Rashid Nabiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Rashid Nabiyevich Nabiyev (1912, Samarqand — 1985.10.6, Toshkent) — tarixchi olim, Oʻzbekistan FA muxbir aʼzosi (1952), tarix fanlari doktori (1967). Samarqand ped. texnikumi (1927—30) va Fargʻona ped. instituti (1930—33) da oʻqigan. Oʻzbekiston FA Tarix va arxeologiya instituti direktori (1947—52), boʻlim mudiri (1956—62), FA Ijtimoiy fanlar boʻlimi mudiri (1952—56). 1962 yildan Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik institutida katta ilmiy xodim. Ilmiy faoliyati Oʻrta Osiyoning oʻrta asrlar tarixini oʻrganishga bagʻishlangan. Oʻzbekiston tarixiga oid bir qancha oʻquv qoʻllanmalar, darsliklar muallifi.

Manbalar[tahrir]

  • XIV asrda Oʻrta Osiyoda sarbadorlar qoʻzgʻoloni, T., 1942; Iz istorii Kokandskogo xanstva (feodalnoye xozyaystvo Xudoyarxana), T., 1973; Tashkentskoye vosstaniye 1847 g . i yego sotsialno-ekonomicheskiye predposilki, T., 1966.