Ashtarxoniylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Ashtarxoniylar, Joniylar – 1601–1757-yillarda oʻzbek davlatchiligini boshqargan sulola. 1601-yil ashtarxoniylardan Boqi Muhammad Buxoro hokimiyatini qoʻlga olgach, shayboniylar sulolasi hukmronligi tugatilgan. Ashtarxoniylar Joʻjixon naslidan boʻlib, XIV asrning 80-yillaridan boshlab Astraxon (Ashtarxon, Hoji Tarxon) va uning atrofidagi yerlar, xalqlar ustidan xukmronlik qilgan. Buxoroga koʻchib kelgan. Buxoro xoni Iskandarxon (1563–83) qizi Zuhroxonimni uning oʻgʻli Jonibek sultonga bergan. Jonibek sulton Zuhroxonimdan uch oʻgʻil (Din Muhammad, Boqi Muhammad, Vali Muhammad) koʻrgan. Din Muhammad Abdullaxon II (1583–98) zamonida Niso va Abivard hokimi boʻldi. Abdulmoʻminxon oʻldirilgandan keyin (1599) amir va ruhoniylar Jonibek sultonni xon taxtiga koʻtarmoqchi boʻldilar. Lekin, Jonibek bundan voz kechdi. Shunda ular uning katta oʻgʻli Din Muhammad nomiga xutba oʻqitdilar. Ammo u Buxoroga borayotib yoʻlda halok boʻldi. Oxiri taxtga Jonibek sultonning oʻrtancha oʻgʻli Boqi Muhammad oʻtqazildi. Shundan boshlab Buxoro xonligi Ashtarxoniylar qoʻliga oʻtdi (Ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi davrida Movarounnahrning siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayoti va tashqi siyosati xususida Buxoro xonligi maqolasiga q.).

Sulola vakillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sulola[tahrir | manbasini tahrirlash]

Joʻchi
 
 
 
 
Toʻqay Temur
 
 
 
 
Oʻz Temur
 
 
 
 
Abay
 
 
 
 
Numgʻan
 
 
 
 
Qutlugʻ Temur oʻgʻlon
 
 
 
 
Temur Qutlugʻxon
 
 
 
 
Temur sulton
 
 
 
 
Mahammadxon
 
 
 
 
Chavaq sulton
 
 
 
 
Mangʻishloq
 
 
 
 
Yormuhammad
 
 
 
 
Joni sulton
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Din Muhammad
 
Boqi Muhammad
 
Vali Muhammad
 
Alim Muhammad
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Imomqulixon
 
Nadr Muhammad
 
Rustam sulton
 
Muhammad Rahim sulton
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Abdulazizxon
 
Subhonqulixon
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ubaydullaxon II
 
Abulfayzxon
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Abdulmoʻminxon
 
Ubaydullaxon III
 
 

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Abduraimov M. A., Ocherki agrarnix otnosheniy v Buharskom xanstve v 16– 19 vv., t. I–II, T., 1966, 1970;
  • Axmedov B. A., Istoriya Balxa, T., 1982;
  • Oʻzbekiston xalqlari tarixi, 2-t., T., 1994.