Amir Temur
Amir Temur | |
---|---|
Temurbek | |
Tavalludi | Kesh, Chigʻatoy ulusi (bugungi Shahrisabz, Oʻzbekiston) 9-aprel 1336-yil |
Vafoti | Oʻtror, Chigʻatoy ulusi (bugungi Oʻtror, Qozogʻiston) 18-fevral 1405-yil |
Turmush oʻrtogʻi | Turmush Ogʻo, Oʻljay Turkon Ogʻo, Choʻlpon Mulk Ogʻo, Saroy Mulk Xonim, Tuman Ogʻo, Dilshod Ogʻo, Tukal Xonim, Ruh Parvar Ogʻo, |
Bolalari | Jahongir Mirzo, Umarshayx Mirzo, Mironshoh Mirzo, Shohruh Mirzo |
Otasi | Amir Taragʻay |
Onasi | Takina Xotin |
Amir Temur (Eski turkcha: امیر تیمور – Amir Temur) (1336-yil 9-aprel – 1405-yil 18-fevral) – oʻrta asrlarning buyuk turkiy askari va qoʻmondoni, Temuriylar imperiyasi asoschisi, Oltin Oʻrda, Mamluk sultonligi, Dehli sultonligi, Usmonlilar davlati, Kavkaz va Erondagi davlatlarni yengishi ortidan musulmon olamining toʻla yetakchisi, yeri 4,4 mln km² ga yetishgan 14-yuzyilliknig eng kuchli davlat quruvchisi, 35 yillik boshqaruvi va yurishlari chogʻida biror urushni yutqazmagan qoʻshinboshi, oʻtmishda koʻrilgan uchta buyuk harbiy-taktik urush va yurish qoʻmondonlaridan biri, Temuriylar uygʻonish davri asoschisi, ilm-fan, meʼmorchilik, sanʼat va adabiyot homiysi.
Oilasi, shaxsiyati va kelib chiqishi
Temurbek shabon oyining yigirma beshida, hijriy yetti yuz oʻttiz oltinchi yilda (8.04.1336), oʻn ikki hayvonli Turk yilligiga koʻra Sichqon yilida Kesh shahri yaqinidagi Xoʻja Ilgʻor qishlogʻida tulilgan. Ayricha amerikalik tarixchi Beatrice Forbes Manz xonim Temurbekning tugʻilgan yilini oʻn toʻrtinchi yuzyillikning yigirmanchi yillariga toʻgʻri kelishini kabi oʻz ikkilanishli qarashlarini oldinga surib keladi va bu shubhalanishiga sabab qilib Temurbekning 1336-yilda tugʻilganligi toʻgʻrisidagi yozuvlar uning davridan keyin yozilganini va uning davriga tegishli bir nechta manbalardagi voqealarda Temurbekning yoshi uning 1320-yillar oxirida tugʻilganini koʻrsatishini aytadi (qarang, Tamerlane and the Symbolism of Sovereignty, B. F. Manz). Biroq birorta tarix kitoblarida Temurbekning tugʻilgan yili 1336-yil emas, balki boshqa yil ekanligi toʻgʻrisida bilgi umuman uchramaydi.
Otasi Amir Taragʻay (oʻrta chogʻ turkchasida Taragʻay – qoraquyruq qushi) barlos qabilasining beklaridan biri va qabilaning asosiy 5 ta urugʻidan birining yetakchisi edi (qarang, The rise and rule of Tamerlane, B. F. Manz va The Mongol Period B. Spuler). Taragʻaybek Chigʻatoy ulusining taniqli beklaridan biri boʻlib, Kesh viloyatida amirlik qilgan. Amir Taragʻay yillik Ili daryosi boʻyida Xon tomonidan chaqiriladigan yurt beklarining qurultoyiga chaqirilgan va bunday yigʻinlarda qoldirmasdan qatnashgan. Butga topinuvchi oʻlaroq tugʻilgan Taragʻaybek Chigʻatoy ulusi orasida birinchilardan boʻlib islom dinini qabul qilgan. Otasi Barqul Noyondek Taragʻaybek harb va siyosat ishlariga qiziqmagan va asosan islom dinini oʻrganish bilan umrini kechirgan. Temurbek tez-tez qabrini ziyorat qiladigan va keyinchalik qabri ustiga maqbara (1373–1374) qurdirgan Shamsiddin Kulol Taragʻaybekning piri boʻlgan.
Onasi Takina Xotun va yoki Takina Mohbegim toʻgʻrisida bilgilar oz. Zafarnoma (Yazdli Sharafiddin)da yolgʻiz otigina soʻzlanadi. 1403-yilda Temurbek Jenoa, Fransiya, Angliya qirollariga elchi qilib yuborgan, Sultoniya bosh rohibi (archiepiscopus) Johannes de Galonifontibus Takina Xotunning oddiy oiladan ekanini yozadi. Temurli saroyida yozilgan, biroq yozuvchisi aniq bilinmagan Muyizz al-Ansab (Izzatli nasablar) asarida Takina Xotun barlos qabilasi bilan chegaradosh boʻlgan Chigʻatoy ulusining Yasaur qabilasidan ekanligi yoziladi. Temurbek bilan yuzma-yuz soʻzlashgan Ibn Haldun (1400–01) Temurbek onasini afsonaviy „Avesto“ bahodiri Manuchehrning avlodidan ekanligini aytganini yozadi. Temurbekning siyosiy kitobyozar raqibi Ahmad ibn Arabshoh oʻz Ajoyib ul-maqdur fi navaib (fi axbor) at-Taymur (arabcha: عجائب المقدور في نوائب تيمور – oʻzbekcha: Temurdagi taqdirning ajoyibotlar) asarida uning Chingizxonning naslidan ekanligini yozadi. 18-yuzyillikda yuzaga chiqqan Temurbek kimligi toʻgʻrisidagi kitoblarda Takina Xotun Buxoro „Sadr ash-Sharia“ (Shariat qonunlarini izohlovchi)si Ubaydullo Mahbubiyning qizi oʻlaroq tanitiladi. Oʻzbek tarixchisi Turgʻun Fayziyez oʻzining „Temuriylar shajarasi“ (Toshkent, 1995) kitobida Temurbekning onasi toʻgʻrisida „Jangnomayi Amir Temur Koʻragon“ kitobiga tayangan holda Buxoro ulamolarining eng ulugʻi „Sadr ash-Sharia“ning qizi ekanligini bildiradi.
Temurbekning opasi Qutlugʻ Turkon ogʻo va singlisi Shirinbeka ogʻo edi. Ular Temurbekdan oldin oʻlishgan va Samarqanddagi Shohi Zinda majmuasidagi maqbaralarda koʻmilishgan.
Arabcha sohib (صاحب) va qiron (yaqinlik, yaqinlashma) soʻzlaridan tuzilib forscha sohib-i qiron (صاحب كران) holiga kelgan Sohibqiron soʻzi yulduzbilimchilari tomonidan Mushtariy (Yupiter) yulduzi va Zuhro (Venera) yulduzining bir burjda toʻplanganligi asosida tugʻilgan kishi maʼnosida qoʻllangan. Bu sifat baxtli, qutli va doimo gʻolib va jahonolar kishilarni ifoda etish uchun ishlatilgan. Amir Temurgada bu sifat Sohibqiron va yoki hazrat Sohibqiron shakllarida qoʻllangan. Temurbek 1362-yilda Seyistonga birinchi kelishi chogʻida oʻng oyogʻidan va oʻng qoʻlidan Mamaqtuv (Yazdli Sharafiddin, Zafarnoma 19a,19b, 89b) tomonidan yoydan otilgan oʻqdan yaralangan. Ayricha Temurbekning siyosiy raqiblari tomonidan unga soʻkinish maʼnosidagi Temur-i lang (forscha: تیمور لنگ) nomi qoʻllangan. Oqsoq Temur va yoki choʻloq Temur maʼnosida kelgan Temurlang soʻzi kunbotar (gʻarb) ellari tomonidan Tamerlane, (inglizcha), Tamburlaine (inglizcha), Tamerlan (fransuzcha), Tamorlan (ispancha), Tamerlanis (lotincha), Timurlenk (usmonli turkcha) va Temur Aksak,Tamerlan (ruscha) kabi shakllarda oʻzlashtirilgan. 1370-yilda Chingizlilar xonadonidan boʻlgan Qozonxonning qizi Saroy Mulk Xonim (Bibi Xonim)ga uylanishi ortidan Temurbek Temur Koʻragon (تیمور کورگن) va yoki Temur Guragon otini oladi. Koʻragon (xүrgen) moʻgʻulcha kuyov soʻzi boʻlib „Xonning kuyovi“ maʼnosida qoʻllangan. Chingizxonning qonidan boʻlmaganligi uchun Xonlik otini olmaydi va musulmonlarning boshi oʻlaroq Amir otini oladi. Temurbek Islom dini bilimlariga tayanib yurishlar qiladi va oʻzini „Islom qilichi“ sifatida taniltiradi. Islom dinini yoyish yoʻlida qilgan yurishlaridan keyin Abu Fotih otini oladi. 1402-yilda Izmir qal’a qamalida katolik Hospitaller (lotin, Ordo Fratrum Hospitalis)larini, Gurjiston(Gruziya) nasroniylarini bir necha bor yutishi ortidan Abu Gʻoziy otini oladi. Turklar oʻz odatiga koʻra oʻz yetakchilarini Bek deb atashardi. Shu yuzdan Temurbek ham Bek otini oladi. 1404-yilda Samarqandda boʻlgan Kastiliya (ispaniya) elchisi Rui Gonzales de Klavixo oʻzining sayohat qoʻlyozma kundaligida ham Temurbek otini qoʻllaydi.
Temurbekning turk yoki moʻgʻul ekanligi toʻgʻrisadagi bilimlar yolgʻiz kunbotar olamidagina tortishmali. Rui Gonsales de Klavixo Temurbekning kelib chiqishini Chigʻatoy ulusining ellariga bogʻlasa, nabirasi Muhammad Taragʻay (Ulugʻbek nomi bilan tanilgan) „Tarix-i arba ulus“ kitobida Shajarat al-atrak (Turklar kelib chiqishi)ni koʻrsatadi va unga koʻra Temurbek va ota-bobolari Yofas oʻgʻli Turkning bolalari ekanligini aytadi. Turk otli kishi esa butun turklarning otasi ekanligi koʻrsatiladi. Kunbotar ellarining oʻtmish yozuvchilari oʻrtasida Temurbekni turk-moʻgʻul yoki turklashgan moʻgʻul kelib chiqishli ekanligi keng yoyilgan. Biroq Richard Bulliet (A Global history) Temurbekning qabilasi Barloslarning moʻgʻullarga aloqasi yoʻqligini soʻzlasa, Rene Grousset (qarang, L’empire des steppes, Atilla, Gengis-Khan, Tamerlan,1939 Paris) Temurbekning kelib chiqishi Chingizxonga bogʻlanganligini yolgʻiz oʻz chogʻida yozilgan kitoblardagina ekanini, biroq uni moʻgʻullik bilan umuman birligi yoʻqligini va Turk ekanligini yozadi. Temurbek tarixi boʻyicha 3 salmoqli kitobdan birisi sanalgan Ahmad ibn Arabshohning „Ajoyib ul-maqdur fi navaib at-Taymur“ kitobida boʻlsa Temurbekni barlos turki ekanligini yoziladi:
„Turklarda ham Arablarda boʻlganidek qabilalar va urugʻlar bordir va har bir qabilada vazir (qabilaboshi) bordir. U oʻz qabilasi ichida yashash tarzi boʻyicha maslahat beradigan yorituvchi chiroqdir. Ulardan birinchisi Arlot, ikkinchisi Jaloyir, uchinchisi Qavchin, toʻrtinchisi Barlosdir. Temur(bek) toʻrtichisidan chiqqandir.“ (4-bet).
Temurbek Turk ekanligidan gʻururlanar, oʻz oʻrnida oʻziga qarata aytilgan Moʻgʻul soʻzini yomon koʻrardi (Yusuf Husayn Xon, Two studies in early mongol history, 1976). Oʻzbek tarix yozuvchilari Temurbekning soʻzsiz turk boʻlganligini aytib keladi. Temurbekning oʻzi yozganligi aytiladigan Mulfazot-i Temuriy (Temur qissalari yoki Temur tuzuklari) kitobida Taragʻaybek oʻgʻli bilan soʻzlashganda (Zuhriddin Bobokalonov, 2004, 48-bet) turk kelib chiqishli ekanligini aytgani yoziladi.
Temurbekning bolalik va yoshlik yillari
Temurbekning yoshligi Keshda kechadi. Otasi Taragʻaybek oʻz chogʻining odatlariga koʻra Temurbekka ot minish, ov qilish, yoydan oʻq otishni oʻrgatuvchilarni tayin qiladi. Shu yuzdan Temurbek 18-20 yoshlarida tulporlarni yaxshi ajrata oladigan epchil otliq va qoʻrqmas bahodir boʻlib ulgʻayadi. Temurbekni yoshligida madrasaga ham beradilar. Biroq Temurbekning oʻqimishsiz boʻlganligi toʻgʻrisida kunbotar ellari oʻrtasida yanglish qarash ular chindek oʻrnashib qolgan. Temurbek oʻzi toʻgʻrisida kitobida 21 yoshga toʻlganida otasining hosili yaxshi boʻlganini, qoramol va yilqilar koʻp bolalaganini, oʻzi ularni 10 tadan qilib ishchilariga boʻlib berganini yozadi. Temurbekning yoshlik yillari toʻgʻrisida bilgilar juda oz.
Temurbekning til bilimlari
Temurbek oʻz ona tilisi chigʻatoy (eski turkcha yoki eski adabiy oʻzbekcha)cha va forschada soʻzlashgan. Temurbek arabcha soʻzlasha olmagan va moʻgʻul tilida soʻzlasha olganligiga tegisgli bilgilar tortishmali. Uning davrida Turk(Eski oʻzbek adabiy tili)cha – soʻzlashuv, qoʻshin boshqarish, adabiyot va davlat ishlari tili, forscha – huquq, davlat ishlari, adabiyot va soʻzlashuv tili, arabcha – din tili boʻlgan. Oʻrta chogʻ davlatlariga boʻlganidek Temurbek davlatida ham asosiy huquqiy ishlar – soliqlar yigʻish, gʻaznachilik ishlari, moliya ishlari fors tilida olib borilgan. Temurbek oʻz yurishlari chogʻlarida yilyozarlariga kunlik ishlarni Turkcha va forscha tillarda yozib borishlarini buyurgan. Temurbek oʻtmishining bilingan 3 ta tamal asaridan 2 tasi, Nizomiddin Shomiy – Zafarnoma, Sharafiddin Ali Yazdiy – Zafarnoma, aynan shu kunlik qoʻlyozmalarga asoslanib yozilgan kitoblardir. Rasmiy yozuv turi esa arab alifbosiga asoslangan fors va turk (eski uygʻur alifbosiga asoslangan oʻzbek yozuvi) yozuvlari edi.
28.03.1391 – yilda (Yazdiy,Zafarnoma,119a) Oltin Oʻrda xoni Toʻxtamishxonga qarshi yurish chogʻida Temurbek hozirgi Qozogʻistondagi Ulugʻ togʻda askarlariga tosh keltirishlarini buyuradi va toshga oʻyib bitik yozdiradi. Nizomiddin Shomiy Zafarnomasida esa 28.04.1391 da ushbu bitik bitilganligi yoziladi. Bu bitikda 3 qator arabcha va 8 qator turklarning oʻz yozuvi boʻlmish eski uygʻur yozuviga asoslangan eski adabiy oʻzbekchada yozigʻ yozilgan.
Bu bitik 1935-yil avgust oyida Ulugʻ togʻdan kunbotar(gʻarb)da yerlashgan Qaramoʻla togʻ yon bagʻri oldidagi Qarsaqpay mis koni yaqinida qozoq geologi Qanish Satbaev tomonidan topilgan. Bu yuzdan Qarsaqpay bitigi ham deb ataladi. Bitik bugungi kunda Sant-Peterburg(Roosiya Federatsiyasi)da Ermitaj muzeyida saqlanadi.
Temurbekning siyosiy-harbiy kechmishi
Temurbekning siyosatga kirib kelishi
1358-yil Qazagʻanbekning oʻlimidan soʻng Movarounnahrda boshlangan bosh-boshdoqlik chogʻida Temurbek amakisi Xoji Barlos bilan Kesh yerlarini boshqarardi. 1360-yil yanvarda Jeta (Moʻgʻuliston) xoni Tugʻluq Temur Movarounnahrga yurish qiladi. Tugʻluq Temur bilan kelishgan Temurbekka Keshdan Sirdaryogacha boʻlgan yerlar topshiriladi. Tugʻluq Temur orqasiga qaytib ketadi. Xizr Yasuriy va Temurbek birga qoʻshin yigʻadilari. Xoji Barlos esa Yasuriy bilan yovlashadi va unga qarshi yurish qiladi. Tomonlar Oyqor yaqinida toʻqnashishadi. Temurbek tomon dushmanni yengadi. Biroq keyinroq Temurbek Yasuriy bilan yovlashadi. Kesh yaqinidagi Surushdagi urushda Temurbek dushmanni yengadi. Temurbek Termiz tomonga qarab yuradi. Ali Jarjariy bilan yovlashadi. Angor yaqinida toʻqnashishadi. Temurbek dushmanni yengadi. 1361-yil martda Tugʻluq Temur yana Movarounnahrga yurish qiladi. Temurbek yana Tugʻluq Temur oldiga boradi va Temurbekka Kesh viloyati va 10 ming kishi topshiriladi. Movarounnahrga xon qilib Ilyosxoʻja, Tugʻluq Temurning oʻgʻli, tayinlanadi. Tugʻluq Temur oʻz yurtiga qaytadi. Temurbek Husaynbek bilan uchrashadi. Alibek Joni Qurboniy bu ikki bekni tutib qamatadi. Moxonda qamoqda bir necha kun qolgan beklar Muhammadbek, Alibekning akasi, tomonidan ozod qilinadi. Temurbek Seyiston tomon yuradi. Temurbek va Husaynbek Seyiston hokimi soʻrovi va bergan soʻzlariga koʻra uning yovlariga qarshi urushishadi. Temurbek tomon dushmanni yengadi. Seyiston hokimi soʻzini ustidan chiqmaydi. Temurbek Seyistondan qaytishida Sagziylar Mekrondan kelib Temurbek va yoʻldoshlariga tashlanishadi. Sagziylar qoʻshini chekinadi. Temurbekning oʻng qoʻli va oʻng oyogʻi yaralanadi. Temurbek Garmsirga keladi va tuzaladi. Keyin Balxga qarab boradi va Abdulloh arigʻi oldida, Abu Said, Mangli Buʼga, Haydarlarga qarshi urushadi. Temurbek dushmanni yengadi. Temurbek Dashti Koʻlankaga keladi. Toshkoʻprik yaqinida Temurbek Yumkon oʻgʻli Temur, Sariq, Shingum va Tugʻluq Xoʻjaga qarshi urushadi. Temurbek dushmanni yengadi. 1364-yil Temurbek va Husaynbek Kesh yaqinidagi Qubba-i metinda Ilyosxoʻja bilan toʻqnashishadi. Temurbek tomon dushmanni yengadi. Temurbek Qobulshoh Oʻgʻlonni Movarounnahrga xon qilib koʻtaradi. Ilyosxoʻja yana Movarounnahrga yurish qiladi. 1365-yil 22- mayda Chinoz yaqinida Chirchiq daryosi boʻyida Loy jangi boʻlib oʻtadi. Temurbek boʻlinmasi qarshi tomon boʻlinmasini yengadi. Biroq Husaynbek dushmanga qarshi turolmaydi. Bu yuzdan Temurbek Keshga qaytishga majbur boʻladi. 1366- yil Husaynbek va Temurbek yovlashadi. Qatlashdagi urushda Temurbek tomon dushmanni yengadi. Temurbek Qarshiga qarab yuradi. Qarshi qamalida Musabekni 12000 otligʻini 243 kishi bilan yengadi. 1367-yil Moxon yaqinidagi Bermasda Bekishohga qarshi yuradi. Temurbek dushmanni yengadi. Temurbek Husaynbek bilan yarashib Qobul tomon yuradi. Temurbek tomon Qobul sharini egallayadi. 1368-yil Temurbek Badaxshonni yagʻmo etib qaytadi. Temurbek Husaynbek ila yana yovlashadi. 1370-yil Arxangdagi urushda Temurbek Husaynbekni uzil-kesil yengadi. Sayyid Baraka Temurbekka tabl va yalov taqdim etadi. Temurbek Balx tomon yuradi va Balxni qoʻlga olib Suyurgʻotmish Oʻgʻlonni xon qilib koʻtaradi. 1370-yil Temurlilar davlati quriladi.
Amir Temurning hokimiyat boshqaruvi chogʻi
Temurbek Amir unvonini oladi va Samarqandni boshshahar etib belgilaydi. 1370-yil kuzida yirik Qurultoy oʻtkazadi. 1371-yil Amir Temur Jeta tomon 2 bora yurish qiladi. Hevak oʻlkasi va Kot shahri aslan Chigʻatoy ulusining yerlari boʻlsada, biroq u yerlar soliqlarini Xorazmdagi Soʻfiylar yigʻar edi. 1372-yil bahorda bu yerlarni qaytarishni koʻzlab Temurbek Xorazm tomon ilk yurishini qiladi. Temurbek Qot qal’asini qamal qiladi va qal’ani egallaydi. Temurbek Qovun arigʻiining oldida Husayn Soʻfiy bilan urushib dushmanni yengadi. Husayn Soʻfiy yengilishdan soʻng Xorazmga qarab chekinadi va oʻsha yerda oʻladi. Temurbek Yusuf Soʻfiy bilan yarashadi va ortiga qaytadi. Qaytish ortidan Yusuf Soʻfiy Kotni talaydi. Temurbek 2-bora Xorazm tomon yuradi. Temurbek qudachilik qilish uchun bu gal Xorazmni urmaydi. 1375-yil yanvarda Temurbek Jeta tomon 3-bora yurish qiladi. Ili daryosi boʻyida urushda Temurbek dushmanni yengadi. 1376-yil Temurbek Xorazm tomon 3 chi yurishini qiladi. Biroq bu yurish chogʻida Sari Bugʻa va Odilshoh yovlik yoʻliga oʻtgani uchun ortiga qaytadi. Keyi 4-bora Jetaga yurish qiladi. Temurbek qoʻshini Jeta xoni Qamariddinni toʻla yengadi. Shu yili toʻngʻich oʻgʻli Jahongir Temuroʻgʻli oʻladi. Temurbek 5-bora Jeta tomon yuradi va Toʻqtamish oʻgʻlon bilan uchrashadi. Toʻqtamishga Sigʻnoq va Sabron oʻlkalarini beradi. 1376-yilning oʻzida Temurbek Oʻrisxon tomon qoʻshin tortadi. Jayron Qamishda yogʻiy qoʻshinini yengadi. 1377-yilda Samarqandga qaytadi. Temurbek qaytishi ortidan Toʻqtamish hokimiyati yiqiladi. Temurbek Toʻqtamishni yana qoʻllaydi va qurol-yaroq bilan taʼminlaydi. 1379-yil Temurbek Xorazm tomon 4-bora yurish qiladi. Xorazm qal’a qamalida Yusuf Soʻfiy Temurbek bilan birga-bir urushishni soʻraydi. Temurbek soʻrovni sharaf bilib yolgʻiz oʻzi qal’a ostiga boradi. Biroq Yusuf Soʻfiy tashqariga chiqmaydi. Temurbek qal’ani egallaydi. 1381-yilda Temurbek Eron oʻlkasi tomon qoʻshin tortadi. Temurbek ketma-ket Fushanj qal’asini va Hirotni oʻz davlati yerlariga qoʻshib oladi. Keyin Samarqandga qaytadi. 1382-yil boshlarida Xuroson tomon yurish qiladi. Kalot qal’asi va Tushriz qal’asini egallaydi. Ortidan Mozandaron Tomon yoʻl oladi. Biroq Alibekning Kalotga yurishi yuzidan Temurbek orqaga qaytadi. Keyin Samarqandga qaytadi. 1383-yil yozida Temurbekning xotini Dilshod ogʻo va egachisi Qutlugʻ Turkon ogʻo oʻladi. Jeta tomon qoʻshin joʻnatgan Amir Temur oʻzi Mozandaron tomon yuradi. 1383-yil kuzida Sabzavor qal’asi yiqitildi. Temurbek Seyiston tomon yoʻl oladi. Rizo qal’a qamalida Shoh Qutbiddinni yengadi va Seyistonni oladi. Keyin Boʻst tomon yuradi. Qal’ayi Toqni va Boʻst qal’asini egallaydi. Hirmand daryosi boʻylab yurib Hazorbaro qal’asi(dinsizlar qal’asi) va Dahna qal’asini egallaydi. Qaytishda Afgʻoniylar bilan urushda dushmanni yengadi. Seyiston va Zobuliston qoʻshilishi ortidan Temurbek Samarqandga qaytib keladi. 1384-yil bahorida qayta Mozandaron tomon yoʻl oladi. 1385-yil yozida Sultoniya shahrini oladi. Soʻngra Omul va Sori oʻlkalarini qoʻl ostiga kiritadi va Samarqandga qaytadi. Temurbekning Eron oʻlkalaridan qaytishi ortidan Toʻqtamishxon Eronga bostirib kiradi va shahar va qishloqlarni talaydi. 1386-yil oʻtmishda 3-yillik yurish oti bilan ingan yurishini boshlaydi. Luristonda qaroqchilar urilishidan keyin Ozarbayjon yerlari tomon yoʻl oladi. Sulton Ahmad Tabrizni tashlab qochishi yuzidan Temurbek Tabrizni oladi. Gurjistonga qarab yurishda Garni, Sarmoluka va Qars qal’alarini oladi. Gurjiston boshshahri Tiflis(Tbilisi)ni oʻzgadinlilarga qarshi kurashib fath qiladi. Temurbek Gʻoziylik urushidan keyin Qorabogʻga boradi. 1387-yil Toʻqtamish Kaspiy(Xorazm dengizi)ning kunbotari oldidan oʻtgan yoʻl orqali Ozarbayjonga qarab qarab qoʻshin joʻnatadi. Temurbek qoʻshini ol qoʻshin gʻajirchilari Toʻqtamish qoʻshinini uradi. Amir Temur karvontalar Turkman qaroqchilarini yoʻqotish uchun Oydin, Avniq va Arzirum qal’arini yiqitadi. Keyin Van va Vaston oʻlkalari tomon yoʻl oladi. Van qal’a qamali 20 kun choʻziladi va qal’a egallanadi. Kurdiston va Urmiya Turkiga oʻz noiblari belgilaydi. 1387-yil kuzida Fors oʻlkasiga qarab yuradi. Xamadon oʻlkasidan oʻtib Isfahon qal’asini egallaydi. Biroq Isfahonliklarning yanglish urushi sabab Isfahon shahri eli qirgʻin qilinadi. Shu yil oxirida Sheroz shahri olinadi. Biroq Temurbek Toʻqtamishxonning ontlashmani buzib Movorounnahrga qilgan yurishi ketidan Samarqandga qaytadi. 1388-yil koʻklam chogʻida Amir Temur Xorazmga 5-gal yurish qiladi. Xorazm qal’asini buzib ichiga arpa ektiradi va shahar elini Samarqandga koʻchirtiradi. Soʻngra Toʻqtamishxon tomon qoʻshin tortib boradi. 1389-yil Temurbekning izidan kelayotganini bilib qolgan Toʻqtamishxon ortiga chekinib ketadi. Kengash bilan soʻzlashgan Temurbek Jeta tomon 5 chi yurishini qiladi. 1389-yil yozida Jeta qoʻshinlarini yengib Samarqandga qaytib keladi. 1391-yil Dashti Qipchoq tomon yurish qiladi. Amir Temur 18/06/1391 Qunduzcha urushida Toʻqtamishxon bilan toʻqnashadi. Qoʻshinini yetti boʻlak qilib tizgan Temurbek yogʻiyni yengadi. 1392-yil koʻklam boshida Samarqandga qaytadi. 1392-yil yozida oʻtmishda 5-yillik yurish oti bilan ingan yurishini boshlaydi. Omul va Gitisiston qal’asi olinadi. Temurbek 1393-yil boshida Iroq tomon qarab yuradi. Olinmas deb atalgan Safed qal’asi olinadi. Potila yeri yaqinidagi urushda Temurbek Fors oʻlkasing shohi Shoh Mansurni yengadi va Shoh Mansurning boshi kesiladi. Temurbek Eron oʻlkasi noibligini Muzaffar oilasidan olib oʻz beklariga boʻlib beradi. 1393-yil kuzida Bogʻdodga yetib keladi. Sulton Ahmad Jaloyir urushsiz qal’ani tashlab qochadi va Temurbek Bogʻdodni egallaydi. 1393-yil qish boshida olinmas deb atalgan Tikrit qal’asi olinadi. Ortidan Diyorbakr tomon joʻnab u yerda oʻz yoʻrigʻini oʻrnatadi. 1394-yil Ruha(Urfa) tomon borib u yerda oʻz yoʻrigʻini oʻrnatadi. 1394-yil yanvarda Temurbekning ikkinchi oʻgʻli Umarshayx oʻladi. Mardin qal’asi olinadi. Ortidan 3-4 ming yildan buyon olinmagan Homid qal’asi olinadi. 14/07/1394 da Avniq qal’asi yiqitiladi. Amir Temur Gurjiston oʻzgadinlilari ustiga yana bir bor yurish qilib talaydi. Ortidan Toʻqtamishxon ustiga yurish qiladi. 15/04/1395 da Tarak daryosi yoqasida Temurbek Toʻqtamish bilan toʻqnashadi. Temurbek Toʻqtamishxonni tamoman yengadi. Temurbek Joʻjixon ulusini urish uchun Oʻrus tomon yuradi. Ulus boshshahri Saroy Botu qal’a shahri qulatiladi. Ortidan Qorasuv(Voronej) otli Oʻrus viloyati yagʻmolanadi. Keyin Maskav(Moskva) shahri tomon yuradi va u yerni talaydi. Temurbek Ozoq(Azov) qal’asini oladi. 1396-yil Temurbek Elburzkoʻhga qaytadi. Olinmas deb atalgan Kula va Tovus qal’alarini oladi. Temurbek Kavkaz va shimoldagi oʻlkalarda oʻz hokimiyatini oʻrnatgandan keyin 18/07/1396 Hamadondan Samarqand tomon yoʻlga tushadi. 1398-yil Amir Temur Chinga yurish qilishni istagan boʻlsada kengash soʻziga koʻra Hindiston tomon yuradi. Musulmonlar soʻrovi sabab 1398-yil yoz boshlarida Katur gabr(kofir)larini yoʻq etadi. 1398-yil sentabrda Puriyon Afgʻonlarini yengadi. 25/10/1398 da Shohnavoz qal’asi olinadi. Ketidan Batnir, Sarasati, Fathobod va Amurani kentlari yerlari davlat yerlariga qoʻshib olinadi. Temurbek 1 oy ichida 20 dan ortiq qal’a qamallari va urushlarda yutadi. 16-17/12/1398 Dehli sultoni Mahmud Sulton bilan toʻqnashadi. Temurbek Filli Mahmud Sulton qoʻshinlarini sochib yanchib tashlaydi. 18/12/1398 da Dehlida Temurlilar davlati bayrogʻi ilinadi. Temurbek 10/01/1399 Gang daryosi boʻyida gabrlarga qarshi urushadi va dushmanni yengadi. 12/01/1399 da bir kunda 3 bora urushadi va yovlarining barisini yengadi. 14/10/1399 da Hindiston yurishidan qayta boshlaydi. Suvalak togʻida dinsizlarga qarshi va Jammu oʻlkasida oʻzgadinlilarga qarshi gʻazo qiladi. Amir Temur 28/04/1399 da Samarqandga kirib keladi. Shu yil kuzida oʻtmishda 7-yillik yurish oti bilan ingan yurishini boshlaydi. 1400-yilda Gurjiston tomon yurish qiladi. Zarit va Svanet qal’alarini egallaydi. Bu yerda oʻz hokimiyatini oʻrnatib ortga qaytadi. Shom oʻlkasi tomon yoʻl olgan Temurbek Bihishti va Ayntob qal’alarini oladi. 28/10/1400 da Temurbek Halab qal’asini oladi. Xama, Xams va Baʼalbak kentlari egallanadi. 05/01/1401 da Damashq urushida Temurbek Mamluq davlati sultoni Farajni uzil-kesil yengadi. Temurbek Damashqni oladi. Keyin Shomdan Iroq tomon yuradi. 09/07/1401 da Temurbek Bogʻdodni qayta egallaydi va buzdiradi. Keyin Tabriz tomon yuradi. Undan chiqib Qorabogʻ tomon yuradi. Bu orada Usmonli bilan orasi sovigan Temurbek Rum(Anadoʻli, bugungi Turkiya) tomon yuradi. Shu qishda Tartum qal’asi ortidan Qamoh va Horun qal’alarini oladi. Qaysariya va Anquriya(Anqara) qal’a qamallari chogʻida Boyazid Yildirim qoʻshini bilan Anqara yaqiniga kelganini bilgan Temurbek Boyazitga qarshi qoʻshinini tizadi. 20/07/1402 Anqara urushida Temurbek Boyazid Yildirimni uzil-kesil yengadi. Yengish yorliqlari dunyoning 4 tomoniga yuboriladi. Birin-ketin Rumdagi shaharlar egallanadi. 02/12/1402 da Amir Temur Izmir tomon yuradi. 14 kundan qisqa chogʻda 7 yil Usmonli davlati ola bilmagan Izmir qal’asi olinadi. Ortidan Egridir va Nasibin qal’alari olinadi. Temurbek Rum viloyatidan chiqib Gurjiston tomon yuradi. Umuman olib boʻlmas deb atalgan Kartin qal’asini oladi. Qishni Qorabogʻda oʻtqazgan Temurbek 26/03/1404 da Samarqand tomon yuradi. 19/05/1404 da yana biror bora umuman olinmagan qal’a Feruzkoʻh qal’asi 2 kunda oladi. 1404-yil iyulda Amir Temur Samarqandga kelib tushadi. 1405-yil Xitoyni olishni istagan Temurbek Xitoy tomon yurishini boshlaydi. 14/01/1405 da Oʻtrorga kelib tushadi. Biroq yurish yakuniga yetmaydi. 1405-yil 18-fevralida ayozning ayozli kunlarida Temurbek Oʻtrorda hayotdan koʻz yumadi. 23/02/1405 da Sohibqiron Amir Temur Samarqandda Goʻri Amirda koʻmiladi.
Temurbekning boshqa davlatlar bilan siyosiy bogʻlanishlari
Oltin Oʻrda davlati – Toʻqtamishxonning yengilishlaridan keyin Temurbek Oltin Oʻrdada oʻzi xon belgilab keladi va savdo aloqalarini saqlaydi. Oltin Oʻrda Temurbek davlati boʻyinturugʻi ostiga toʻla kirmasada ortiq xavf tugʻdirmaydigan davlatga aylanadi. Oltin Oʻrda davlatining choʻkish davri boshlanadi.
Mamluqlilar davlati – Shomdagi qaqshatqich yengilishdan keyin Mamluqli davlati Temurbekning soʻrovlarini, elchi Atalmishni qoʻyib yuborish va soʻralgan mollarni berish, oʻtaydi. Urushdan oldin va keyin bir necha bora 2 tomondan ham elchilar borib keladi. Maktublar almashiniladi. Temurbek davlati boʻyinturugʻi ostiga kiradi.
Jete davlati – 5 bora ogʻir yurishlardan soʻng Jete yoki Moʻgʻuliston Temurbek davlati boʻyinturugʻi ostiga toʻla kirmasada ortiq xavf tugʻdirmaydigan davlatga aylanadi.
Dehli sultonligi – Dehlidagi qayta tiklanib boʻlmas yengilishdan keyin Temurbek davlati boʻyinturugʻi ostiga kiradi.
Usmonli sultonligi – Anqara urushidagi qaqshatqich yengilishdan keyin Usmonli davlati Temurbek davlati boʻyinturugʻi ostiga kiradi. Usmonli davlatida bir necha yillik Fitrat chogʻi boshlanadi.
Gurji qirolligi – bir necha bora talanishi va bosib olinishi ortidan Temurbek davlati boʻyinturugʻi ostiga kiradi. Yillik belgilangan soliq toʻlashi belgilanadi.
Eron, Afgʻoniston va Kavkazdagi davlatlar – barchasi Temurbek davlati ichiga kiradi.
Rus davlati – Toʻqtamishxonning yengilishi ortidan Temurbekka bir qancha sovgʻa salomlar oʻtaydi. Bir qancha shaharlari tekislanadi. Moskva yagʻmosi esa tarixchilar orasida tortishmali. Koʻplab rus tarixchilari, aynan kim Yakubovskiy. A.Y va Grekov. B. D „Oltin Oʻrda va uning qulashi“(Zolotaya Orda i ee padenie) kitobida Temurbek Mashkav(Moskva)ni olmaganligi, Mashkav olinganlgi va talanganligi toʻgʻrisida oʻz kitoblarida bilgi bergan Nazimiddin Shomiy va Sharafiddin Ali Yazdiylarning jugʻrofiya(geografiya) bilimlari Rus geografiyasi borasida yetarli emasligini, ular ikkovlari birdek adashib Ryazanni Moskva deb oʻylaganliklarini aytib oʻtadilar. Biroq Nizomiddin Shomiy va Sharafiddin Ali Yazdiyda Moskvani va undanda uzoqroqda, shimolroqda boʻlgan yerlarningda aniq geografik bilimlari borligiga tegishli bir necha bitiklar uchraydi.
Fransiya qirolligi – Usmonli davlati yengilishi ortidan Temurbek davlati bilan savdo aloqalari oʻrnatilishi kelishiladi. Elchilar va maktublar almashinuvi boʻladi.
Kastiliya(Ispaniya) qirolligi – Usmonli davlati yengilishi ortidan Temurbek davlati bilan savdo aloqalarini oʻrnatilishi kelishiladi. Elchilar va maktublar almashinuvi boʻladi.
Vizantiya imperiyasi – Usmonli davlati yengilishi ortidan Istanbul uchun Temurbekka juzya(din soligʻi)ni oʻtaydi. Elchilar almashinuvi boʻladi.
Xitoy davlati (Ming imperiyasi – Xitoy bilan savdo aloqalari va elchilar almashinuvi mavjud boʻlgan. Temurbekning oʻlimi ortidan Xitoy yurishi qoldiriladi.
Bolalari
Temurbekning oʻgillari va ularning bolalari
- Muhammad Jahongir Mirzo (1356-1376)
- Muhammad Sulton Mirzo (1376-1403)
- Muhammad Jahongir Mirzo (1396-1433)
- Muhammad Sulton Mirzo (1423-1448)
- Halil Sulton Mirzo (1426-1459)
- Muhammad Umar Mirzo (1442-1471)
- Sad Vaqqos Mirzo (1399-1418)
- Yahyo Mirzo (1400-1408)
- Muhammad Jahongir Mirzo (1396-1433)
- Pir Muhammad Mirzo (1376-1407)
- Qaydu Mirzo (1397-1418)
- Xolid Mirzo (1399-1427)
- Sad Vaqqos Mirzo (1400-1418)
- Qaysar Mirzo (1401-1418)
- Jahongir Mirzo (1402-1433)
- Buzanjar Mirzo (1402-1429)
- Sanjar Mirzo (1403- 1429)
- Muhammad Sulton Mirzo (1376-1403)
- Umar Shayx Mirzo (1356-1394)
- Pir Muhammad Mirzo (1379-1410)
- Umarshayx Mirzo (1406-1416)
- Solih Mirzo (1406-1452)
- Rustam Mirzo (1381-1424)
- Usmon Mirzo (1400-1424)
- Sulton Ali Mirzo (1402-1422)
- Iskandar Mirzo (1384-1415)
- Pir Ali Mirzo (1406-1416)
- Ahmad Mirzo (1388-1425)
- Saydi Ahmad Mirzo (1391-1429)
- Ahmad Mirzo (1420-1498)
- Muhammad Sulton Mirzo (1458-1484)
- Usmon Mirzo (yashagan yillari bilinmagan)
- Abdulboqi Mirzo (bilinmagan-1507)
- Ahmad Mirzo (1420-1498)
- Boyqaro Mirzo (1393-1423)
- Muhammad Mirzo (yashagan yillari bilinmagan)
- Sulton Uvays Mirzo (yashagan yillari bilinmagan)
- Muzaffar Mirzo (1409-1429)
- Gʻiyosiddin Mansur Mirzo (1413-1445)
- Boyqaro Mirzo (1430-1487)
- Sulton Muhammad Mirzo (1451-1483)
- Sulton Vays Mirzo (1454-1487)
- Sulton Muhammad Mirzo (1472-1501)
- Sulton Iskandar Mirzo (1460-1487)
- Abulgʻozi Sulton Husayn Boyqaro Mirzo (1438-1506)
- Badiuz-Zamon Mirzo (1458-1515)
- Muhammad Moʻmin Mirzo (1486-1497)
- Muhammad Zamon Mirzo (1496-bilinmagan)
- Shohgʻarib Mirzo (1470-1496)
- Abu Turob Mirzo (1472-1498)
- Suxrob Mirzo (1490-1509)
- Abul Muhsin Mirzo (1472-1507)
- Sulton Muhammad Boyqaro Mirzo (yashagan yillari bilinmagan)
- Muzaffar Husayn Mirzo (1473-1509)
- Muhammad Husayn Mirzo (1476-1503)
- Muhammad Muhsin Mirzo (1476-1507)
- Muhammad Maʼsum Mirzo (1476-1501)
- Haydar Mirzo (1477-1503)
- Faridun Husayn Mirzo (1478-1509)
- Ibrohim Husayn Mirzo (1478-1505)
- Farruh Husayn Mirzo (1480-1503)
- Ibn Husayn Mirzo (1480-1513)
- Muhammad Qosim Mirzo (1482-1507)
- Badiuz-Zamon Mirzo (1458-1515)
- Boyqaro Mirzo (1430-1487)
- Muhammad Mirzo (yashagan yillari bilinmagan)
- Pir Muhammad Mirzo (1379-1410)
- Mironshoh Mirzo (1366-1408)
- Shohruh Mirzo
Temurbekning qizlari
- Begi aka (1382-yilda vafot etgan) – Turmish ogʻa tomonidan. Amir Muso Tayichiudning oʻgʻli Muhammad begimga uylangan
- Sulton Husayn Toychiud
- Sulton Baxt Begim (1429/30-yilda vafot etgan) – Oʻljay Turxan ogʻa tomonidan. Birinchi turmushga chiqqan Muhammad Mirke Apardi, ikkinchisiga uylangan, 1389/90, Sulaymon Shoh Duglat.
- Saodat Sulton – Dilshod ogʻa
- Bikijan – Mengli ogʻa
- Qutlugʻ Sulton ogʻa – Togʻay Turxon ogʻa
Oq Oʻrda bilan jang
Amir Temur Movarounnahrni moʻgʻullar hukmronligidan ozod etib, bu qad. mamlakatda mustaqil davlat barpo etgan boʻlsada, hali mamlakatda barqaror tinchlik oʻrnatilgan emas edi. Bir tomondan ayrim viloyat hokimlari Amir Temur hakimiyatini tan olishdan bosh tortib turgan boʻlsalar, ikkinchi tomondan mamlakatning sharqiy va shim. hududlari notinch edi. Moʻgʻuliston bilan Oq Oʻrda hukmdorlari Fargʻona vodiysining sharqi, Oʻtror, Yassi (Turkiston) va Sayram sh.lariga xavf solib, bu hududlarga tez-tez hujum qilar va aholini talontoroj qilardi. Shuning uchun ham Amir Temur dastlabki yillarda mamlakat sarhadlari xavfsizligini taʼminlashga katta ahamiyat berdi. Isyonchi amirlarga qarshi shafqatsiz kurash olib bordi. 1370-yil kuzi va 1371-yil bahorida amir Zinda Chashmga zarba berib, Shibirgʻon viloyati boʻisundirildi. Balx va Toshkent viloyatlari ham Amir Temur hokimiyatini tan oldilar. Ammo Xorazm Oq Oʻrda hukmdorlariga suyanib, hanuz boʻysunishdan bosh tortib kelardi. Xorazmni Amir Temur Chigʻatoy ulusining ajralmas qismi deb hisoblab, uni oʻz davlatiga koʻshib olish siyosatini tutdi. Ammo bu masala elchilar vositasida tinch yoʻl bilan hal etilmagach, Amir Temur Xorazm hududiga besh marotaba yurish qildi. Birinchi yurishi 1371-yil yoz (iyul)ida Kot shahrini egallash bilan yakunlandi. Amir Temurning 1373-yil bahori va 1375-yil yozida Xorazm tomonga qilgan ikki yurishi natijasiz tugadi. Bu asnoda Oltin Oʻrda xoni Toʻxtamish bilan ittifoq tuzib olgan Xorazm hukmdori Yusuf soʻfi, uning yordamida Amir Temur davlati hududlariga bir necha bor yurish qilib, Qorakoʻl viloyati va Buxoro tumanlarini talon-toroj etdi. Bunday vaziyat shubhasiz, 1379-yilda Amir Temurni toʻrtinchi marotaba Xorazmga qoʻshin tortishga majbur etdi. Lekin, bu yurish ham avvalgilari kabi sulh tuzish bilan tugadi. Biroq shunga qaramay, Yusuf soʻfi ilgari Xorazmning Chigʻatoy ulusiga tegishli boʻlgan jan.-sharqiy (Kot va Xiva sh.lari birga) qismini yana qaytadan bosib oldi. Amir Temur davlatiga nisbatan Yusuf soʻfining tutgan bunday tajovuzkorona siyosati Xorazm ustiga Amir Temurning beshinchi marta yurish qilishiga sabab boʻldi. 1388-yilda Xorazmning poytaxti vayron etilib, uning hududlari Amir Temur davlatiga boʻysundirildi.
Mogʻuliston istilosi
Bu orada Amir Temur Moʻgʻuliston hokimi Qamariddin bilan ham toʻqnashib qoldi, chunki bu davrda uning Movarounnahrga boʻlgan talonchilik xurujlari kuchayib ketgandi. 1370 – 71-yillarda u Toshkent va Andijon ustiga bir necha bor bosqin qilib, talab qaytgandi. 1376-yilda esa Qamariddin hatto Fargʻona vodiysining talaygina qismini bosib oldi. Amir Temur mamlakatning shim.-sharqiy hududlariga nisbatan boʻlayotgan muttasil taxdidni bartaraf qilish uchun Qamariddinga jiddiy zarba berishga kirishadi. Yigirma yil (1371 – 1390) mobaynida Sohibqiron Moʻgʻulistonga yetti marta yurish qilib, moʻgʻul hukmdorlari Anqotoʻra va Kamariddin ustidan gʻalaba qozondi. Shu zaylda Amir Temur Movarounnahr va Xorazmda ichki tarqoqlik, oʻzaro nizolar, shuningdek Moʻgʻuliston tomonidan boʻlib turgan tazyiqqa chek qoʻyib, ushbu hududda yashovchi elu elat va xalqlarni yagona davlatga birlashtirdi. Bu shubhasiz, Movarounnahr aholisi taqdirida ijobiy ahamiyat kasb etdi.
Eron va Kavkaz yurishlari
Ammo, Amir Temur bu bilan qanoatlanmadi. Tez orada u qoʻshni davlatlar va xalqlar ustiga yurish qilib, ularni oʻziga boʻysundirish va markazlashgan buyuk saltanat barpo etishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻydi. Bu davrda Oltin Oʻrda, Xuroson va Erondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat uning uchun juda qoʻl keldi. Amir Temur harbiy yurishni Xurosondan boshladi. 1381-yil u Hirotni egalladi. Saraxs, Jom va Qavsiya sh.lari jangsiz taslim boʻldi. Xuroson, xususan uning poytaxti Hirot strategik jihatdan muhim ahamiyatga ega boʻlib, Eron, Iroq, Shom va boshqa mamlakatlarga oʻtishda koʻprik vazifasini oʻtardi. 1381 – 84 yillar davomida Amir Temur Eronning katta qismini egalladi. Avval (1381) Kalot, Turshiz va Sabzavor, keyin (1383) Seistonning Zireh, Zova, Farah va Bust qalʼalari, 1384-yilda esa Astrobod viloyati va Ozarbayjonning Omul, Sori, Sultoniya va Tabriz shaharlari istilo qilindi.
Amir Temurning 3 yirik istilolari
Amir Temur Eron, Ozarbayjon, Iroq va Shom (Suriya) ustiga 3 marta lashkar tortdi. Bu yurishlar tarixda „3 yillik“, „5 yillik“ va „7 yillik“ urushlar nomi bilan mashhur. 3 yillik (1386 – 1388) harbiy istilolar oqibatida Janubiy Ozarbayjon, Iroqning shimoliy qismi, Gurjiston va Van koʻli atrofidagi yerlar egallandi.
3 yillik istilo
Amir Temur shu bilan birga shimoliy-gʻarbdan, yaʼni Oltin Oʻrda tomonidan boʻlayotgan tazyiqqa barham berish maqsadida Toʻxtamishga qarshi 3 marta qoʻshin tortishga majbur boʻldi. U 1389-yilda Dizaq (Jizzax)ning Achchiq mavzeida, 1391-yilning 18-iyunida (hozirgi Samara bilan Chistopol shaharlari orasida joylashgan Qunduzcha (Kondurcha) daryosi vodiysida (qarang Qunduzcha jangi) va nihoyat, 1395-yilda (28 fevral) Shimoliy Kavkazda Terek daryosi boʻiida Toʻxtamish qoʻshiniga qaqshatqich zarba beradi (qarang Terek daryosi boʻyidagi jang). Amir Temur harbiy yurishlari natijasida Quyi Idil (Volga) viloyatlari, Saroy Berka, Saroychik va Hojitarxon (Astraxon) kabi shaharlar gʻorat qilindi. Amir Temur Toʻxtamishni quvib Ryazan viloyatigacha bordi va Yelets shahrini ishgʻol qildi. Sharafuddin Ali Yazdiy Amir Temurning Moskva istilosini shunday taʼriflaydi: „Sohibqiron Maskavga sorikim, Rusning shaharlaridan erdi, tavajjuq qildi. Anda yetkonda nusratshiʼor cheriki ul viloyatni (shahar va atrofini) chobtilar va andagʻi hokimlarni tobeʼ qildi. Va cherikning eliklariga sonsiz mol tushti…“ („Zafarnoma“, 179-bet). Bu urushda Azaq (Azov), Kuban va Cherkas yerlari ham kuchli aziyat chekegandi. Qizigʻi shundaki, Amir Temur Idilning Turotur kechuvi boʻyida Oʻrusxonning oʻgʻli Quyrichoq oʻgʻlonni chaqirtirib, unga qoʻlga kiritilgan sobiq Joʻchi ulusini inʼom etdi. Rossiya tarixchilari B. D. Grekov va A. Yu. Yakubovskiyparnmnt yozishlaricha, Amir Temurning Toʻxtamish ustidan qozongan gʻalabasi, faqat Markaziy Osiyo uchun emas, balki butun Sharqiy Yevropa, shuningdek tarqoq Rus knyazliklarining birlashishi uchun ham buyuk ahamiyat kasb etgan.
5 yillik istilo
Shundan soʻng Amir Temur butun eʼtiborini Eron, Iroq, Suriya, Kichik Osiyo va Hindiston yerlarini uzil-kesil zabt etishga qaratdi. U besh yillik (1392 – 1396) urush davomida Gʻarbiy Eron, Iroqi Ajam va Kavkazni egalladi, natijada muzaffariylar va jaloiriylar sulolasining hukmronligi barham topdi.
Hindiston istilosi
Amir Temurning Hindiston istilosi (1398-yil may – 1399-yil mart) qariyb 11 oy davom etdi. Amir Temur Hindistondan katta oʻlja, shu jumladan 120 jangovar fil bilan qaytdi. Oʻljalarning bir qismi qoʻshinga taqsimlab berildi, qolgani Samarqand va Kesh shaharlarida olib borilayotgan qurilishlarga sarflandi.
7 yillik istilo
Amir Temurning 1399 – 1404-yillarda olib borgan harbiy yurishlari natijasida Shomning Halab (Aleppo), Xums, Baalbek (Baʼalbak), Dimishq (Damashq) kabi yirik shaharlari va Iroqi Arabning Ubuliston oʻlkasi (qad. Kappadokiya) bilan Bagʻdod, shuningdek Turkiyaning katta qismi zabt etiladi. Anqara jangida Amir Temur jahonning buyuk sarkardalaridan biri Boyazid Yildirim ustidan gʻalaba qozondi. Turk sultoni asirga olindi. U bilan birga xotini serb malikasi Olivera, oʻgʻillari Muso va Iso Chalabiylar ham asirga tushdilar. Soʻng, Amir Temur Anadolu yarim orolini egallab, Oʻrta dengizning sharqiy sohilida joylashgan Izmir shahrini zabt etdi va salibchilarning Yaqin Sharqdagi oxirgi qarorgohiga barham berdi. Soʻngra, Egey dengizida joylashgan Xios va Lesbos orollaridagi Genuya mulklarining hukmdorlari unga taslim boʻldilar, Misr ham oʻz itoatkorligini izhor etdi. Amir Temur Anqara, Nikeya, Bursa va Izmir shaharlarini egallab, Vizantiya va butun nasoro olamining Boyazidga yigʻib bergan bojlaridan iborat katta boylikni qoʻlga kiritdi. Birgina Bursa shahridan olingan oltin va javohirlarning oʻzi kattagina karvonga yuk boʻlgan. Bandi qilingan Boyazid oʻrdugohga olib kelingach, Amir Temur unga hurmat va ehtirom koʻrsatdi. Uning vafotidan soʻng (1403-yil 9-mart) esa vorislariga himmat koʻzi bilan boqib, ularga beqiyos muruvvatlar qildi. Chunonchi Boyazidning toʻngʻich oʻgʻli Sulaymon Chalabiyni turklarning Yevropadagi viloyatlariga hokim etib tayinladi. Edirne (Adrianopol) shahri uning poytaxti qilib belgilandi. Anadoluning shimoliy-gʻarbiy qismi suyurgʻol sifatida Iso Chalabiyga inʼom qilinib, Bursa shahri uning poytaxtiga aylantirildi. Usmoniy turklar davlatining markaziy qismini boshqarishni Muso Chalabiyga topshirdi.
Amir Temur Usmoniy turklar davlatini butunlay bosib olish niyatida boʻlmagan, chunki u Yevropa davlatlarining Yaqin Sharq mamlakatlariga nisbatan tajovuzkorona niyatda ekanligini yaxshi tushunar edi. Shuning uchun ham Amir Temur Usmonli turklar davlatini saqlab qoldi va Boyazidning vorislariga muruvvat qoʻlini choʻzdi. Shunday boʻlsada, Boyazid ustidan qozonilgan bu gʻalaba bilan Amir Temurni Fransiya qiroli Karl VI (1380 – 1422), Angliya qiroli Genrix IV (1399 – 1407) tabriklab, unga maxsus maktub yubordilar. Chunki Amir Temur endigina uygʻonayotgan Yevropaga islom dinini yoymoqchi boʻlgan Usmoniy turklar davlatiga zarba berib, Yevropadagi nasroniylarning xaloskoriga aylangan edi.
Xitoyga yurishining boshlanishi
Amir Temur Kichik Osiyodan Samarqandga qaytgach, 1404-yil 27-noyabrda 200 ming qoʻshin bilan Samarqanddan Xitoy safariga chiqdi. Biroq Xitoy ustiga yurish Amir Temurning Oʻtrorda vafoti (1405-yil 18-fevral)amalga oshmay qoldi. Maʼlumki, Amir Temur 1405-yil kuchli shamollash sababli olamda oʻtdi deyiladi. Lekin, Amir Temurni vafotini tezlashtirgan boshqa sabablar ham bor. Ibn Arabshohning yozishicha (1436-yil yozilgan) kuchli sovuq natijasida Temur ibrida (sovuqdan jismni zaiflashtiradigan kasallik) kasaliga chalinib, tabiblar uni dad etish maqsadida tayyorlagan tarkibida isitadigan moddalar, xushboʻyliklar va rezavorliklar boʻlgan xamr aragʻini isteʼmol qilgan. Tarixchi, Xondamirning fikricha Amir Temur oʻlimini tabiblar Dori sifatida tayyorlagan araq tezlashtirib yuborgan. Xondamir „ Habib us-siyar“ asarida shunday yozadi: "…sohibqiron shu asosda araqqa ragʻbat koʻrsatdi, unga javhar keltirishlarini buyurdi, koʻrinishidan suvdek boʻlsa ham sifati jihatidan olovdek edi. Oliyjanob Sohibqiron ikki kecha kunduz araq ichdi, ammo aslo ovqat yemadi. Shuning uchun mijozoda oʻzgarish yuz berdi. Bu oʻzgarishni tabiblar xumor belgisi boʻlsa kerak deb tushundilar. Yana unga bir-ikki qadah berdilar, harorati biroz taskin topdi, ammo vujudi va tabiatiga sharob taʼsir qildi shekilli, issigʻi Yana koʻtarilib ketdi. Sohibqiron sogʻligʻi yomonlashdi. Mazkur ichimlik bu vaqtda faqat tabobatda qoʻllanilib, mast qiluvchi funksiyasi oʻzlashtirilmagan edi. Temur kasalining kuchayishi va koʻp miqdorda isteʼmol qilingan araq sabab boʻlgani haqida oʻsha davr tarixchisi Hofiz Abru ham yozadi.[2] Amir Temurning vafoti haqidagi xabar garchi avvalda sir tutilsada, ammo koʻp vaqt oʻtmay bu noxush xabar mamlakat boʻylab tarqalib ketadi. Amir Temurning jasadi Samarqandga olib kelinib dafn qilinadi (qarang Amir Temur maqbarasi).
Amir Temur siymosiga tarix va madaniyat nuqtai-nazaridan qarashlar
Amir Temur davrida madaniyat va fan
Amir Temur – buyuk davlat asoschisi hisoblanadi. U Hindiston hamda Xitoydan Qora dengizga qadar, Sirdaryo va Orol dengizidan Fors qoʻltigʻiga qadar gʻoyat katta hududni qamrab olgan markazlashgan ulkan saltanatga asos soldi. Bundan tashqari Amir Temur davlatiga Kichik Osiyo, Suriya, Misr va shim.-gʻarbda Quyi Volga, Don buylari; shim.-sharqda Balxash koʻli va Ili daryosigacha; jan.-sharqda esa Shim. Hindistongacha bulgan mamlakatlar buysundirildi. Amir Temur. davlatni aql-zakovot va huquqiy asos bilan idora etgan. Uning „… davlat ishlarining toʻqqiz ulushini kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushini qilich bilan amalga oshirdim“, degan soʻzlari buning yorqin dalilidir.
Shaharsozlik va meʼmorlik
Sohibqironning bunyodkorlik sohasidagi tarixiy xizmatlari beqiyosdir. Tarix bu qoʻhna dunyoda oʻtgan koʻp jahongirlarni biladi. Ularning aksariyati faqat buzgan. Amir Temurning ulardan farqi shundaki, u umr buyi bunyodkorlik bilan mashgʻul bulgan. Uning „Qay bir joydan bir gisht olsam, oʻrniga un gʻisht qoʻydirdim, bir daraxt kestirsam, oʻrniga unta kuchat ektirdim“ degan soʻzlari buning yorqin isbotidir. Amir Temurga har bir zafarli voqea va sevinchli hodisani muhtasham meʼmorlik obidasi barpo etish bilan nishonlash odat boʻlgan. Shu maqsadda Hindiston, Sheroz, Isfahon va Damashqning mashhur ustahunarmandlari mamlakatda hashamdor imoratu inshootlar bino qilganlar. Amir Temur zabt etgan mamlakatlarning bir qator shaharlari (Bagʻdod, Darband, Baylaqon)ni qayta tikladi. Amir Temur Tabrizda masjid, Sherozda saroy, Bagʻdodda Madrasa, Turkistonda mashhur shayx Ahmad Yassaviy qabri ustiga maqbara qurdirgan boʻlsada, lekin asosiy eʼtiborini ona shahri Kesh va poytaxti Samarqandga qaratdi. Keshda otasining qabri ustiga maqbara, oʻgʻli Jahongirga maqbara bilan masjid qurdirdi. Amir Temur hukmronligining ilk davrida Kesh shahrini poytaxtga aylantirish niyatida boʻlib, uning obodonchiligiga katta ahamiyat berdi, bu yerda mashhur Oqsaroy qad koʻtardi. Amir Temur Keshni Movarounnahrning madaniy markaziga aylantirishga harakat qildi. Shu boisdan bu shahar „Qubbat ul-ilm val-adab“ unvoniga ega boʻldi. Saltanat poytaxti Samarqand Amir Temur davrida ayniqsa gullab yashnadi. Shaharda Isfahon, Sheroz, Halab, Xorazm, Buxoro, Qarshi va Kesh sh.larining meʼmoru binokorlari qoʻli bilan saroylar, masjidlar, madrasalar, maqbaralar quriladi. Shahar tashqarisida esa bogʻ-rogʻlar va boʻstonlar barpo etiladi (qarang Amir Temur bogʻlari). Xususan Shohizinda meʼmoriy majmuasiga mansub Shodimulk ogʻo maqbarasi, Shirinbeka ogʻo maqbarasi va boshqa quriladi. Shaharda Bibixonim jome masjidi, Amir Temurning qarorgohi Koʻksaroy va Boʻstonsaroylar qad koʻtaradi. Umuman olganda Samarqand sh. Amir Temur davrida oʻzining qad. oʻrni Afrosiyobyaan birmuncha jan.roqda butunlay yangitdan qurildi. Shahar tevaragi mustahkam qalʼa devori bilan oʻralib, Ohanin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgoh, Soʻzangaron va Feruza kabi nomlar bilan ataluvchi 6 ta darvoza oʻrnatildi. Movarounnahrning dehqonchilik vohalarida, xususan Zarafshon vodiysida oʻnlab sugʻorish tarmoqlari chiqarilib, dehqonchilik maydonlari kengaytirildi. Yangi qishloqlar barpo etildi. Ibn Arabshohning yozishicha, Amir Temur Samarqand atrofida qad koʻtargan bir qancha yangi qishloqlarni Sharqning mashhur shaharlari Dimishq (Damashq), Misr, Bagʻdod, Sultoniya va Sheroz nomlari bilan atadi. Amir Temurning fikricha, Samarqand kattaligi, goʻzalligi hamda tevarak-atrofining obod etilganligi jihatidan dunyodagi eng yirik shaharlardan ham ustunroq turmogʻi lozim edi.
Fan va rassomlikning rivojlantirilishi
Amir Temurning harbiy yurishlari, jangu jadallarining oqibatlariga baho berilar ekan, shuni alohida taʼkidlash kerakki, uning faoliyati qoʻyilgan maqsad va rejalari jihatidan ikki bosqichga boʻlinadi. Birinchi bosqich (1360 – 86)da Amir Temur Movarounnahrda markazlashgan davlat tuzish yoʻlida kurashdi, Movarounnahrni birlashtirishdan manfaatdor boʻlgan mahalliy zodagonlardan iborat ijtimoiy kuchlar (mulkdor dehqonlar, harbiylar, hunarmandlar, savdogarlar va ruhoniylar) yordamida tarqoq mulklarni birlashtirish uchun kurash olib bordi. Amir Temurning bu davrdagi faoliyati Oʻrta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti taraqqiyoti yoʻlida shubhasiz ulkan ijobiy ahamiyat kasb etadi. Mamlakatda tarqoqpik tugatilib, markazlashgan davlatning tashkil topishi ijobiy oqibatlarga olib keldi. Mamlakat i.ch. kuchlarini va moʻgʻullarning bir yarim asrlik hukmronligi natijasida boʻhronga uchragan iqgisodni tiklash uchun qulayroq sharoit vujudga keldi. Ayni vaqnda xoʻjalikning asosi boʻlgan dehqonchilikda muayyan siljishlar roʻy berdi. Yangi-yangi ariq (kanal)lar qazilib, dehqonchilik maydonlari kengaydi. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo rivojlandi, fan va madaniyat ravnaq topib, shaharlar obodlashdi va gavjumlashdi. Amir Temur biror mamlakatni tasarrufiga olishdan avval albatta oʻsha joy aholisiga tinchlik yoʻlini taklif etgan, bu yoʻl inkor etilgan holdagina harbiy kuch ishlatgan.
Shahrisabzdagi Temur oʻgʻillari Jahongir va Umarshayxning maqbarasi]]
Amir Temur hayotligi chogʻidayoq saltanatni asosan toʻrt qism (ulus)ga boʻlib, oʻgʻil, nabiralariga taqsimlab bergan: Xuroson, Jurjon, Mozandaron va Seyiston (markazi Hirot) Shohruxga, Gʻarbiy Eron, Ozarbayjon, Iroq va Armaniston (markazi Tabriz) Mironshohga, Fors, yaʼni Eronning jan. qismi (markazi Sheroz) Umarshayxga, Afgʻoniston va Shim. Hindiston (markazi Gʻazna, keyinchalik Balx) Pirmuhammadga suyurgʻol qilib berilgan. Amir Temur davlati oʻziga xos tartib-qoidalarga asoslangan holda idora etilgan (qarang Temuriylar davlati). Amir Temur asos solgan bu davlat Xuroson va Movarounnahrda XVI asr boshigacha mavjud boʻlib, Shayboniyxon tomonidan tugatilgan.
Shoʻrolar tuzumi davrida Amir Temur. shaxsi va faoliyatiga adolatsizlik bilan yondoshilib, bir yoqlama baho berilib kelindi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng bunday qarashlarga barham berildi. Amir Temurning jahon tarixida tutgan oʻrni oʻz joyiga qoʻyila boshlandi. Oʻzbekistonda uning faoliyatini oʻrganishga va uni ommalashtirishga keng yoʻl ochildi. Uning nomi Oʻzbekistonda abadiylashtirildi. Koʻplab shahar va qishloqlardagi shoh koʻchalar, maydonlar, jamoa xoʻjaliklari, maktablar, kinoteatrlar va boshqa uning nomi bilan ataldi. Islom Karimov tashabbusi va rahnamoligida Toshkent, Samarqand, Shahrisabz va boshqa shaharlarning markaziy maydonlarida Amir Temurga haykal oʻrnatildi, Toshkentdagi Amir Temur xiyobonida Temuriylar davri muzeyi barpo etildi (1996-yilda), „Amir Temur“ ordeni taʼsis etildi (1996-yilda) va Xalqaro Amir Temur jamgʻarmasi tashkil qilindi (1995-yilda). Toshkent, Samarqand va xorijiy mamlakatlarda YUNESKO rahbarligida hazrat Sohibqiron tavalludining 660 yilligi keng nishonlandi (1996-yilda). Amir Temur haqida ikki qismdan iborat badiiy film, spektakllar va sheʼriy hamda nasriy asarlar yaratildi.
Temur va Fransiya qiroli
U davlat ahamiyatiga ega boʻlgan har bir masalani hal etishda, shu sohaning bilimdonlari va ulamolari bilan maslahatlashardi. Odatdatibbiyot, riyoziyot, falakiyot, tarix, adabiyot, tilshunoslik ilmi namoyandalari, shuningdek ilohiyot va din sohasidagi mashhur ulamolar bilan suhbatlar oʻtkazardi. Amir Temur saroyida ulamolardan mavlono Abdujabbor Xorazmiy, mavlono Shamsuddin Munshi, mavlono Abdullo Lison, mavlono Bahruddin Ahmad, mavlono Nuʼmonuddin Xorazmiy, Xoʻja Afzal, mavlono Alouddin Koshiy, Jalol Xokiy va boshqa xizmat qilardi. Alisher Navoiyga Amir Temurning ilm va maʼnaviyat aqliga koʻrsatgan gʻamxoʻrligi juda yoqar edi. Bu haqda Navoiy shunday degandi: „Agar Temur qayerda fan, madaniyat va sanʼat ahlini uchratsa, ularni oʻz homiyligiga olar, ularga izzat-ikrom koʻrsatar, ularning tarbiyasiga ahamiyat berar hamda bu zotlardan oʻz oliy majlisida nadim (maslahatchi) sifatida va boshqa lavozimlarda foydalanardi“. Amir Temur davrida savdo va hunarmandchilik gʻoyatda rivojlanadi. Yangi bozorlar, savdo rastalari barpo qilinadi. Klavixo Samarqand bozorlarida bugʻdoy va guruchning moʻlligi va arzonligi haqida gapirib, shahar hunarmandchiligi mahsulotlarini – atlas, kimxob, har xil ip va jun toʻqima mollar, moʻynali va ipakli poʻstinliklar, attorlik mollari, ziravor va dorivorlar, zarhal va lojuvardlar hamda boshqa mollarning serobligini ham taʼkidlaydilar. Bu davrda Amir Temur va uning joy Sulton Mahmudxon asir olingan noiblari Xitoy va Hindistondan Oʻrta Osiyo orqali Yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlariga yoʻnalgan asosiy xalqaro savdo yoʻli – „Buyuk ipak yoʻli“ni nazorat qilib, savdo karvonlari qatnovi xavfsizligini taʼminlashda, rabotlar, qalʼalar, koʻpriklar qurish yoʻlida muhim chora-tadbirlar koʻrdilar va Sharq bilan Gʻarb oʻrtasida savdo-sotiq va elchilik aloqalarini har tomonlama rivojlantirishga gʻoyat katta eʼtibor berdilar. Amir Temur eng muhimi, Eron, Ozarbayjon va Iroqdagi mayda hukmdorlar oʻrtasidagi tarqoklik va boshboshdoqlikka barham berib, bu bilan nafaqat Movarounnahr, balki Uzoq va Yaqin Sharq mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga, xalqgar va mamlakatlarni bir-biri bilan yaqinlashtirishga ulkan hissa qoʻshdi. Amir Temur Yevropaning Fransiya, Angliya va Kastiliya kabi yirik kirolliklari bilan bevosita savdo va diplomatik aloqalar oʻrnatdi.
Manbalar
Havolalar
Vikiiqtibosda Amir Temurga tegishli iqtiboslar mavjud. |