Shohmurod

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Shohmurod (1741/49 Buxoro 1800.30.11) — Buxoro amirligi hukmdori (1785-1800), oʻzbek mangʻitlar sulolasidan.

Shohmurod Mir Arab madrasasining bitta hujrasida kecha-kunduz riyozat chekib ilm olish bilan shugʻullangan[1].

Muhammad Doniyolbiy otaliqning oʻgʻli Shohmurod otasi vafot etgach, uning „amirul umaro“ unvonini qabul qilgan va rasmiy ravishda Buxoro taxtida oʻtirgan chingiziy Abulgʻozixonni hokimiyatdan chetlatib, oʻzini Buxoro amiri deb eʼlon qilgan (1785-yil 9-iyunʼ). Oʻnta ukasining har biriga bittadan viloyat hokimligini berib, siyosiy tarqoqlikka barham bergan.

Buxoro arki

Shohmurod faol ichki va tashqi siyosat olib borgan. Shohmurod pul islohoti oʻtkazib, sof kumushdan tanga zarb qildirgan. Zamoshyushlari va kelajak tarixchilari shahrini „Amiri maʼsum“ („Begunoh amir“) va „Umari soniy“ („Ikkinchi Umar“), „gʻoziy“ unvonlari bilan tilga olishadi. Shohmurod Marv, Balx va boshqalar hududlarni Buxoroga qaytarish uchun Xurosonga qilgan harbiy yurishlarida uning qoʻshinlari golib chiqqan, Marv, Balx, Maymana va Andxuy Buxoroga qaytarilgan.

Uning hukumronligi davrida mamlakatni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan toʻrtta muhim islohot-moliya, sud, maʼmuriy va harbiy islohotlar oʻtkazildi. Avvalo, 1758-yildan boshlab, amirlikda toʻla holatda (aralashmalarsiz) kumushdan iborat boʻlgan kumush tangalar, oldingilaridan oʻzining qiymati, sifati va tashqi koʻrinishi bilan farq qiladigan sof tilla tangalar zarb etila boshlandi. U davlat zarbxonalarida aholining oʻz shaxsiy jamgʻarmalaridan olib kelgan kumish va oltindan bir xil oʻlchamdagi kumush va tilla tangalarni zarb qilishga keng ruxsat berdi.[2]

Amir Shohmurod adliya sohasida oʻtkazgan islohoti bilan mamlkatda sud ishlarini olib borishni birmuncha erkinlashtirdi. Manbalarga koʻra, amirlikdagi sud hayʼati ishlarini Shohmurodning bevosita oʻzi boshqargan. Amir Shohmurod davrida soliqlarning taribga solinishi, sud ishlaridagi nohaqliklarga chek qoʻyilishi, mahalliy amaldorlar ustidan nazorat oʻrnatilishi — savdo-sotiq va hunarmandchilikning, qishloq xoʻjaligining yuksalishiga sharoit yaratib bergan edi.[2]

Shohmurod Usmonli turk sultonligi va Rossiyaga bir necha marta elchilar joʻnatgan.

Shohmurod tasavvuf gʻoyalari bilan sugʻorilgan „Ayn fihikmat“ („Donishmandlik asoslari“) asarini yozgan, hanafiya mazhabiga doir „Fatavayi ahli Buxoro“ („Buxoro ahliga fatvolar“) toʻplamini tuzgan.

Shohmurod davrida Buxoro va Samarqandda koʻplab madrasalar, masjidlar, xonaqolar va turli binolar qurilgan. Xususan, Zarafshon vodiysidagi dehqonchilikka katta eʼtibor qaratilib, Zarafshon daryosidan turli ariqlar (Qozonariq, Toyman arigʻi, Toʻgʻuzariq). Oqdaryo va Qoradaryodan yangi ariqlar chiqarilgan hamda boshqa sugʻorish inshootlari qurilgan. shahrining oʻzi Samarqandni qayta qurish tarkini chizgan. Sh. shaharda 24 ta mavze qurib, mamlakatning sharqiy viloyatlaridan bu yerga aholini koʻchirib keltirgan. Gʻuzorda madrasa va masjid qurdirgan. Shuningdek, Sh. hukmronligi yillarida Doniyolbiy davrida boshlangan Xalifa Xudoydod majmuasi qurilishi davom ettirilgan.

Shohmurod Joʻybordagi Eshoni Imlo qabristonida piri Shayx Safar qabri oldida dafn etilgan. Sovet davrida qabri buzib tashlangan.

Adabiyot[tahrir]

  • Asrorova L. Q. Buxoro madrasalari tarixidan. Toshkent: Hilol-Nashr, 2017. — s. 224. ISBN 978-9943-4818-6-2. 
  • Oʻzbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari, T.. 2001.
  • Mirza Abdalazim Sami. Tarikh-i salatin-i mangitiya" dar as-saltana-i Bukharai sharif. / Perevod L. M. Yepifanovoy. — M., 1962. O nekotorykh sobytiyakh v Bukhare, Khokande i Kashgare. Zapiski Mirzy-Shemsa Bukhari, izdannyy v tekste, s perevodom i primechaniyami, V. V. Grigor’yevym. — Kaz., 1861.
  • Traktat Akhmada Donisha „Istoriya mangytskoy dinastii“. / Perevod, predisloviye i primechaniya I. A. Nadzhafovoy. — Dush., 1967.
  • Abduraimov M. A. Ocherki agrarnykh otnosheniy v Bukharskom khanstve v 16 — pervoy polovine 19 veka. — T. 1. — Tash., 1966. * Andreyev M. S. K proshlomu Bukhary. // Ayni S. Vospominaniya. — M.—L., 1960.
  • Semenov A. A. Nadpis' na mogil’noy plite Bukharskogo emira Shakh Murad Masuma 1200—1215/1785—1800 gg. // Epigrafika Vostoka. — Vyp. 7. — M.—L., 1953.
  • Malcolm John. The history of Persia, from the most early period to the present time containing an account of the religion, government, usages and character of the inhabitants of that kingdom. — Vol. 2. — L., 1815. — P. 248—255.

Manbalar[tahrir]