum va priborlar, shuningdek, velosiped, tikuv mashinalari, soat va boshqa ishlab chiqarish], kimyo, qora metallurgiya muhim mavqega ega. Sanoatning asosiy tarmoqlaridan — toʻqimachilik [ipgazlama (1996 yil 22,1 mlrd. metr), shoyi, jun gazlama ishlab chiqarish], oziqovkat sanoati rivojlangan. Issiqlik energetika bazasining asosi — koʻmir. U, asosan, X.ning shimoliy va shimoli-sharqida qazib olinadi (1993 yil 1149 mln. tonna). Neft mamlakatshimoli-gʻarbi va shimoli-sharqida qazib olinadi (142 mln. tonna). X. shimoli-sharqida yonuvchi slanets konlari, Sichuan soyligi va Saydam tekisligida gaz konlari bor. Yiliga oʻrtacha 1654 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi (asosan, issiqlik elektr styalarida). Poʻlat (yiliga 86 mln. tonna), rangli metallar (alyuminiy, mis, rux, qoʻrgʻoshin, qalay, surma) eritiladi. Sement (490 mln. tonna), mineral oʻgʻit (27 mln. tonna) ishlab chiqariladi. Hunarmandchilik ham katta ahamiyatga ega [eng qad. tarmoqlari — yigiruvtoʻquv, keramika (chinni va fayans) va uyroʻzgʻor buyumlari ishlab chiqarish]. X. Badiiyhunarmandchilik buyumlari bilan ham mashhur.

Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — dehqonchilik. Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerning 93 mln. gektari (mamlakat hududining 10%) ishlanadi, 49% sugʻoriladigan yerlar. Ekin maydonining 2/3 qismini sholi, bugdoy, batat, kartoshka egallaydi, 18% ga texnika ekinlari (paxta, soya, yer yongʻoq, choy, tamaki, jut, shakarqamish, qand lavlagi va boshqalar) ekiladi. Shuningdek, tariq, arpa, grechixa ham yetishtiriladi. X.ning janubidagi dengiz sohillari va Sichuan soyligida shakarqamish, sharqiy va markaziy rnlarida choy oʻstiriladi. Tung va lak daraxtlari ham oʻstiriladi. Tropik, subtropik va moʻʼtadil mintaqalarda koʻp tarmoqli bogʻdorchilik (sitrus mevalar, ananas, banan, mango, olma, nok va hokazo) rivojlangan. Ayrim rnlarda tokchilik bilan shugʻullaniladi. 1992 yil 443 mln. tonna gʻalla, 5 mln. tonnaga yaqin paxta yetishtirildi.

Chorvachilikda X.ning har bir yirik rayoni oʻziga xos yoʻnalishga ega. Sharqiy X.da choʻchqachilik, parrandachilik rivojlangan, ish hayvonlari koʻpaytiriladi. Ichki Mongoliya, SintszyanUygʻur muxtor rnining shimoliy qismi va Tibetda yaylov chorvachiligi (qoʻychilik, qoramolchilik, yilqichilik) asosiy oʻrinda. 1996 yil 109 mln. qoramol, 452 mln. choʻchqa, 127 mln. qoʻy boʻlgan. 1992 yil 29 mln. tonna goʻsht, 5 mln. tonna sut tayyorlangan. Yanszi va Chjutszyan daryolari havzalarida tut ipak qurti, Shim.Sharqiy X.da va Shandunda dub ipak qurti boqiladi. X. dunyoda tabiiy shoyi yetishtiruvchi yirik davlatlardan biri. X. baliqva b. dengiz hayvonlarini ovlashda dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Chuchuk suv havzalarida va sholipoyalarda baliqchilik ham keng tarqalgan. X.da yogoch tayyorlanadi, yovvoyi oʻsimlik mevalari va shifobaxsh oʻtlar yigʻiladi.

Transporti[tahrir]

Transport yoʻli transportning asosiy turi. Ularning uz. 73 ming km. X.ning sharqiy portlari temir yoʻl orqali Mongoliya, Rossiya, Markaziy Osiyo davlatlari, Eron va Yevropa mamlakatlari bilan bogʻlangan. Avtomobil yoʻllari uz. 1,278 mln. kilometr. Soʻnggi yillarda tez yurar avtomobil yoʻllari qurish rivojlangan. Ularning uz. 8733 km.

Ichki suv yoʻllarining uz. 150 ming km dan ortiq. Yirik dengiz portlari: Shanxay, Dalyan, Sinxuandao, Sindao, Guanchjou (Xuanpu bilan), Tyantszin (Singan bilan). XXRning koʻp shaharlari jahondagi yirik shaharlar havo yoʻllari bilan bogʻlangan.

Tashqi savdosi[tahrir]

X. chetga koʻmir, choy, baliq, toʻqimachilik xom ashyosi, shoyi mahsulotlari, traktor va avtomobil, volfram rudasi, elektron, toʻqimachilik va mashinasozlik sanoati mahsulotlari chiqaradi. Chetdan mashina va jihozlar, murakkab hisoblash texnikasi, neft, gʻalla, kimyoviy oʻgʻit, yogʻoch va boshqa oladi. Tashqi savdoda Yaponiya, AQSH, Germaniya, Rossiya, Pokiston bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — yuan.

Tibbiy xizmati[tahrir]

X.da 1978 yildan boshlab oʻtkazila boshlagan iktisodiy islohotlar natijasida tibbiy xizmat koʻrsatish tarmogʻida ham tub oʻzgarishlar yuz berdi.

Ilgari yopilgan tibbiyot oʻquv yurtlari va tibbiy muassasalar qayta tiklandi va yangilari ochildi. 1999 yil mamlakatda 310 ming kasalxona va boshqa davolash maskanlari faoliyat koʻrsatdi. Kasalxonalardagi oʻrinlar soni 2,91 mln., tibbiy xizmatchilar soni 4,42 mln., jumladan, shifokorlar soni 1,41 mln.dan oshdi. Mamlakatda faoliyat koʻrsatayotgan sanitariyaepidemiologiya styalar soni 5907 dan, ulardagi xizmatchilar soni 220 mingdan, tibbiyot muassasalari soni 2724 va ulardagi xizmatchilar soni 73 ming kishidan oshdi. XXRda xalq tabobati man etilmagan. Aksincha, unga eʼtibor kuchaytirilgan. Ushbu sohada maxsus oʻquv maskanlari, shifoxonalar, dorixonalar mavjud. Koʻp xitoy shifokorlari oʻz faoliyatlarini garb, xalq tabobat uslubi asosida olib boradilar. Barcha dorixonalarda xalq tabobati negizida yaratilgan doridarmonlar sotiladigan boʻlimlar mavjud. Xalq tabobatiga doyr maxsus qoʻllanma va adabiyotlar ham teztez nashr qilinib turadi.

Xalq maorifi, madaniymaʼrifiy va ilmiy muassasalari. XXR tashkil topgunga (1949) qadar aholining 80% savodsiz boʻlgan. Xalq hokimiyati oʻrnatilgandan soʻng maorif tizimida tub oʻzgarishlar roʻy berdi. Lekin "madaniy inqilob" yillarida maorif tizimi ham tanglikka uchradi. Uni amalga oshirish vaqgida deyarli barcha oʻquv yurtlari yopildi, savodsizlikni tugatish boʻyicha ishlar toʻxtatildi. Xalq maorifi tizimida 1985 yildan boshlangan islohotlar asosida mamlakatda 9 yillik majburiy taʼlim joriy etildi. U boshlangʻich (oʻqish muddati 5 yil) va oʻrta umumiy taʼlim maktabidan iborat. Oʻz navbatida oʻrta umumiy taʼlim maktabi 1 va 2 bosqichli boʻlib, ularda oʻqish muddati 5 yoki 6 yil Oʻrta maxsus oʻquv yurtlari va kasb-hunartexnika bilim yurtlari mavjud. Oliy oʻquv yurtlarida 4,13 mln. talaba taʼlim oladi (1999). Yirik oliy oʻquv yurtlari: Pekin universiteti, Nankin universiteti, Shanxaydagi Tunszi va Fudan universitetlari, Pekindagi "Sinxua" politexnika instituti, Pekin aviatsiya, mashinasozlik institutlari, oʻlka va muxtor rn markazlaridagi universitetlar va boshqa Yirik kutubxonalari: Pekin milliy kutubxonasi (4,5 mln. asar), Xitoy Fanlar akademiyasining markaziy kutubxonasi (2,6 mln. asar), Nankin kutubxonasi (2,4 mln. asar), Shanxay kutubxonasi (7,1 mln. asar) va boshqa Muzeylari: Pekindagi saroy muzeyi, Xitoy muzeyi, Xitoy tarixiy muzeyi, Tyantszin tarix muzeyi, Shanxaydagi tibbiyot tarix muzeyi, Shanxay muzeyi, Pekindagi geol. muzeyi, oʻlka va muxtor rnlardagi muzeylar va boshqa

Xitoylar X. fanlar akademiyasi (1949), Tibbiyot Fanlar akademiyasi (1956), Qishloq xoʻjaligi fanlar akademiyasi institut va ilmiy tadqiqot muassasalarida hamda oliy oʻquv yurtlarida olib boriladi. X.da, shuningdek, Oʻrmonchilik akademiyasi, Xitoy anʼanaviy tibbiyoti ilmiy tadqiqot instituta, Geol. fanlari akademiyasi, Transport yoʻlilar vazirligi ilmiy tadqiqot instituta, Choʻyan va poʻlat markaziy instituti, Rangli metallar markaziy akademiyasi, Neft qidiruv va qazish y.t. instituti, toʻqimachilik ilmiy tadqiqot instituti ham faoliyat koʻrsatadi. 1999 yil Xitoyda 2,71 mln. kishi ilmiy tadqiqot ishlari bilan shugʻullandi. 1981 yildan tadqiqotchilarga bakalavr, magistr va fan doktori kabi ilmiy darajalarni berish tizimi joriy etildi. Barcha ilmiy tadqiqotlar XXR Davlat kengashi huzuridagi fan va texnika davlat qoʻmitasi tomonidan muvofiklashtirib turiladi.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. X.da bir qancha gaz. va jurnal nashr etiladi. Yiriklari: "Banyue tan" ("Suhbat", 2 haftada 1 marta chiqadigan jurnal, 1980 yildan), "Beyszin jibao" ("Pekin gazetasi", kundalik gazeta, 1950 yildan). "Venxuey bao" ("Adabiy oqim", kundalik gazeta, 1937 yildan), "Guanmin jibao" ("Yoruglik", kundalik gazeta, 1949 yildan), "Guansi jibao" ("Guansi gazetasi", kundalik gaz.), "Gunjen jibao" ("Ishchilar gazetasi", kundalik gazeta, 1949 yildan), "Jenmin jibao" ("Xalq gazetasi", kundalik gazeta, 1948 yildan), "Nanfan jibao" ("Janubiy gazeta", kundalik gazeta, 1952 yildan). "Pekin revyu" ("Pekin sharhi", haftalik siyosiy va nazariy jurnal, 1958 yildan), "Sintszyan jibao" ("Sintszyan gazetasi", kundalik gaz.), "Sichuan jibao" ("Sichuan gazetasi", kundalik gazeta, 1952 yildan), "Szinszi jibao" ("Iqtisodiy gazeta", haftada 6 marta chiqadigan gazeta, 1983 yildan), "Syushi" ("Haqiqatga intilish", jurnal), "Chjungo sinnyan bao" ("Xitoy yoshlari", haftada 4 marta chiqadigan gazeta, 1951 yildan), "Chjungo shaonyan bao" ("Xitoy pionerlar gazetasi", kundalik gazeta, 1951 yildan), "Shanxay star" ("Shanxay yulduzi", ingliz tilidagi gazeta, 1992 yildan). Sinxua rasmiy axborot agentligi 1931 yil 7 noyabrda tashkil etilgan, dastlab Qizil Xitoy agentligi deb nomlangan; 1937 yildan hozirgi nomda. Milliy radioeshittirish xukumat xizmati 1947 yil tuzilgan. Markaziy televideniyega 1958 yil asos solingan. 1993 yil dekabrda mamlakatda 500 dan ortiq televizion stya ishladi.

Adabiyoti[tahrir]

X. adabiyoti jahonda eng qad. adabiyotlardan biri boʻlib, uch ming yillik anʼanalarga ega. Qadimgi X. adabiyotining birinchi yirik sheʼriy asari "Shitszin" ("Qoʻshikdar kitobi", mil. av. 11—6-asrlar) xalq qoʻshiqlari va diniy marosim madhiyalari majmuasidan iborat. Mil. av. 1-ming yillikka mansub badiiy nasr falsafa, tarix, geogr. va boshqalarga doyr asarlar bilan uzviy bogʻliq ("Shan shu" — "Tarixiy rivoyatlar kitobi" va boshqalar). Sima Syanning (mil. av. 1-asr) "Shi szi" ("Tarixiy xotiralar") kitobi Xan davri (mil. av. 206 — mil. 220-yillar) nasrining yirik yodgorligi hisoblanadi. Sheʼriyatning muhim qismini tashkil etgan lirik va satirik xalq qoʻshiqlari (yuefu)da xalq hayoti oʻz ifodasini topgan. 4-asr oxiri — 5-asr boshlarida yashagan yirik novator shoir Tao Yuanmin (365—427) sheʼriyati hayot haqidagi falsafiy mushohadalardan iborat boʻldi. Mamlakatni Tan sulolasi (618— 907) birlashtirgach, adabiyot rivoji uchun qulay sharoit yaratildi. Xuddi oʻsha davrda ven yan — xitoy adabiy tili uzilkesil shakllandi.

7—10-asrlarda Chen Szian, Van Vey sheʼrlari mashhur boʻldi. Adabiyotning yanada taraqqiy etishida Li Bo, Du Fu va Bo Szyuyi kabi shoirlarning taʼsiri katta boʻldi. 8—9-asrlarda novella janrida yuksak yutuqlarga erishildi (Yuan Chjen, Bo Sinszyan, Li Gunszo), 10—13-asrlarda shoirlardan Van Anshi, Su Shi, Lyu Yun, L u Yu, shoira Li Sinchjao mashhur boʻlgan. Ouyan Syu tarixiy va falsafiy mavzuda asarlar yaratdi.

Moʻgʻullarning Yuan sulolasi hukmronligi davri (1280—1368)da shaharlar rivoj topdi. 13-asrda mamlakat shimoliyda qahramonlik va maishiy mavzularda musiqiy drama janri vujudga keldi. 14-asrda epopeyaroman janrining shakllanishi adabiyotda muhim voqea boʻldi. 16-asr oxirlaridan nasr yangi boskichga koʻtarildi, tarixiyfantastik, ijtimoiymaishiy romanlar yaratildi.

X.ni manjurlar bosib olgan (1644)dan keyin muxolif kayfiyatdagi shoirlar paydo boʻldi, maʼrifatparvarlik ruhi avj oldi. Klassik roman choʻqqisi boʻlib maydonga kelgan Sao Syuetsin (taxminan 1715—62)ning "Qizil koʻshkdagi uyqu" romanida zodagonlarning axloqiy va iqtisodiy tushkunligi ifodalandi.

Yangi davr adabiyoti (19-asr oʻrtalari — 1917) manjurxitoy zodagonlari, imperialistik davlatlar zulmiga qarshi ozodlik harakatini, jamiyat tushkunligini aks ettirdi. Gʻarb madaniyati bilan birinchi tanishuv boshlandi. 1900-yillarning boshlaridagi inqilobiy koʻtarilish koʻpgina adiblar ijodida oʻz ifodasini topdi.

1919 yilda boshlangan "4 may" ozodlik harakati davridan eʼtiboran eng yangi adabiyot vujudga keldi. Bu adabiyotning idk yirik namoyandasi Lu Sin (1881 — 1936) asarlarida oddiy kishilar X. adabiyoti tarixida birinchi marta asar qahramonlari qilib qalamga olindi. 1922 yilda "Ijod" guruhiga uyushgan adiblar romantik ruxda asarlar yaratdilar. 20-yillar boshlaridan sheʼriyatdagi soʻzlashuv tiliga asoslangan yangi shakl klassik sheʼriyat shakllarini siqib chiqardi. X. xalqining yapon bosqinchilarga qarshi milliy ozodlik urushi (1937) davrida vatanparvarlik ruhida yozilgan kichik hajmdagi asarlar keng yoyildi. Yaponiya tormor etilgach (1945), adabiyot mamlakatni demokratik rivojlantirish uchun kurashni avj oldirdi. X. Kompartiyasi rahbarligida xalqning ozodlik uchun kurashiga yordam beradigan inqilobiy adabiyot rivojlana boshladi. 1949 yil XXR tashkil kilinishi sotsialistik qurilishni aks ettiradigan, yangi kishini tarbiyalashga xizmat qiladigan yangi adabiyot rivojiga imkon yaratdi. Chjao Shuli (1906—70)ning "Sanlivan qishlogʻi", Chjou Libo (1908—79)ning "Poʻlat oqim" roman larida ishchi va dehqonlarning yangi hayoti va mehnati ifodalandi. Tarixiyinqilobiy syujetlarda romanlar (Yan Moning "Yoshlik qoʻshigʻi") yaratildi. 50-yillarning boshlarida tinchlik va xalklar doʻstligi mavzularida, ayniqsa, sheʼriyatda muhim asarlar ijod qilindi. Lekin 1958 yilda "inkilobiy romantizm bilan inqilobiy realizmning uygʻunligi" X. adabiyotida birdan bir ijodiy metod deb eʼlon qilindi. Amalda esa ijod axlidan xaspoʻshlab aks ettirish, voqealarni ideallashtirish talab qilindi. 60-yillar oʻrtalaridan "madaniy inqilob" boshlanishi munosabati bilan yangi badiiy asarlar yaratilmay qoʻydi, tarjima asarlarini nashr etish toʻxtatildi, koʻpgina adabiybadiiy jurnallar yopildi. X. yozuvchilari uyushmasi (1953 yildan tashkil qilingan)ning faoliyati ham, asosan, toʻxtab qoldi. 1970 yillarning boshlaridan adabiy hayotda bir oz jonlanish yuz berdi. "Madaniy inqilob" yillarida quvgʻinga uchragan yozuvchi va shoirlarning katta guruhi oklandi, ularning faoliyati qayta tiklandi. Ular tomonidan yozilgan asarlar nashrdan chikarildi. Xalqning ongini bozor munosabatlariga moslashtirish, oʻtgan davrga tanqidiy yondoshish, milliylikni saqlab qolish kabi masalalar yangi adabiyotning asosiy gʻoyasiga aylandi. Jahon adabiyotining xitoy adabiyotiga boʻlgan taʼsiri kuchaydi.

1977 yildan pyesa, sheʼr, nasriy va publitsistik asarlar paydo boʻla boshladi. Bu yillarda yaratilgan asarlarda oʻn yillik tartibsizliklar davridagi turmush ochib beriddi. Nasr, ayniqsa, hikoya janri jonlandi. Lyu Sinuning "Sinf rahbari", Van Menning "Sartarosh hikoyasi", Ju Chjitszyuanning "Kutilmagan voqea" kabi hikoyalari shuhrat qozondi. Qissalardan Shen Junning "Oʻrtacha yosh", Ye. Veyminning "Daryoda moʻljalsiz suzish", L u Yanchjouning "Bulutlar ortidagi togʻlar qissasi" ajralib turadi. Shuningdek, Chjou Ketsinyaning "Syuy Mao va uning qizlari", Vey Veyaning "Sharq", Li Chjunning "Xuanxe sharqqa qarab oqadi", Gu Xuaning "Nilufar gullari vodiysida" romanlari paydo boʻldi.

Meʼmorligi[tahrir]

X. hududida mil. av. 4— 1-ming yillikka oid manzilgohlar saklangan. Mil. av. 2ming yillikda devorlar bilan oʻralgan, ibodatxona va saroylari boʻlgan shaharlar paydo boʻldi (poytaxt Anyan shahri saroyi xarobalari). Sinchli binolar qurilgan. Mil. av. 1-ming yillik oʻrtalarida meʼmorlik va shaharsozlik prinsiplari shakllandi. Mamlakat markazlashgan yagona Sin davlatiga birlashtirilgach (mil. av. 221—207), Buyuk Xitoy devorinint asosiy qismi qurildi. Sin va Xan davrlari (mil. av. 206— mil. 220)da 2— 3 qavatli uylar, yirik saroylar qurildi. Mil. av. 3-asrgacha murakkab konstruksiyali ulkan saroylar, katta koʻprik, maqbara, darvozalar quriddi (Sichuan provinsiyasi, Yaan uyezdidagi Gaoi syuye). 3—6-asrlarda buddizm taʼsiri natijasida kup yarusli ibodatxona — pagodalar barpo etildi (Xenan provinsiyasida, 523). 7—12-asr xitoy meʼmorligi shakllarning qatʼiyligi va mahobatliligi bilan ajralib turadi. Bu davrda Loyan, Chanʼan shaharlari, saroy va ibodatxona majmualari (Utayshan togʻlaridagi Foguan ibodatxonasi, 857), pagodalar (Sianya yaqinidagi Dayanta yoki "Yovvoyi gʻozlar" katta pagodasi, 652). Sun davlati davrida X. meʼmorligiga shakllarning nihoyatda nafis va mutanosibligi xos (Kayfindagi Teta yoki "Temir" pagoda, 1041—48). Moʻgʻullarning Yuan sulolasi hukmronligi davri (13—14-asr)da yuanlar davlati poytaxti Dadu (keyinchalik Pekin)da binolar ansambli qayta qurildi, saroy majmualari yaratildi.

19-asr 2-yarmida Shanxay, Tyantszin, Nankin, Guanchjou kabi yirik shaharlarda Yevropa tipidagi eklektik binolar paydo boʻldi (Ixeyuan bogʻidagi Sinyanfan saroy paviloni, Pekindagi kutubxona). 20-asr 80-yillaridan zamonaviy qurilish konstruksiyalari milliy meʼmoriy anʼanalar bilan uygʻunlashtirilib, yirik bino va inshootlar bunyod etildi.

Tasviriy sanʼati[tahrir]

X.ning kad. sanʼat yodgorliklari mil. av. 3ming yillikka mansub. X.ning kup joylaridan nafis ishlangan sopol idishlar, jez va nefritdan ishlangan va shakli hamda guli har xil boʻlgan buyumlar, hayvonlarning In davriga mansub toshdan ishlangan haykalchalari, Chjou davri (mil. av. 11—3-asr)ga mansub amaliybezak sanʼati asarlari topilgan. Mil. av. 1-ming yillikdan qilich sopi, mebel tayyorlashda lokdan foydalanila boshlandi. Mil. av. 4—3-asrlarga oid shoyiga tush bilan rayem solingan asar saklangan. Xan davri (mil. av. 206 — mil. 220) makbaralaridan mifologiya va dunyoviy mavzudagi relyef hamda yozuvlar, odam, uy hayvonlari tasvirlangan sopol idishlar, oltin va kumush bilan bezatilgan jez buyumlar topilgan.

4-asrdan budda gʻor ibodatxonalari haykal va devoriy rasmlar bilan bezatildi (Yungan, Lunmin, Mayszishan). Bu davrda rassom Gu Kaychji va xattot Van Sichji ijod qildilar. Tan (618907) va Sun (9601270) sulolasi davrida X. sanʼatining barcha turi ulkan yutuklarga erishdi. Bu davrda xalq hayotini haqqoniy aks ettiruvchi monumental rangtasvir paydo boʻldi; rassomlikning shoyi matoga tush yoki boʻyoq bilan rayem solish turi shakllandi. U Daotszi, Van Vey, Yan Liben, Chjou Fan, Xan Gan va boshqa Tan davrining mashhur rassomlari boʻlgan. Amaliy bezak sanʼati rivojlandi. Szindechjen chinni manufakturasida tayyorlangan mahsulotlar chet elga chiqarildi va jahonga mashhur boʻldi. 16-asrdan badiiy kashtadoʻzlik va toʻquvchilik rivojlandi. 19-asr 2-yarmida X.ning yarim mustamlakaga aylanishi ijtimoiy va madaniy hayotda qaramaqarshiliklar vujudga keltirdi, tasviriy sanʼatda turgʻunlik koʻzga tashlandi. Shu davrda Yevropa sanʼati taʼsirida moyboʻyoq rassomligi paydo boʻldi. 19-asr oxiridan rassomlar milliy klassikani ijodiy rivojlantirish yoki uni Yevropa uslubi yutuqlari bilan uygʻunlashtirishga intildilar. 20-asrning 20—30-yillarida yogʻoch gravyurasi paydo boʻldi. XXR tashkil boʻlgach (1949), Xitoy tasviriy sanʼati jadal surʼatda rivojlana boshladi. Bu davrda Szyan Yan, Xuan Chjou, Ye Syanyuy, Yan Chjiguan va boshqa samarali ijod qildilar. "Madaniy inqilob" yillari X. rassomligi inqirozi davri boʻldi. 1976 yildan soʻng qayta tiklana boshladi. Rassomlar oʻz faoliyatlarini takomillashtirish yoʻllarini qidira boshladilar. X.da Si Bayshi, Syuy Beyxun, Pan Tyanshou, Li Kuchat, Lyu Xaysu, Guan Shanyue va boshqa rassomlar mashhur. Zamonaviy tasviriy sanʼatida turli oqim va yoʻnalishlar mavjud.

Musiqasi[tahrir]

X. musiqa madaniyati jahonning eng qad. musiqa madaniyatlaridan biri. Uning manbai mil. av. 2ming yillikdayoq muayyan darajada rivojlangan qad. qoʻshiq va raqslarga borib taqaladi. "Shitszin" ("Qoʻshiqlar kitobi", mil. av 11—6-asrlar)da 3000 xalq qoʻshigʻi, marosim madhiyalari toʻplangan boʻlib, xalq qoʻshiq sanʼatining muhim yodgorligidir. Xitoy xalq musiqasi bir ovozli boʻlib pentatonikaga asoslangan (mil. av. 7-asrda shakllangan). Keyinchalik 7 va 12 ovozli sistema paydo boʻldi. Asosiy musiqa cholgʻulari (anʼanaviy xitoy orkestri, odatda, 100 ga yaqin, cholgʻudan tashkil topadi): torli — se, sin, pipa, erxu, sixu, banxu; puflama — syao, paysyao, di, sona, shen; urma — gong, qoʻngʻiroqcha, baraban, tarelkalar. Nota yozuvidagi (iyeroglif tizimi) birinchi professional asar — "Yulantsu" ("Tanho orxideya") pyesasidir (muallifi Syu Min, 6-asr). 8-asrda balet sanʼati rivojlana boshladi. 12—13-asrlarda dramatik dialog, orkestr joʻrligida kuylash, pantomima va raqsni oʻzida mujassamlashtirgan xitoy operasi shakllandi. 17-asrning oʻrtalaridan Sharqiy X.da orkestr musiqasi rivojlandi. 19-asr bilan 20a oraligʻida Yevropa musiqasi taʼsiri sezildi. 1927 yil konservatoriya ochildi. X. musiqasiga boshqa mamlakatlar musiqa sanʼati yutukdarini olib kirishga intiluvchi "Yangi xitoy musiqasi" deb nomlangan ilgʻor musiqa harakati paydo boʻldi. Kompozitorlar Ne Er (1912 35; ommaviy vatanparvarlik qoʻshiqlar muallifi), Si Sinxay (1905 — 45), Xuan Szi (1904—38), Chjanshu (1908—38) yangi musiqa asoschilaridir. 1953 yil X. kompozitorlar uyushmasi tuzilgan. Pekin, Shanxay, Shenyan, Chendu, Tyantszin, Sian, Guanchjou shaharlarida konservatoriyalar ishlaydi. X.da dirijyorlar Li Demun, Xuan Itszyun, Yan Lyankun, Xan Chjunsze, Chjen Syaoin, kompozitorlar Li Xuanchji, Lyu Chji, Syuy Sisyan, Syuy Vey, Chju Szyaner, Chjan Juy, Chjen Syufen, ijrochisolistlar Lu Chunlin, Lyu Dexay, Van Gotun, Shen Chjungo, vokalchilar Chjan Syuan, Vey Sisyan, Xu Sunxua, Van Kun, Li Guilar mashhur. Soʻnggi chorak asr davomida musiqa sanʼatida katta yuksalish yuz berdi. Ayniqsa, zamonaviy estrada janri tez rivojlandi. Yoshlar oʻrtasida gʻarb musiqasiga boʻlgan intilishning kuchayishi har xil yoshlar ansambllari tashkil topishiga olib keldi. Yevropa musiqa ohanglari bilan milliy musiqa ohanglarining qoʻshilib ketishi kuzatildi. Musiqa ijro etishda zamonaviy musiqa cholgʻularidan foydalanish keng tarqaddi.

Teatr sarchashmalari xalqning qoʻshiqraqs ijodi, turli marosim va oʻyinlar bilan bogʻliq tomoshalardan boshlanadi. Xandavri (mil. av. 3-asr — mil. 3-asr)da shaharlar va hunarmandchilikning rivoji teatr sanʼati taraqqiyotiga taʼsir etdi. Tan davri (7— 10-asrlar)da buddizm xitoy adabiyoti va sanʼatiga, xususan, raqs sanʼatiga katta taʼsir koʻrsatdi. 8-asr oʻrtalarida imperator Syuantszun saroyida "Nokzor" ("Liyuan") teatr maktabi tashkil qilindi. 10—12-asrlarda professional aktyorlar truppalari vujudga keldi. 13— 14-asrlarda teatr sanʼati takomillashdi. 17—19-asrlarda muayyan xudud bilan bogʻlangan mahalliy teatr janrlari (banszi, sintsyan, yuetszyuy va boshqalar) paydo boʻldi. 19-asr oʻrtalarida mahalliy teatrlar negizida teatrning yangi shakli — Pekin musiqali dramasi shakllandi; u keyinchalik xitoy umummilliy klassik musikali dramasiga aylandi. 20-asr boshlarida zamonaviy drama teatri shakllandi (asosan, Yevropa drama sanʼati taʼsirida). 1907 yilda birinchi drama truppasi — "Koʻklamgi majnuntol" ("Chunlyushe") tashkil qilindi. Oʻsha yili "Kuklam quyoshi" ("Chunyanshe") professional teatri ham tashkil topdi. 1927 yil Shanxayda ilgʻor teatr arboblari, dramaturg va aktyorlar "Janubiy jamiyat" ("Nantoshe")ga birlashdilar. 1930— 40 yillardagi yirik dramaturglar: Sao Yuy, Go Mojo, Xun Shen, Tyan Xan, Ouyan Yuysyan, Sya Yan va boshqa

1930 yilda Sud teatr arboblari ligasi tuzildi. 30ylarda zamonaviy drama teatr saxnalarida rus va Gʻarbiy Yevropa dramaturglarining pyesalari qoʻyildi (N.V.Gogol, A. N. Ostrovskiy, M. Gorkiy, G. Ibsen va boshqalarning pyesalari). XXR tashkil etilgach (1949), teatr sanʼatida islohot oʻtkazildi, klassik dramalar qayta koʻrib chiqildi. 1952 yilda 1Umumxitoy teatr va drama koʻrigida islohotga yakun yasaldi. 1963—64 yillarda teatrda inqilob oʻtkazish, klassik pyesalarni "zamonaviy inqilobiy pyesalar" bilan almashtirish masalasi kun tartibiga qoʻiildi, natijada professional jamoalar keskin kamayib ketdi. "Madaniy inkilob" davri teatr sanʼati uchun ham tushkunlik davri boʻldi. 1976 yildan soʻng teatr taraqqiyoti yangi bosqichga oʻtdi. Oʻz asarlarida xayotni real aks ettiruvchi yosh isteʼdodli dramaturglar yetishdi. Zamonaviy va tarixiy mavzularda koʻplab pyesalar yaratildi.

Kinosi[tahrir]

X.da birinchi film 1913 yil yaratilgan ("Soxta erxotinlar"). 1920—30-yillarda progressiv yoʻnalishdagi filmlar ishlab chikarildi ("Baliqchi qoʻshigʻi", "Yoʻl", "Chorraha" va boshqalar). 1940 yillarda X. kinematografchilari ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan filmlarni suratga oldilar ("Sungari daryosida", "Bahorgi suvlar sharqqa oqadi", "Sakkiz ming li, oy va bulutga yoʻl" va boshqalar). 1938 yil sentabrda tuzilgan Yanan kinoguruhi ozod etilgan hududlarda "Yanan va 8armiya", "Doktor Norman Betyun", "Nannivan" kabi hujjatli filmlar yaratdilar. 1946 yil X. shimoli-sharqining ozod etilgan rnlarida Dunbey (Shimoli-sharq) studiyasi (keyinchalik Chanchun) tashkil etildi. "Xitoy kizlari" (rej.lar Lin Szifen va Chjay Syan), "Poʻlat askar" (rejissyor Chen In), "Oq sochli qiz" (rej.lar Van Bin va Chjan Shuyxua), "Partiya kizi" (rejissyor Lin Nun), "Tinchlik yoʻlida" (rejissyor Xuan Szolin) filmlari 1950-yillardagi eng yaxshi filmlardir. 1950 yil Pekin shahrida kinematografiya instituti tashkil etilgan. 1960-yillarning oʻrtalaridan filmlar ishlab chiqarish kamaydi. 1967—69 yillarda deyarli barcha studiyalar oʻz faoliyatlarini toʻxtatdi, faqat bir nechtagina hujjatli film chiqarildi. 1976 yildan keyin kino ishlab chiqarish astasekin tiklana boshladi. 1980-yillarda qishloq hayoti mavzusidagi "Yuelyan qishlogʻidagi qahqaxa", "Syuy Mao va uning kizlari", "Qishloqqa muhabbat" va boshqa filmlar yaratildi. "Sian hodisasi", "Nanchan qoʻzgʻoloni" filmlarida inqilob tarixidan muhim lavhalar aks ettirildi. "Qon har doim qaynoq", "Koʻprik ostida" filmlari hozirgi zamon yoshlari, ularning muammolariga bagʻishlandi. Shuningdek, Lu Sin, Mao Dun, Lao She asarlari asosida ham filmlar yaratildi. "Bulutlar ortidagi togʻlar qissasi", "Oʻrtacha yosh", "Yilqichi" kabi filmlarda xitoy xalqining maʼnaviy goʻzalligi va mehnatsevarligi haqida hikoya qilinadi. X.da badiiy hamda hujjatli filmlar bilan bir qatorda multiplikatsion va ilmiyommabop filmlar ham ishlab chiqariladi.

Oʻzbekiston — Xitoy Xalq Respublikasi munosabatlari[tahrir]

Asosiy maqola: Oʻzbekiston — Xitoy Xalq Respublikasi munosabatlari.

Rasmiy nomi Xitoy Xalq Respublikasi. Poytaxti — Pekin shahri. BMT aʼzosi.

Xitoy Gʻarbiy Osiyoda joylashgan boʻlib, maydoni 9,6 mln. km2 ni tashkil etadi. Osiyodagi yirik davlat hisoblanadi, jahonda esa maydoni jihatidan Кanada va Rossiyadan keyin 3-oʻrinda turadi. Xitoy quruqlikda 14 davlat bilan chegaradosh, ular: Afgʻoniston, Butan, Myanma(Birma), Hindiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Laos, Moʻgʻuliston, Nеpal, Pokiston (talash hudud boʻlgan Кashmir), KXDR, Rossiya, Tojikiston va Vyеtnam. Chegaralarning umumiy uzunligi 22 117 km. Dengiz boʻylab esa Shimoliy Koreyadan Vyetnamgacha, Gʻarbiy Xitoy dengizi, Koreys koʻrfazi, Sariq dengiz va Janubiy Xitoy dengizi, Tayvan oroli bilan Tayvan boʻgʻozi orqali 14 500 kilometr uzunlikda tutashgan. Xitoyni 1949-yildan Kommunistlar partiyasi boshqarib keladi. Xitoy faqat bir partiyali mamlakat hisoblanadi.

Tarixi[tahrir]

Asosiy maqola: Xitoy tarixi.

Geografiyasi[tahrir]

Asosiy maqola: Xitoy tabiati.

Bambukzorlar

Xitoyda bambukning 500 ga yaqin turlari mavjud, oʻrmonlarining 3 foizi bambuklardan tashkil topgan. Qalin qamishzorlarni Xitoyning 18 provinsiyasida uchratish mumkin. Bambuklar asosan hayvonlarga ozuqa boʻladi, shuningdek, sanoat korxonalarida ham ishlatiladi.

Xuanxe (Sariq daryo)

Xitoydagi ikkinchi buyuk daryo, uzunligi 5464 km. Xuanxe yoki Sariq daryo oʻta tezlik bilan oqadi. Bu daryoda 1642 yilda 300 ming kishi oqib halok boʻlgan

Lushan togʻlari Xitoy tamaddunining oʻchogʻi sanaladi. Maydoni 5 ming kvadrat kilometrga teng bu togʻlar mamlakat janubi, Tszyansi provinsiyasining Intan shahri yaqinida joylashgan. SHimolda Xitoyning eng uzun daryosi — Yantszi bilan chegaradosh. Janub tomondan mamlakatning eng katta chuchuk suvli daryosi — Poyaku suvlari bilan yuviladi. Lushan togʻlari 2000 yillik tarixga ega boʻlib, ular ilk bora xitoy solnomalarida tilga olingan. Qadimda bu erda sehr-jodu bilan shugʻullanishgan va shu bois Lushan togʻlari xudosizlar manzili xisoblangan. Daosizm va buddizm oqimlari vujudga kelgach, oqim asoschilari bu erga ilk maktab va akademiyalarni qura boshlagan. Qurilmalarning ayrimlari shu davrga qadar saqlanib qolgan. Qoʻriqxona necha yuz yillardan buyon oʻz goʻzalligi bilan butun dunyoni oʻziga maftun qilib keladi. Uni madh etuvchi 4 mingdan ziyod sheʼr va dostonlar bitilgan.1996 yildan YUNYeSKOning jahon meroslarini saqlash qoʻmitasi tomonidan unga quyidagicha baho berilgan: "Lushan togʻlarining dunyoviy merosi shundaki, u xitoy millatining maʼnaviy-madaniy qadryatlari bilan bevosita bogʻliq. Xitoy xalqining qadriyatlari tabiat bilan uygʻunlashib ketganday goʻyo. U yirik madaniy manzarani aks etdiradi. 2007yili Lushan togʻi Milliy bogʻ sifatida tan olinib, jahon meroslarining roʻyxatiga kiritilgan. 1998 yilda esa geologik park sifatida YUNYeSKO xalqaro tarmogʻiga kiritilgan. Bu tarmoqqa 28 geoparklar kiritilgan boʻlib, ularning 7 tasi Xitoyda joylashgan.

Itisodiyoti[tahrir]

Xitoy Xalq Respublikasi aholisining soni boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinda turadi. 2009 yil maʼlumotiga koʻra, Xitoy Xalq Respublikasi aholisi 1,329 mlrd kishini (Syangan MAR va Tayvan provinsiyasi, Aomen rayonidan tashqari) tashkil etdi. U hozirda dunyo aholisining 21 % ni tashkil etmoqda. Xitoy aholisining oʻrtacha zichligi 1 kv.km. ga 137 kishini tashkil etadi. Xitoy aholisi uning hududi boʻylab bir tekisda joylashmagan boʻlib, Sharqiy Xitoyning dengiz oldi rayonlarida aholining zichligi 1 kv.km. ga 410 kishidan ortiq aholi toʻgʻri kelsa, Markaziy Xitoyda aholining zichligi 1 kv.km. ga 200 kishidan ortiq toʻgʻri kelsa, gʻarbiy Xitoyning togʻli hududlarida bu koʻrsatkich 1 kv.km. ga 20 kishidan ham kam kishi toʻgʻri keladi.

Dini[tahrir]

Xitoyning anʼanaviy dini konfusiylik, koʻpchilik daosizm va buddizm diniga sigʻinishadi. Xitoyliklar orasida islom va xristian dinlariga ham eʼtiqod qiluvchilari bor. Xuey, uygʻur, qozoq, qirgʻiz, tatar, oʻzbek, tojik, dunsyan, salar va baoan xalqlari musulmonlar hisoblanadi. Tibetliklar, moʻgʻullar, tai va yugurlar lamaizm diniga eʼtiqod qilishadi. Vetveylar buddizmga eʼtiqod kilishadi, myao va yaolar xristian diniga eʼtiqod qilishadi, koʻpchilik daurlar, orochonlar va evenklar shamanizmga eʼtiqod qilishadi.

Madaniyati[tahrir]

Asosiy maqola: Buyuк Хitoy dеvori.

Xitoy haqidagi maqolalar[tahrir]

Asosiy maqola: Xitoy va xitoyliklar.

Galereya[tahrir]