Hindiston

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Hindiston Respublikasi
भारत गणराज्य
Bhārata Gaṇarājya
Hindiston davlat bayrogʻi   Hindiston davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: सत्यमेव जयते (Satyameva Jayate)
Sanskritcha: Haqiqat hamisha gʻolib
Madhiya: जन गण मन
(Jana Gana Mana)
Hindiston Xaritasi
Poytaxt Dehli
Rasmiy til(lar) hind, ingliz
Hukumat Parlamentlik Respublika
 • Prezident Ram Nath Kovind
 • Bosh Vazir Narendra Modi
Mustaqillik   Birlashgan Qirollikdan
 • Sana 15 avgust 1947
Maydon  
 • Butun 3,287,590 km² (7-)
 • Suv (%) 9.6
Aholi  
 • 2017 roʻyxat 1,326,572,000 (2- oʻrin)
 • Zichlik 328/km²
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$3,699,000 mil. (4-)
 • Jon boshiga AQSh$3,424
Pul birligi Hind rupiysi (INR)
Vaqt Mintaqasi (UTC+5:30)
 • Yoz (DST) (UTC+5:30)
Qisqartma IN
Internet domen .in
Telefon prefiksi +91


Hindiston (hindcha Bharat), Hindiston Respublikasi — Janubiy Osiyolagi davlat. Hududi shim.dan jan.ga 3214 km, garbdan sharqqa 2933 km ga choʻzilgan. Shimolida Himolay togʻlari, garbda Arabiston dengizi, sharqda Bengaliya qoʻltig'i bilan oʻralgan. Hindiston tarkibiga Arabiston dengizidagi Lakkadiv va Amindiv o.lari, Bengaliya qoʻltigʻidagi Andaman va Nikobar orollari ham kiradi. Maydoni 3,3 mln. km². Aholisi 1 mlrd. 49,5 mln. kishi (2002). Poytaxti – Dehli shahri Maʼmuriy jihatdan 28 shtat (z(a(ye) va 7 ittifoq hudud ((yegp(ogu)ga boʻlinadi.

Davlat tuzumi[tahrir]

Hindiston – federativ respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1950 yil 26 yanvardan kuchga kirgan; keyinchalik oʻzgartishlar kiritilgan. Davlat boshligi –- prezident (2002 yildan A.P.J. Abdul Kalam). U parlamentning ikki palatasi va shtatlarning qonun chiqaruvchi organlari aʼzolaridan iborat saylovchilar hayʼati tomonidan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni prezident ikki palata – Shtatlar kepgashi (Raja sabxa) hamda Xalq palatasi (Log sabxa)dan borat parlament, ijroiya hokimiyatni prezident va bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Tabiati[tahrir]

Hindiston qirgʻoqlari kam parchalangan, past, qumli. Asosan, Hindiston ya.o. va Hindgangtekisligida joylashgan; Himolay va Qoraqurum togʻlarining bir qismini oʻz ichiga olali. Hindiston hududining 3/4 qismi tekislik va yassitogʻlik. Hindiston ya.o.ning deyarli hammasini Dekan yassitogʻligi egallagan (sharqqa tomom 900 m dan 300 m gacha pasayib boradi). Hindis-tom ya.o. shimolida allyuvial Hindgang tekisligi joylashgan. Yer sharidagi eng baland togʻ tizmasi – Himolay (Hindistonda balandligi 8126 m, Nangaparbat togʻi) va Qoraqurum togʻlari Hindistonni shim.dan toʻsib turadi. Hindistonda foydali qazilmalardap toshkoʻmir, temir rudasi, titam, oltin, tabiiy gaz, marganets, xromit, boksit, olmos, qimmatbaho toshlar, mis, meft, slyuda, qoʻrgʻo-shin konlari bor. Iqlimi, asosan, tropik iqlim, shim.da tropik mus-sonli iqlim. Iyun – okt.da issiq va nam, noyabr– fevralda quruq, salqin, mart – mayda juda issiq va quruq iqlim. Nam mavsumda yillik yogʻinning 70–90% yogʻadi. Yillik yogʻin Gʻarbiy Gat va Himolay togʻlarining shamolga roʻpara yom bagʻirlarida 5000– 6000 mm, Shillong platosida 12000 mm (Yer yuzidagi eng seryogʻin joy), Hindgang tekisligida 100 mm, Hindiston ya.o.ning markaziy qismida 300–500 mm. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi tekisliklarda 15° (shim.da), 27° (jan. da), may oyiniki hamma joyda 28– 35°, ayrim vaqtlarda 48°. Togʻlarda oʻrtacha temperatura yanvarda – G, –8°, iyulda 18–23°. Asosiy daryolari: Gang, irmogʻi Jamna, Hind (gʻoqori oqimi), Braxma-putra (quyi oqimi), Narmada, Goda-vari, Krishna. Daryolari yozda sersuv (musson yomgʻirlari davrida toshadi), sugʻorishda keng foydalaniladi, ayrimlarida kema qatnaydi. Tuproqlari Hindiston hududining aksari qismida qizil, Dekan yassitogʻligida qora, Hindgang tekisligi va dengiz boʻyi pasttekisliklarida jigarrang tuproq. Himolay togʻlari yom bagʻrida togʻ-jigar rang , sariq, togʻ qoʻngʻir-oʻrmon. podzol, togʻ-oʻtloqi tuproqlar pastdan yuqoriga almashinib boradi. Oʻsimliklardan akatsiya, bambuk, kokos va xurmo palmasi keng tarqalgan. Mamlakatning 25% oʻrmon. Himolay togʻlarinish quyi yon bagʻirlarida terak, yuqorida tik, sandal, himolay kedri, qoraqaragay, oqqaragʻay oʻsadi. Gʻarbiy Gat togʻlari yon bagʻri, Gang va Braxmaputra del-talari, Sharqiy Himolay togʻ oldi doim yashil oʻrmonlardan iborat. Hindistonda oʻsimliklarming 21 ming turi tarqalgan. Unda Yer yuzida mavjud boʻlgan barcha oʻsimlikning yarmidan koʻpini uchratish mumkin.

Hayionot dunyosi xilma-xil. Sut emizuvchi hayvonlarning 350 turi, qushlarning 1600 dan ziyod turi bor. Hindiston hududida fil, maymun, karkidon, sher, qoplon, yoʻlbars, mangusg va boshqa hayvonlar yashaydi, ilomning deyarli barchaturi mavjud. Mamlakatda 75 milliy bogʻ va 420 dam ortiq qoʻriqxona mavjud. Iirik milliy bogʻlari: kaziranga, Manas, Dachigan, Dadva, "Gullar vodiysi" (UttarPradesh), Sariska va boshqa

Aholisi[tahrir]

Hindiston – dunyoda eng koʻp millatli mamlakatlardan biri. Hindistonda turli tillarda soʻzlashuvchi bir necha yuz millat, elat va qabila yashaydi. Aholisining 72% hind-yevropa tillarining hindoriy tillari guruhida soʻzlashuvchi xalqlar – hindustoniylar, marathlar, bengallar, bixarlar, gujarotlar, oriyalar, rajastxonilar, panjobilar tashkil etadi. Kashmirilar dari til guruhiga mansub. Hindiston janubida, asosan, dravid tillarida, shim. va shim.-sharqida tibetbirma tillarida soʻzlashuvchi xalqlar yashaydi. Shahar aholisi 30%. Rasmiy tillar – hind va ingliz tillari. Aholining koʻpchiligi (73%) hinduiylik diniga eʼtiqod qiladi; islom (16%), xristian (6%), sikhizm (2,5%) va boshqa dinlarga eʼtiqod qiluvchilar ham bor. Yirik shaharlari: Kalkutta, Bom-bay, Dehli, Chennay, Bangalor, Ahmadobod, Haydarobod, Puna, Kan-pur, Nagpur, Jaypur, Lakhnau.

Tarixi[tahrir]

Arxeologik topilmalar Hindistonda odamlar tosh davridayoq yashaganligidan dalolat beradi. Miloddan avvalgi 3-ming yillikning 2-yarmi – 2-ming yillikning 1-yarmida Hind daryosi vodiysida yuksak darajada rivojlangan sha\ar madaniyati vujudga kelgan (qarang Xarappi madaniyati). Miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmida shim.-gʻarbdan Hindistonga oriylar kirib kslib, avval Pan-job, keyinchalik Gang daryosi nodiysida joylashdilar. Miloddan avvalgi 6-asrda shimoliy Hindistonning sharqiy qismida, Gang va Jamna daryolari havzalarida Maga-y\"adavlati boʻlgan. Miloddan avvalgi 6–4-asrlarda iqtisodiy taraqqiyot qad. hind jamiyatida turmush sharoitlarini ancha oʻzgartirdi. Kullar va yollanma ishchilarning mehnatidan dehqonchilik, hunarmandchilik va konchilik ishlarida foydalanildi. Ijtimoiy ziddiyatlarning kuchayishi diniy-sektantlik harakatini paydo qildi, oqibatda buddizm va jaynizm dinlari vujudga keldi. Miloddan avvalgi 4-asr oʻrtalarida Nandalar sulolasi davrida qariyb butun Hind daryosining vodiysi magadha davlati tasarrufida boʻlgan. magadha davlati ravnaq topgan davrda Hind daresi havzasining bir qis-mini Axomaniilar bosib oldi. Miloddan avvalgi 327–325 yillarda Hindistonga Iskandar Maqduniy bostirib kirdi. Magadha davlatining bosqinchilik urushlari Mauriylar imperiyasi davrida ham davom etdi. Podsho Ashoka hukmronligida qariyb butun Hindiston va hozirgi Afgʻonistonning bir qismi Mauriylarga qarashli edi. Milodiy 1-asrda Hindiston shim.ning katta qismi kushonlar qoʻl ostiga oʻtdi (qarang Kushon podsholigi). Kushonlar davlati yemirilgach, 4-asrda Hindiston shimolida yana Magadha dalvati ravnaqtopdi. Keyinchalik Guptalar sulolasi davrida shimoliy Hindistonning talaygina qismi – sharqda Bengaliya qoʻltigilan garbda Panjob va Katxiyavar yarim orolgacha boʻlgan hudud Magadha davlati tarkibiga kirdi. Xuddi shu davrda Dekapda Vakata-ka, Pallavlar, Vanga kabi davlatlar mavjud boʻlgan. 2–4-asrlarda bu yerda quldorlik tuzumi yemirila boshlagan. 6–12-asrlarda Hindistonda bir necha davlat mavjud boʻlgan. 7-asrning 1-yarmida mahalliy podsholardan biri Harsha Hindiston shimolidagi bir necha davlatlarni zabt etib, Harsha imperiyasiga asos soldi. Bu imperiya 30 yil hukm surdi. 8-asr boshlarida arablar Sindni bosib oldilar. 11-asr boshlarida Mahmud Gʻaznaviy Hindiston shimoliga bir necha marta hujum qilib, Panjobning bir qismini oʻz davlati tarkibiga qoʻshib olgan. 12-asr oxiri – 13-asr boshlarida Hindiston shimolini Gʻuriylar davlati hukmdori Muhammad Gʻuriy zabt etdi. Uning oʻlimidan soʻng Gʻuriy noiblaridan biri Qutbiddin OyboqDe^li sultonligiga asos soldi. 14–15-asrlarda hind rojalarining hokimiyati saqlangan Rajputana (qarang Rojasthon) dan tashqari Hindiston shimolida mustaqil Jaunpur, Bengaliya, Gujarot, Malva hamda Dekanning shim.da Baxmoniy sul-tonligi paydo boʻldi. Afgʻonlarning Loʻdiylar sulolasi hukmronligi davri (1451 – 1526)da Gang daryosi vodiysining talaygina qismi sultonlikka qoʻshib olindi. 15-asr oxirida Hindistonga dastlabki yev-ropalik mustamlakachilar – portugallar kirib keldi va 16-asrning 1-yarmida ular dengiz sohiliga joylashib oldilar. 1526 yil aprelda Zahiriddin Muhammad Bobur panipatdagi jangda Ibrohim Loʻdiyni yengib, Dehli sultonligini egalladi va Hindistonda Boburiylar davlatiga asos soldi (bu davlat 1858 yilgacha mavjud boʻldi). 17-asr boshlarida Hindistonga Angliya va Gollandiyaning Ost-Indiya kompaniyalari suqilib kirdi va portugallarni Hindiston bilan olib borayotgan dengiz savdosidan mahrum qilib, mamlakatda qator faktoriya (savdo-sotiq punktlari) ocha boshladi. 1664 yil fran-suzlarning Ost-Indiya kompaniyasi ham tashkil etildi. Boburiylar oʻrtasidagi oʻzaro ichki kurash ingliz va fransuzlarning Ost-Indiya kompaniyalariga Hindistonda harbiy ekspansiya uyushtirish imkonini berdi. Hindistonda ustunlikka erishish uchun bu ikki kompaniya oʻrtasida Jaiubiy Hindistonda boʻlib oʻtgan janglar (1756–63) natijasida Angliyaning OstIndiya kompaniyasi gʻolib chiqib, Bengaliyani zabt etdi, Karnatik va Aud xonliklarini oʻz vassallariga aylantirdi. 1803 yil Dehli bosib olingach, boburiy podsholar inglizlar Ost-Indiya kompaniyasiga mutlaq qaram boʻlib qoldi. 1833 yil Ost-Indiya kompaniyasi savdotashkiloti sifatida gugatilib, unga Hindistonni mustamlakachilik asosida boshqarish vazifasi yuk-latildi. Hindiston sskin-asta Buyuk Britani-yaga qishloq xoʻjaligi xom ashyosi yetkazib beradigan bazaga aylanib qoldi. 19-asr oʻrtalarida mustamlakachilarga qarshi xalq qoʻzgʻo-lonlari boʻlib oʻtdi. 1857–59 yillarda boʻlib oʻtgan mashhur sipohiylar qoʻzgʻo-loni (qarang Hindiston xalq qoʻzgʻoloni) Hindistonning keyingi taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatdi. 1858 yil Ost-Indiya kompani-yasi tugatilib, Hindistonni bevosita Buyuk Britaniya idora qila boshladi. 19-asrning 80-yillaridan mamlakatda xalqning norozilik namoyishlari, mitinglar, ish tashlashlar avj oldi. 1885 yil qator millii tashkilotlar birlashib, Hindiston milliy kongressi (HMK)ga uyushdi. 20-asr boshlari unda B. Tilak boshchili-gida soʻl demokratik oqim shakllandi. 1905-08 yillarda milliy ozodlik harakati yanada avj oldi. Ayniqsa, 1908 yilgi Bombay ish tashlashi muhim ahamiyatga ega boʻldi. Buyuk Britaniya hukumati milliy ozodlik harakatini diniy jamoa belgilari boʻyicha boʻlib tashlashga harakat qildi va 1906 yil Musulmonlar ligasi partiyasining paydo boʻlishiga koʻmaklashdi. Unga qarshi hindularning Hindu maxasabxa (hindularning buyuk ittifoqi) siyosiy tashkiloti tuzildi. Birinchi jahon urushi davri (1914– 18)da Hindiston metropoliya tomonida urushda qatnashdi. 1918 yildan mustamlakachilikka qarshi kurash yanada avj oldi. Bu davrda HMK rahbarlaridan biri boʻlgan M.K.Gandi mustamlakachilarga qarshi kurashning satʼyagraxa (kuch ishlatmasdan qarshilik koʻrsatish) shaklini targʻib qildi. Gandi taʼlimoti – gandizm HMK partiyasining rasmiy mafkurasiga aylandi. Ingliz mustamlakachilarining Amritsar qirgʻini (1919 yil aprel)dan soʻng dek.da HMK itoat qilmaslik kampaniyasini avj oldirdi. 1918–22 yillarda ishchilar harakati kuchaydi. 1920 yil Bugun Hin-distop kasaba uyushmalari kongressi tashkil etildi. 1923–27 yillarda milliy ozodlik harakati vaqgincha susaydi. 1927 yil HMKda antiimperialistik kurashni faollashtirish tarafdorlarini birlashtirgan soʻl qanot vujudga keldi. Unga J. Neru va S.Ch.Bos rahbarlik qildilar. 1929–30 yillardagi jahon iqtisodiy boʻhroni antiimperi-alistik harakatni yangi bosqichga koʻtardi. 1930 yil HMK M.Gandi rah-barligida yana boʻysunmaslik kam-paniyasini boshlab yubordi. 1931 yil martda HMK rah-barlari mustamla-kachi hukmron doi-ralar bilan muzokara boshladi. Har ikki tomon kelisha olmagach, boʻysun-maslik kampaniyasi davom ettirildi (1934 yilgacha). 1935 yil Angliya parlamenti Hindistonni boshqarish toʻgʻrisida hujjat (qonun) qabul qildi. Bunga koʻra, viloyatlarning muxtor huquqlari bir oz kengaytirildi, ularda mahalliy hukumat tuzildi, lekin hokimiyat ilgarigidek ingliz mustamlakachilari qoʻlida qolaverdi. Mamlakatda bu reaksion hujjatga qarshi namoyishlar boʻlib oʻtdi. 1936 yil HMK imperialistik kuchlarga qarshi yagona front tuzish vazifasini ilgari surdi. Ikkinchi jahon urushi (1939–45) davrida Hindiston antifashistik koalitsiya tomonida boʻldi. Urush soʻnggida Hindiston bilan Angliya imperializmi oʻrtasida iqtisodiy va siyosiy ziddiyatlar keskin kuchaydi. 1946 yil boshida armiya, flot va aviatsiyada inglizlarga qarshi ommaviy chiqishlar boʻlib oʻtdi. 1946 yil 18–23 fevralda Bombaydagi harbiy dengizchilar qoʻzgʻoloni inqilobiy harakatning yuqori choʻqqisi boʻldi. Angliya huku-mati milliy harakat rahbarlari bilan muzokara boshlab, 1946 yil bahorda Hindistonga dominion maqomini berishga qaror qilganligini eʼlon qildi. 1946 yil avgustda J. Neru boshchiligida muvaqqat hukumat tuzildi. Milliy ozodlik haraka-tining avj olib ketishi natijasida ingliz mustamlakachilari Hindistondan chiqib ketishga majbur boʻldi. 1947 yil 15 avgustda Hindiston hududida ikki mustaqil davlat – Hindiston (asosan, hindulardan iborat) va Pokiston (asosan, musulmonlardan iborat) dominionlari vujudga keldi. Hindistonning birinchi bosh vaziri HMK yetakchisi J. Neru boʻldi. 1950 yil 26 yanvarda Hindiston suveren respublika deb eʼlon qilindi. Mamla-katda agrar islohotlar oʻtkazila boshlandi. Sanoatda davlat sektorini yaratish va uni rivojlantirish, qishloq xoʻjaligida zamindorlik yer egaligini tugatish yoʻllari bel-gilandi. 1964 yil mayda J. Neru vafotidan soʻng HMK partiyasining ahvoli ogʻirlashdi. 1965 yil kuzda Hindiston – Pokiston mojarosi yuz berdi. 1966 yil Toshkent uchrashuvitsya imzolangan Toshkent deklaratsiyasi ikki mamlakat oʻrtasidagi nizolarni hal qilinishiga asos boʻldi. 1966 yil yanvarda L.B.Shastri vafotidan soʻng J.Neruning qizi – I. Gandi Hindiston Bosh vaziri boʻldi. 1977 yil martda parlamentga oʻtkazilgan saylovda Janata parti (partiyasi) gʻolib chiqdi. Bu HMKning keyingi 30 yil (1947– 77) mobaynidagi birinchi yirik magʻ-lubiyati edi. Janata parti yetakchisi M. Desai Hindiston Respublikasining toʻrtinchi Bosh vaziri boʻldi. 1977 yil martdagi magʻlubiyatdan keyin HMK partiyasi inqiroz davrini boshidan kechirdi. Partiyaning bir qancha koʻzga koʻringan rahbarlari Janata partiga oʻtib ketdi. 1978 yil yanvarda sobiq Bosh vazir I. Gandi va uning bir qancha tarafdorlari HMK dan chiqib, yangi partiya – HMK(I)ni tuzdilar. 1980-89, 1991-96 yillar va 2004 yildan HMK [1978 yildan HMK (I)] hokimiyat tepasida. Hindiston - 1945 yildan BMT aʼzosi. 1991 yil 26 dekabrda UzR suverenitetini tan olgan va 1992 yil 18 martda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayramlari: 26 yanvar – Respublika kuni (1950) va 15 avgust – Mustaqillik kuni (1947).

Asosiy siyosiy partiya va kasaba uyush-malari[tahrir]

Hindiston milliy kongressi (I) partiyasi, HMK (1885 yil 28 dek.da tashkil etilgan)dagi boʻlinishdan keyin 1978 yil yanvarda tuzilgan; Bxaratiya janata parti, Janata parti (1977 yil tuzilgan)ning boʻlinishi natijasida 1980 yil aprelda tashkil etilgan; Janata dal partiyasi, 1988 yil 11 okt.da tuzilgan; Hindiston Kommunistik partiyasi, 1925 yil 26 dek.da asos solingan; Hindiston Kommunistik partiyasi (marksistik), 1964 yil noyabrda tuzilgan. Umumhindiston kasaba uyushmalari kongressi, 1920 yil tuzilgan; Hindiston kasaba uyushmalari milliy kongressi, 1947 yil asos solingan; Hind kasaba uyushmalari markazi, 1970 yil tashkil etilgan.

Xoʻjaligi[tahrir]

Hindiston – agrar-industrial mamlakat. Sanoat ishlab chiqarish, jalb qilinayotgan xorij sarmoyasi hajmi jihatidan dunyodagi rivojlangan oʻnta davlat qatoriga kiradi. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi, oʻrmon xoʻjaligi va baliq ovlash 25%, sanoat 30%, xizmat koʻrsatish tarmogʻi 45% ni tashkil etadi. Iqtisodiyoti koʻp ukladli. Yalpi milliy mahsulotining 28% ni tashkil etuvchi davlat sektori harbiy sanoat tarmoqlari, atom energetikasi, transport va aloqada yetakchi oʻrin egallaydi.

Qishloq xoʻjaligida mayda dehqon xoʻjaliklari ustunlik qiladi. Mamlakatda 8 mln.dan ortiq fermer xoʻjaligi bor. Ishlanadigan yerlar (165 mln. gektar) mamlakat hududining 2/3 qismini tashkil etadi; shundan 141 mln. gektari faqat ekinzor (35 mln. gektaridan yiliga ikki marta hosil olinadi). Qishloq xoʻjaligi maydonining 20% sugʻoriladi. Mamlakatda aholi soni koʻp boʻlishiga qaramay, uning qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga boʻlgan ehtiyoji toʻliq qondirilibgina qolmay, koʻp qismini eksport ham qiladi. Qishloq xoʻjaligi dehqonchilikka ixtisoslashgan. Asosiy ekinlari – sholi, bugʻdoy, tariq, duk-kakli don ekinlari va moyli oʻsimliklar. Hindiston shakarqamish, yer yongʻoq, choy, jut, kanakunjut, paxta yetishtirish boʻyicha dunyoda oldingi oʻrinlarda turadi. Shuningdek, kauchuk, kofe, makkajoʻxori, tamaki, qalam-pir, ziravorlar (murch, kardamon, mushk, dolchin va h.k.) yetishtiriladi. Xda kokos palmasi, banan, sit-rus va boshqa mevali daraxtlar ham oʻsti-riladi. Chorvachiligida qoramol, qoʻy, echki, choʻchqa, yilqi, tuya, par-randa boqiladi. Pillachilik rivojlangan. Baliq va dengiz hayvonlari ovlanadi. Oʻrmon xoʻjaligida qimmat-baho yogʻoch tayyorlanadi.

Sanoatida marganets, slyuda (du-nyoda oldingi oʻrinlardan birida), toshkoʻmir, titan, temir rudasi, ol-tin, tabiiy gaz, xromit neft, bok-sit va boshqa qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 380 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi (uning 4/5 qismi issiqlik elektr st-yalarida, 1/7 qismi GESlarda); AESlar ham bor. Yetakchi sanoat tarmoqlari: toʻqimachilik (aso-san, jut va ip-gazlama), oziq-ovqat (qand-shakar, tamaki), teri-poyabzal sanoati. Neftni qayta ishlash, se-ment, qogʻoz, shisha-oyna ishlab chiqarish korxonalari mavjud. Qora va rangli metal-lurgiya, kimyo sanoati, mashinasozlik rivojlangan. Dunyodagi axborot texnologiyalari yoʻnalishidagi korxonalarning yarmidan koʻpi Hindistonda joylashgan. Yadroviy texnologiyalar va koinotni zabt etish boʻyicha yetakchi oʻrinda. Hindistonda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotlarining 40% ga yaqinini mayda va hunarmandchilik korxonalari beradi.

Transporti[tahrir]

Transportida temir yoʻl transporti muhim rol oʻynaydi. Transport yoʻlilar uzunligi 75 ming km (15% elektrlashtirilgan). Avtomobil yoʻllari uzunligi 3 mln. km dan ortiq. 1984 yil Kalkutta shahrida met-ropoliten ishga tushgan. Mamlakatda kemalar qatnaydigan daryo yoʻllari soni 14 ta. Mamlakat tashqi savdo aylanmasining 90% dengiz yoʻllari orqali amalga oshiriladi. Dengiz savdo flotining tonnaji 10366 ming t ded-veyt. Yirik dengiz portlari: Bombay, Kalkutta, Kochin, Vishakhapatnam, Chennay. Hindistonning koʻp shaharlari jahondagi yirik shaharlar bilan havo yoʻllari orqali bogʻlangan. Asosiy aeropor-tlari Bombay, Dehli, Kalkutta, Bangalor, Chennay, Bxubaneshvar, maduray shaharlarida joylashgan. Mamlakat ichkarisida xizmat qiladigan 90 ta aeroport mavjud.

Tashqi savdosi[tahrir]

Hindiston chetga mashina va jihozlar, kiyim-kechak, teri va undan tayyorlangan buyumlar, kimyoviy tovarlar, ip-gazlama matolar, jutdan tayyorlangan buyumlar, temir rudasi, choy, kofe, ziravorlar, konserva, baliq va baliq mahsulotlari, brilliant, qimmatbaho toshlar chiqaradi. Chetdan neft va neft mahsulotlari, ishlab chiqarish vositalari, isteʼmol mollari va boshqa oladi. Tashqi savdoda AQSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, BAA, Belgiya, Italiya, Rossiya, Fransiya, Saudiya Arabistoni va boshqa davlatlar bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi – Hindiston rupiyasi.

Tibbiy xizmati[tahrir]

Mamlakatda sogʻliqni saqlash amaliyotida xalq tabobati ham keng qoʻllaniladi. Tibbiyot xodimlari 100 dan ortiq tibbiyot oliy oʻquv yurtlarida, 16 tish vrachlari kollejlarida va 12 boshqa tibbiyot bilim yurtlarida, oʻrta tibbiyot xodimlari 480 tibbiyot maktabida tayyorlanadi. Mamlakatda koʻplab tibbiyot markazlari, zamonaviy shifoxona va ambulatoriya tarmoqlari mavjud. Asosiy kurort maskanlari: Gujarot shtatidagi Titxal, Ubxrat, Diu, Daman, Maharashtra shtatidagi Madha, Marv, Karnatakadagi Ullal, Udili, Mangamuru va boshqa

Maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari[tahrir]

Hindiston mustaqillikka erishgan naytda mamlakat aholisining 96% savodsiz boʻlgan. 1949 yilda qabul qilingan konstitutsiya boʻyicha 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun bepud majburiy talim joriy etildi. 2005 yilda savodxonlik darajasi 52% ga yetdi. Mamlakatda katta yoshdagi aholi oʻrtasida savodsizlikni tugatish maqsadida maxsus maktablar ochilgan boʻlib, ularda 120 mln. kishi shugʻullanadi. Hindistonda xalq taʼdimi tizimi maktabgacha taʼlim muassasalari, boshlangʻich va kichik asosiy maktab, toʻliqsiz oʻrta va toʻliq oʻrta maktabdan iborat. Mala-kali ishchilar hunar bilim yurtlarida tayyorlanadi. Oliy oʻquv yurtlarida oʻqish muddati 5–6 yil va oʻqish pulli. Davlat oʻquv yurtlari bilan birga xusu-siy oʻquv yurtlari ham mavjud. mamlakatda 219 universitet va institut hamda 7 mingdan ziyod kollej bor. Yirik va qadimgi oliy oʻquv yurtlari: Bombay universiteti, Kal-kutta universiteti, Chennay universiteti va boshqa asosiy kutubxonalari: Kalkuttadagi milliy kutubxona (1902 yil tashkil etilgan), Dehlidagi ommaviy kutubxona (1951), Chennaydagi ommaviy markaziy kutubxona (1896) va boshqa Mamla-katda 460 dan ortiq muzey faoliyat yuritadi. Yiriklari: Chennaydagi davlat muzeyi (1851 yil tashkil etilgan), Dehlidagi hozirgi zamon sanʼati milliy galereyasi (1954), Yangi Dehli (Nyu-Deli)dagi Milliy muzey, Varanasi shahridagi Sanʼat muzeyi, Kalkuttadagi Hindiston muzeyi (1814), Birla Texnologiya muzeyi, Bombaydagi Gʻarbiy Hindiston muzeyi, Dehlidagi J. Neru (1964), M. Gandi (1948) memorial muzeylari.

Hindistonda ilmiy tadqiqotlar universitet va maxsus markazlarda, ilmiy jamiyat va assotsiatsiyalarda, fanlar aka-demiyalarida olib boriladi. Hindiston milliy fanlar akademiyasi eng yirik ilmiy muassasa hisoblanadi.institutlarga Ilmiy va sanoat tadqiqotlari ksngashi, Atom energiyasi boʻyicha komissiya, Qishloq xoʻjaligi tad-qiqotlari boʻyicha Hindiston kengashi, Tibbiyot tadqiqotlari boʻyicha Hindiston kenga-shi, Universitetlarni mablagʻ bilan taʼminlash komissiyasi, Mudofaa tadqiqotlari tashkiloti rahbarlik qiladi. Hindiston ilmiy kongressi assotsi-atsiyasi Hindistonning eng ommaviy ilmiy jamiyatidir. Hindistonda 130 maxsus ilmiy tadqiqot muassasasi, 700 dan ortiq ixtisoslashgan laboratoriya ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Mamlakatda ilmiy tadqiqot bilan 2,5 mln. kishi shugʻullanadi.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi[tahrir]

Hindistonda 84 tilda umumiy adadi 51 mln. nusxadan iborat 19 ming gazeta, 35 mln. nusxadan iborat 18 ming jurnal nashr etiladi. Yiriklari: "Indian ekspress" ("Hind eksprsssi", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1932 yildan), "Xindustan tayms" ("Hindiston vaqti", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1923 yildan), "Tayms of In-dia" ("Hindiston vaqti", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1838 yildan), "Steytsmen" ("Davlat arbobi", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1875 yildan), "Neshnl gerald" ("Milliy xabarchi", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1938 yildan), "Nav bharat tayms" ("Yangi Hindiston vaqti", hind tilidagi kundalik gazeta, 1947 yildan), "Naya patx" ("Yangi yoʻl", oylik adabiy-badiiy va ijtimoiy-siyosiy jurnal, 1954 yildan), "Forin affers riports" ("Xalqaro munosabatlar xabarchisi", ingliz tilidagi oylik jurnal, 1952 yildan), "Hayot" (urdu tilidagi haftanoma, 1963 yildan), "Hindu" (ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1878 yildan), "Hindustan" (hind tilidagi kundalik gazeta, 1933 yildan), "Blits" ("Chaqmoq", ingliz, urdu, hind, marathiy tillaridagi haftalik jurnal, 1941 yildan). Press Trast of Indiya, Hindistondagi eng yirik axborot agentligi (PTI), 1947 yil tashkil etilgan; Yunayted Nyus of Indiya (YUNI), Hindiston matbuot axborot agentligi, 1961 yil tuzilgan. Umumhindiston radiosi 1936 yildan, Umumhindiston televideniyesi 1976 yildan ishlaydi. Radioeshittirishlar 1927 yildan, telekoʻrsatuvlar 1959 yildan boshlangan.

Adabiyoti[tahrir]

Hind adabiyotining 3 ming yildan koʻproq anʼanasi vedalar – sanskrit tilidagi diniy gimnlardan boshlanadi. Miloddan avvalgi 10–4-asrlarda xalq ogʻzaki ijodida yirik epik dos-tonlar – "Mahabharata" va "Ramaya-na" shakllandi. Qadimgi hind adabiyoti yodgorliklari – puranlar muqaddas matnlari bu dostonlar matnlariga yaqin. Qadimgi hind ertaklari toʻplamlaridan "Panchatantra", "Xitopadesha", "Vetalapanchavinshati", "Shuksaptati" mashhur. Mualliflik adabiyoti milodiy 1-asr boshlarida paydo boʻldi. Sanskritadabiyotining buyuk shoiri va dramaturgi Kalidasatr. Bxasa (3–4-asr) va Shudraka (5–6-asr) ham mashhur dramaturg boʻlishgan. Sanskrit adabiyotida Bxo-vabxugi (8-asr) ham sezilarli iz qoldirdi. Dandin (7-asr)ning "Oʻn shahzoda sar-guzashti" romani sanskrit badiiy nasrining choʻqqisi hisoblanadi. Mil.ning dastlabki asrlaridan dravid tillari (qarang Dravidlar)da, jumladan, tamil tshshtgi adabiyot (qarang Tamil adabiyoti) rivojlandi. taxminan 7-asrdan oʻrta asrlar adabiyotining tarixi boshlanadi. Sanskrit va tamil tilidagi adabiyot bilan bir qatorda boshqa tillarda ham adabiyot vujudga keldi. Yangi hind adabiyoti dravid va yangi hind-oriya tillarida 1-ming yillik oxiridan rivojlana boshladi. Keyinroq esa kashmir va sindh adabiyoti, shuningdek pushtu tilidagi adabiyot shakllana boshladi. Musulmon davlatlarining paydo boʻlishi va islom dinining keng tarqalishi natijasida Hindistonning fors tilidagi adabiyoti yuzaga keldi (Xusrav Dehlaviy, Mirzo Bedil va boshqalar). Shoirlardan Vali (17–18-asr), Mir Toqiy, Mirzo Gʻolib va boshqa urdu sheʼriyatining eng yaxshi namunalarini yaratdilar. 19-asrning 2-yarmida milliy ozodlik hara-katining rivojlanishi natijasida adabiyotda \ind maʼrifatparvarlik davri boshlandi. Bu davr adabiyotida Dinobondxu Mittro, Premchand Mit-tro, Bonkimchondro Choddopaddqay va Bengaliyaning boshqa yozuvchilari samarali ijod qildilar. Ayni vaqtda ingliz tilida ijod qilgan dastlabki shoirlar (G. L. V. Derozio, K. Gosh, T. Datt)ning sheʼrlarida ingliz romantizmining taʼsiri seziladi. 20-asrning 20-yillarida mustaqillik uchun kurash \ind adabiyotining markaziy mavzusi boʻlib qoldi. Bu davrning buyuk yozuvchisi bengaliyalik R. Tagor boʻldi. Fors va urdu tillarida ijod qilgai shoir M.Iqbol oʻz asarlarida yuksak badiiylikka erishdi. 1930-yillarning oʻrtalarida taraqqiypar-nar yozuvchilarning \arakati vujudga keldi. 20-asrning 30-yillarida Hindistonda ingliz tilidagi nasr paydo boʻldi (M. R. Anand, N. K. Narayan, X. Chattopa-dxaya va boshqalar). 1936 yil Iremchand, M. R. Anand va Sajjod Zohirlar tashabbusi bilan Hindistop taraqqiyparvar yozuvchilar assoniatsiyasi tuzildi. Gan-dizm adabiyotga chuqur taʼsir koʻrsatdi. Inqilobiy romaitik oqim shakllana boshladi (Joʻsh Malihobodiy). Sheʼriyat shakllari yangilandi, nasr tez rivojlana boshladi. Ayni vaqtda deka-dentlik oqimlari \am paydo boʻldi (I.Joʻshi, M.Varma). Hindistonning mustaqillikka erishishi (1947) ilgʻor adabiyo-tning rivojlanishiga yordam berdi. Mustamlakachilik qoldiqlarini yoʻqo-tish uchun kurash va iqtisodiyotning yuksalishi ilgari qoloq boʻlgan bir qator adabiyotlarning rivojlanishiga qamda yangi adabiyotlarning shakllanishiga imkoniyat tugʻdirdi. Hindistonning milliy tillaridagi adabiyotlar bilan bir qatorda ingliz tilidagi adabiyot \am rivojlangan. 1940–60 yillarda Hindistonda ind progressiv adabiyot namo-yandalari A.S.Jafri, S.K.Chouxan, Xoʻja Ahmad Abbos, Yashpal, A.N. Kas-mi, A.Nagar va boshqa oʻz asarlarida mamlakatdagi ijtimoiyiqtisodiy muam-molarni koʻtarib chiqib, jamiyatdagi eng lolzarb masalalarni \al etishga daʼvat etdilar. Milliy adabiyot vakillaridan B.Bxattachoriya, M.R.Anand, M.Bondopaddxay, T. Bondopaddxay, G.Singx, R.V. Desai, R.Krishnamur-ti, R.A.Maxadevan, Vshʼchatxol va boshqa oʻz asarlarida mamlakatda iqtisodiy istiqlolga erishish, qashshoqlikni bar-taraf etish, savodsizlikni tugatish, xalqning maʼnaviy darajasini oshirish kabi muammolarni koʻtarib chiq-dilar. Progressiv yozuvchilar Sh.Chou-xan, X. Dvidedining gʻoyaviy estetik qarashlari mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy \odisa va jarayonlar bilan cham-barchas bogʻlangan. Yozuvchi I.Joʻshi \ind adabiyotida "psixologik adabiyot" vakili sifatida namoyon boʻldi. Yozuvchi va dramaturg V.Prabxakara oʻz asarlarida mustaqil Hindistonning ijtimoiy muammolarini \aqqoniy tarzda tasvirladi. 1980–90-yillarda M.Rakesh, Kamleshvar, B. Saxni, J.Kumar, Dug-gal, A.Pritam, K.Azmi, Saksena, Vimal va boshqa adiblar samarali ijod qildilar (yana q. Xsh") adabiyoti).

Meʼmorligi[tahrir]

Hindistonda miloddan avvalgi 3–1ming yilliklar-dayoq mudofaa, xoʻjalik va turar joy binolari, bogʻ va suv \avzalari boʻlgan yirik sha\arlar (Sang\ol, Lot\al, Mathura, Pataliputra) qurilgan. Miloddan avvalgi 4–2-asrlarda ulkan qalʼa, saroylar (Patali-putradagi podsho Ashoka saroyi), diniy ashyolarga moʻljallangan inshoot – stupalar, memorial ustun (stambxa)lar, gʻor ibodatxonalari (Karlida, miloddan avvalgi 1-asr; Ajantat, miloddan avvalgi 2-asr – milodiy 7-asr) va monastirlar, ehromlar yaratilgan. Milod boshlarida budda ibodatxonalarining yangi turlari (Sangida yer ustiga qurilgan toʻrt kolonnali peshay-vondan iborat kub shaklidagi ibodatxona, 5-asr; Ellorda yaxlit qoyatoshni oʻyib ishlangan ibodatxona, 8-asr) paydo boʻldi. 6–7-asrlarda ibodatxonalarning silliq minora shaklidagi shim. (Madya-Pradesh shtatida joylashgan Kxajuraxo ibodatxonalar majmuasidagi Kandarya Maxadeo va Bxubaneshvar shahridagi Mukteshvara ibodatxonalari) va zinasimon minora shaklidagi jan. (Ma-xabalipuramdagi Dxarmarajaratxa ibo-datxonasi) turlari shakllandi. Shu davrda Banoras shahrida \indular ibodatxonalari qurildi; shaqarda 1500 ga yaqin ibodatxona bor. 13-asrdan Dexli sultonligi davrida yirik saroy ansambllari, masjid, gumbazsimon maqbara, minoralar (Dexdidagi Qutb Minor deb atalgan minorali Quvvatul-Islom masjidi, 1 193 yildan qurila boshlangan) \amda musta\kam qalʼa devorlari bilan oʻralgan shaqarlar (Siri, Jaqonpa-no, Tugʻlaqobod, Feruzobod; ammasi 14-asrda oz. Deqli xududida) qurildi. Boburiylar davlati tashkil boʻlgach, Hindiston meʼmorligi yuksak choʻqqilarga erishdi: sha\ar va qalʼa qurilishi sanʼatining ajoyib namunalari yaratildi (Agra, Ajmer, Ollo\oboddagi qalʼalar, "Fate\pur-Sekri" shaar-qalʼasi, 1569–84), qubbasimon maqbaralar (De\lidagi Xumoyun maqbarasi, 1565; Agra shahri yaqinidagi Tojmahal) qurildi.

Qurilishda marmar eng koʻp ishlatiladigan qurilish materialiga ailandi. Ayni paytda Hindistonning ayrim hududlarida meʼmorlikda mahalliy kolorit saqlanib qoldi (Asarvdagi Dadagarir buloq paviloni, 16-asrda., Datiyadagi Bir Singx Deo saroyi, 17-asr boshi). 16-asrda yaratilgan Haydaroboddagi Chor Minor Zafar arki, uning yaqinidagi Makka masjidi, Ahmadoboddagi chayqalib turadigan minoralar ulkan tarixiy obidalardir. 17-asrda "Marvarid" nomi bilan atalgan masjid, Jahongirshohning marmardan qurilgan maqbarasi, Dehlidagi Rang Mahal saroyi, durlar bilan bezatilgan masjid, sikhlarning Amritsardagi sajdagohi – Oltin ibo-datxona bunyod etildi. Baromi (Roja-sthon), Kanarak (Orissa), Kajuraxo (Madhya-Pradesh)dagi ibodatxonalar hind meʼmorligining bebaho yodgorliklariga aylandi. 19-asrda eski shaharlar (Kalkutta, Madras, Bombay) rivojlandi va Yevropa meʼmorligi uslubidagi inshootlar bunyod etildi. Mustaqillikka erishgach, mamlakatni industrlashtirish bilan bogʻliq boʻlgan qurilishlar avj oldi. Yangi shaharlar qurildi (Chandigarx, 1951–56, Le Korbyuzye boshchiligidagi meʼmorlar guruhi; Bxilai, 1963 yildan qurila boshlangan, hind meʼmorlari guruhi). Zamonaviy binolardan yiriklari: Kalkuttadagi bank (1969, meʼmor A.Gupta), M.Gandi muzeyi (1960–63, meʼmor Ch.Korrea), Kanpur shahridagi Texnologiya instituti (1963, meʼmor A.Kanvinde), Bombaydagi "Tojmahal" mehmonxonasi (1975).

Tasviriy sanʼati[tahrir]

Hindiston janubida tosh davriga oid gʻorlardagi rasmlar, qiz-dirilgan loydan tayyorlangan buyumlar, zargarlik bezaklari saqlangan. Mohenjodaro, Xarappa va Hind daryosi havzasining markazlarida miloddan avvalgi 3–2-ming yillikda ilk sinfiy jamiyat sanʼati rivojlandi (hayvon va mifologik obrazlar tasvirlangan boʻrtma muhrtumorlar, haykalcha va boshqalar). Miloddan avvalgi 4–2asrlarda toshdan yodgorliklar tayyorlandi (Didarganjadan topilgan maʼbudalar haykali, Sarnatxadan topilgan "Sherali kaptel"). Milodiy 1– 5-asrlarda Kushon podsholigi davrida Gandxara badiiy maktabiga mansub buddaviy haykallar yasash rivojlandi. 5–7-asrlarda devoriy rassomlik gul-lab yashnadi (Ajantadat gʻor ibodatxonalar). 10– 12-asrlarda bronza haykal-taroshligi keng tarqaldi [raqs tushayo-tgan Shiva (Natarajan) haykalchasi]. 13-asrdan Dehli sultonligi va keyinchalik Boburiylar davlati davrida amaliy bezak sanʼati va kitob mini-atyurasi taraqqiy etdi. Oʻrta asrlarda Hindistonda miniatyura sanʼati rivojlandi. Dastlabki hind miniatyura maktablaridan gujarot maktabi mashhur boʻlgan. 16-asrda miniatyura sanʼatining boburiylar maktabi vujudga keldi. Bu maktab vakillari tasvirning haqqoniy boʻlishiga intildi; tarixiy risolalarga bezaklar yaratish, portret va ani-malistik janrlar keng tarqaldi. mustamlakachilik davrida Hindiston professional sanʼati deyarli rivojlanmadi, xalq hunarmandchiligi (gilam toʻqish, kash-tachilik, toʻqish, fil suyagi va yogʻoch oʻymakorligi, qadama naqsh, tanga zarb qilish va boshqalar) taraqqiy etdi. 19-asr oxi-ridan zamonaviy rassomlik vujudga keldi (R.R.Varma). 20-asr boshlarida, "Bengaliya uygʻonish davri"da koʻp ras-somlar milliy anʼanalarni saqlab qoldilar (rangtasvirchilar A.Tagor, N.Bos, S.Ukil; haykaltarosh V.P.Kar-markar va boshqalar). Hindiston tasviriy sanʼatida turli oqim va maktablar, jumladan modernistik oqim rivojlangan. Ras-somlar D.P.R.Choudxuri, B.N.Jija, S.N.Banerji, haykaltaroshlar K. Sen, Ch. Kar, P. D. Gupta, grafiklar X. Das va boshqa milliy sanʼat anʼanalarida asarlar yaratdilar. Hindistonda amaliy bezak sanʼati ham rivojlangan.

Musiqasi 4 ming yillik tarixga ega boʻlib, dunyoda eng qadimgi va oʻziga xos shakllardan tashkil topgan. Uning ildizlari xalq bayram va diniy marosimlari, Xarappa madaniyati (ayniqsa, Mohenjodaro taraqqiyot davri) bilan bevosita bogʻliq. Hindistonning qadimgi yozma yodgorliklari ("Vedalar" – "Rigveda", "Samaveda", "Atharvaveda" va "Yajur-veda"; miloddan avvalgi 2–1 ming yilliklari)da diniy madhiyalar oʻz aksini topgan. Musiqashunoslar Hindistonda mumtoz musi-qaning yuzaga kelishini bevosita "Sa-maveda" bilan bogʻlashadi. Uning falsafiy-estetik va nazariy mezonlari Bharataning sanskrit tilida yozilgan "Natyashastra" risolasida asoslab berilgan (taxminan milodiy 3–4-asrlar), Matanganing "Brihadeshi" risolasida (5–7-asrlar) hind mumtoz musiqasi haqida batafsil maʼlumotlar berilgan. sharangadevaning "Sangitaratnakar" 7 jildli toʻplamida (13-asr) hind ragalari, ularning parda va ritmik tuzilishi, milliy musiqa sozlari va boshqa masalalar yoritilgan. Ramamatyaning "Svaramelakalanidhi" (16-asr) hamda hind olimlarining boshqa risolalarida musiqiy tovushlar (thath) tizimi koinot quvvati sifatida yuzaga kelgan tovush (nada)lar hamda olam taraqqiyoti mahsuli boʻlmish usullar birlashuvi maʼnosida talqin etiladi. Kosmologik tasavvurlar asosida Kuyesh tizimining 7 ta sayyorasiga nisbat berilgan 7 ta asosiy parda, ular negizida 22 yarim tondan kam boʻlgan interval (shrutilar) tizimi yuzaga kelgan.

13-asrdan boshlab Shim. Hindiston musiqa madaniyati Markaziy va Urta Osiyo xalqlarining badiiy anʼanalari, musulmon sanʼati taʼsirida rivojlanib borgan. Buning natijasida hind mumtoz musiqasida 2 asosiy uslub qaror topdi: shim. ("hindustani") va jan. ("karnatak"). Jan. Hindiston musiqa uslubi (karnatak) asosan anʼanaviy xonan-dalik sanʼati bilan ajralib turadi, unda ragalar negizida diniy qoʻshiqchilik janrlari – kirtan, pada (bastakorlar Purandaradasa, 15–16-asrlar; Kshetrayn, 17-asr), kriti (mumtoz ashulaning asosiy turi; Shyam Shastri, Muttusvami Dikshitar, Tyagaraja ijodida ravnaq topgan, 18–19-asrlar), yengil mumtoz musiqa janrlari – tillana (18-asr), javalli (19-asr) va boshqa keng oʻrin olgan.

Shim. Hindiston mumtoz musiqasida eng muhim lirik janrlardan "dhrupad" (Svami Haridas, Miyan Tansen, 16–17-asrlar), xonandalikda, soʻngra sozandalikda ham ishqiy va shirin kayfiyatni aks ettiruvchi, virtuozli "xayal" (manbalarda uning asoschisi Amir Xus-rav Dehlaviy hisoblanadi) janrlari keng oʻrin olgan. Mumtoz musiqa sohasida "thumri", "gʻazal", "kavalli", soʻfiyona "kalam", shuningdek, "dadra", "tappa", "tarana"lar ham mavjud.

Hind mumtoz musiqasi, musiqiy folklor, raqs sanʼati shakllari asosida anʼanaviy musiqiy teatr turlari – jatra, yakshagana, tamasha va boshqa tashkil topgan. Mumtoz raqs turlariga bharat natyam, kathakali, kath-ak, manipuri, odissa va boshqa kiradi.

Hind xalq musiqa ijodi turlarining boyligi va rang-barangligi Hindistonda turli millat vakillarining istiqomat qilishi, ular koʻp tillarda soʻzlashuvi bilan belgilanadi. Xalq musiqa cholgʻularidan urma dhol, dholak, damaru, udukkai, puflama kombu, singh, tiruchinnam, karnay, murali, mohori, nagasar, torli-chertma ekta-ra, dutara, tuntune, jantar, torlikamonli kamaycha, banam, sarinda va boshqa keng oʻrin olgan. Professional musiqa sozlaridan vina, setor, sarod, tampura, sarangi, nay, bansuri, sur-nay, shohnay, nagasvaram, fisgarmoniya, pakhovaj, tabla, mridanga, gha-tam va boshqa ommalashgan.

Hindistonda milliy ozodlik harakati va mustamlakachilikka qarshi kurashning kuchayishi (19-asrning 1-yarmi va 20-asrning oʻrtalari) milliy musiqa madaniyatining rivojlanishida muhim davrni boshlab berdi. Rabind-ranat Tagorning ijodi yorqin sahifa boʻlib qoldi. Faol ziyolilar orasida milliy musiqa merosini oʻrganishga qiziqish kuchaydi. Yangi oʻquv yurtlari ochildi, jamoa tashkilotlari tashkil etildi: Madras (hozirgi Chennay)da musiqa akademiyasi (1928), Kerala sanʼat markazi (1930), Xalq sanʼatini saqlash Bengaliya jamiyati (1932), Dehlidagi Gandharva Mahavidyalay musiqa instituti (1939) va boshqa Vishnu Narayyana Bhatkhande, Vishnu Digam-bar Paluskar, Chinnasvami Mudalyar, Subbarama Dikshitar kabi musiqashunos olimlar hind musiqa madaniyatini rivojlantirishda oʻz ilmiy asarlari bilan katta hissa qoʻshdilar.

Hindiston mustaqillikni qoʻlga kiritgach (1947), hind musiqasining rivojlanishida yangi davr boshlandi. Teatrlarda yangi musiqali spektakllar qoʻyildi (Shila Vatsning "Qotgan yer", Gʻulom Haydarning "Boʻysunmas Pan-job", S.Shankarning "Poyezd", G.D.Madgulkarning "Ram haqida qissa" va boshqalar). Kino musiqasi kompozitorlik ijodini rivojlantirishda muhim omil boʻlib qoldi, unda milliy va Gʻarbiy Yevropa maktablarining uslubiy omillari uygʻunlashgan. natijada kompozitorlar tomonidan kino uchun xalqqa manzur kuy va qoʻshiqlar yaratildi. 1960–90 yillarda A.Vishvas, H.Kumar, S.Choudhuri, R.Barman, Ravi, Naushad, Xayyom, Madan Mohan kabi kompozitorlar kinomusiqa janrida ijod qilishgan, hozirgi kunda Shankar va Jeykishan, Lakshmikant Pyarelal, S.D.Barman, Anu Malik kabi kompozitorlar bu sohada faol ijod qilmoqda. Ular bastalagan kuy va qoʻshiqlarni Talat Mahmud, Gita Datt, Shamshod Begum, Manna Dey, Lata Mangeshkar, Muham-mad Rafi, Mukesh, Asha Bhonsle, Usha Mangeshkar, shuningdek, Kumar Sanu, Alka, Yagnik, Anuradha Paud-val, Sonu Nigam, Udit Narayyan, B.Subramaniam, Kavita Krishna Murthi, Ar Rahmon Hariharan, Adnan Sami va boshqa ijro etishgan.

Mumtoz musiqa ijrochiligida Ravi Shankar (setor), Bismilloh Xon, Ali Akbar Xon, Amjat Ali (sarod), Hariprasad Chaurasiya (nay), Pandit Ram Narayyan (sarangi), Pandit S.R.Vyas va Malikarjun Mansur (xonanda-raga), Subbulakshmi, Kishori Amonkar, Sandhya Mukerji (xonanda-raga), Mukesh Sharma (sarod), Irshad Xan (setor va surbahor), ustad Zokir Huseyn va Ilmas Huseyn Xon (tabla), Jagjit Singh (xonan-da-gʻazal), Gʻulom Ali (xonanda-gʻazal), Gulfam Ahmad (sarod va rabab) va boshqa mashhur.

Hindistonda musiqa maktablari va kollejlari, universitetlarda musiqa fakultetlari mavjud. Musiqa sanʼati sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlari, sanʼatkorlarning ijrochilik faoliyatini muvofiklashti-ruvchi tashkilotlar, musiqa sanʼatiga oid konferensiya, forum, festivallarni tashkil etuvchi idoralar faoliyat koʻrsatmokda; bular orasida – Dehli musiqa, raqs va drama akademiyasi (Sangit Natak Akademi), Bombay ijrochilik sanʼati milliy markazi, Chennay musiqa akademiyasi mashhur. Milliy musiqa madaniyatining turli xil shakllarini targʻibot etishda Umumhindiston radiosi bosh vazifani bajarmoqda.

Teatri[tahrir]

Hindistonda xalq teatr tomoshalari qadim zamonlardayoq paydo boʻlgan. Ular qabilalarning turli urf-odatlari, oʻyin va raqslari asosida vujudga kelgan. Xalqteatrining asosiy shakllari \ozirgacha yetib keyagan. Aksariyat teatr tomoshalarining asosini qadimgi ind epik dostonlar – "Ramayana" va "Ma-habharata"tn olib oʻynaladigan sa\-nalar tashkil qilgan. Uning eng koʻp tarqalgan syujeti dostonlar qahramonlari – Rama va Krishna hayotidan olingan lavhalardan iborat. Anʼanaviy teatrlarning yorqin va taʼsirli vositalaridan biri raqsning bharat-natyam, kat\akaliy, kathak, manipuriy kabi turlaridir. Janubiy Hindistondagi koʻp geatrlarning xoreografik asosini bharat-natyam va kathakaliy, Shimoliy Hindistondagi tsatrlar xoreografik asosini kathak va manipuriy tashkil qiladi. Gʻarbiy Bengaliya va Oris-sada jatra lirik dramasi mashhur. Bunda tomoshalar ochiq joyda oʻtkazilgan, sahna va dekorapiyalar boʻlmagan. Xalq teatrlari Hindistonning boshqa rayonlari – Maharashtra (tomosha), Kashmir (joshi), Rojasthon (svangi) da ham boʻlgan. Hind mumtoz teatri taraqqiyo-tida xalq teatrlarining taʼsiri kuchli boʻldi. Uning gullagan davri Bxasa, Kalidasa va Shudraka ijodi bilan bogliq. 12 – 13-asrlarda Hindiston mumtoz dramasi tanazzulga uchradi. 16-asrda Mala-bar sohillarida spektakllar tunda bayramlarda qoʻyiladigan diniy mavzudagi teatr paydo boʻldi. Bu teatrning sodda turi – tulal 18-asrgacha saqlandi. 19-asrning 2-yarmida milliy ozodlik harakatining kuchayishi, milliy ongning oʻsishi Yevropa tipilagi teatrni vujudga keltirdi. Bengal, hind, marath tillarida dramaturgiya yaratildi. 1872 yil bengal dramaturgi G.Ghosh Milliy teatrga asos soldi. U hind teatr sanʼati taraqqiyotiga katta taʼsir koʻrsatdi. 19-asrning 2-yarmi – 20-asrning 1-yarmida hind teatrida yangi shakllarning paydo boʻlishi hind yozuvchisi R.Tagor nomi bilan bogʻliq. 20-asrning 40-yillari professional va havaskor teatr jamoalari vujudga keldi; ular Xalq teatrlari assotsiatsiyasi (1943 yil asos solingan)ga birlashdilar. Mustamlakachilik tuzumining soʻnggi yillari mustamlakachilikni qoralovchi teatr tomoshalarining turli shakllari paydo boʻldi. Hindiston mustaqillikka erishgach, milliy madaniyat, jumladan, teatr sanʼati rivoj topdi. 1953 yilda Musiqa, raqs va drama akademiyasining ochilishi katta ahamiyatga ega boʻldi. Kalkuttada "Bohurupiy", "Star", "Rangmahal", "Mi-nerva", Teatr markazi, "Tarun opera", Dehlida "Yangi teatr", Bombayda "Dramatik Vint" teatrlari mashhur. Shuningdek, Ollohobod, Chennay, Bano-ras, Puna va boshqa shaharlarda ham doimiy teatrlar mavjud. Qoʻgʻirchoq teatri ham teatr tomoshalarining eng qadimgi turlaridan biridir. Soya teatri keng tarqalgan.

Kinosi[tahrir]

Hindistonda birinchi film 1912 yilda ishlangan ("Roja Xarishchandra", rejissyor D.G.Pxalke). Dastlabki ovozli kino 1931 yil ekranga chiqdi ("Dunyo nuri", rejissyor A.Iraniy). 1930-yillarda, milliy ozodlik harakati avj olgan davrda ilgʻor ijtimoiy goyalar bilan sugʻorilgan "Devdas" (1935, rejissyor P.S. Baruat), "Kutmagan edilar" (1936), "Qoʻshnilar" (1939, ikkalasining rejissyor V.Shantaram) kabi s|>ilmlar yaratildi. 1947 yil Axborot va radioeshittirish vazirligi huzurida kinematografiya boʻlimi tashkil etildi. Xalq hayetini haqqoniy aks ettirgan filmlar paydo boʻldi ("Yer farzandlari", 1946, rejissyor Xoʻja Ahmad Abbos; "Mazlumlar", 1949, rejissyor N.Ghosh). 1950-yillarda zamonning muhim ijtimoiy masalalariga bagishlangan "Daydi" (1951, rejissyor R.Kapur). "Ikki bigha yer" (1953, rejissyor B.Roy), "Yoʻldosh" (1953, rejissyor X.A.Abbos) yaratildi. Rejissyor S.Reyning "Yoʻldagi qoʻshiq" (1955), "Yengilmaganlar" (1957), "Apulning dunyosi" (1959)dan iborat kinotrilogiyasi jahon kino sanʼatida muhim voqea boʻldi. Usha davrda rejissyor G.Datt "Qogʻoz gullar", "Chanqoqlik", "Oy nuri" filmlarini yaratdi. 1960-yillarda koʻngilochar musiqali filmlar yara-tadigan Bombay studiyasidan farqli oʻlaroq real voqelikni aks ettiruvchi filmlar tayyorlaydigan Kalkutta kino maktabi vujudga keldi ("Xor", 1975; "Parashuram", 1978, ikkalasining rejissyor M.Sen; "Raqib", 1970; "Uzoq momaqaldiroq" 1973, ikkalasining rejissyor S.Rey; "Mantxan", 1977, rejissyor Sh.Benegal). 1970-yillarda rejissyor Ya.Chop-raning "Shoʻʼla", "Qayerdadir, qachondir", prodyuser R.Kapurning "Bobbi", rejissyor R.Reddining "Dafn marosimi" filmlari ekranga chiqdi. 1980-yillarda rejissyor M.Kumarning "Inqilob", rejissyor B.R.Chopraning "Yonayotgan poyezd", rejissyor A.Gopalakrishnanning "Yuzma-yuz", rejissyor G.Aravindoning "Oridad" filmlari shuhrat qozondi. 1990 yillarda rejissyor A.Chopraning "Dsvona dil", prodyuser M.Kumarning "Be-tob", "Yarador" kabi vatanparvarlik goyalari bilan sugorilgan filmlari ekrapga chiqli. Kino aktyorlaridan B.Saxni, D.Ananl, D.Kumar, M.Kumari, Raj, Rishi va Karishma Kapurlar (q Kapurlar tiasi), S.Nirgis, A.Bachchan, Amirxon, Shohruhxon, Salmanxon, R.Mukerji, A.Patel, M.Dikshid va boshqa mashhur. Hindistonda hujjatli filmlar ham chiqarilali. 1960 yil Puna shahrida Kinematografiya instituti ochilgan. 1954 yildan Bombayda xar yili Butun Hindiston kinofestivali oʻtkaziladi. Hiid kino sanʼati vakillari Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining Toshkentdagi kinofsstinallarida faol qatnashib, koʻplab mukofotlarni qoʻlga kiritganlar. Hindistonda yiliga 1000 dan ortiq film yaratiladi va u jahonda yaratilayotgan filmlarning 14% ni tashkil etadi.

Oʻzbekiston – Hindiston munosabatlari[tahrir]

Asosiy maqola: Oʻzbekiston — Hindiston munosabatlari.

Oʻzbekiston bilan Hindiston oʻrtasidagi munosabatlar bir necha ming yillik tarixga ega. 1991 yil Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, Hindiston Oʻzbekiston mustaqilligini tan olib, 1992 yil diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi va ikki mamlakat oʻrtasida teng huquqli aloqalar yoʻlga qoʻyildi.

Fotolari[tahrir]