Norboʻtabiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Norboʻtabiy, Norboʻtaxon (taxminan 1749—1798) — Qoʻqon xoni (taxminan 1763—1798), oʻzbeklarning Ming sulolasiga mansub. Abdulkarimbiyning nabirasi, Abduraqmonxonning oʻgʻli. 14 yoshidan taxtga chiqqan. Namangan beklarining separatizmini bostirgan. Qoʻzgʻo-lon koʻtargan Xoʻjand begini yengib, shaharni oʻziga boʻysundirgan. Ammo Oʻratepa nomigagina Buxoro amirligiga tobe boʻlib qolgan. Norboʻtabiy hukmronligining soʻnggi yillarida akasi Hojibek Oʻratepa va Qurama xokimlari yordamida isyon koʻtarmoqchi boʻlgan. U Toʻraqoʻrgʻon va Andijonni maskan tutgan. Norboʻtabiy Andijonga qoʻshin tortib, akasi bilan sulh tuzgan.

Norboʻtabiy vafot etgan yil (1798) Erdonaxon maqbarasi yaqinidagi Norboʻtabiy madrasasi qurilishi nixoyasiga yetgan. Norboʻtabiy davrida Fargʻona vodiysini birlashtirish jarayoni tugagan, iqtisodiyot tiklangan, moʻl-koʻlchilik, arzonchilik boʻlgan. Bu esa Fargʻonaga chekka tuman va viloyatlardan koʻplab aholini koʻchib kelishiga zamin yaratgan. Qoʻqon vodiyning madaniy-iqtisodiy markaziga aylangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil