Mixail Masson
Mixail Yevgenyevich Masson (1897. 21.11, Peterburg — 1986.2.11, Toshkent) — arxeolog, tarixchi, sharqshunoye Arxeologiya doktori (1936), professor (1945). Oʻrta Osiyo universiteti arxeologiya kafedrasi mudiri (1940—68), Oʻzbekiston (1944) va Turkmaniston (1950)da xizmat koʻrsatgan fan arbobi. Turkmaniston Fanlar akademiyasi akademik (1951). Dastlabki arxeologik kompleks ekspeditsiyalar — Termiz arxeologik kompleks ekspeditsiyasi (193638), Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsiyasi (JTAKE, 1945-yildan) asoschisi va rahbari. 19-asr oxiridan Samarqand, Toshkentda yashagan. 1912-yilda Oʻrta Osiyoda arxeologik ilmiy tadqiqot ishlarini boshlagan (Afrosiyob), key-ingi yillarda Oʻzbekiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Jan. Qozogʻistonda koʻplab arxeologik razvedka va qazishma ishlarini olib borgan. M. rahbarlik qilgan JTAKE faoliyati bilan Niso va koʻhna Mare shahri harobalaridan topilgan osoriatiqalar olamshumul ahamiyat kasb etgan. Oʻrta Osiyo tarixi, ayniqsa, numizmatikasi va shaharlari (Samarqand, Buxoro, Toshkent) tarixiy topografiyasi, konchilik tarixi, meʼmorlik, epigrafika boʻyicha ilmiy yoʻnalishlar muallifi. M. muharrirligi ostida 30 dan ziyod ilmiy toʻplamlar va monografiyalar, shuningdek, JTAKEning 18 jildi nashrdan chiqqan.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Axangeran. Arxeologotopografiches,kiy ocherk, T., 1953; Srednevekovie torgovie puti iz Merva v Xorezm i v Maverannaxr [Trudi Yujno-Turkmenistanskoy arxeologicheskoy ekspeditsii], t. 13, Ashxabad, 1996.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |