Kot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kot, Kat, Kas — Xorazmdagi qadimiy şahar xarobasi bölib , hozirgi Beruniy şahridan 2,5 km şimolroqda joylaşgan.

Tarixiy manbalarga qaraganda, Kat turli davrlarda turliça atalgan bölib (masalan Kas, Kaj, Fir, Fil) xorazmiy tilida "qişloq" degan maʼnoni anglatgan. Yoqut Xomaviyning yozişiça, Kat Jayhun (Amudaryo) ning şarqiy qirğoğida, Jurjoniyadan 20 farsax narida bölgan. Undagi jome masjidi va xorazmşoh qarorgohi qalʼa ortida joylaşgan. Bozor şaharning markazida, Jardurişak soyi böyida bölgan. Muqaddasiy keltirgan maʼlumotlarga köra, Kat şahriston deb ham atalib, u kattaligi jihatidan Nişopurga teng edi. "Hudud ul-olam" ga köra, Kat örta asrlarda turki y elatlarning savdo - sotiq markaziga aylangan. Samoniy esa özining "Kitob ul-ansob" asarida Kat rabodi "berun" deb atalganini qayd etgan. Beruniy afrigʻiylar sulolasining asoschisi Afrigʻ shahar ichida 3 qavat devor bilan oʻralgan qasr qurdirganligi, uning devorlari niqoyatda baland boʻlib, taxminan 20 km uzoqlikdan ham koʻrinib turganligi haqida xabar bergan. 10-asrda K. Xorazm davlatining poytaxti boʻlgan. Keyinchalik Amudaryo shaharni yuvib keta boshlagach, aholi uning sharq tomoniga koʻchib oʻtib, yangi K. shahrini qurgan. 10-asr oxirlariga kelib zeki shahar, asosan, yuvilib ketib, poytaxt Gurganj (hozirgi Koʻhna Urganch) ga koʻchirilgan. 995 yil Gurganj hokimi Aboʻlab-bos Maʼmun ibn Muhammad dastlabki xorazmshohlar sulolasini tor-mor keltirgach, K. oʻzining siyosiy ahamiyatini yoʻqotgan. Ibn Battuta K.ni Xorazm (yaʼni, Gurganj) bilan Buxoro oʻrtasidagi aholi yashaydigan yagona shahar ekanligini eslatib oʻtgan. 14-asr

da, Xo-razmda mahalliy sulola vujudga kel-guniga qadar, K. Xiva bilan birgalikda Chigʻatoy ulusi tarkibiga kirgan. 1372 y. uni Amir Temur egallagan. 17-asr da yangi K.ni suv bilan taʼminlab turgan yop (yob) ni Amudaryo yuvib ketganligidan Xiva xoni Anoʻshaxon daryoning chap qirgʻogʻida Toza Yormish yopni kazdirib, uning boʻyida bir qalʼa qurdirgan (1681), soʻng eski shahar aholisi oʻsha yerga koʻchib oʻtgan. 19-asr boshida bu joyni ham Amudaryo yuvib ketib, yangi K. aholisi daryoning oʻng sohilidagi Shayx Abbos vali mozori tevaragiga kelib joylashgan. Shundan eʼtiboran bu yer Shobboz deb atala boshlagan. 1957 yil Shobboz shaharchasiga Beruniy nomi berilgan. 1962 y. dan shu nomli shahar.

1937 yil S. A. Tolstoy rahbarligidagi Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi K. shahar harobasida tadqiqot ishlari olib borib quyidagilarni aniqladi: u yerda saqlanib qolgan qalʼavayronasining maydoni 220×220 m, burjlar bilan mustaqkamlangan. Qalʼaning jan.-sharqiy burchagidagi koʻshk (54×54 m) esa qalinligi 6 m, bal. 11 m keladigan devor bilan oʻralgan. Topilgan tangalarning bir tomonida qirra burunli, soqoli siyrak, koʻzlari katta-katta Afrigʻ tasvirlangan, uning boʻynida ikki qator marjon shodasi, boshida esa old qismini yarim oy bezatib turgan toj mavjud. Tangalarning ikkinchi tomonida anʼanaviy chavandoz tasviri, uning tepasida yunoncha, ostida esa xorazmiy tilida "podshoh Afrigʻ" deb bitib qoʻyilgan.

Şayx Abbos Vali maqbarasi, minora va pişiq ğiştdan qurilgan şahar devori qoldiqlari hamda qalʼa harobasi hozirgaça saqlanib qolgan. Xalq mazkur qalʼani "Pil qalʼa" ("Fil qalʼa") deb ataydi.

Adabiyot[tahrir]

  • Tolstoye SP., Po sledam drevnexorezmiyskoy sivilizatsii, M.—L., 1948; Bartold V. V., Sochineniya, t. 3, M., 1965; Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toharistana po araboyazichnim istochnikam IX — nachala XIII vv.[1]
  • H. Borjian, Kāṯ, Encyclopaedia Iranica, Vol. XVI, Fasc. 2, pp. 119-121; http://www.iranicaonline.org/articles/kat-city

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil