Boʻriboy Ahmedov
Boʻriboy Ahmedov | |
---|---|
Tavalludi |
12-avgust 1924-yil |
Vafoti |
2-may 2002-yil (77 yoshda) Toshkent |
Fuqaroligi | SSSR va Oʻzbekiston |
Mukofotlari |
Boʻriboy Ahmedov (12-avgust 1924-yil; Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumani Qorasuv qishlogʻi — 15-may 2002-yil; Toshkent) — tarixchi, atoqli oʻzbek sharqshunosi, manbashunos, X-XIX asrlarga oid fors manbalari boʻyicha yirik mutaxassis, faxriy professor. Rossiya Federatsiyasi Fanlar akademiyasining faol aʼzosi.
Boʻriboy Ahmedov Ahmedov Kembrij va Hindiston universitetlarida faxriy professor bo‘lgan; ilmiy xizmatlari uchun 1995-yilda Qirg‘iziston hukumati tomonidan „Yil odami“ deb eʼlon qilingan.
Boʻriboy Ahmedov 1924-yil 12-avgustda Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa qishlogʻi Qorasuv qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan[1]. Uning otasi ham bir necha yil Qirg‘izistonning O‘sh shahrida ishlagan. 1942-yilda koʻngilli sifatida frontga qoʻshilgan va 1945-yilgacha shu yerda boʻlgan. Urush davomida 9 marta yaralangan[2].
Oilasiga qaytib, Qorasuv qishlog‘ida mashinist, so‘ngra muharrir bo‘lib ishlay boshladi. 1948-1953-yillarda O‘rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) Sharq fakultetining tarix yoʻnalishida tahsil olgan. 1953-1957-yillarda Qorasuv qishlog‘idagi maktabda direktor, tarix fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. 1957-1960-yillarda Sankt-Peterburg davlat universiteti aspiranturasida tahsil olib, 1961-yilda „Abulxayrxon davrida ko‘chmanchi o‘zbeklarning ahvoli“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 1974-yilda esa „XVI-XVIII asrning birinchi yarmida Balx xonliklari“ mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan[2].
1960-yildan Boʻriboy Ahmedov Beruniy nomidagi O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida ilmiy xodim, ilmiy kotib, bo‘lim mudiri, bosh ilmiy xodim bo‘lib ishlagan. Shu bilan birga, Toshkent davlat sharqshunoslik institutida „Sharqshunoslik“, „Oʻrta Osiyo feodal xonliklarining davlat tuzilishi“ mavzularida maʼruzalar oʻqigan; Kembrij va Hindiston universitetlarining faxriy professori boʻlgan.
Boʻriboy Ahmedov sharqshunoslik va tarix fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan. 300 dan ortiq monografik asarlar, darsliklar, risolalar, ilmiy maqolalar muallifi. Uning ko‘plab asarlari xorijiy tillarga tarjima qilingan.
Qirg‘izistonning sharqshunos kadrlarini tayyorlashga hissa qo‘shgan. Umrining so‘nggi yillarida Xalqaro Amir Temir jamg‘armasiga rahbarlik qilgan.
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1995), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1989), tarix fanlari doktori (1974). Oʻrta Osiyo universitetining sharq fakultetini bitirgan (1953). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida ilmiy xodim, ilmiy kotib, boʻlim boshligʻi (1960-90). 1991 yildan bosh ilmiy xodim. Xalqaro Amir Temur jamgʻarmasi raisi (1995-yildan). Ahmedovning ilmiy faoliyati oʻzbek xalqining etnik tarixi va shakllanishi, manbashunoslik, Oʻrta Osiyo xalqlarining 10-19-asrlardagi ijtimoiy-siyosiy tarixi, Temur va temuriylar davri tarixi hamda madaniyati kabi muhim yoʻnalishlarga qaratilgan. Bir qancha qoʻllanma, lugʻatlar („Tarixdan qisqacha izohli lugʻat“, 1977) muallifi. Amir Temurning 660 yilligi (1996) munosabati bilan katta tashkiliy, ilmiy ishlar olib bordi. Amir Temurga bagʻishlangan xalqaro anjumanlar (Parij, Samarqand, 1996)da qatnashib maʼruzalar qildi. „Amir Temur“ tarixiy romanini yozdi (1995). Bir qancha kitoblarga masʼul muharrirlik qildi. Asarlari ingliz, fransuz, rus va boshqa xorijiy tillarda bosilgan. „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Bosh tahrir hayʼati aʼzosi (1997-yildan). Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1989). „Amir Temur“ (1997), „Buyuk xizmatlari uchun“ (1999) ordenlari bilan taqdirlangan.[3][4]
Asoslar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Istoriya Balxa, T., 1982;
- Oʻzbekiston tarixi manbalari, T., 1986;
- Oʻzbek ulusi, T., 1992;
- Tarixdan saboqlar, T., 1994.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Bo‘riboy Ahmedov (1924-2002)“. ziyouzcom. Qaraldi: 25-iyun 2023-yil.
- ↑ 2,0 2,1 Общественные науки в Узбекистане 2002, s. 88—89.
- ↑ Oʻzbeklarning kelib chiqishi tarixidan, T., 1963
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Vikiomborda Boʻriboy Ahmedov haqida turkum mavjud |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
- 12-avgustda tugʻilganlar
- 1924-yilda tugʻilganlar
- Andijonda tugʻilganlar
- 2-mayda vafot etganlar
- 2002-yilda vafot etganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari
- Beruniy nomidagi davlat mukofoti laureatlari
- Amir Temur ordeni sohiblari
- Buyuk xizmatlari uchun ordeni sohiblari
- Oʻzbek tarixchilari
- Olimlar
- Turkologlar
- Oʻzbekistonlik sharqshunoslar