Arminiy Vamberi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Mixay Kovach. Arminiy Vamberi portreti, 1861

Arminiy Vamberi yoki German / Herman Vamberi (vengercha Ármin Vámbéry, nemischa Hermann Bamberger; 19-mart 1832, Nidermarkt — 15-sentabr 1913, Budapesht) – sharqshunos, tilshunos olim, sayyoh va yozuvchi.

Vengriya Fanlar akademiyasi a’zosi (1861). Vengriya fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1861). Peshtda xonadon oʻqituvchisi boʻlgan (1852—56). Turkiya (Istanbul)da yashagan (1857—60). Vengriya fanlar akademiyasi homiyligida Eron va Turkis-tonga sayohat (1863 yildan) qilgan. V. darvesh (qalanlar) niqobi ostida Makkadan haj safaridan qaytayotgan mahalliy aholi guruhiga qoʻshilib Mozandarondan Bolxon koʻrfaziga keladi, soʻng Turkmaniston orqali Xiva va Qoʻngʻirotga oʻtadi. Qizilqumdan oʻtib Buxoro, Samarqand, Karki va b. shaharlarda boʻladi. Orqaga Hirot, Mashhad, Tehron va Istanbul boʻylab qaytadi. V. tilshunoslik, adabiyotshunoslik, folklor, etn., tarix va geogr.ga oid asarlar muallifi ("Nemischaturkcha lugʻat", 1858; "Nemischa-chigʻatoycha lugʻat", 1860; "Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi", "Mening hayotim", "Sharq hayoti va urf-odatlari ocherklari" va b.). "Chigʻatoy tili darsligi" (1867) asarida V. turkiy xalqlar folkloriga oid 30 dan ortiq asar haqida maʼlumot bergan, ulardan parchalar keltirgan, shuningdek Navoiy, Fuzuliy, Nasimiy, Soʻfi Olloyor gʻazallaridan olingan namunalarni va 112 ta oʻzbek maqolini arab va lotin yozuvida keltirib, nemischa tarjimada bergan. Turkiy va nemis tillarini qiyosiy oʻrgangan.[1]

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Istanbulda yashagan (1857-60). Vengriya fanlar akademiyasi homiyligida Eron va Turkistonga sayohat (1863-yildan) qilgan. Vamberi darvesh niqobi ostida Makkadan haj safaridan qaytayotgan mahalliy aholi guruhiga qoʻshilib Mozandarondan Bolxon koʻrfaziga keladi, soʻng Turkmaniston orqali Xiva va Qoʻngʻirotga oʻtadi. Qizilqumdan oʻtib Buxoro, Samarqand, Karki va boshqa shaharlarda boʻladi. Orqaga Hirot, Mashhad, Tehron va Istanbul boʻylab qaytadi.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dunayska Streda shahrida oʻrnatilgan Vamberi byusti, Slovakiya

Vamberi tilshunoslik, adabiyotshunoslik, folʻklor, etnografiya, tarix va geografiyaga oid asarlar muallifi ("Nemischa-turkcha lugʻat", 1858; "Nemischa-chigʻatoycha lugʻat", 1860; "Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi", "Mening hayotim", "Sharq hayoti va urf-odatlari ocherklari" va boshqalar). "Chigʻatoy tili darsligi" (1867) asarida Vamberi turkiy xalqlar folʻkloriga oid 30 dan ortiq asar haqida maʻlumot bergan, ulardan parchalar keltirgan, shuningdek Navoiy, Fuzuliy, Nasimiy, Soʻfi Olloyor gʻazallaridan olingan namunalarni va 112 ta oʻzbek maqolini arab va lotin yozuvida keltirib, nemischa tarjimada bergan. Turkiy va nemis tillarini qiyosiy oʻrgangan.

Vamberining Xorazmlik oʻzbek dosti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mullo Isʼhoq (1836—1892) — Xorazmlik oʻzbek olimi, Arminiy Vamberining sherigi bolgan.[2] U 1864-yildan boshlab Vengriyadagi Akademiya kutubxonasida kutubxonachining yordamchisi sifatida ish boshladi.

Kinematograf[tahrir | manbasini tahrirlash]

1986-yil Turkiya, Vengriya va Tojikiston kinematograflari tomonidan Vamberining hayoti, xususan uning «Soxta darvishning Oʻrta Osiyoga sayohatlari» nomli asari asosida «Oqsoq darvish» filmi yaratildi. Valeriy Axadov va Yojef Kish rejissorligidagi ushbu fil’m Tugʻro-film (Turkiya), Xungarofilm, Mafilm (Vengriya), Tojikfilm kinostudiyalari mahsuloti. Filmda Shuhrat Ergashev, San’at Devonov, Inogʻom Odilov kabi oʻzbek aktyorlari ham suratga tushishgan. Film premyerasi 1988-yil aprel oyida Moskvada boʻlib oʻtgan.

Oʻzbek tiliga tarjima qilingan asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Vāmberī Gīrmān, Buxārā yāxūd Māvarā'unnahr tārîīxī, Fotih Karimiy va Burhon Sharaf tarjimasi, Moskva: Buxārā xalq ma'ārī nazārati, 1924, 2 jild.
  • Vamberi Herman, Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi: kitobdan parchalar, nashrga tayyorlovchi Sirojiddin Ahmad, Toshkent: Gʻofur Gʻulom, 1990, 96 b.

Qoʻshimcha ma’lumotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Vámbéry Ármin