Vasiliy Vyatkin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Vasiliy Lavrentevich Vyatkin (1869.18(30).8, Yettisuv — 1932.26.6, Samarqand) — arxeolog, prof. (1923). Toshkent oʻqituvchilar seminariyasini tugatgan (1894). Samarqand oʻlkani oʻrganish muzeyining tashkilotchisi (1896) va direktori. Vyatkin 1905—31 yillarda Afrosiyobda qazish ishlari olib borib, tadqiqotlari haqida „Afrosiyob — koʻhna Samarqand oʻrni“ (1926) asarini yozgan. Ulugʻbek rasadxonasi (15-asr) oʻrnini aniqlagan va u erda qazish ishlari olib borgan (1908—09, 1914); Samarqand meʼmoriy yodgorliklarini oʻrganish va muhofaza qilishga katta eʼtibor bergan („Mirzo Ulugʻbek va uning Samarqanddagi rasadxonasi“, „Qadimgi Samarqand yodgorliklari“, 1927, „Qadimgi Samarqand arxitekturasi“, 1929). Buxoro (1920) va Xorazm (1929) da muhim arxeologik tadqiqotlar olib borgan. Oʻrta asrlarga doir koʻplab sharq qoʻlyozmalarini toʻplagan, sharhlagan va nashr ettirgan.

Rus maktablari uchun „Oʻzbek tili darsligi“ va „Fors tili darsligi“ni tuzgan (1923). Ulugʻbek rasadxonasi yoniga dafn etilgan.[1].

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil