Olimxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Olimxon (? — 1810) — Qoʻqon xoni (1801 — 10). oʻzbeklarning Ming sulolasidan. Norboʻtabiyning oʻgʻli. Uning davrida saltanat hududini kengaytirish davom ettiriladi. U Ohangaron, Chimkent, Sayram, Toshkent viloyatining hammasini, Rossiyaga boruvchi karvon yoʻllaridagi mux.im manzilgoqlarni zabt etadi. U Buxoro amirligiga qarshi turishga kuchi yetajagini koʻrib xon unvonini qabul qiladi, davlati esa Qoʻqon xonligi deb atala boshlandi. PoytaxtQoʻqonning siyosiy ahamiyati oshgan. Olimxon togʻli tojiklar: qorateginlar, shoʻgʻnonliklar, badaxshonliklar, eroniylar va boshqalardan iborat yollanma qoʻshin tuzgan. Bu qoʻshin hokimiyatni markazlashtirish uchun kurashda uning tayanchi boʻlgan. Olimxon davrida Rossiya bilan 1-marta savdo aloqalari oʻrnatilgan. Olimxon liniy sohada ham oʻzgarishlar qilishga intilgan, xususan, diniy unvon hisoblangan "eshon"ni bekor qiladi, kambagʻal, bechoralarga va qalandarlarga yer maydonlari va chorva beradi, shu bilan ularni ijtimoiy-foydali mehnatga jalb qiladi. Ayrim diniy arboblarni imtihon qiladi va yolgʻonchiligi fosh qilinganlarni jazolaydi. Ulamolar uning bu xattiharakatlaridan norozi boʻladilar. Uning Toshkentdaligidan foydalanib, fitna uyushtiradilar, u oʻldirildi, deb mish-mish tarqatadilar. Taxtga uning ukasi Umarxon oʻtqaziladi. Olimxon xiyonatni bilib qolib, qisqa yoʻl bilan Qoʻqonga joʻnaydi. Yoʻlda qoʻyilgan pistirma Olimxonni qo'lga olib otib oʻldiradi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Bobobekov H., Qoʻqon tarixi, T., 1996; Mirolim Mushrif, Qoʻqon xonligi tarixi, T., 1995.

Haydarbek Bobobekov.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil