Takash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Takash - Alouddin Muhammad Xorazmshoh (toʻliq ismi Alouddin Takash ibn ElArslon ibn Otsiz ibn Anushtegin) (taxminan 11521200.3.7) — anushteginiylar sulolasidan boʻlgan Xorazmshohlar davlatyuptt hukmdori (1172—1200 y.). T. otasi ElArslon vafoti arafasida Jand viloyati voliysi boʻlib turgan. Shuning uchun ElArslon kenja oʻgʻli Sultonshohkya valiaxd qilib tayinlaydi va Sultonshoh taxtga oʻtirgan (1172). T. Sultonshohni tan olmasligini aytgach, Sultonshoh unga qarshi onasi maslahati bilan qoʻshin joʻnatgan. T. esa qoraxitoylar malikasi Chen Tiyon (11641177)ga har yili oʻlpon toʻlab turishi haqida vaʼda berib, oʻgay ukasi Sultonshoh bilan kurashish uchun harbiy yordam soʻragan va undan olgan qoʻshin bilan Gurganch (Koʻhna Urganch)ga yurish qilgan. Sultonshoh va onasi Turkon xotun Xurosonga qochgan. Gurganchni qoʻlga kiritgach, T. 1172 y. 11 dek.da xalkning madadi bilan rasman Xorazm taxtiga oʻtirgan. Lekin, ukasi bilan Xorazm taxti uchun yana 20 y. kurash olib borishga majbur boʻlgan. Sultonshoh vafotidan soʻng Xurosonning Toliqon Marvirud Hirot yoʻnalishidagi yerlar T. ga oʻtgan. U oʻgʻli Nosiruddin Malikshohni Marvga, boshqa oʻgʻli Qutbiddin Muhammad II ni Nishopurga voliy kilib tayinlagan. Shundan soʻng T. Sharqiy Eronga oʻz taʼsirini oʻtkazish bilan birga, Gʻarbiy Eron ishlariga ham aralasha boshlagan. T. Sultonshoxga qarshi kurashayotgan vaqtida (1172—1193) gʻuriylar, saljukiylar va abbosiy xalifalar, hatto baʼzan qoraxitoylar bilan ham yaxshi munosabatlarni saklab ular bilan doʻstona maktublar yozishib turgan (bu maktublar mazmuni saqlanib qolgan).

1192—93 yillarda saljuqiylar sultoni Toʻgʻrul III T. bilan yaxshi munosabatni saqlash uchun uning oʻgʻli Yunusxonga oʻz qizini bergan va sulh shartnomasini tuzgan, bunga koʻra Ray xorazmshoh mulki deb tan olingan. Lekin, Toʻgʻrul III shartnomani buzgan. Toʻgʻrul Shga xalifa shNosir ham qarshi boʻlib, u T.ga maktub yozib Toʻgʻrul III ga qarshi kurashda yordam soʻragan. T. 1194 y. 4 martdagi jangda Toʻgʻrul III qoʻshinlarini magʻlubiyatga uchratib, unga qaram yerlarni oʻz tasarrufiga qoʻshib olgan, lekin, xalifaga oʻljadan hech narsa tegmagan. Bu ular oʻrtasidagi munosabatlarning buzilishiga olib kelgan. Toʻgʻrul III vafot etgach, Eron va Iroqi Ajam yerlari Xorazmga oʻtadi, saljuqiylar sulolasi barham topadi. T. oʻsha yildan eʼtiboran "sulton" unvonini qoʻllay boshlaydi.

T. 1195 yilda Kirmonni oʻziga boʻysundirgan. Umrining oxirgi yillarida ismoiliylar bilan muvaffaqiyatli kurash olib borgan. 1200 y. xalifa bilan munosabati yana yomonlashgan T. Bagʻdodga yurish qilgan, lekin yarim yoʻlda Nishopur va Xorazm oraligʻidagi Shahriston shahrida vafot etgan. T.ning jasadi Gurganchga keltirilib oʻzi qurdirgan katta Madrasa qoshidagi maqbaraga dafn qilingan.

Oʻrta asr mualliflarining yozishicha, T. adolatparvar, iqtidorli, buyuk diplomat va lashkarboshi boʻlgan. T. musiqani sevgan, udni juda yaxshi chalgan, hozirjavob boʻlishi bilan birga siyosiy ahvolni toʻgʻri baholab, harbiy kuchdan toʻgʻri foydalana olgan.

T. qipchoq xoni Jonkishining qizi Turkon xotunga uylangan. Uning bilan birga kelgan qipchoqlar keyinchalik mamlakat tanazzuliga sabab boʻlgan.

T. davrida Xorazmshoxdar davlati kuchaygan. U oʻgʻli Qutbiddin Muhammadga markazlashgan mustahkam davlat va tashkiliy jihatdan qudratli qoʻshinni meros qoldirgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Buniyodov 3., Anushtagin — Xorazmshohlar davlati (1097—1231), T., 1998; Tanoriy O., Jaloliddin Xorazmshohva uningdavri, T., 1998; Nasavi y Sh., Sulton Jaloliddin Manguberdi tarixi, T., 2000. Neʼmat Polvonov.