Anushteginiylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Anushteginiylar sulolasi
خوارزمشاهیان

Flag of the Seljuk.png
 
Flag of None.svg
1077 — 1231


Flag of None.svg


Khwarezmian Empire 1190 - 1220 (AD).PNG
Xorazmshohlar imperiyasi hududi
Poytaxti Gurganch (1077-1212)
(1212-1220)
Gʻazna
1220-1221)
Tabriz
(1225-1230).
Til(lar)i Fors
Turk tili
Dini sunniy islom
Maydoni 2,300,000 km 1210-yil
3,600,000 km 1218-yil
Aholisi 1 000 000 (1300)
Boshqaruv shakli Monarxiya
 - 1077-1096 Anushteginilk
 - 1220-1231 Jaloliddin Manguberdiso'nggi
Tarix
 -  1077 Asos solingan
 -  1218-1221 Mo'g'ullarning Xorazmga bosqini
 -  1230 Yassıçemen jangi
 - 1231 Imperiyaning yakuni

Anushteginiylar-kelib chiqishi turkiy xalqlardan boʻlgan Anushtegin asos solgan Xorazmni, Eronni va Kavkazorti davlatlarni boshqargan sulola (1097-1231).

Dastlab Saljuqiylar davlatiga qaram bir viloyat sifatida boʻlgan. Saljuqiylar davlati hukmdori Malikshoh oʻz noiblaridan biri Anushteginni Xorazmga hokim qilib tayinlaydi. Keyinchalik Saljuqiylar davlati zaiflashganidan soʻng Xorazm mustaqillikni qoʻlga kiritadi. Davlatga 1077-yilda asos solingan va moʻgullar bosqini tufayli oʻz mustaqilligini yoʻqotib, tarix sahnasidan oʻchirilgan. Taxminlarga koʻra, sulola 2,3 milliondan 3,6 million kvadrat kilometrgacha boʻlgan maydonni egallagan.

Tarixi[tahrir]

Anushteginiylar sulolasining vakili, Anushteginnnng oʻgʻli Qutbiddin Muhammad (? -1127) 1097—1127 yillarda Xorazmni boshqardi. Otasi vafotidan keyin saljuqiylarning Xurosondagi isyonkor noibi amir Dodbek Habashiy tomonidan Xorazm noibi etib tayinlangan va xorazmshoh unvonini olgan (1097). Anushteginiylar-xorazmshohlar sulolasining tarixi aslida utbiddin Muhammaddan boshlanadi. 1100-yil saljuqiylar sultoni Barqiyoruq va ukasi Sanjar Dodbek Habashiy isyonini bostirganlar. Sanjar Xurosonni qoʻlga kiritgach, Qutbiddin Muhammadni Xorazm hokimligi mansabida qoldirib tasdiqlagan. Qutbiddin Muhammad sulton Sanjarga sadoqat bilan xizmat qilgan, har yili ikki marotaba shaxsan sulton saroyiga borib turgan, Sanjar olib borgan janglarda oʻz qoʻshini bilan qatnashib, xiroj, oʻlponlarni oʻz vaqtida toʻlab turgan. Qutbiddin Muhammad oli-mu fuzalolarga homiylik qilgan ado-latli hukmdor boʻlgan. Jurjoniyning tabobatiga oid "Zahirayi xorazmsho-hiy" asari Qutbiddin Muhammadga bagʻishlangan.

Mo'g'ullarning istilosi va Xorazmning qulashi[tahrir]

Adabiyot[tahrir]

  • Bartold V.V., Sochineniya, t. 2 (chast 2), M., 1964; Buniyodov 3., Anushtagin Xorazmshohlar davlati (1097—1231), T, 1998.