Amin Ermatovich Niyozov (1903.7.11, Fargʻona viloyati, Margʻilon tumani — 1973.26.12, Toshkent) — davlat va siyosat arbobi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan binokor (1973). 1920–30 yillarda sovet organlarida ishladi. Moskvadagi Sanoat akademiyasida oʻqidi (1930–34). 1940-yil Oʻzbekiston KP MK qurilish boʻlimi mudiri. 1940–46 yillarda respublika Moliya xalq komissari, 1946–47 yillarda Oʻzbekiston Ministrlar Soveti raisi oʻrinbosari. 1947–50 yillarda Oʻzbekiston Oliy Soveti Prezidiumi raisi, 1950—55 yillarda Oʻzbekiston KP MK birinchi kotibi. Oʻzbekiston Kommunal xoʻjalik ministri, Ministrlar Soveti Gaz va kommunal xoʻjalik Bosh boshqarmasining boshligʻi (1956—60).[1]
Amin Niyozov davrida o‘zbek ziyolilaridan bir qanchasi Said Ahmad, Shukrullo, Maqsud Shayxzoda, Oybeklar qatag‘on qilindi. U o‘zini siyosiy rahbarlarga laganbardorlik qilishi bilan tanilgan edi. O‘zbek bo‘lsada uning davrida O‘ZBEKning ko‘p farzandlari qatag‘onga uchradi.