Afrigʻiylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

AfrigʻiylarXorazmda 4-10-asrlarda hukmronlik qilgan xorazmshohlar sulolasi. Asoschisi – Afrigʻ. 995-yil Afrigʻiylarning soʻnggi vakili Abu Abdulloh Muhammad raqibi Urganch amiri Maʼmun ibn Muhammad tomonidan asir olinib oʻldirilgan. Xorazm Urganch hokimiyati ostiga birlashgan. Maʼmun qadimgi xorazmshoh unvonini qabul qilgan.