Eltuzarxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Eltuzarxon, Eltuzar Muhammad Bahodirxon (1770 — 1806) — oʻzbek qoʻngʻirotlar sulolasidan boʻlgan birinchi Xorazm (Xiva) xoni (1804—06).

Avaz inoqning oʻgʻli. Otasi vafotidan soʻng E. soxta xon Abulgʻozi V ni taxtdan tushirib, oʻzini xon deb eʼlon qilgan. Shu tariqa u Xivada qoʻngʻirot avlodidan boʻlgan xonlar sulolasini boshlab bergan. Bu sulola 1920-yilga qadar Xiva xonligini idora qilib kelgan. E. xonlikda markazlashgan davlat siyosati yurgizish uchun harakat qilgan. 1804-yil E. Buxoro hududiga bostirib kirgan. Biroq Amudaryo boʻyidagi hal qiluvchi jangda xivaliklar yengilgan. E. davrida bir qancha meʼmoriy obidalar (mas, Xivadagi Koʻrinish xona) bunyod etilgan. Unyng saroyida tarixchi, shoir va davlat arbobi Munis ijod qilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Yoʻldoshev M., Xiva xonligida feodal yer egaligi va davlat tuzilishi, T., 1959;
  • Gulyamov Ya. G., Pamyatniki goroda Xivi, T., 1941;
  • Xudoyberganov K., Xiva — 2500. Xiva xonlari shajarasi, Xiva, 1996.
  • Gulomov X. G., Diplomaticheskiye otnosheniya gosudarstv Sredney Azii s Rossiyey v XVIII — pervoy polovine XIX veka. Tashkent, 2005
  • Gulyamov Y.G., Istoriya orosheniya Xorezma s drevneyshikh vremen do nashikh dney. Tashkent. 1957
  • Istoriya Uzbekistana. T.3. T.,1993.
  • Istoriya Uzbekistana v istochnikax. Sostavitel' B. V. Lunin. Tashkent, 1990
  • Istoriya Xorezma. Pod redaktsiyey I. M. Muminova. Tashkent, 1976