Ishtixon
Ishtixon | |
---|---|
shahar | |
39°57′59″N 66°29′10″E / 39.96639°N 66.48611°EKoordinatalari: 39°57′59″N 66°29′10″E / 39.96639°N 66.48611°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Viloyat | Samarqand viloyati |
Tuman | Ishtixon tumani |
Aholisi (2001) |
12 300 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Ishtixon — Oʻzbekiston Respublikasi Samarkand viloyati, Ishtixon tumanidagi shahar. Tumanning maʼmuriy markazi. Samarkand sh. dan 68 km, yaqin temir yoʻl stansiyasi — Katta-qoʻrgʻon (22 km). Aholisi 12,3 ming kishi (2001). Shaharda tuman hokimligi binosi, aloqa boʻlimi, 3 umumiy taʼlim maktabi, litsey, pedagogika va tibbiyot kollejlari, kutubxona, dehqon bo-zori, "Shahidlar" yodgorligi majmui, savdo va maishiy xizmat shoxobchalari bor.
I. kadimdan maʼlum boʻlib, ilk zamindorlik davrida mustaqil hokimlikning markazi boʻlgan, keyinchalik Sugʻdiyona tarkibiga kirgan. Samarkand arablar tomonidan bosib olingach (8-asrboshlari), Sugʻd ixshidlari I. ga kelib uni poytaxt qilgan. 10-asr da I. qalʼa, shahriston va raboddan iborat katta shahar boʻlgan. Keyingi asrlarda ham yirik savdo shahri sifatida mashhur edi. Tarixiy manbalarda I. savdo-sotiq rivojlangan, atrofi bogʻrogʻ, dalalar bilan oʻralgan chiroyli shahar sifatida tilga olinadi. I. ga Zarafshon daryosi orqali suv kelgan. Keyinchalik shahar harobaga aylangan. Uning oʻrnida kichikroq qishloq (hozirgi I. shah-ri) vujudga kelgan.[1]
Manbalar[tahrir]
|
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |