Aleksandr Yakubovskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aleksandr Yuryevich Yakubovskiy (1886.20.1, Sankt-Peterburg 1953.21.3, Leningrad) – sharqshunos. SSSR Fanlar Akademiyasi muxbir aʼzosi (1943), Tojikiston Fanlar Akademiyasi akademik (1951), Oʻzbekiston (1943), Tojikistonda (1946) xizmat koʻrsatgan fan arbobi. Sankt-Peterburg u-ntining tarix-filol. (1913), Leningrad universitetining sharq fakultetini (1924) tugatgan. 1925 yildan Moddiy madaniyat tarixi davlat akademiyasi (keyinchalik institut)da, ayni paytda 1928 yildan Ermitajda ishlagan; soʻng Leningrad universiteti prof. (1935 yildan), sugʻdtojik arxeologik ekspeditsiyasining rahbari (1945 yildan). Oʻrta Osiyo, Kavkaz, Oltin Oʻrda, Iroqning oʻrta asrlar tarixi boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan. Oʻrta Osiyo xalqlarining moddiy madaniyati, tarixi, oʻzbeklar va tojiklar etnogenezi, Ibn Sino hayoti va uning davriga oid tadqiqotlar muallifi.

Manbalar[tahrir]

  • K voprosu ob etnogeneze uzbekskogo naroda, T., 1941; Oltin Oʻrda va uning qulashi [B.D.Grekov bilan hamkorlikda], T., 1956.