Kontent qismiga oʻtish

Xoʻjand

Koordinatalari: 40°17′0″N 69°37′0″E / 40.28333°N 69.61667°E / 40.28333; 69.61667
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Xoʻjand
shahar
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
40°17′0″N 69°37′0″E / 40.28333°N 69.61667°E / 40.28333; 69.61667
Mamlakat Tojikiston
viloyat Sugʻd viloyati
Hukumat
 • Shahar raisi Firdavs Sharifzoda
Asos solingan mil.av. VII—VI
Ilk eslatilishi mil.av. VII
Avvalgi nomlari Aleksandriya Esxata,
Xoʻjand,
Leninobod
Maydon 3,996[1] km2 (1,543 kv mi)
Markazi balandligi 300 m
Rasmiy til(lar)i tojikcha
Aholisi
 (2022)
198,7 ming[2].
Zichligi 4972,5 kishi/km2
Milliy tarkib tojiklar, oʻzbeklar, ruslar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +992 3422
Pochta indeks(lar)i 735700
Avtomobil kodi 02TJ
Xoʻjand xaritada
Xoʻjand
Xoʻjand

Xoʻjand (1936—1991-yillarda Leninobod) — shahar, Tojikiston Respublikasi Sugʻd viloyati markazi[3]. Fargʻona vodiysining gʻarbiy qismida, Turkiston tizmasi bilan Moʻgʻultogʻ oʻrtasida, Sirdaryo boʻyida joylashgan. Temir yoʻl stansiyasi. Dushanbe shahrigacha 341 km. Aeroport bor. Aholisi 198,7 ming kishidan koʻproq (2022), asosan, tojiklar va oʻzbeklar tashkil qiladi[4].

Tojikistonning ikkinchi eng katta shahri boʻlib hisoblanadi (Dushanbedan keyin). Shahar aglomeratsiyasi 573 400 tashkil qiladi. Aholisi 1989-yil 160,000 kishini tashkil qilgan lekin 2000-yilga kelib aholi soni 149,000 kishi boʻlib qoldi.

Yil 1897 1926 1959 1973 1989 2002 2007 2011 2013 2022
Aholi,
ming kishi
30 37 77 113 160 147 149 165 167 198,7
Ahamoniylar davlati
Aleksandr Makedonskiyning Osiyoga yurishi

Xoʻjand Oʻrta Osiyoning eng qadimgi shaharlaridan boʻlib, mil. avv. 1-ming yillikda vujudga kelgan. Arxeologik qazishmalar natijasida shahar hududidan mil. avv. 6—4-asrlarga oid tarixiy ashyolar topilgan. Mil. avv. 329-yilda shaharni Makedoniyalik Aleksandr egallagan. Tarixiy maʼlumotlar boʻyicha shahar 7-asrning 2-yarmida Xoʻjand nomi bilan mashhur boʻlgan (Xoʻjand orqali Xitoydan Yevropaga Buyuk ipak yoʻli oʻtgan). 8-asrda Arab xalifaligi, 13-asrda moʻgʻullar imperiyasi, 14—15-asrlarda Temuriylar, 16-asrda Shayboniylar, soʻngra Qoʻqon xonligi tasarrufida boʻlgan. 1866-yilning 24-mayida shaharni podsho Rossiyasi qoʻshinlari bosib olgan. Xoʻjand 1924-yilda Oʻrta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish oʻtkazilgandan soʻng Oʻzbekiston SSR tarkibiga kirgan, 1929-yildan Tojikiston SSR tarkibiga oʻtkazilgan.

Shahar faxrlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻtmishda Xoʻjandda kustar ipakchilik rivojlangan. Shahar savdo va hunarmandchilik markazi sifatida Buyuk ipak yoʻlining chorrahasida Oʻrta Osiyoni Hindiston, Eron, Yaqin Sharq, Xitoy va Oʻrta dengiz havzasidagi mamlakatlar bilan bogʻlab turishda muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Shahardan oʻnlab tarixiy shaxslar, Temur Malik, munajjim va riyoziyotshunos Abdumahmudi Xoʻjandiy (10-asr), shoirlardan Mahasti Xoʻjandiy (12-asr), Kamol Xoʻjandiy (14-asr), Muhammadaminxoʻja Koshif (1825 — 87), Abdullo Fayoz (1847—1934), Asiriy; geograf va sayyoh Hoji Yusuf Mirfayozov (1842—1925), faylasuf olim Muhammad Osimiy (1920—96) va boshqalar yetishib chiqqan.

Xoʻjand — mamlakatning yirik iqtisodiy va madaniyat markazi. Sanoatining asosiy tarmoqlari — toʻqimachilik, metallsozlik, oziq-ovqat sanoatlari. Ipak kombinati, poyabzal, mebel fabrikalari, konserva va goʻsht, sut kombinatlari, yogʻmoy ekstrakt, pilla, paxta tozalash, sirli idishlar, avtotaʼmirlash va boshqa zavodlar, qurilish materiallari, shisha ishlab chiqarish, matbaa korxonalari, mebelsozlik fabrikalari, „Panjshanbe“ bozori faoliyat koʻrsatadi.

Ijtimoiy soha

[tahrir | manbasini tahrirlash]

20 dan ziyod umumiy taʼlim maktabi, 5 oliy oʻquv yurti, Tojikiston fanlar akademiyasining, Respublika yozuvchilar uyushmasining boʻlimlari, 10 dan ziyod oʻrta maxsus bilim yurti, kasb-hunar bilim yurtlari, madaniyat saroyi, musiqali drama va xalq teatrlari, oʻlkashunoslik muzeyi, madaniyat va istirohat bogʻi, Toshxoʻja Asiriy nomidagi viloyat kutubxonasi, Tojikiston fanlar akademiyasining Botanika bogʻi, mexmonxonalar mavjud. Meʼmoriy yodgorliklardan Shayx Muslihiddin maqbarasi (14-asr), shahar qalʼasi (Oʻrda qoldiqlari, 7—8-asrlar) saqlangan[5].

  1. „Мақомоти иҷроияи ҳокимияти давлатии шаҳри Хуҷанд - Хуҷанд - маркази ҳунарҳои мардумӣ“. www.khujand.tj. 2023-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-dekabr.
  2. Агентство по статистике при Президенте Республики Таджикистан. „Численность населения Таджикистана на 1 января 2019 года“ (ru) (2019-yil 1-yanvar). 2015-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-iyul.
  3. Atlas mira. — M.: PKO „Kartografiya“ Federalnogo agentstva geodezii i kartografii Ministerstva transporta Rossiyskoy Federatsii: Izdatelstvo Oniks, 2008.
  4. zaglavie Sovetabad[sayt ishlamaydi]
  5. Vostochniy kolorit Dushanbe :: S vami v reyse