Ziyo Buniyotov
Ziyo Muso ugli Buniyotov (1923.21.12, Ozarbayjon, Astara shahri — 1997.21.2, Boku) — ozarbayjon sharqshunosi, Ozarbayjon Fanlar akademiyasi akademik (1976), Ozarbayjonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1982), tarix fanlari doktori (1964), professor (1965). Ikkinchi jahon urushi Qahramoni (1945). Ozarbayjon Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti direktori (198186, 198897). Ozarbayjon Fanlar akademiyasi vitseprezidenti (1990—97). Buniyotovning ilmiy faoliyati Ozarbayjon va unga qoʻshni Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlari tarixi hamda madaniyati masalalariga bagʻishlangan. Buniyotov Qurʼoni karimning ozarbayjon tilidagi tarjimoni. U koʻplab oʻrta asr tarixchilari asarlarini arabchadan rus tiliga tarjima qilgan. Buniyotovning "Xorazmshohlar — anushteginiylar davlati (1097— 1231)" nomli yirik tadqiqoti diqqatga sazovordir.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Gosudarstvo xorezmshaxov — anushteginidov (10971231), M., 1986; Krasniy terror, Baku, 1993.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() |
Vikiomborda Ziyo Buniyotov haqida turkum mavjud |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |