Oltin beshik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oltin beshik - Qoʻqon xonligini idora etgan ming sulolasining kelib chiqishi haqidagi rivoyat. Unga koʻra, 1512 yil Bobur Samarkanddan Fargʻona orqali Hindistonga qochadi, yoʻlda Boburning xotinlaridan biri ugʻil tugʻadi. Qochoklar goʻdakni qarov-siz tashlab ketishga majbur boʻlishgan. Uni qimmatbaho ziynat buyumlari qoʻyilgan beshikka yotqizib, sodiq xizmatkorlardan biriga qoldiradilar. U Boburga goʻdakning taqdiri haqida xabar berishi kerak bulgan. Bu vaqtda mazkur joyda oʻzbeklarning qirq, qip-choq, qirgʻiz va ming urugʻlarining ovullari bor edi. Ushbu urugʻ vakillari bolani topib olib, unga "O.B." deb nom qoʻyganlar. Bola ming urugʻi ovuliga joylashtirilgan. O.B. voyaga yetganda xalq unga har bir urugʻdan (qirq, qipchoq, qirgʻiz va ming) bittadan qizga uylanishga imkon beradi. Ming urugʻidan boʻlgan katta xotin unga yol-gʻiz oʻgʻil tugʻib beradi. Unga Tangriyor deb nom qoʻyadilar, boshqacha qilib Xudoyor yoki Eloq Sulton deb atay boshlaydilar. Bobur asarlarida O.B. haqida hech narsa demagan, uning zamondoshlari ham uni tilga olmaydilar. Shuning uchun bu rivoyatni Qoʻqon xonlari oʻz sha-jaralarini Bobur bilan bogʻlash va oʻz hokimiyatlarini barqaror etish maqsadida toʻqishgan deb hisoblash mumkin.

Rivoyatlarga koʻra, O.B. 1545 yil vafot etgan. Uning oʻgʻli Tangriyor keyinchalik Fargʻonaning hukmdori boʻladi, lekin xon emas, balki biy deb ataladi. Bu nom uning avlodlaridan to Olimxongacha berilgan.

Ad.h Bobobekov H.N., Qoʻqon tarixi, T., 1976.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil