Qoraxitoylar davlati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qoraxitoylar davlati - oʻrta asrlarda Sharqiy Turkiston, Ili va Chu vodiysi, Yettisuv va Oʻrta Osiyoda mavjud boʻlgan davlat (taxminan 11401213). Poytaxti — Chu daryosi boʻyida joylashgan Xusi-orda (Bolasogʻun). Asoschisi — Yelyuy Dashi. U 1124 yil gurxon unvonini qabul qilgan. 1125 yil kidonlar saltanati chjurchjenlar tomonidan tor-mor etilgach, bir guruh tarafdorlari bilan Shim.ga qochgan. turli qabila jangchilari bilan oʻz qoʻshi-nini toʻldirib Gʻarbga yoʻl olgan va ilgari bu oʻlkalarga kelib joylashgan kidanlar yordamida butun Turkistonni bosib olgan (1141). Gurxonlar kidanlarga taqlidan tangalar zarb etdirganlar, lekin mamlakatning iqtisodiyoti va ichki ishlariga kam aralashganlar, ular faqat vas-sallaridan (Balx, Xorazm, Xoʻtan, Gaochan va boshqalar) soliq olish bilan kifo-yalanganlar. Qoraxitoylar davlatini 2 marta ayollar idora etgan. Qoraxitoylar davlati Amudaryo va Balxash koʻlidan Kunlun va Beyshan togʻlariga qadar hududni egallagan. Qoraxitoylar davlatining qulashi moʻgʻullar tomonidan Sharqiy Turkistonni bosib olinishi va 1208 yil ulardan qochgan nay-manlarning kelishi va 1211 yil Gurxonning asir olinishi (2 yildan soʻng vafot etgan) bilan bogʻliq boʻlgan. 1218 yil naymanlar Chingizxon tomonidan boʻysundirilgan.



Yana qarang: Qoraxitoylar