Elbarsxon
Elbarsxon (1456-1518) — Xorazmdagi shayboniylar sulolasi asoschisi (1511 — 1516). Burka sultonning oʻgʻli. Eronlik bosqinchilarga qarshi kurash olib borayotgan Vazir shahri aholisi tomonidan Dashti Qipchoqdan taklif etilib taxtga oʻtkazilgan. Elbarsxon Dashti Qipchokdan chaqirtirilgan qarindosh urugʻlarining harbiy lashkarlari yordamida Urganch, Xiva, Hazorasp va Katdan eroniy qoʻshinlarni quvib chiqargan. Bolxon va Mangʻishloqdagi turkman qabilalarini tobe etgan. Elbarsxon davlati bir necha qismga taqsimlanib, ularning tepasida oʻzaro nizoda boʻlgan xon qarindoshlari turgan.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Yoʻldoshev M., Xiva xonligida feodal yer egaligi va davlat tuzilishi, T., 1959;
- Gulyamov Ya. G., Pamyatniki goroda Xivi, T., 1941;
- Xudoyberganov K., Xiva — 2500. Xiva xonlari shajarasi, Xiva, 1996.
- Gulomov X. G., Diplomaticheskiye otnosheniya gosudarstv Sredney Azii s Rossiyey v XVIII — pervoy polovine XIX veka. Tashkent, 2005
- Gulyamov Y.G., Istoriya orosheniya Xorezma s drevneyshikh vremen do nashikh dney. Tashkent. 1957
- Istoriya Uzbekistana. T.3. T.,1993.
- Istoriya Xorezma. Pod redaktsiyey I. M. Muminova. Tashkent, 1976
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |