Kanishka I

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kanishka IKushon podsholigining hukmdori (78123). Uning davrida mamlakat hududi hozirgi Oʻrta Osiyoning jan. qismi, Afgʻoniston, Pokiston, Shim. Hindiston va keyinroq Sharqiy Turkistonning bir qismini oʻz ichiga olgan. K.I Qangʻ davlati bilan ittifoqda boʻlib Sharqiy Turkistonda Xitoyga qarshi turgan. Xususan, K.I mil. 90 y.da Qashqarni 70 ming otliq qoʻshin bilan qamal qilgani maʼlum, biroq ozuqa zahiralarining yetishmasligi sababli qamalni boʻshatishga majbur boʻlgan. K.I davrida saltanat yuksak darajada taraqqiy etgan. Viloyatlarni podsho noiblarisatrap (kshatrap)lar boshqargan. Bu davrda Shim. Hindiston va Oʻrta Osiyo madaniyati ravnaq topgan; Sharq mamlakatlari va Rim imperiyasi bilan savdo va madaniy aloqalar oʻrnatilgan. Pul islohoti oʻtkazilib, oltin, kumush va mis tangalar zarb qilingan. K.I davrida Kushon-Baqtriya tili davlat tili sifatida qabul qilingan. Kashmirda 4-budda sobori (yigʻini) chaqirilgan. Bu yigʻinda buddizmning yangi mazhabimahayana rasmiylashtirilgan. Budda ibodatxonalari qurilgan, shuningdek, otashparastlik, hinduizm, aqidaparastlik va b. diniy eʼtiqodlar tarqalgan. Uning davrida yunon, eron va hind madaniyati va dini bir-biri bilan aralashib ketgan. Oʻzi ham buddizm eʼtiqodini qabul qilgan va uning aholi oʻrtasida keng tarqalishiga homiylik qilgan. Oʻz davlati poytaxtini Purushapur (hoz. Peshovar) ga koʻchirgan. K.I Kashmirda Kanishkapur sh.ni bunyod etgani haqida maʼlumotlar bor.

Adabiyot[tahrir]

  • Bongard-Levin T.M., Ilin T.F., Drevnyaya Indiya, M., 1969; Gʻiyosov T.Gʻ., Qadimgi Hindiston tarixi, T., 2000.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil