Somoniylar
Somoniylar - (fors.سامانیان)999-865-yillarda hukmronlik qilgan sulola.
S.ning oilaviy nisbasi, yaʼni nomi ularning ajdodi boʻlmish Somonxudot ismi bilan bogʻliq. Somonxudotning kelib chiqishi hakida turli xil maʼlumot va fikrlar mavjud. Abu Bakr Narshaxiy (10-asr) va Hamza Isfahoniy (10-asr) keltirgan maʼlumotlarga qaraganda, Somonxudot Balx viloyatidagi Somon qishlogʻidan, alMukaddasiy (10-asr) ning maʼlumotiga koʻra esa, u Samarqand viloyatidagi Somon nomli qishloqdan boʻlgan. "Saʼdiya" nomli asar (17-asr) da keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, uning asl ismi Arquq boʻlib, u Fargʻonadan Termizga koʻchib kelgan va u yerda Somon nomli qishlogʻiga asos solgan.Oʻrta asrlarda Buxoro, Fargʻona, Tohariston, Xuttalon va boshqa viloyatlarda ham Somon nomli qishloqlar boʻlganligi kayd etilgan. Bu maʼlumotlar "Somon" toponimi oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyo hududlarida va undan tashqari yerlarda ham keng tarkalgan joy nomi boʻlganligidan dalolat beradi.
Koʻpchilik manbalar (Hudud alolam, Ibn Havqal, Beruniy, Gardizi va h.k.) ga koʻra, Somonxudot sosoniylar davridagi mashhur sarkarda Bahrom Choʻbin (6-asr) ning 4 yoki 5pogonadagi avlodi boʻlgan. Baxrom Choʻbinning kelib chiqishi eftaliylar bilan bogʻlik U sosoniylarga qarshi koʻzgʻolon koʻtarib (590 y.) magʻlubiyatga uchragandan keyin Fargʻonaga qochib kelgan va turkiy malikaga uylanib, umrining oxirigacha oʻsha yerda kolib ketgan. Uning avlodlari ham oʻzlarini podshoxdar oilasiga mansub deb hisoblaganlar va Sosoniylar davlatidagi shahanshoxlar oliy taxtiga daʼvo kilganlar. Somonxudotning shajarasida keltirilgan ajdodlaridan ayrimlarining (Juba, Jamchan, Tamgʻas kabi) turkiy ismlari boʻlgan. Shunisi diqkatga sazovorki, turkiylarning rivoyatlarida Somonyabgʻu (yaʼni Somonxudot) turkiylarning Oʻgʻuzxondan keyingi davrlarda yashagan ajdodlari katorida tilga olingan.
Oʻrta Osiyoga arablar bostirib kelganda, Somonxudot, ayrim maʼlumotlarga koʻra, Balx viloyatidan Marvga Xuroson amiri Asad ibn Abdulloh alQushayriy (725/727 va 735/738 yillar)ning oldiga kelib, undan dushmanlariga qarshi kurolli yordam berishini suraydi. Arablar yordamida dushmanlarini yenggach, Somonxudot islom dinini kabul kiladi va oʻgʻlining ismini amirning sharafiga Asad koʻyadi. Asadning Nuh, Ahmad, Yahyo va Ilyos ismli ugʻillari alMaʼmunning Marvdagi saroyida xizmatda bulgan va Rofi ibn Lays koʻzyulonini bostirishda faol qatnashgan. Buning evaziga alMaʼmun ularni bir nechta viloyatlarga amir etib tayinlaydi (819—820 y.). Xususan, Nuh — Samarqand amiri, Ahmad — Fargʻona amiri, Yahyo — Shosh va Ustrushona amiri, Ilyos esa Hirot amiri etib xayinlanadi. Ular dastlab Xuroson amirlari boʻlgan tohiriylarga tobe boʻlgan va harbiy kuch toʻplab, Arab xalifaligining sharqiy chegaralarini qoʻriqlab turishgan, shuningdek, shimolidagi turklarga qarshi bir necha bor yurishlar qilishgan. Nuh ibn Asad Isfijobni bosib olib (840 y.), uni oʻziga tobe qiladi. Shunday qilib, akaukaning toʻngʻichi boʻlgan Nuh ibn Asad Samarqand va Sugʻdning katta qismini, shuningdek, Fargʻona va boshqa bir qancha shaharlarni oʻz hokimiyati ostida birlashtiradi. Nuhning vafotidan keyin (842 y.) suloladagi yetakchilik uning ukasi Ahmad ibn Asad oilasiga oʻtadi. Uning 7 ta oʻtli boʻlib, ular otasining vafotidan keyin (866 y.) Movarounnahrning asosiy shaharlarida hokimiyatni oʻz qoʻllariga oladilar. Faqat Buxoro sh. tohiriylar qoʻlida edi. Ilyos ibn Asad vafotidan keyin unga qarashli boʻlgan Hirot shahrida ham hokimiyat S.ning qoʻlidan ketdi. Tohiriylar hokimiyati tugatilgandan keyin (873 y.) Buxoroda bir muddat siyosiy beqarorlik va tartibsizliklar yuz berdi. Shunda S. oilasining boshligʻi boʻlgan Nasr ibn Ahmad mahalliy dehqonlar taklifiga binoan, Buxoroga ukasi Ismoil ibn Ahmadni hokim qilib yuboradi. Shunday qilib, Buxoro ham S qoʻliga oʻtib, ularning qudrati yana ham ortdi. Nasr davrida S turklarning Shovgʻar shahriga yurish qiladilar. Deyarli butun Oʻrta Osiyo yerlari ularning hrkimiyati ostida birlashgandan keyin oila boshligʻi Nasr xalifa alMuʼtamiddan Movarounnahrni boshqarishga maxsus yorliq oldi (875 y.). Koʻp oʻtmay Ismoil akasi Nasrga boʻysunishdan bosh tortib, unga qarshi koʻshin tortadi. Akauka qoʻshinlari orasida boʻlib oʻtgan jangda (888 y.) Nasr magʻlubiyatga uchraydi va natijada Ismoil ibn Ahmad butun hokimiyatni oʻz qoʻliga oladi. U Taroz shahriga yurish qilib, uni bosib oladi (893 y.) va natijada boy Shalji kumush konlariga egalik kidali. Oʻsha yilning oʻzida Ahmad Ustrushonadagi afshinlar sulolasining oxirgi vakillarini yoʻq qiladi va viloyatni butkul oʻzining hokimiyatiga boʻysundiradi. S.ning kuchayib borayotganidan xavfsiragan arab xalifasi Ismoilni hokimiyatdan chetlatib, oʻrniga Xuroson amiri Amr ibn Lays Safforiyni tayinlaydi (898 y.). Amr qoʻshin bilan Movarounnahrga yoʻl olganda, Ismoil unga qarshi chiqib, bir necha jangdan keyin uni magʻlubiyatga uchratadi (900 y.) va natijada safforiylarta qarashli boʻlgan Xurosonni ham oʻz yerlariga qoʻshib oladi. Shunday qilib, Ismoil ibn Ahmad hukmronligi davrida Talas vodiysidan Xurosongacha boʻlgan yerlarni oʻz hrkimiyati ostida birlashtirdi. Ismoil ibn Ahmad vafotidan keyin (907 y.) hokimiyat uning avlodlari qoʻliga oʻtdi: Ahmad ibn Ismoil (907—914 yillar), Nasr ibn Ahmad (914—943 yillar), Nuh ibn Nasr (943-954 yillar), Abdulmalik ibn Nuh (954—961 yillar), Mansur ibn Abdulmalik (961—976 yillar), Nuh ibn Mansur (976—997 yillar), Mansur ibn Nuh (997—999 yillar), Abdulmalik ibn Mansur (999—1000-yillar). Shundan keyin mamlakatdagi hokimiyat qoraxoniylar sulolasining qoʻliga oʻtib, S. hokimiyati tugatildi. Sulolaning oxirgi vakili Ismoil alMuntasir (1000—1005-yillar) qoraxoniylar sulolasiga qarshi kurash olib borib, S. hokimiyatini tiklashga urindi, lekin natija boʻlmadi va oxiri oʻzi ham oʻldirildi. Shu bilan S. sulolasi tarix sahnasidan butunlay ketdi.
Maʼmuriy boshqaruv tizimi. S. sulolasining hokimiyatdagi vakillari amir deb atalgan boʻlib, ularga dargoh (saroy axli) va devonlar (harbiy boshqarmalar) boʻysungan. Vazir mansabiga, asosan, Jayhoniylar, Balʼamiylar va Utbiylar aslzoda oilalarining vakillari tayinlanar edi. Jayhoniy va Balʼamiy ulardan eng mashhur vazirlardir. S.da vazir devonidan tashqari 10 devon boʻlib, ular uchun Buxorodagi Registon maydonida maxsus katta bino qurilgan edi. S.ning boshqaruv tizimi, asosan, mahalliy dehqonlar, aslzodalar va din arboblaridan tashkil topgan boʻlib, har bir amaldor arab va fors tillarini mukammal bilishi, shuningdek, diniy va dunyoviy fanlardan xabardor boʻlishi shart edi. Bunday odamlarni ahl alqalam (qalam axli) deb atashgan. Saroy harbiy qoʻmondonlari hojib, Xuroson lashkarboshisi esa sipoxsolor deb atalgan boʻlib, boshqaruv ishlariga katta taʼsir oʻtkazib kelishgan. S.ning soliklardan kelib tushadigan yillik daromadi 45 mln. dirhamni tashkil qilgan boʻlsa, bu mablagʻdan 20 mln.ga yaqini boshqaruv tizimida xizmat qilayotgan amaldorlar va qoʻshin ehtiyojlariga sarflangan. Xizmat uchun ish xaqi hammaga har 90 kunda, yaʼni bir yilda 4 marta muntazam ravishda berib turilgan.
10-asr boshida S. hukmronligi ostidagi mulklar quyidagi viloyatlardan tashkil topgan: Buxoro, Samarqand, Ustrushona, Fargʻona, Shosh, Isfijob, Xorazm, Kesh, Nasaf, Chagʻoniyon, Xuttalon, Badaxshon, Balx, Tohariston, Guzganon, Gʻarchiston, Marv, Hirot, Gʻur, Nishopur va Goʻrgon. Viloyatlarda boshqaruv gʻokimlar qoʻlida boʻlib, ular amir tomonidan tayinlangan. Bu mansabga koʻpincha mahalliy yer egalari va viloyat hokimlari xonadoni vakillari tayinlanar edi. Shaharlarning boshqaruvi raislar qoʻlida boʻlib, ular hokimlar tomonidan tayinlangan. Mas, S. hukmronligi davrida Tohariston shaharlarida banichuriylar sulolasi, Xurosonda simjuriylar sulolasi, Guzganonda farigʻuniylar sulolasi, Xorazm va Isfijobda mahalliy turkiy sulolalar, shuningdek, Chagʻoniyon, Gʻazna, Sijiston, Gʻur va Gʻarchistonda mahalliy sulolalar hukm surgan.
S.ning saroy maʼmuriyati ichidagi amaldorlarning bir qismini forelar, qolgan qismini mahalliy turkiylar tashkil etgan. Viloyatlarda ham xuddi shunday ahvol kuzatilgan. Harbiy va mudofaa ishlari toʻla turkiylarning qoʻlida boʻlgan. 10-asr ga kelib Isfijob, Taroz va boshqa shaharlarning turkiy aholisi koʻplab islom dinini qabul qilganliklari tufayli S.ning boshqaruv tizimida ularning salmogʻi oshib ketgan. Xususan, Alptegin, Sabuktegin, Alp Arslon, Alitegin, Simjuriy, Bektuzun, Qorategin, Ayach, Altuntosh, Banichur, Tosh singari mashqur tarixiy shaxslar va ularning avlodlari shular jumlasidandir. Shuningdek, turli viloyatlar va shaharlarni Inaj, IlMangu, Sabukra, Boyqaro, Alxunmish, Boytuz, Tuztosh, Kunbosh, Suboshitegin, Kamtegin, Fayozbek, Xumorbek, Xumortosh, Oytugʻdibek, Bilgategin, Fategin, Shukrtegin, Aytugʻmish va boshqa gʻukmdorlar boshqargan.
Hokimiyat S. qoʻlidan ketib, qoraxoniylar qoʻliga oʻtgandan keyin ularning deyarli barchasi ikkilanmay yangi hukmdorlar xizmatiga oʻtishgan. Shuning uchun Bugʻroxon 992 yilda Isfijobdan yurish qilib, Samarqand va Buxoroni egallaganda, unga hech kim qarshilik koʻ)|satmagan. Chunki mahalliy aholi, shu jumladan, amaldorlar ham, ularga Movarounnahrning arablargacha boʻlgan asl egalari sifatida va endi islom dinini qabul qilib, oʻz yerlariga qaytib kelgan hukmdorlar deb qaraganlar.
Shunday qilib, S boshqaruv tizimi aniq va mukammal ravishda tuzilgan boʻlib, oʻzida davlatchilikning oʻsha davrda eng ilgʻor anʼanalarini mujassamlashtirgan. Lekin qonunchilik nuqtai nazaridan S. hukmronligini teng huquqli mustaqil davlat sifatida qarash haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Chunki u davrda, yaʼni 9— 10-asrlarda, Abbosiylar xalifaligida markaziy hokimiyat zaiflashib, viloyatlardagi mahalliy hokimiyat kuchaygani va deyarli mustaqil ichki siyosat olib borgani bilan, barcha mahalliy sulolalar, shu jumladan, S. ham, rasman boʻlsada, Bagʻdod xalifalariga boʻysungan edilar. Ular faqat maʼmuriy boshqaruvda va xoʻjalik ishlarini yuritishda xalifalar tomonidan berilgan keng huquklar va oʻzini oʻzi boshqarish vakolatlariga ega boʻlganlar. Shariat nuqtai nazaridan gʻam, xalqaro huquq nuqtai nazaridan ham, Xuroson va Movarounnahr maʼmuriy jihatdan Abbosiylar xalifaligining ajralmas qismi, S. esa xalifalarning shu viloyatlardagi hokimiyatni boshqarish uchun tayinlangan voliylari hisoblangan. Demak, S.ning hukmronligi davlatchilik sifatida emas, balki Abbosiylar xalifaligining tarkibida Bagʻdoddan tayinlangan va nisbatan mustaqil ichki siyosat olib borgan mahalliy hukmdorlar sulolasining hokimiyati sifatida baholanishi mumkin.
Madaniyati. S. boshqaruvtizimining tashkil topishi siyosiy barqarorlik va iqtisodiy koʻtarilish, madaniy hayotning ravnaqiga imkon berdi. Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv va Nishopur kabi shaharlar ilmiy va madaniy markaz sifatida taraqqiy qila boshlaydi. Forsiydariyda nazm, nasr va ilmiy asarlar yozila boshlandi. 9—10-asr larda, ayniqsa, Buxoro sh. madaniy jihatdan yuksaladi. Poytaxtda amir saroyida turli sohalarga oid qoʻlyozma kitoblar saqlanadigan kattagina kutubxona barpo etiladi.
Movarounnahrda meʼmorlik va sanʼat yangi taraqqiyot bosqichiga oʻtdi. Bu davrda Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, Oʻzgan va Marv kabi shaharlarda koʻplab saroy, masjid, Madrasa, minora, xonaqoh, maqbara, tim va karvonsaroylar qurildi.
Ismoil Somoniy[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ismoil Somoniy oʻrta asrlarning qobiliyatli, sergʻayrat va nihoyatda zukko davlat arbobi edi. U Movarounnahrni birlashtirgach, mustahkam feodal davlatni tuzishga intildi. U oʻz Vatanida barqaror tinchlikni taʼminlab, uni mustahkamlashda hukmronlik qobiliyatining hamma nozik xususiyatlarini ishga soldi. Avvalo katta qoʻshin toʻplab, koʻchmanchilar dashtiga askar tortdi. 893-yilda Taraz shahrini fath etib, dashtliklarga qaqshatqich zarba berdi. Bu somoniylar davrida koʻchmanchilarga qarshi qilingan oxirgi katta yurish boʻldi. Natijada dashtlik qabilalarning Movarounnahr viloyatlariga boʻlgan uzluksiz bosqinlari barham topib, oʻtroq aholi endilikda vohalar atrofi boʻylab yuzlab kilometrga choʻzilgan mudofaa devorlari-yu, son-sanoqsiz qal’alarni bino qilish va ularni muttasil taʼmirlab turishdek ogʻir va mashaqqatli mehnatdan va tashvishdan forigʻ boʻldi. Xuddi shu davrdan boshlab, 300 km dan oshiqroq masofada Buxoro vohasining atrofini oʻrab turgan qadimiy mudofaa inshooti Kampirak devorining har yilgi odatiy hashari toʻxtalib, u qarovsiz qoldirilgan. Narshaxiyning yozishicha Amir Ismoil oʻzining kuchli qoʻshinlarini nazarda tutib, "Toki men tirik ekanman, Buxoro viloyatining devori men boʻlaman, — deb aytgan ekan.
Movarounnahr aholisining mustaqillikka erishib, bu diyorda somoniylar davlatining tobora kuchayib borishi shubhasiz sharqiy viloyatlardan muttasil undirib olinadigan katta boyliklardan mahrum boʻlgan Arab xalifaligini, bir tomondan, nihoyatda ranjitsa, ikkinchi tomondan choʻchitar ham edi. Shu boisdan xalifalik safforiylar bilan somoniylarni toʻqnashtirishga va bu ikki davlatni har ikkisini ham zaiflashtirib, bu boy viloyatlarda, maʼlum darajada, oʻz taʼsirini qayta tiklashga harakat qiladi. 900-yilda ular oʻrtasida boshlanib ketgan urush Ismoilning gʻalabasi bilan tugaydi. Butun Xuroson somoniylar qoʻl ostiga oʻtadi. Noilojlikdan xalifa Ismoilning bunday ulkan davlatini tan olishga va unga hukmdorlik yorligʻini yuborishga majbur boʻladi. Shunday qilib, IX asr oxirlarida Movarounnahr Arab xalifaligi istibdodidan abadiy xalos boʻldi. Ismoil Somoniy butun Movarounnahrni oʻz qoʻli ostida kuchli bir davlat qilib birlashtirdi. Xurosonda tashkil topgan Safforiylar davlatiga barham berdi va uni oʻz davlatiga qoʻshib oldi. Natijada poytaxti Buxoro shahri boʻlgan zamonasining eng yirik mustaqil feodal davlati tashkil topdi. Bu davlatni somoniylar xonadonidan boʻlgan hukmdorlar — amirlar X asr oxirlarigacha idora qiladilar.
Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Abu Bakr Muhammad ibn Jaʼfar an-Narshaxiy, Buxoro tarixi [fors tilidan A. Rasulev tarjimasi], T., 1991;
- Bosvort K. E., Musulmanskiye dinastii, M., 1971;
- Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toharistana po araboyazichnim istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996;
- Negmatov N. N., Gosudarstvo Samanidov (Maverannaxr i Xorasan v IX —X vv.), Dushanbe, 1977;
- Karayev O., Istoriya Karaxanidskogo kaganata X — nachalo XIII vv., Frunze, 1983.
- Shamsuddin Kamoliddinov
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |