Sharof Rashidov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sharof Rashidovich Rashidov
Sharof Rashidovich Rashidov
Bayroq
O‘zbekiston SSR Kompartiyasi MQning Birinchi Kotibi (11-inchi)
1959 yil 15 martdan — 1983 yil 31 oktyabrgacha
Oʻtmishdoshi: Sobir Kamolovich Kamolov
Vorisi: Inomjon Buzrukovich Usmonxo‘jayev
Bayroq
O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi Raisi (4-inchi)
1950 yil 21 avgustdan — 1959 yil 24 martgacha
Oʻtmishdoshi: Amin Ermatovich Niyozov
Vorisi: Yodgor Sodiqovna Nasriddinova
 
Fuqaroligi: SSSR
Tavalludi: 1917 yil 24 oktyabr
Jizzax, Sirdaryo viloyati, Rossiya imperiyasi
Vafoti: 1983 yil 31 oktyabr
Ellikqal'a tumani, Qoraqalpog‘iston ASSR O‘zbekiston SSR, SSSR
Xotini: Rashidova Xursan G‘ofurovna (1920-2003)
Bolalari: qizlari, Sayyora, Dilorom, Gulnora va Svetlana, o‘g‘li Ilhom (Vladimir)
 
Mukofotlari:
O‘roq va bolg‘a medali O‘roq va bolg‘a medali
Lenin Ordeni Lenin Ordeni Lenin Ordeni Lenin Ordeni
Lenin Ordeni Lenin Ordeni Lenin Ordeni Lenin Ordeni
Lenin Ordeni Lenin Ordeni Oktyabr Inqilobi Ordeni Mehnat Qizil Bayrog‘i Ordeni
Qizil Yulduz Ordeni Qizil Yulduz Ordeni Iftixor Belgisi Ordeni V.I.Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan joriy qilingan medal
1941-1945 yillardagi Ulug‘ Vatan Urushida Germaniya ustidan qozonilgan G‘alaba uchun medal 1941-1945 yillardagi Ulug‘ Vatan Urushida qozonilgan G‘alabaning 20 yilligi medali 1941-1945 yillardagi Ulug‘ Vatan Urushida qozonilgan G‘alabaning 30 yilligi medali 1941-1945 yillardagi Ulug‘ Vatan Urushidagi Ulug‘ xizmatlari uchun medal|- Mehnat faxriysi medali SSSR Qurolli kuchlarining 50 yilligi medali SSSR Qurolli kuchlarining 60 yilligi medali
Lenin mukofoti (1980-yil)


Sharof Rashidovich Rashidov (6-noyabr (24-oktabr e.h. boʻyicha) 191731-oktabr 1983) — sovet partiya va davlat arbobi, oʻzbek yozuvchisi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1974), Oʻzbekiston SSR Kommunistik partiyasi rahbari. 1939-yildan KPSS aʼzosi.

Rashidov siyosatga qadar[tahrir]

Sharof Rashidov Oktyabr Revolyutsiyasidan bir kun oldin Jizzaxda, dehqon oilasida dunyoga kelgan.

Samarqanddagi Oʻzbek Davlat Universitetining filoligiya fakultetini (1941), BKP (b) MK qoshidagi Butunittifoq Partiya Maktabini (BPM) (1948, sirtqi) bitirgan. Jizzax pedagogik texnikumini bitirgan. 1935-yildan oʻrta maktabda oʻqituvchilik bilan shugʻullangan. 1937—41-yillarda Samarqand viloyatining «Lenin yoʻli» gazetasida maʼsul kotib, maʼsul muharrir oʻrinbosari, gazeta muharriri lavozimlarida ishlagan.

1941—42-yillarda Sovet Armiyasi tarkibida Ikkinchi Jahon urushida qatnashgan. Oʻzbekistonga sovet-olmon frontining yaradorlari bilan qaytgan. 1943—44-yillarda «Lenin yoʻli» gazetasida muharrir. 1944—47-yillarda Oʻzbekiston KP(b) Samarqand viloyati qoʻmitasi kotibi. 1947—49-yillarda «Qizil Oʻzbekiston» respublika gazetasida maʼsul muharrir.

Rashidov siyosiy arbob sifatida[tahrir]

1949—50-yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi. 1950—59-yillarda Oʻzbekiston SSR Oliy Sovet Prezidiumi raisi va SSSP Oliy Sovet Prezidiumi raisi oʻrinbosari. 1959-yil mart oyidan Oʻzbekiston KP MK birinchi kotibi. KPSS XIX-XXIV syezdlari delegati; 1956-yildan MK aʼzoligiga nomzod, 1961-yildan KPSS MK aʼzosi; 1961-yildan MK Prezidiumi aʼzoligiga nomzod, 1966-yil aprelidan KPSS MK Siyosiy burosi aʼzoligiga nomzod. III-X chaqiriq SSSR Oliy Soveti deputati; 1970-yildan SSSR Oliy Soveti Prezidiumi aʼzosi.

Ikki marta Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1974), (1977). Lenin mukofoti laureati. 6 marta Lenin ordeni bilan, 4 marta boshqa ordenlar bilan, shuningdek medallar bilan taqdirlangan.

Rashidov yozuvchi sifatida[tahrir]

1945-yili Sharof Rashidovning — «Mening nafratim» nomli ilk sheʼriy toʻplami nashrdan chiqdi. «Gʻoliblar» povestida (1951) xalqning dehqonchilik yerlari uchun kurashi tasvirlanadi; xuddi shu mavzu «Bo'rondan kuchli» romanida (1958) ham rivojlantiriladi. 1964 yilda nashr qilingan «Buyuk toʻlqin» romani sovet jangchilarning Ikkinchi Jahon urushida koʻrsatgan qahramonliklari haqida hikoya qiladi. «Kashmir qoʻshigʻi» romantik povestida (1956) hind xalqining ozodlik kurashi koʻrsatiladi. 1950-yili Rashidovning publitsistik maqolalaridan iborat «Tarix kelishuvi» nomli toʻplami, 1967-yili «Doʻstlik ramzi» nomli kitobi nashrdan chiqadi. Rashidovning tanqidiy maqolalari sovet adabiyotining dolzarb muammolariga bagʻishlangan.

Paxta ishi[tahrir]

Unbalanced scales.png Ushbu maqolaning betarafligi shubha ostidadir.
Batafsilroq maʼlumot uchun maqola munozarasini koʻring.

Sovet davlatining soʻnggi yillarida ruslar uchun Sharof Rashidov nomi korrupsiya va Sovet Ittifoqining maʼmuriy-buyruqbozlik boshqaruvining bosh timsoliga aylanib qoldi.

Leonid Brejnev hukumati yillari Oʻzbekistonga paxta topshirishni oshirish haqidagi oxiri yoʻq qarorlar kelib turardi. Bunga javoban oʻzbek hukumati "qoʻshib yozish" (Sovet Ittifoqida raqamlarning sunʼiy oʻsishi oddiy hol edi) hisobiga har doim dala maydonlarining irrigatsiyasi va paxta hosili haqida oldingisidan kattaroq raqamlarni yozishardi. Hozir biz shuni tahmin qilishimiz mumkinki, oʻsha "qoʻshib yozishlar" 500 mingdan 1 mln. tonnagacha tashkil qilgan. Bu holat oʻzbek boshqaruvchilariga markazdan qoʻshimcha manbalar olish va Brejnev hokimiyatini sotib olishga imkon berardi.

Faqatgina Rashidovning oʻlimidan soʻnggina, markaz oʻziga xos "oʻzbek ishi" degan uydirmani oʻylab topdi va Oʻzbekistonga Gdlyan va Ivanov boshliq tezkor prokurorlar guruhini yubordi. Buning natijasida Oʻzbekiston hukumatida olib borilgan tozalashdan OʻzSSRning deyarli barcha rahbarli nishonga tushishdi (faqatgina Gossnab boshligʻi oʻz oʻrnini saqlab qoldi). Ommaviy qamoqqa olishlar orasida shunday holatlat bor ediki, oddiy kolxoz raisi oltinlarga toʻldirilgan xonalarga ega edi.

Bugungi kun nuqtai nazari bilan qaraganda, prokuror Gdlyanning fikrlari toʻgʻriga oʻxshab tuyuladi. Uning fikricha, oʻsha vaqtda butun Ittifoq korruptsiya toʻrida qolgan bir vaqtda Moskva Oʻzbek respublikasini ajratib qoʻyib nohaqlik qilgan. "Oʻzbek ishi" natijasi respublikaning koʻpchilik aholisini milliy harakatga undadi. Bu ayniqsa qayta qurish davrining soʻnggi yillari kuchaydi.

Hozirgi kunda mustaqil Oʻzbekistonda Sharof Rashidovning nomi hurmat-eʼtibor bilan esga olinadi. Oʻzini kuchli rahbar va mohir diplomat sifatida koʻrsata olgan oʻzbek xalqining qahramoni kamchiliklarga toʻla sovet boshqaruv tizimini oʻzbek xalqining oʻlchab boʻlmas rivoji uchun yoʻnaltirgan.

Rashidov haqida zamondoshlari[tahrir]

V.Boldin (M.Gorbachyov yordamchisi va KPSS MK boʻlim boshligʻi) — Rashidov haqida.

"Hokimiyat tepasiga Andropov kelishi bilan, Gorbachyov shu zahoti oʻziga erk berib yubordi. Oʻzining muvaffaqiyatlarini koʻz-koʻz qilishni boshladi. Eslayman, Rashidov paxta topshirishni oshirishi uchun, Gorbachyov qanday qilib Oʻzbekiston rahbarining qoʻllarini qayiltirganini. Rashidov tushuntirishga, koʻndirishga harakat qilardi: «Bizda yomgʻir bilan qor yogʻdi, hammasi muzlab qolgan. Agar shu ahvolda ham terib oladigan boʻlsak, buni quritishimiz uchun yarim yil ketadi». Gorbachyov esa: «Baribir koʻproq topshiringlar». (Kommersant — Vlast, 15 may 2001, 61 bet.).

.