Qoʻtirbuloq makoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qoʻtirbuloq makoni - 1) mustye davriga oid qad. manzilgoh (mil. av. taxminan 33-ming yillik). Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon shahridan 20 km gʻarbda, Charxin qishlogʻi yaqinidagi Qoʻtirbuloq nomli buloq atrofida joylashgan.

Manzilgoh 1971 yilda Yu.F. Buryakov boshchiligidagi arxeologlar guruhi tomonidan aniqlangan. Dastlab 1971—90 yillar davomida manzilgohda N.X.Toshkenboyev arxeologik qazuv ishlarini olib bordi. Keyingi yillarda manzilgohda Q. Shimchak boshchiligidagi Oʻzbekiston-Polsha qoʻshma ekspeditsiyasi ish olib borgan.

Qoʻtirbuloq makonida mustye davriga oid 5 ta madaniy qatlam aniqlangan; chaqmoqtosh, diorit, kvarsit, kvars va daryo toshlaridan yasalgan qirgʻichlar, oʻtkir uchli paykonlar, teshgichlar, 2 tomo-niga ishlov berilgan bargsimon qurol, daryo toshlaridan yasalgan tosh qurollar topilgan. Manzilgoh sohiblari qurol yasash uchun xom ashyoni Zi-rabuloq togʻlari va Zarafshon daryosi qirgʻoqlaridan olganlar. Manzilgohdan, shuningdek, turli hayvon suyaklari ham topilgan. Bundan koʻrinadi-ki, qoʻtirbuloqliklar xoʻjalik hayotida ovchilik katta ahamiyat kasb etgan. Manzilgoh tosh qurollarini oʻrganish Qoʻtirbuloq madaniyatining paleolit davri manzilgohlari (Teshiktosh, Obirahmat va boshqalar) madaniyati bilan oʻxshash ekanligini koʻrsatdi; 2) samarqand viloyati Nurobod tumanidagi Sazagʻon qishlogʻida joylashgan buloq. Sazagʻonsoyning soʻl qirgʻogʻida tosh qoʻrgʻonlardan iborat nekropol mavjud; qabrlar ustiga 1516-asrlarga oid qabrtoshlar qoʻyilgan. Buloq yaqinida, shuningdek, ilk oʻrta asrlarga oid Sartepa, ilk antik davrga mansub Boysaritepa bor. 2003—05 yillarda Boysaritepada Oʻzbekiston-Italiya arxeologiya ekspeditsiyasi ish olib borgan.