Xorazmiylar
Xorazmiylar, xorasmiylar — qadimiy Xorazmda miloddan avvalgi VIII asrdan milodiy XIV asrgacha yashab, sharqiy eroniy tillarga mansub xorazmiy tilida soʻzlashgan xalq.[1] Xorazm xalqining asosini tashkil qiladi va hozirda o`zbeklar tarkibiga singib ketgan.
Milodiy VI-VII asrdan boshlab Xorazm hududiga shimoldan turkiy o'g'uz qabilalari ko'chib kelishi bilan assimilyatsiya jarayoni boshlanadi va turklashish natijasida XV asrga kelib qadimiy xorazmiy tili o'lik tilga aylanadi va o'rnini o'zbek tilining xorazm shevasi egallaydi.[2]
Milet Gekatiyning yozishicha, Xorazm nomi Axamoniylargacha boʻlgan davrda tilga olingan [3]. Orol dengizi aholisi haqida oʻzlarining tarixini janubiy hududlar bilan bogʻlaydigan afsonalar boʻlgan va ehtimol bu qadimgi Mitaniya tarixi bilan bogʻliq.[4] Mitanni - Shimoliy Mesopotamiya va unga tutash mintaqalar hududida joylashgan qadimgi Hurri davlati (miloddan avvalgi XVII-XIII asrlar). Mitanni poytaxti - Vashshukanni (Xoshkani) Xabur daryosi manbasida joylashgan edi. Ushbu shahar Suriyaning zamonaviy Serekani shahri oʻrnida turgan deb ishoniladi.
Miloddan avvalgi VIII asrda janubdan kelgan Xorazmiylar mahalliy sak-massaget qabilalari bilan aralashgan.[5]
Abu Rayhon Beruniy "Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida xorazmiylarni eroniy xalqlarga oid deya ta'riflagan va o'z ona tili deb bilgan xorazmiy tilini fors tilidan farqli ekanligini ta'rif etgan.[6]
Xorazmiylar Behistun kitobalari, shuningdek, Gerodot, Gekatey Miletlik asarlarida qayd etilgan. Jumladan, Gerodotning yozishicha, xorazmiylar Amudaryo deltasi (Orol dengizi boʻyida) va hozirgi Xiva vohasi janubida yashaganlar. Miloddan avval 6—5-asrlar boʻsagʻasida "Xorasmiya shahri" va Xorazmiylar mamlakati haqida miletlik Gekatey xabar beradi. Misrdagi Nil daryosi boʻyidagi miloddan avval 5-asrga oid shahar xarobalaridan topilgan hujjatda Xarchin oʻgʻli Dargman ismli bir xorasmiy sarkardasi tilga olingan, u Ahamoniylar qoʻshinining bosh qoʻmondoni boʻlgan.

Xorazmiylar oʻzlarining jangovarliklari bilan ajralib turganlar. Xorazmiylar Xorazmdan tashqarida, hatto Xazar xoqonligi qoʻshinida ham katta mavqega ega edilar, xoqonlik qoʻshini, asosan, xorazmiylardan tashkil topgan.
Qadimiy xorazmiy tili zamonaviy o'zbek tilining xorazm shevasidan tubdan farq qiladi. O'zbek tilining xorazm lahjasi turkiy tillarning o'g'uz guruhiga oid bo'lsa, qadimiy Xorazmiy tilining xususiyati shuki, u sharqiy eroniy tillardan biri boʻlib, hozirda o'lik til hisoblanadi. Eng yaqin til qadimiy sug'd tili bo'lib, ikkalasi ham o'lik til hisoblanadi. Sug'd tilining avlodi yagnob tili hisoblansa, Xorazmiy tilining avlodi yo'q.[7][8]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ C.E. Bosworth, «The Appearance of the Arabs in Central Asia under the Umayyads and the establishment of Islam», in History of Civilizations of Central Asia, Vol. IV: The Age of Achievement: AD 750 to the End of the Fifteenth Century, Part One: The Historical, Social and Economic Setting, edited by M. S. Asimov and C. E. Bosworth. Multiple History Series. Paris: UNESCO Publishing, 1998. excerpt from page 23:
- ↑ MacKenzie, D. N. "Khwarazmian Language and Literature," in E. Yarshater ed. Cambridge History of Iran, Vol. III, Part 2, Cambridge 1983, pp. 1244–1249.
- ↑ Rapoport Y. A., Kratkiy ocherk istorii Khorezma v drevnosti // Priaralʼye v drevnosti i srednevekovʼye. Moskva: Vostochnaya literatura, 1998,s.29
- ↑ Tolstova L.S. Drevneyshiye yugo-zapadnyye svyazi v etnogeneze karakalpakov // Sovetskaya etnografiya. №2. 1971. S.25-30
- ↑ Pʼyankov I.V., Khorasmii Gekateya Miletskogo // Vestnik drevney istorii, №2, 1972, s.2-20
- ↑ C.E. Bosworth, «The Appearance of the Arabs in Central Asia under the Umayyads and the establishment of Islam», in History of Civilizations of Central Asia, Vol. IV: The Age of Achievement: AD 750 to the End of the Fifteenth Century, Part One: The Historical, Social and Economic Setting, edited by M. S. Asimov and C. E. Bosworth. Multiple History Series. Paris: UNESCO Publishing, 1998. excerpt from page 23:
- ↑ D. N. MacKenzie. CHORASMIA iii. The Chorasmian Language (inglizcha). Encyclopædia Iranica (1991).
- ↑ Roland Bielmeier. YAGHNOBI (англ.). Encyclopaedia Iranica (2006)
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Narody Rossii. Entsiklopediya. Glavnyy redaktor V. I. Tishkov. Moskva: 1994,
- NARODY SREDNEY AZII I KAZAKHSTANA. T.1. Pod redaktsiyey S.P.Tolstova, T.A.Zhdanko, S.M.Abramzona, N.A.Kislyakova. M., 1962
- Tolstov S.P. Po sledam drevnekhorezmiyskoy tsivilizatsii. M.-L., 1948
- Rapoport YU. A., Kratkiy ocherk istorii Khorezma v drevnosti // Priaral'ye v drevnosti i srednevekov'ye. Moskva: Vostochnaya literatura, 1998
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |