Edvard Rtveladze

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Edvard Vasilyevich Rtveladze (2015)

Edvard Vasilyevich Rtveladze (1942.14.5, Borjomi sh., Gruziya) — arxeologtarixchi olim. Oʻzbekiston FA akad. (1995), tarix fanlari d-ri (1989), prof. (1992). ToshDUni tugatgan (1967). 1967 yildan Oʻzbekiston sanʼatshunoslik i.t. institutida ilmiy xodim. Ilmiy faoliyati Oʻrta Osiyoning qad. va oʻrta asrlar tarixi, arxeologiyasi, numizmatikasi, epigrafikasi, sanʼati, madaniyati tarixini oʻrganishga bagʻishlangan. Oʻrta Osiyo, Kavkaz, Kipr, Yaponiya va Fransiyada olib borilgan 80 dan ortiq ilmiy arxeologik ekspeditsiyalar ishtirokchisi. Koʻpgina arxeologik yodgorliklarni ochgan va tekshirgan. R. rahbarligida Tohariston ekspeditsiyasi tomonidan KampirtepalA olib borilgan qazishlar natijasida arxeologik amaliyotda 1marta Kushonlar davriga oid qad. shahar harobasi toʻliq ochilganligi muhim ahamiyatga ega boʻldi. R. rahbarligi ostida shaharlar va taniqli davlat arboblari yubileylariga bagʻishlangan kollektiv monografiyalar, shu jumladan, "Amir Temur jahon tarixida", "Xiva — ming gumbazli shahar", "Shahrisabz", "Termiz", "Jaloliddin Manguberdi" va boshqa tayyorlangan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureata (1985). "Buyuk xizmatlari uchun" (2001), "Mehnat shuxrati" (2003) ordenlari va Gruziyaning "Girsebis" ("Ritsarlik sharafi") (2001) ordeni bilan mukofotlangan.

Manbalar[tahrir]

  • Средневековые памятники Сурхандарьи (в соавторстве), T., 1983;
  • В стране золотого огня (в соавторстве), T., 1985;
  • Памятники минувших веков (в соавторстве), T., 1986;
  • Древние монеты Средней Азии, T., 1987;
  • Северная Бактрия — Тохаристан. Очерки истории и культуры (в соавторстве), T., 1990;
  • Великий шёлковый путь, T., 1999;
  • Qadimgi Oʻzbekiston sivilizatsiyasi; davlatchilik va huquqtarixidan lavhalar (hamkorlikda), T., 2001;
  • Древние и раннесредневековые монеты историко-культурных областей Узбекистана, T., 2003.