Umaviylar
Umaviylar davlati[1] arabcha: الخلافة الأموية | |||||||
| |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||
![]() 750-yilgi | |||||||
Poytaxti | Damashq | ||||||
Til(lar)i | Arab tili
Dini. = Islom Sunnat | ||||||
Dini | Islom, shialik | ||||||
Pul birligi | Dinor | ||||||
Maydoni | 15.000.000 kv km2 | ||||||
Aholisi | 62.000.000 kishi | ||||||
Sulola | Umaviylar | ||||||
Damashq xalifasi | |||||||
- 661-680 | Muoviya I ibn Abu Sufyan | ||||||
- 680-683 | Yazid I | ||||||
- 683-684 | Muoviya II | ||||||
- 684-685 | Marvon I | ||||||
- 685-705 | Abdulmalik ibn Marvon | ||||||
- 705-715 | Al Volid ibn Abdulmalik | ||||||
- 715-717 | Sulaymon ibn Abdulmalik | ||||||
- 717-720 | Umar ibn Abdulaziz | ||||||
- 720-724 | Yazid II | ||||||
- 724-743 | Xishom ibn Abdulmalik | ||||||
- 743-744 | Al Volid ibn Yazid | ||||||
- 744-744 | Yazid ibn al Volid | ||||||
- 744-744 | Ibrohim ibn al Volid | ||||||
Umaviylar - Yaqin va Oʻrta Sharq, Movarounnahrda xukmronlik qilgan arab xalifalari sulolasi (661 — 750), arablarning Makkadagi quraysh qabilasining umayya urugʻidan kelib chiqishgan. Asoschisi — Muoviya I. U. davrida arablar gʻarbda Shim. Afrika, Pirenei ya.o.ning katta qismi, sharqda Tabariston, Jurjon, Movarounnahr, Sind va b. hududlarni bosib olishgan. Muoviya 1 (661—680) va Abdulmalik davrida (685—705) davlatning harbiy, siyosiy, iqtisodiy qudratini oshiruvchi bir qancha maʼmuriy va harbiy islohotlar oʻtkazilgan. Xususan, xalifa lavozimi nasliy boʻlib qolgan, davlat xazinasi va davlat arxivi tashkil etilgan, arab tili davlat tili deb eʼlon qilingan, yangi (oltin, kumush va mis) pul chiqarilgan, harbiydengiz floti tashkil etilgan. U. poytaxtni Damashq sh.ga koʻchirganlar, shu tufayli bu xalifalikni Damashq xalifaligi deb ham atashadi. U. davrida koʻplab qoʻzgʻolonlar (736—737 y. Oʻrta Osiyodagi Xoris ibn Surayj, 731—740 y.larda Marokashdagi barbarlar qoʻzgʻoloni, 742 y. Magʻribda xorijiylar qoʻzgʻoloni va b.) boʻlgan. 747—750 y.lardagi Abu Muslim qoʻzgʻoloni natijasida xalifa Marvon II taxtdan tushgan, hokimiyat abbosiylar qoʻliga oʻtgan. U. hukmdorlari: Muoviya I (661 — 680), Yazid I (680—683), Muoviya II (683684), Marvon I (684685), Abdulmalik (685—705), Valid (705—715), Sulaymon (715717), Umar (717720), Yazid II (720724), Hishom (724743), Valid II (743744), Yazid III (744), Ibroxim (744), Marvon II (744—750).
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() |