Kesh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kesh (arab, manbalarida Kashsh, Kass, Kise) — tarixiy shahar va viloyat. Hozirgi Qashqadaryo viloyatining shim.sharqiy qismini egallagan. Dastlab K. Kitob oʻrnida boʻlgan, keyin 910-asrlarda Shahrisabz hududiga koʻchgan. K. nomining xitoycha transkripsiyasi 1-marta 7-asrga oid xitoy yozma manbalarida Syuysha shaklida uchraydi. Uning sugʻd tilidagi nomi esa 7-asr oxiri — 8-asr boshlarida hukmdorlik qilgan K. hokimi Axurpat tangalarida hamda 8-asr oʻrtalarida K.ni idora qilgan hokim Ixshidning dastlabki arabcha fale (tanga)larida ilk bor zikr etilgan. "K." atamasining kelib chiqishi Qashqa-Qashqrud nomi bilan bogʻliqboʻlishi mumkin. Boshqa bir fikrga koʻra (A.Muhammadjonov), "K." toponimining maʼnosi ilk bor — uy, qishloq, shahar, poytaxt, viloyat, el-yurt, diyor, hatto "Kishvar" shaklida esa mamlakat va Vatan kabi maʼnolarni anglatgan. Xitoy yozma manbalarida qayd etilishicha, hokim Digja (Dichje) (6-asr oxiri — 7-asr boshlari) K.ga asos solgan boʻlib, oʻsha vaqtda shahar aylanasi 1 km ga yetgan. Arab tarixchisi Yaʼqubiynshpt yozishicha, K. mil. 7-asr oʻrtalarida yuksalib, Sugʻdning bosh shahriga aylangan. K. bu davrda hunarmandchilik, savdo-sotiq, madaniyat yuksak rivojlangan shaharga aylanib ark, ichki va tashqi shahardan iborat boʻlgan. Ichki shahar mudofaa devori va 4 darvozaga ega edi. 6-asrda arkning gʻarbiy qismida shahar hokimi Digja tomonidan yangi qarorgohga asos solingan. 7-asr oxiri — 8-asrning 1-yarmida K.ni arablar bir necha bor fath etgan. 751 yilda K. hukmdori Ixrid Xuroson noibi Abu Muslim buyrugʻi bilan qatl qilingan boʻlib, at-Tabariyning guvohlik berishicha, arablar K.da katta oʻljani qoʻlga kiritganlar. 775-776 yillarda K. viloyati Muqanna qoʻzgʻoloninmng asosiy markazlaridan biri boʻlgan. Somoniylar davrida K. hududi eni va boʻyiga 1/3 farsax (2 km ga yaqin) maydonini tashkil etgan. Bu vaqtda aholi K.ning koʻhandiz va madinasini tark etgan boʻlib, hayot faqat uning rabodida davom etayotgandi. Astasekin aholi rabodni ham tark etib, hozirgi Shahrisabz oʻrnida yangi shaharga asos solgan. Arxeologik tekshiruvlar Kitob oʻrnidagi K.ning aynan shu vaqtda barham topganligini isbotladi. K.ning bundan keyingi tarixi Shahrisabz bilan bogʻliq boʻlib, bu nom 14-asr da xalqongiga uzil-kesil oʻrnashgan. Shunday boʻlsada, shaharning qad. nomi talay vaqt uning yangi nomi bilan bir qatorda aytilib yurgan.

Shaharda ilm-maʼrifat rivoj topishi oqibatida "Koshiy, Keshiy" taxallusi bilan mashhur olim-fozillar yeti-shib chiqqanligi tufayli K. shahri "Qubbat ul-ilm val adab", yaʼni "Ilm va taʼlim gumbazi" degan sifat bilan shuhrat topgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Bartold V.V., Sochineniya, t.Z, M., 1965; Kamaliddinov Sh.S., Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toharistana po araboyazichnim istochnikam IX - nachala XIII vv., T., 1996; Krasheninnikova N.I., Proshloye Kitaba, Sb.: "Vexi vremyon", T., 1989; Ravshanov P., Qashqadaryo tarixi, T., 1995; Sagdullayev A.S, Iz istorii drevnego Kesha, Sb. "Vexi vremyon", T., 1989; Qadimgi KeshShahrisabz tarixidan lavhalar, T., 1998.

Anatoliy Sadullayev, Oʻktam Mavlonov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil