Soʻx (daryo)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

SoʻxFargʻona vodiysidagi sersuv daryo. Olay va Turkiston tizmalarining shim. yon bagʻirlaridan 5550 m cha balandlikdagi muzlikdan boshlanadi. Uz. 124 km, havzasining maydoni 3510 km², suv havzasining bal. 3480 m. Dalbek, Shudmon va Xoʻjaochkan soylari Zardoli qishlogʻi yonida birlashib, S. daryosini hosil qiladi. Yuqori qismida juda chuqur va tor (eni 4–10 m) daradan oqadi. Adirlar zonasiga chiqqach, daryo vodiysi kengayib 500 m ga yetadi. Shundan soʻng daryo kengligi 70 km, uz. 50 km li, tosh va shagʻaldan tuzilgan yoyilma konus hosil qiladi. Daryoning ayrim qismlarida ikkinchi va uchinchi terrasalari bor. S.Fargʻona vodiysiga oqib chiqqach, tarmoqlarga boʻlinib ketadi. Daryo muzlik va qordan toʻyinadi, chunki havzasiga yogʻadigan yillik yogʻin miqdorining 71% qor va 29% yomgʻirga toʻgʻri keladi. Havzasining maydoni 244 km²li 364 muzlik bor. Eng yirigi Archaboshi (12 km²). Oʻrtacha okim moduli 17,0 l/sek, km². S. suvining loyqaligi oʻrtacha (0,99 kg/m³). Adirlar oraligʻida daryoga Sariqoʻrgon suv tuguni va Oʻxchi GES, etagida Qoʻqon gidrotuguni qurilgan. S. Fargʻona viloyatining Oʻzbekistan, Dangʻara, Uchkoʻprik, Bagʻdod tumanlari yerlarini suv bilan taʼminlaydi. Daryo vodiysida Qoʻqon sh. joylashgan. "Choʻngʻora" va boshqa kurortlari bor.